O‘zbеkiston rеspublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi buxoro davlat univеrsitеti


Ilk bolalik yosh davrida xulq-atvor motivlari. O‘quv faoliyati



Yüklə 5,67 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə88/138
tarix19.10.2023
ölçüsü5,67 Mb.
#157498
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   138
Umumiy psixologiya OQUV QOLLANMA (1)

 
15.4.Ilk bolalik yosh davrida xulq-atvor motivlari. O‘quv faoliyati 
motivlari. Motiv klassifikatsiyasi 
Ilk bolalik yosh davrida xulq-atvor motivlari. Ikki-uch yoshli bolaning 
motivlari tuzilishi kristallashmagan (amorf)ligi bilan, shuningdek, ularning qat’iy 
ierarxiyasi yo‘qligi bilan tavsiflanishi namoyon bo‘ladi. Bola shaxsiga aloqador 
motivlar tizimi bir qator motivlar yig‘indisini ifodalovchi, o‘zaro bir-biri bilan 
tasodifiy o‘rin almashib turish xususiyatiga egadir. Motivlarni o‘zaro o‘rin 


305 
almashish 
jarayonida 
yagona 
anglashish 
darajasidagi 
nazorat 
tizimiga 
bo‘ysunmaydi. 
S.L.Rubinshteyn bolalik davrining motivlariga quyidagicha psixologik tavsif 
beradi: «Bevosita bolaga ta’sir etuvchi har bir qo‘zg‘atuvchi (qo‘zg‘ovchi) ilk 
bolalik davrida uning o‘sishida hukmronlik qiladi. Chunki undagi ichki motivlar 
hali mustahkam emas, shuning uchun har xil vaziyatda bola boshqa qo‘zg‘atuvchi 
hukmronligiga tobe bo‘lib qolishi mumkin. Shu boisdan beqaror, kuchsiz, betartib 
motivlar xuddi shunday xatti-harakatlarga bog‘liq. Muallif vaziyatning stixiyali 
ta’siri haqida mulohaza yuritib, u bolalik beixtiyor intilishining xulq-atvorga 
ta’sirini ko‘rsatib turishini ta’kidlaydi. 
Nazariy va amaliy ma’lumotlarga asoslanib, ilk bolalik davridagi individning 
xulq-atvori, birinchidan, impulsivlik bilan, ikkinchidan, vujudga kelgan vaziyat 
xususiyati bilan tavsiflanadi. Shaxsni boshlang‘ich genetik qobig‘idagi shakllanish 
pallasidagi motivining dinamik asosi - xatti-harakati qo‘zg‘alishini muvaqqat, tor 
muhitidan tashkil topadi. Chunki bola hali motivlashgan ustanovkalarni uzoq vaqt 
ushlab tura olmasligi sababli u tez yo‘qoladi. Muhim ahamiyat kasb etuvchi 
qo‘zg‘alishlarda bola chalg‘isa, demak, ularni u tezda esdan chiqaradi. Ehtiyoj 
qondirilishida, affektiv reaksiyalarda, chalg‘ish jarayonida qo‘zg‘alish berilgan 
vaqt doirasidan chetlashadi. 
Psixologik doiradagi boshqarishning o‘ziga xos vositalari, faoliyatni tashkil 
etishni ta’minlovchi motivlar - inson faoliyatining energetik darajasini strukturaviy 
aks ettiradi. Bolaning intellektual darajasi va bilimlarning yetarli emasligi 
oqibatida kichik bir amaliy tajriba yaqqol amaliy faoliyat muhitini siqib chiqarishi 
mumkin. Bola biron-bir obyektga yo‘naltirilgan faoliyatni, uni boshqarishni 
yuksak funksional-energetik bosqichida motivlarni o‘z holicha uzoq vaqt saqlab 
yurish imkoniyatiga ega emas. 
Inson faoliyatining samaradorligi (mahsuldorligi)ni oshirish haqidagi 
psixologik usulning rolini L.S.Slavina III-IV sinf o‘quvchilarida tajriba yo‘li bilan 
dalillab berdi. L.S.Slavina murakkab va uzoq davom etadigan faoliyatlarni tahlil 
qilish kezida uni nisbatan mustaqil va sodda tarkibiy qismlarga ajratib chiqadi 


306 
hamda ularning har birini alohida nazorat qilish kerak, binobarin, uni xuddi 
mustaqil faoliyat strukturasining takomillashuvi va rivojlanishi natijasidagina 
motivlar tuzilishining takomillashuvi va rivoji namoyon bo‘ladi. Muallifning 
fikriga qaraganda, xulq-atvorning muayyan maqsadga bo‘ysundirilishi kichik 
maktab yoshining pirovard bosqichida amalga oshirilib, mazkur bosqich ixtiyoriy 
xulq-atvor shakllanishining boshlang‘ich davri bo‘lib hisoblanadi. 
O‘quv faoliyati motivlari to‘g‘risida mulohazalar.
 
Psixologik ma’lumotlarga 
ko‘ra, har qanday faoliyat muayyan motivlar ta’sirida vujudga keladi va yetarli 
shart-sharoitlar yaratilgandagina amalga oshadi. Shuning uchun ham ta’lim 
jarayonida o‘zlashtirish, egallash va o‘rganishni amalga oshirishni ta’minlash 
uchun o‘quvchilarda o‘quv motivlari mavjud bo‘lishi shart. Bilish motivlari 
shaxsning (subyektning) gnoseologik maqsad sari, ya’ni bilish maqsadini qaror 
toptirishga, bilim va ko‘nikmalarni egallashga yo‘naltiriladi. Odatda, bunday 
turdosh va jinsdosh motivlar nazariy ma’lumotlarning ko‘rsatishicha, tashqi va 
ichki nomlar bilan atalib, muayyan toifani yuzaga keltiradi. 
Tashqi motivlar jazolash va taqdirlash, xavf-xatar va talab qilish, guruhiy 
tazyiq, ezgu niyat, orzu-istak kabi qo‘zg‘atuvchilar ta’sirida vujudga keladi. 
Bularning barchasi bevosita o‘quv maqsadga nisbatan tashqi omillar, sabablar 
bo‘lib hisoblanadi. Mazkur holatda bilimlar va malakalar o‘ta muhimroq boshqa, 
hukmron (yetakchi) maqsadlarni amalga oshirishni ta’minlash vazifasini bajaradi 
(yoqimsiz holat va kechinmalar yoki noxush, noqulay vaziyatdan qochish, ijtimoiy 
yoki shaxsiy muvaffaqiyatga erishish; muvaqqat erishuv muddaosi mavjudligi va 
hokazo). Bu turdagi yoki jinsdagi tashqi motivlar ta’sirida ta’lim jarayonida bilim 
va ko‘nikmalarni egallash (o‘zlashtirish)da qiyinchiliklar kelib chiqadi va ular 
asosiy maqsadni amalga oshirishga to‘sqinlik qiladi. Masalan, kichik maktab 
yoshidagi o‘quvchilarning asosiy maqsadi o‘qish emas, balki ko‘proq o‘yin 
faoliyatiga moyillikdir. Mazkur vaziyatda o‘qituvchining o‘qishga ularni jalb qilish 
niyati o‘quvchilarning o‘yin maqsadining ushalishiga xalaqit berishi mumkin, 
lekin izohtalab dalillar yetishmaydi. 


307 
Motivlarning navbatdagi toifasiga, ya’ni ichki motivlar turkumiga individual 
xususiyatli motivlar kiradiki, ular o‘quvchi shaxsida o‘qishga nisbatan individual 
maqsadni ro‘yobga chiqaruvchi qo‘zg‘alish negizida paydo bo‘ladi. Chunonchi, 
bilishga nisbatan qiziqishning vujudga kelishi shaxsning ma’naviy (madaniy) 
darajasini oshirish uchun undagi intilishlarning yetilishidir. Bunga o‘xshash 
motivlarning ta’sirida o‘quv jarayonida nizoli, ziddiyatli holatlar (vaziyatlar) 
yuzaga kelmaydi. Albatta bunday toifaga taalluqli motivlar paydo bo‘lishiga 
qaramay, ba’zan qiyinchiliklar vujudga kelishi ehtimol, chunki bilimlarni 
o‘zlashtirish uchun irodaviy zo‘r berishga to‘g‘ri keladi. Bunday xossalarga ega 
bo‘lgan irodaviy zo‘r berishlar tashqi xalaqit beruvchi qo‘zg‘atuvchilar 
(qo‘zg‘ovchilar) kuchi va imkoniyatini kamaytirishga qaratilgan bo‘ladi. 
Pedagogik psixologiya nuqtai nazardan ushbu jarayonga yondashilganda to‘laqonli 
vaziyatgina optimal (oqilona) deyiladi. 
Ta’lim jarayonida bunday vaziyatlarni yaratish o‘qituvchining muhim vazifasi 
hisoblanib, uning faoliyati ichki anglanilgan motivlar o‘quvchilar xulq-atvorini 
shunchaki boshqarish bilan cheklanmasdan, balki ular shaxsini shakllantirishga, 
ularda maqsad qo‘ya olish, qiziqish uyg‘otish va ideallarni tarkib toptirishga 
qaratilgan bo‘ladi. Aniq narsalar, hodisalar va xatti-harakatlar insonning faolligi 
muayyan manbalar bilan uzviy bog‘lanishga ega bo‘lsa, uyg‘unlashib borsa 
faoliyat motivlari darajasiga o‘sib o‘tadi. Psixologiyada manbalar o‘z mohiyatiga 
ko‘ra turkumlarga ajratib talqin qilinadi. 
A. Inson ehtiyojlari bilan belgilanuvchi ichki manbalar. Organizmning tabiiy 
ehtiyojlarini namoyon qiluvchi tug‘ma xususiyatli va jamoada shakllanuvchi 
ijtimoiy ehtiyojlarni vujudga keltiruvchi orttirma xususiyatga ega bo‘lishi mumkin. 
Tug‘ma ehtiyojlar orasida o‘qishga nisbatan ma’no kasb etuvchi alohida 
ahamiyatga ega bo‘lgan faollikka nisbatan ehtiyoj va axborot, ma’lumot, xabarlar 
olishga ehtiyoj muhim rol o‘ynaydi. 
Motivga genetik yondashilganda shu narsani alohida ta’kidlab o‘tish lozimki, 
bola tug‘ilganidan e’tiboran bevosita faollik ko‘rsatishga moyillik hukm suradi: u 
kuladi (noverbal muomala shakli), qimirlaydi (fazoda o‘rin almashish), qo‘l va 


308 
oyoqlarini harakatlantiradi (moslashish), o‘ynaydi (muhit-bola munosabati), 
gaplashadi (shaxslararo munosabatga kirishish), savollar beradi (dialogik muloqot 
va boshqalar). Bunga o‘xshash xatti-harakatlarning o‘zi ularni qoniqtiradi, 
voqelikni insonning axborotlarga nisbatan ehtiyojini tajribalarda ko‘rsatish 
mumkin: agar tekshiriluvchini ma’lum vaqtga tashqi olamdan ajratib qo‘yilsa, 
natijada uning irodasida, hissiyotida, intellektida buzilish sodir bo‘lishi, zerikishi, 
irodaviy akt tizimi yo‘qolishi, fikr yuritish jarayoni parchalanishi, illyuzion, 
gallyutsional holatlar uchrashi mumkin. 
Ijtimoiy turmush sharoitida faollik va informatsion taqchillik odamlarni salbiy 
his-tuyg‘u va kechinmalarga olib keladi, faoliyat tuzilishi va uning dinamikasiga 
putur yetkaziladi. Ijtimoiy turmushda shakllanuvchi ehtiyojlar orasida o‘quv 
faoliyatida muhim rol o‘ynovchi va uni kuchaytiruvchi ijobiy xususiyatli sotsial va 
gnostik ehtiyojlar alohida ahamiyat kasb etadi, shaxsni kamol toptirish jarayonida 
hukmron voqelikni egallaydi. Ularning turkumiga bilimlarga nisbatan ehtiyoj, 
jamiyatga foyda keltirishga intilish, umumbashariy yutuqlarga erishishga intilish 
kabilar kiritiladi. 
B. Inson hayoti va faoliyatining ijtimoiy sharoitlarida aniqlanuvchi tashqi 
manbalar. Bunday manbalarni talabchanlik, orzu (kutish) va imkoniyatlar tashkil 
qiladi. Jumladan, talabchanlik insonga faoliyat va xulq-atvorning muayyan turini 
hamda shakli (ko‘rinishi)ni taqozo etadi. Mazkur holatni quyidagi mulohazalar 
yordamida izohlash mumkin: ota-ona boladan ovqatni qoshiqda yeyishni, stulda 
to‘g‘ri o‘tirishni, «rahmat» deyishni talab qilsa, maktab o‘quvchidan ma’lum 
belgilangan vaqtda darsga yetib kelishni, o‘qituvchilarga quloq solishni, berilgan 
vazifalarni bajarishni qat’iy belgilaydi. Jamiyat esa xulq, fe’l-atvor orqali ma’lum 
axloqiy normalar va qoidalarga rioya qilishni, shaxslararo muomalaga kirishish 
shakllari (vositalari)ni egallashni hamda aniq vazifalarni bajarishga amal 
qilishlarini o‘z fuqarolariga o‘rgatadi. 
Psixologiya fanining atamalari mohiyatida orzu yoki kutish jamiyatning 
shaxsga nisbatan munosabatining ifodalanish mexanizmi yotadi. Etnopsixologik 
stereotiplarda uyg‘unlashgan xulq-atvor belgilari va faoliyatning shakllari o‘ziga 


309 
xoslikka ega. Odatda, odamlar bir yoshli bola tik yurishi kerak, deb hisoblaydilar 
va ular bu tuhfani boladan kutganligi tufayli unga alohida munosabatda bo‘ladilar. 
Psixologiyada kutish tushunchasi talabdan farqli o‘laroq, faoliyat yuzaga kelishi 
uchun umumiy muhit yaratadi. 
Imkoniyatlar to‘g‘risida fikr yuritilganda ma’lum faoliyatning kishilar irodasi 
bilan bog‘liq (iroda akti, sifati, prinsipi) obyektiv shart-sharoitlarni o‘zida aks 
ettiradi. Agarda odamlarning shaxsiy kutubxonasi boy bo‘lsa, ularning o‘qish 
imkoniyati yuqori darajaga ko‘tariladi. Kishilarning xulq-atvori psixologik nuqtai 
nazardan tahlil qilinganda, ko‘pincha ularning obyektiv imkoniyatlaridan chiqib, 
unga yondashiniladi. Agarda bola qo‘liga tasodifan biologiya kitobi tushib qolsa, 
uning shu predmetga nisbatan qiziqishi ortishi kuzatiladi. 

Yüklə 5,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   138




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin