276
ehtiyojlarni qondirishning vositasi, sharti sifatida gavdalanib, qurollar, buyumlar
ularning tarkibiy qismiga aylana boshlaydi. Bunday
xatti-harakatlar shaklini
keltirib chiqaruvchi asosiy manba tub ma’nodagi ehtiyoj emas, balki uni
qondirishning jamiyat taraqqiyoti talab qilgan qoidalari, usullari, kamolot taqozo
etuvchi madaniy ko‘nikmalar hisoblanadi. Jamiyatning
taraqqiyot bosqichlariga
binoan tabiiy ehtiyojlarni qondirishning yangidan-yangi, yanada takomillashgan
vositalari insoniyat tomonidan yaratilaveriladi va bular ehtiyojlar tarkibi bilan
qorishib ketadi. Madaniy va ma’naviy ehtiyojlar to‘g‘risida ham xuddi shu tarzdagi
o‘zgarishlar yuz beradi, shaxsning boshqa kishilar bilan muloqotga kirishishi,
bilimlarni o‘zlashtirishda texnik
vositalardan foydalanishi, nutq va kiyinish
madaniyatining o‘sishi, ularni qondirishga nisbatan talab darajasining ortishi
mazkur ehtiyojlar rivojlanishini ta’minlaydi.
Psixologiyada ehtiyojlar rivojlanishining bir necha bosqichlari mavjud
ekanligini ta’kidlab o‘tish zarur. Chunki ehtiyojlar inson ontogenezida paydo
bo‘lib, to umrining oxirigacha o‘zgarib, takomillashib boradi. Kishilik
jamiyatlarida ehtiyojlar bir-biridan ham mohiyat, ham shakl jihatidan tafovutga ega
bo‘lganiday, yosh davrlariga qarab, ular xuddi shunday mezonlar bo‘yicha o‘zaro
farqlanadilar.
Bola faolligini rivojlantirishning dastlabki bosqichlaridayoq, biologik jihatdan
ahamiyat kasb etuvchi buyumlar, jismlar ustuvorlik xususiyatiga ega bo‘lmaydilar,
aksincha ularning inson tomonidan foydalanish usullari
ehtiyojlarning omillari
tariqasida gavdalanadi. Binobarin, mazkur buyumlar, aslahalarning ijtimoiy
tajribalarini egallashdagi ahamiyati, roli namoyon bo‘lishning mexanizmlari
sifatida maydonga keladi. Bolalarning xuddi shu yo‘sinda
egallaydigan xatti-
harakatlarining yangi shakllari - bu jamiyat tomonidan ijtimoiy amaliyot
vazifalariga munosib ravishda ishlab chiqilgan usullaridan iborat bo‘lib, buyumlar
bilan shaxsning munosabati tarzida yuzaga keladi, kishining kundalik faoliyati
ichidan muhim joy egallaydi. Stol atrofida o‘tirish, qoshiq bilan ovqat yeyish,
krovatda uxlash, televizor tomosha qilish, o‘yinchoq o‘ynash,
kattalar bilan
muomala qilish yuqoridagi fikr mohiyatini yaqqollashtirishga yordam beradi.
277
Ehtiyojni qondirishning vositalaridan foydalanish qoidalari ijtimoiy muomala
usullari, faoliyatni amalga oshirishning yo‘l-yo‘riqlari katta yoshdagi odamlar
tomonidan yoshlarga o‘rgatiladi. O‘z ehtiyojlarini muayyan buyumlar vositasida
qondirishga va ularni muayyan faoliyat turiga tatbiq etishning insoniy shakllarini
egallashga o‘rgatish maxsus mashqlar orqali amalga oshirilib, «Yetuk
shaxs -
bola» tarzida yuzaga keladi. Demak, bola ehtiyoji qondirilayotgan insoniy shart-
sharoitlar ta’siri ostida shaxsning xulq-atvori vositalar ahamiyati bilan emas, balki
ularning ijtimoiy qiymati bilan belgilanadi. Ehtiyojlarning qondirilish darajasi,
uning og‘ir yoki yengil ko‘chishi shaxsning shakllanishida muhim ahamiyatga ega,
shu boisdan ularni qondirish maqsadga muvofiq, oqilona mezonlarga suyanib
amalga oshirilsa ijtimoiy ahamiyati yanada ortadi.
Dostları ilə paylaş: