294
15 -MAVZU. MOTIV VA MOTIVATSIYA
Tayanch tushunchalar:
motiv,
motivatsiya, moyillik, yo’naltirish, ehtiyoj,
imkoniyat, ideallik, intilish, raqobat,
motiv klassifikatsiyasi
15.1.Motivatsiya. Motiv tushunchasiga olimlar tomonidan berilgan
ta’riflar
Motivatsiya –
inson xulq-atvori, uning bog’lanishi va faolligini tushuntirib
beruvchi psixologik sabablar majmuini bildiradi.
Ijtimoiy psixologlarining ijtimoiy psixik hodisalarni: hislarni, kayfiyatlarni,
faoliyat motivlarini va boshqalarni o’rganishdagi
asosiy vazifasi va bu
hodisalarning paydo bo’lish va shakllanish qonunlarining, obyektiv omillarining,
ijtimoiy-iqtisodiy tabiatini tahlil qilishdan iborat bo’lmog’i kerak.
Motiv va motivatsiya muammosi jahon psixologiyasida turli-tuman nuqtai
nazardan yondashish orqali tadqiq qilib kelinmoqda. Uzoq va yaqin chet ellarda
o‘ziga xos psixologik maktablar vujudga kelgan bo‘lib, ularning negizida ilmiy
pozitsiyalar va konsepsiyalar mohiyati jihatdan farqlanuvchi g‘oyalar va
yo‘nalishlar mujassamlashdi. Hozir ularning ayrimlariga qisqacha to‘xtalib
o‘tamiz.
Rus psixologiyasi namoyandalari K.D.Ushinskiy, I.M.Sechenov, I.P.Pavlov,
V.M.Bexterev, A.F.Lazurskiy, V.N.Myasishev, A.A.Uxtomskiy, D.N.Uznadze,
S.L.Rubinshteyn, A.N.Leontev, P.M.Yakobson, V.S.Merlin, L.I.Bojovich,
V.I.Selivanov, V.G.Aseyev va boshqalar mazkur
muammo yuzasidan tadqiqot
ishlari olib borganlar. Ushbu mualliflarning qarashlari oldingi hisobotda
berilganligi uchun ularga qaytadan to‘xtalishga hojat yo‘qdir.
Yuqoridagilardan
tashqari
Yevropa
va
Amerika
mamlakatlarida
motivatsiyaga oid 30 (o‘ttiz)dan ortiq ilmiy konsepsiyalar mavjuddir. Ana shu
psixologik maktablarning ayrim namoyandalarining tadqiqotlari yuzasidan
mulohaza yuritishga harakat qilamiz: interospektiv psixologiya, bixeviorizm,
geshtalpsixologiya,
psixoanaliz,
strukturaviy
psixologiya,
assotsianistik
295
psixologiya,
empirik psixologiya, analitik psixologiya, gumanistik psixologiya,
antropologik psixologiya va hokazolar.
Bixeviorizmning asoschisi Dj.Uotson (1878-1938) psixologiya faninig bosh
vazifasi xulqni tadqiq etishdan iborat deb tushunadi. U psixik hodisalardan
mutlaqo voz kechib,
xulqni ikki shaklga, ya’ni ichki va tashqiga ajratadi, ular
o‘zaro javoblar stimuli bilan uzviy bog‘liq ekanligini ta’kidlab o‘tadi. Bixeviorizm
uchun «xulq» asosiy tushunchaga aylanib, uning psixikasi bilan aloqasi chetlab
o‘tilgandir. Shunga qaramasdan, ba’zi bixevioristlar,
jumladan, E.Torndayk,
E.Tolmen, K.Xall, D.Xebb kabilar xulq motivatsiyasiga muayyan darajada e’tibor
qilganlar. Ular o‘zlarining izlanishlarida xulq motivatsiyasining «quyi darajalari»ni
o‘rganib, kalamushlarda tajriba ishlarini olib borib, jonivorda ochlik, tashnalik va
ularning turlicha darajalarini reaksiya tezligiga nisbatan namoyon bo‘lish
xususiyati, har xil sharoitda motivatsiyaning kuchi to‘g‘risida muayyan
qonuniyatlar ochishga intilganlar. Hozirgi zamon bixevioristlari stimulni tashqi
qo‘zg‘atuvchi sifatida talqin qiladilar va organizmning ichki energiyasini
faollashtiruvchi
deb
hisoblaydilar.
Neobixevioristik
nazariyalar
yangi
qo‘zg‘atuvchilar paydo bo‘lishiga asoslangan bo‘lib, ular insonning
organik
ehtiyojlarini qoniqtirish bilan stimul natijasining uyg‘unlashuvi tariqasida tahlil
etiladi. Ularning ta’kidlashiga ko‘ra, ikkilamchi qo‘zg‘ovchilar organik
qo‘zg‘atuvchilarning go‘yoki qobig‘iga o‘xshaydi, xolos. Vilyam Makdugall (1871
-1938) motivatsiyaning irsiy (tabiatdan beriladigan) xususiyatga ega degan holatni
asoslash uchun tug‘ma instinktlar masalalari bilan mazkur voqelikni bog‘lab
tushuntirishga harakat qilgan. Uning fikricha, tug‘ma instinktlar ham insonlarga,
ham hayvonlarga bir tekis taalluqli bo‘lib, ular odamlarning motivida oldin 14 ta,
keyinchalik esa 18 tagacha «asosiy instinktlar» sifatida hukm surishi mumkin.
Umuman olib qaraganda, bixevioristlar uchun bir qator holatlar o‘ziga xoslikka
ega:
Bixeviorizm motivatsiya modelini topish bilan shug‘ullanib va xulq
prinsiplarini
vujudga keltira borib, hayvon xulqi hamda ularda kashf etilgan xulq
motivatsiyasi qonuniyatlariga asoslanib, insonning xulq motivatsiyasi yuzasidan
296
xulosa chiqarishga harakat qiladi. Bixeviorizm insonni biologik mavjudod sifatida
qarab, unga biologik jabhada yondashadi, oqibat natijada uning ijtimoiy mohiyati
tadqiqot predmetidan chetda qolib ketadi.
Bixeviorizm ham insonga, ham
hayvonlarga xos bo‘lgan xulqing umumiy prinsiplarini topishga intiladi.
Bixevioristlar insonni shaxs sifatida taraqqiy etish jarayonini ifodalovchi
o‘ziga xosligini yo chetlab o‘tadilar yoki o‘ta sodda tarzda izohlashga moyildirlar.
Hayvonlarning xulq motivatsiyasi shakllarini juda sodda tarzda tushuntirishga
asosan tadqiqot natijalarini insonning murakkab va boshqa bir sifat bosqichidagi
motivatsiyasiga ko‘chirish ishonchli dalillarga ega emas.
Inson motivatsiyasini o‘rganishda foydalanilayotgan bixeviorizmning
tushunchalari, chunonchi, birlamchi mayllar, organizmni qitiqlovchi tug‘ma
ehtiyojlar kabilar odamning motivatsiya doirasi tuzilishi
mohiyatini juda yuzaki
ocha oladi, xolos.
Dostları ilə paylaş: