289
14.3.Elementar ustanovkalar, ijtimoiy ustanovkalar, bazaviy ijtimoiy
ustanovkalar, qadriyatlar tizimi. Shaxsning e’tiqodi. Shaxsning yo‘nalganligi
Ustanovkaning yuksakroq bosqichi anglanish ko‘rinishga ega bo‘ladi.
Guruhiy va jamoaviy munosabatlarda uning a’zolarini ishontirish (ularga ta’sir
o‘tkazish) orqali muayyan yo‘nalishga
safarbar qilish; fikrlarda umumiylikni
vujudga keltirish holatlari bunga yorqin misoldir. Ishonish va ishontirish
odamlarning
xarakter xislatiga, xulq-atvoriga bevosita bog‘liq. Bu holat
psixologiyada eksperimental tarzda tadqiq etilgan. Masalan, sinaluvchilarga
ma’lum vaqt oralig‘ida soatiga qaramay, sekundlarini o‘z ichida sanash orqali bir
daqiqaning cho‘zilishini aniqlash imkoniyatiga ega bo‘lganlar.
Keyinchalik bu
sanash signal berish bilan tekshirilib turilgan, ba’zan «yolg‘on» signallar, ya’ni
lampochka yonish bilan tajriba bo‘linishga yo‘l qo‘yilgan. Qatnashchilarda
eksperimentatorga ishonch bo‘lganligi sababli xatolarga yo‘l qo‘yishgan.
Ishonuvchanlikni
aniqlashda
«konformizm»
(kelishuv,
murosa-yu,
madora)dan foydalanilgan. Ichki va tashqi kelishuvchanlik (konformizm),
ichdan
kelishmovchilik (nokonformizm) guruhiy ishonuvchanlik mohiyatini o‘rganish
uchun obyekt sifatida foydalanishgan. Bir guruh odamlarning ochiq ovoz berishi
konformizmning namoyon bo‘lishidir. Lekin konformizm «soxtalik»ni ham
keltirib chiqarish mumkin, uning aks ettiruvchisi
esa konformist deb ataladi,
ko‘pincha ideallardan voz kechish hollari ham uchrab turadi.
Xulq-atvor va faoliyatning anglanilmagan omillari qatoriga mayllar kiradi.
Hali differensiyalashmagan, yetarli darajada anglanilmagan ehtiyojdan tashkil
topgan xulq-atvor va faoliyatini amalga oshirishga undovchi omil mayl deb ataladi.
Moyillik holatiga kirib borayotgan shaxs uchun jalb qilayotgan obyektida uni nima
qiziqtirayotgani va qaysi alomat o‘ziga tortayotgani sababi noaniqligi.
Faoliyat
maqsadi subyektiga noma’lumligi tufayli mayl hukm suradi. Bunday psixik holat
insonlarda tez-tez uchrab tursa-da, lekin uzining tezkor o‘tkinchligi
bilan boshqa
voqealardan
ajralib
turadi.
Odatda,
ushbu
mohiyatli
psixik
holatni
harakatlantiruvchi ehtiyoj so‘nishi yoki tilakka aylantirish mumkin. Binobarin, u
xohish, niyat, orzu, fantaziya kabi shakllarga aylantirish tufayli shaxs tomonidan
290
anglaniladi. Bunday shakldagi mayllarning odamlarda mavjud bo‘lishi
ularning
yaqin va uzoq kelajakka intilishlaridan dalolat beradi.
Z.Freyd mayllarga nisbatan o‘ziga xos nazariya yaratgan bo‘lib, u aksariyat
holatda jinsiy (instinktiv) mayllar to‘grisida mulohaza yuritadi (libido - jinsiy
mayl), «edip kompleks» («Shoh Edip» asari bo‘yicha), «psixoanaliz»
atamalari
orqali qo‘rqish, himoya, begonalashish singari instinktiv moyillikni talqin qiladi.
taqdirda shaxsning dunyoqarashi sifatida talqin qilinishi maqsadga muvofiq.
Dostları ilə paylaş: