278
barkamollik sari intilishdagi imkoniyatlarini ro‘yobga chiqarish orzusi ehtiyojlar
rivojlanishi harakatlantiruvchi kuchga aylanadi.
Psixologiya fanida ehtiyoj quyidagi tiplarga ajratiladi:
Individual - yakka shaxsga yo‘naltirilgan.
Guruhiy - real guruhlar moddiy va ma’naviy intilishi.
Jamoaviy - jipslashgan guruhlar talabi majmuasi.
Hududiy - etnik guruhning muayyan o‘ziga xos talablari qondirilishi
Etnik - ma’lum millat yoki xalqlarning safarbarligini ta’minlash.
Umumbashariy - yer yuzi xalqlarining umumiy talablarining majmuaviy aks
etishi.
Qiziqish shaxsning muhim psixologik jabhalaridan biri hisoblanib, unda
insonning individual xususiyati bevosita mujassamlashadi. Qiziqish – insonlarning
dunyoqarashi, e’tiqodlari,
ideallari, ya’ni uning oliy maqsadlari, ezgu niyatlari,
orzu-umidlari bilan bevosita muhim rol o‘ynaydi hamda ularning muvaffaqiyatli
kechishini ta’minlash uchun xizmat qiladi.
Qiziqish bilimlarni ongli, puxta,
barqaror, anglagan holda o‘zlashtirishda,
ko‘nikma va malakalarni shakllantirishda, shaxs qobiliyati, zehni, uquvchanligini
rivojlantirishga,
olamni
mukammalroq
tushunishga,
bilim
saviyasining
kengayishiga yordam beradi.
Qiziqish motiv singari borliqning mo’jizakor tomonlarini bilishga, fan
asoslarini egallashga faoliyatning turli-tuman
shakllariga nisbatan ijodiy
yondashishni vujudga keltiradi, mehnatga, ta’limga mas’uliyat bilan munosabatda
bo‘lishni shakllantiradi, har qaysi yakkahol (individual) shaxsda ishchanlik,
g‘ayrat-shijoat, yengilmas irodani tarkib toptirishga puxta psixologik shart-
sharoitlar yaratadi.
Qiziqishning psixologik mohiyatidan kelib chiqqan holda yondashilganda,
qiziqish insonda intilish, faollik, ichki turtki, ehtiyojni ro‘yobga chiqarish manbai
rolini bajaradi.
Jahon psixologiya fanining yirik namoyandalari
shaxsning qiziqishini uning
yaxlit ruhiy dunyosi bilan, binobarin, odamning aqliy faoliyati, bilish jarayonlari,
279
irodasi, xarakteri, temperamenti, hissiyoti, qobiliyati bilan, umuman olganda inson
tuzilishining barcha qirralari bilan bog‘liq tarzda tushuntirishga harakat qilganlar.
Hozirgi zamon psixologiyasida qiziqish obyektiv
borliqning insonlar ongiga
subyektiv tarzda aks etishlaridan biri sifatida tan olinadi. Qiziqish shaxsning
muayyan voqelikdagi, ma’lum vaziyatdagi turli narsa va hodisalarga tanlab
munosabatda bo‘lishida, insonning o‘ziga xos qaror qabul qilishida, o‘zini o‘zi
nazorat
eta bilishida, maqsadga intiluvchanligida, yuzaga kelgan obyektiv va
subyektiv to‘siqlarning yengishida ifodalanadi.
Dostları ilə paylaş: