16.3.Odam va hayvon emotsiyalari. Hissiy holatlarning
ifodalanishi
Hissiyot subyektiv ichki kechinmalarda ifodalansa ham uni aniqlash mumkin,
chunki dildagi qayg‘u alamlar, afsuslanish, achinish, quvonish, o‘zidan nolish,
ko‘z va yuz harakatlaridagi bezovtalanish, hadiksirash, hayajonlanish tashqi tana
a’zolarida, nutq faoliyatida, sustlik, loqaydlik hukmronlik qilganida bevosita
ifodalanadi. His-tuyg‘ular ixtiyorsiz ravishda vujudga kelmaydi, shuning uchun
ular qat’iy ravishda determinatsiyalashgan (sababiy bog‘langan) psixofiziologik
xususiyatga egaligi tufayli u yoki bu tashqi ko‘zg‘atuvchi ta’siriga nisbatan
munosabat bildirish (javob reaksiyasi) tarzida hosil bo‘ladi. Vaziyat, shart-
sharoitlar hissiyotning mexanizmi tariqasida xizmat qilishi mumkin. Shuni ham
aniqlashtirish lozimki, vaziyat ham, sharoit ham tabiiy (biologik), subyektiv
315
(shaxslararo munosabat) ko‘rinishlarda vujudga kelganligi sababli hissiyotning
mohiyati, sifati va shakliga bevosita o‘z ta’sirini o‘tkazadi. Qattiq sovuq,
favquloddagi chang-to‘zon, xonada tok bo‘lmasligi, qo‘pol muomala, loqayd
munosabat, avtoritar xulq-atvor va boshqalar vaziyatga, sharoitga yaqqol misol
bo‘la oladi.
Hissiyotning determinizm (sababiy bog‘lanish) printsipiga asoslanganligidan
qat’iy nazar shaxs o‘zining faoliyatida, xulqida, muomalasida hissiyotini,
emotsional holatlarini idora qilishga, ba’zi hollarda o‘zini tutib turishga, voqelikka
yoki hodisalarga nisbatan oldingi bahosini o‘zgartirishga, ichki murakkab
kechinmalarini ongli ravishda boshqarishga intiladi. Shaxsda vujudga keluvchi
subyektiv holatlar, his-tuyg‘ular o‘zining yuzaga kelishi, namoyon bo‘lishi,
mohiyati jihatidan hamisha obyektiv voqelikning timsoli, inson miyasiga
singdirilgan, qayta ishlangan ko‘rinishidir. Obyektiv borliq yuzaga keltiradigan
subyektiv his-tuyg‘ular, kechinmalar moddiy tana a’zolaridagina aks etish bilan
cheklanmasdan, balki muayyan o‘zgarishlar shaxsning faoliyatida, nutqida,
mulohazasida, xulqida bevosita ifodalanadi.
Shaxs hissiyot obyektiga nisbatan qanday shaxsiy munosabatda bo‘lishi
favquloddagi holatda «Men»lik ifodalanishi his-tuyg‘ularning sifati deyiladi.
Masalan, shaxsning muhabbati, rahm-shafqati, hayajonlanishi, qahr-g‘azabi,
bezovtalanishi, ruhan ezilish kabi sifatlarning muayyan tasnifi (klassifikatsiyasi)
mavjuddir. Sifatlar ikki xil yo‘sinda vujudga kelishi mumkin, jumladan, shaxsning
o‘z ehtiyojini qondirishga va unga qarshilik (to‘sqinlik) qilishga aloqador narsa va
hodisalarga nisbatan munosabatlari son-sanoqsiz bo‘lishi mumkin. Hissiyotning
sifatlari shaxsning narsa va hodisalarga nisbatan emotsional munosabatining o‘ziga
xos va zaruriy alomatlari bo‘lib hisoblanadi. Psixologiyada shaxsning hayotiy va
tabiat omillariga nisbatan emotsional munosabatlari ijobiy va salbiy turkumlarga
ajratiladi. Ijobiy sifatlar narsa va hodisalarga nisbatan ehtiyoj maqsadga muvofiq
ravishda qondirilsa, u holda rohatlanish, quvonch hislari ifodasi yuzaga keladi.
Ehtiyojlarni qondirishda to‘siqlar, xalaqit beruvchi omillar namoyon bo‘lsa, u
taqdirda noxush kechinmalari, norozilik hislari tug’iladi. Ijobiy va salbiy sifatlar
316
bevosita yo‘sindagi emas, balki bilvosita yo‘l bilan ham vujudga kelishi mumkin.
Masalan, hayot quvonchlarini eslash dadillikni uyg‘otsa, muvaffaqiyatsizlikni
xayolga keltirish hadiksirashni hosil qiladi.
Shaxs individual ehtiyojlaridan tashqari, ijtimoiy ehtiyojni qondirish bilan
bog‘liq motivlar ta’siri tufayli ham ijobiy yoki salbiy hissiyot sifatlarini aks
ettirishi kuzatiladi. Masalan, talabaning tanlovda qatnashishi quvonch hislarini
yuzaga keltirsa, ikkinchi turdagi muvaffaqiyatsizlik xafagarchilik tuyg‘usini
namoyon etadi. Shaxsning maqolasi (gazeta, jurnalda) bosilib chiqsa faxrlanadi,
kimningdir tomonidan u tanqid qilinsa ruhan eziladi. Ota-ona farzandini maqtasa
quvonadi, koyisa esa xafa bo‘ladi va hokazo.
Hissiyotning ijobiy va salbiy sifatlaridan tashqari, uning ikkiyoqlamalik
(yunoncha, ikkiyoqlama vazifa, lotincha «kuch» degan ma’no anglatib keladi) va
noaniqlikdan iborat asosiy xislatlari mavjuddir. Bu ruhiy holatlarda shaxsda
ikkilanish hollari, noaniq tushunish munosabatlari aks etadi, lekin rohatlanish bilan
qanoatlanmaslik hislarini bir-biriga qo‘shish mumkin emas.
Ambivalent (ikkiyoqlama) hissiyotda rohatlanish bilan azoblanish tuyg‘ulari
o‘zaro qo‘shilib ketish bilan cheklanibgina qolmasdan, balki uyg‘unlashgan,
aralashgan holda ularning kechishi muhim xususiyatlaridan biri bo‘lib hisoblanadi.
Masalan, rashq hissida muhabbat bilan nafrat bir-biri bilan uzviy bog‘lanib ketadi.
Xo‘randa qorni ochligi uchun sho‘r ovqatni yeb biologik ehtiyojni qondirib, bir
tomondan rohatlanishi, ikkinchi tomondan esa noxush hisni kechirishi mumkin.
Tashnalikdan iliq suvni ichib ham rohatlanishi, ham noxushlikka berilishi
kuzatiladi. Kiyimi yupun shaxsga qalinroq to‘n berilsa, bir tomondan quvonadi,
ikkinchi tomondan esa uyaladi. Oshiqlarda sevish va o‘zidan nafratlanish holati
kechadi yoki hijron shirin qayg‘u, lekin yoqimli iztirob tarzidagi kechinmalar
ikkiyoqlama hissiyotga yorqin misoldir.
Shaxsning emotsional dunyosi uzluksiz tarzdagi ziddiyatlar, nizolar va
ularning hal qilinishi, oldining olinishini aks ettirishdan iborat jarayonlar
majmuasidir. Asosan ijobiy, salbiy va ikkiyoqlama hissiyotni keltirib chiqaradigan
omillar quyidagilardan iboratdir: 1) shaxs bilan muhit o‘rtasidagi (tabiiy muhit,
317
ijtimoiy muhit orasidagi) har xil mazmun hamda shakldagi munosabatlar; 2) tana
a’zolari, ichki organizm tarkiblari muhitidagi munosabatlarning nisbiy muvozanati
o‘zgarib turishi; 3) favquloddagi vaziyatlar tufayli yuzaga keladigan har xil
kechinmalar va boshqalar.
His-tuyg‘ularning yana bitta (to‘rtinchi) sifati shaxsning hissiyot obyektlariga
nisbatan emotsional munosabatlarining qisqa muddatli aks etishini ta’minlovchi
tashqi
ta’sirining noaniqligi ifodalanishidir. Shuningdek, obyektlarning
taassurotlari uzoq muddatli xususiyatga ega bo‘lsa, bunday emotsional holatlar
munosabatlarning sifati bo‘lishi mumkin; Shaxs o‘zining turmush tajribasiga
noma’lum, yap-yangi narsalarga duch kelsa, bu voqelik uni to‘lqinlantirishi,
hayratlantirishi, unda havas va qiziqish uyg‘otishi mumkin. Bu hissiy voqelik
(hodisa) yangi taassurotni anglashning hissiy jabhasi bo‘lib hisoblanadi. Tabiiy va
ijtimoiy muhitning anglab olish chigal hodisasi ehtiyoj bilan bog‘lanishdan hamda
muayyan barqaror munosabat yuzaga keltirishdan oldin hissiy holatning
predmetiga aylanadi. Shuning uchun ma’lum kechinmalarning negizida tanho «bu
nima refleksi»ni tushunish ehtiyoji yotadi. Bilish faoliyati bilan uyg‘unlasha
borgan anglash hissi beqarorligi, qisqa muddatliligi bilan tafovutlanadi hamda
obyektga nisbatan yengilroq salbiy yoki ijobiy munosabat sifatiga aylanadi.
Hissiyotning mazmuni turli-tuman bo‘lib, u shaxsning hayoti va taraqqiyoti
imkoniyatlari bilan bog‘liq obyektlarga, hatto bevosita rohatlanish (azoblanish)
hislarini yuzaga keltiruvchi narsalarga nisbatan munosabatlarida ifodalanadi.
Demak, shaxsning hissiyotlari turlicha moddiy va madaniy ehtiyojlariga
asoslanadi, ularni qondirishga yordam beradigan omil ijobiy emotsiyani yuzaga
keltiradi, so‘ng barqaror hissiyot singari mustahkamlanadi. Inson ehtiyojini
qondirishga xalaqit beradigan narsa salbiy emotsional holatni vujudga keltiradi
hamda hissiyot tariqasida mujassamlashadi.
Hissiyotning mazmuni to‘g‘risida mulohaza yuritilganda shu narsani eslatib
o‘tish joizki, his-tuyg‘ular barqarorligi, maqsadga muvofiqligi: birinchidan,
shaxsga hech qanday xavf-xatar, tahdid solmayotganligini, ikkinchidan, insonning
hayoti va faoliyatida uni baxt-omad kutayotganligini, uchinchidan, shaxslararo
318
munosabati, jamiyatda tutgan mavqeini, to‘rtinchidan, tana a’zolarining
salomatligini ro‘y rost aks ettiradi. Bu ko‘rinishlarning barchasi ijobiy sifatlar
ustuvorlik qilayotganligidan darak beradi, binobarin, yutuqlarga erishish ehtimoli
darajasi yuksakligi, ijtimoiy yoki shaxsiy kutilma esa kafolatlanganligini anglatadi.
Shaxs shaxslararo munosabatning mahsuli bo‘lganligi tufayli undagi
hissiyotlarning mazmuni, inson kamol topishi bilan uzviy bog‘liq tarzda, ko‘lami
kengayib boradi, buning natijasida emotsional holatlar shaxsiy tor doiradan
tashqari chiqib, tabiat hodisalari, jamiyat muammolari (iqtisodiy, siyosiy, tarixiy,
ma’naviy jabhalar)ga taalluqli munosabatlarni o‘zida ma’naviy, mazmuniy, shakliy
jihatdan mujassamlashtiradi. Xuddi shu bois mas’uliyat va loqaydlik,
muloqotmandlik va odamovilik, g‘azab va shavq, simpatiya va antipatiya,
optimizm va pessimizm, xursandlik va xafalik, qahramonlik va qo‘rqoqlik,
quvonch va qahr, ishtiyoq va zerikish, egoistlik va alturistlik, sofdillik va
g‘arazgo‘ylik, mehnatsevarlik va dangasalik, samimiylik va laganbardorlik
kabilarning barchasi kelib chiqishi (genezisi) jihatidan ijtimoiy xususiyatga ega
bo‘lib, quyidagi jabhalari bilan ajralib turuvchi: a) shaxsning shaxsiy nuqtai nazari;
b) ijtimoiy hayotda egallagan mavqei; v) hayot va faoliyatda faolligi; g)
jamiyatdagi hamkorlik faoliyatda qatnashishi; d) guruh yoki jamoada shakllangan
shaxslararo munosabatlari bilan bog‘liq hissiyotlardir.
Shuni ta’kidlab o‘tish o‘rinliki, shaxsning ba’zi his-tuyg‘ulari ularni ro‘yobga
chiqaruvchi omillarning takroran ta’siri natijasida mustahkamlanib, uning
(insonning) hukmron, ustuvor, barqaror emotsional xususiyatiga aylanadi. Shu
sababdan shaxslarning xushfe’l yoki jaholatli, qiziquvchan yoki sovuqqon, qo‘rqoq
yoki jasur, mehribon yoki bag‘ritosh, xushmuomala yoki qo‘pol, kamgap yoki
mahmadona degan yo‘sinda inson (shaxs) sifatida tavsiflash, baholash mumkin.
Milliy tarbiyaning, milliy g‘oyaning asosiy vazifalaridan biri mamlakatimiz
fuqarolarida milliy istiqlol g‘oyalariga sodiqlik, fidoiylik, vatanparvarlik,
mas’uliyatlilik ruhidagi yuksak his-tuyg‘ularni shakllantirishdan iboratdir.
Mustaqillik ideallariga munosib shaxslarni kamol toptirish uchun, vatan ishqi bilan
319
yonuvchi faol, shijoatli, irodasi bukilmas, barqaror motivatsiyaga ega bo‘lgan
insoniy sifatlarni ularda shakllantirish maqsadga muvofiq.
Shuni eslab o‘tish lozimki, hissiyot o‘zgaruvchanlik xususiyatiga ega bo‘lib,
uning kuchayishi yoki susayishiga qarab qanday oqibatlarga olib kelishini oldindan
bashorat qilish yoki payqash mumkin. Shaxsning his-tuyg‘ularida ham barqaror,
ham o‘zgaruvchan jabhalari birgalikda hukm suradi.
Shu sababdan shaxsning hissiyotida hukmron, ustuvor his-tuyg‘ular mavjud
bo‘lishiga qaramay, ular vaziyat, sharoit yangilanish bois keskin o‘zgarishlarga
uchraydi, dinamik stereotiplar zaiflasha boshlaydi. Shuning uchun psixologiyada
hissiyot o‘zgarishining dinamikasi degan atamalar birikmasi uzluksiz ravishda
qo‘llanilib kelinadi. Shaxsda namoyon bo‘layotgan hissiyot asta-sekin jadallashib
borgani evaziga u ruhiy kechinma sifatida mustahkamlanib qolishi mumkin.
Masalan, jahon xalqlarida yer kurrasining u yoki bu joylarida qo‘poruvchilik
ko‘rinishlariga jirkanch nazar bilan qarash tuyg‘usi uyg‘ongan bo‘lsa, keyinchalik
terrorizmga (lotincha, kuch ishlatish bilan qo‘rqitish demakdir) qarshi shafqatsiz
kurash, nafrat umumiy militarizmga (lotincha, harbiylashtirish ma’nosini
anglatadi) yo‘naltirildi. Xalqlarda narkotik (yunoncha - miyani aynitadigan)
moddalarga nisbatan jirkanch tuyg‘u kuchayib borishi, dinamikasi sababli
narkobiznes (inglizcha - foyda degani) bilan ayovsiz kurash insoniyat genini
(zotini) buzilishiga yo‘l qo‘ymaslikka o‘sib o‘tdi. Shaxs kechirayotgan his-
tuyg‘ular mazmundor, aks ettirilayotgan hodisalar rang-barang, o‘zaro ta’sirlar,
aloqalar, munosabatlar serqirra, ko‘pyoqlamalik xususiyat kasb etsa, u holda
hissiyot dinamikasiga puxta negiz hozirlaydi.
Lekin shuni ham ta’kidlash ma’qulki, hissiyot dinamikasi har xil kechishi,
uning xususiyati, yo‘nalishi bir oz o‘zgarishi mumkin. Chunki hissiyot bir
yo‘nalishda kuchayib borish bilan bir qatorda uning susayishi, hatto so‘nib borishi,
haddan tashqari zaiflashuvi ham kuzatiladi. Masalan, intizomni buzgan xodimni
«haydash» bilan qo‘rqitish emotsional ta’sirini yo‘qotadi, agarda biror jazo chorasi
qo‘llanilmasa, mabodo talabani dars qoldirishi po‘pisa qilish bilan cheklansa, unda
qo‘rqinch ruhiy holati yo‘qoladi. Ana shunday hodisalar va nomutanosibliklarning
320
takrorlanishi sababli emotsional moslashuv (adaptatsiya) jarayoni vujudga keladi,
demak, hissiyotda o‘zgarish sodir bo‘lmaydi. Agarda hissiyot obyektining (narsa,
hodisa, holat kabilarning) mazmuni, ma’nosi shaxsda qiziqish uyg‘ota olmasa,
bunday holda emotsion to‘yinish yuzaga keladi, oldin qiziq tuyulgan narsa
keyinchalik zerikarli, yoqimsiz, noxush kechinmalar hosil qila boshlaydi. Shaxs bir
necha marta surunkasiga axborot, qo‘shiq, hangoma eshita bergach, unda
hayajonlanish, rohatlanish, kayfiyat ko‘tarilishi paydo bo‘lmaydi, aksincha insonda
zerikish hissi uyg‘onadi, ularni eshitish esa jahl chiqazadi. Shuning uchun xoh
ma’lumot, xoh yumor bo‘lishdan qat’iy nazar yangilik alomatlarisiz insonda
qiziqish yo‘qoladi.
Dostları ilə paylaş: |