15.2.Motivatsiya va motivlarning nazariy muammolar. Motiv muammosi
va uning yechimiga doir mulohazalar
Psixoanalitik konsepsiyalar negizida motivatsiya ortganlik ravishda inson
mayllariga xosdir, degan g‘oya yotadi. Ularning manbai sifatida maylni aks
ettiruvchi qaysidir organdagi yoki uning qismidagi somatik jarayon tushuntiriladi.
Z.Freydning konsepsiyasida mayllar va instinktlar tushunchalari o‘rtasida
hech qanday tafovut yo‘qdir. Ongsizlik ta’limotining asoschisi Z.Freyd xulq
motivalari va ehtiyojlari muammosini ishlab chiqayotir, motivatsiyaning manbai
instinkt, u tur va individning saqlanish shartidir deb taqdirlaydi. Mazkur holatni
muallif individning energetik potensiya sifatida talqin etadi. Eng asosiy masala
shuki, Z.Freyd motivatsiya regulyatori va motivatsiya energiyasining irsiy manbai
sifatida «u» tushunchasiga qanday ma’no yuklamoqchi? Uningcha, «u»
tushunchasining mazmuni tug‘ma va o‘zgarmasdir. Xuddi shu bois mantiq
qonunlari va aql darajalari, ko‘rsatkichlari unga hech qanday ahamiyat kasb
etmaydi. Z.Freyd affektiv, impulviv shakldagi mutlaqlashgan qo‘zg‘ovchilarni
nazarda tutgan bo‘lsa ajab emas. Ushbu qo‘zg‘atuvchilar (turtkilar)ning
297
impulsivlik, taxminiylikning affektiv mohiyati, notanqidiylik, ongli va irodaviy
nazoratga itoat etishda qiyinchilik kabilarning dinamik xususiyatlarini
mutlaqlashtirish bo‘lib, ularning asosida quyi genetik va strukturaviy darajadagi
qo‘zg‘atuvchilar yotadi. Z.Freyd ta’kidlab o‘tgan dinamik xususiyatlar va xossalari
mohiyatida
motivatsiyaning
chuqur
asosiy
manbasini
ko‘radi. Uning
konsepsiyasida inson xulqi va harakatining dvigateli jinsiy instinkt hamda uning
transformatsiyasi ustuvor o‘rin egallaydi.
Ushbu mulohazani yanada mukammallashtirish maqsadida nofreydistlar
hisoblanmish A.Adler, K.Yung kabilarning nazariyalarini tahlil qilishga o‘tamiz.
A.Adlerning fikricha, insonni harakatga undovchi asosiy kuch, uning faoliyati
maqsadini aniqlovchi, ularga erishish yo‘llari hukumatga va qudratga erkdir.
Xorni, Fromm va boshqalarning asarlarida o‘z ifodasini topgan ma’lumotlar
mohiyati
Freyd
tomonidan
kiritilgan
psixika
tushunchasi
va
uning
harakatlantiruvchi nazariyasini almashtirishga intilish yaqqol ko‘zga tashlanadi.
Xornining nuqtai nazaricha, inson qanchalardir tug‘ma kuchlarga ega bo‘lib, uning
negizi bolalarcha yordamga muhtojlikka qurilgandir, bu holatlar birlamchi
bezovtalanish tuyg‘usida va tug‘ma qo‘rqinch hissida o‘z ifodasini topadi. Xorning
ta’kidlashicha, inson xulqining motivatsiyasi boshqa motivlar yordami bilan
aniqlanishi mumkin, jumladan, birlamchi bezovtalanish (bolalarcha yordamga
muhtojlik keltiruvchi) atrof-muhitga nisbatan dushmanlik hissini tug‘diradi,
xavfsizlikka ehtiyoj esa insonni boshqa odamlar tomonidan baholash va o‘z-o‘zini
baholashga nisbatan ichki intilishni vujudga keltiradi. Fromm ham o‘z qarashlarida
libido masalasiga katta e’tibor bermaydi, chunki uni qiziqtirgan muammo inson
xulqi jabhalarda ijtimoiy va psixologik omillarning o‘zaro ta’sir o‘tkazish
jarayonidir. Insonni individualizatsiyalash unda tanholik hissini vujudga keltirishga
olib keladi, shuningdek, o‘z qadr-qiymatini anglash sari yetaklaydi. Tanholik
hissiyotidan forig‘ bo‘lishga intilish tuyg‘usi inson motivizatsiyasini va uning xulq
shakllarini aniqlaydi. Neofreydistlarning ilmiy asarlarida inson xulqiga ta’sir
qiluvchi intim omillariga va uning motivatsiyasiga muayyan darajada ahamiyat
298
berilgan bo‘lsa-da, lekin oqibat natijada xulqning harakatlantiruvchisi sifatida
anglashilmagan tug‘ma kuchlar asosiy o‘rinda turadi.
Geshtaltpsixologiya maktabi namoyandalari uchun motivatsiya o‘ziga xos
talqinga ega bo‘lib, uning mohiyatini eksperimental tarzda o‘rganishga, ochib
berishga intilish ko‘rsatkichi bilan boshqalardan ajralib turadi. K.Levin (1890—
1947) motivlarni eksperimental o‘rganish metodikasini ishlab chiqib, ularni
mutlaqo mustaqil holat sifatida tushuntirishga harakat qilgan va bu borada
muayyan
muvaffaqiyatlarga
erishgan.
Geshtaltpsixologiya
maktabining
namoyandalariga obraz tushunchasi qanchalik o‘ta ahamiyatli bo‘lsa, K.Levinning
maydon nazariyasi uchun motiv kategoriyasi xuddi shunday muhim xususiyat kasb
etadi. Obraz va motiv o‘zaro aloqasiz hukm surishi ta’kidlanadi, motivatsiyani
amalga oshiruvchi vaziyatning predmetli, ma’noviy mazmuni esa inkor qilinadi.
K.Levin xulqni mana bunday izohlashga intiladi, muayyan muvaqqatli
mikrointervalda shaxsning bevosita yaqqol muhit bilan munosabatlaridan kelib
chiquvchi voqelikdir. Uning mazkur nazariyasida insonda har xil ma’no
anglatuvchi ikkita motivatsion o‘zgaruvchi hukm surishi tan olinadi, ularning
bittasi tug‘ma, hayvonlar turtkisiga o‘xshash va turmush davomida egallangan,
faqat insongagina xos bo‘lgan. Geshtaltpsixologlarning asarlarida shunday holatlar
ham mavjudkim, ularda xulq motivatsiyasi muammolari shaxsning muhim (asosiy)
xususiyatlarini tahlil qilish negizidan kelib chiqib qaraladi. Ushbu holat G.Ollport
konsepsiyasida yaqqol ko‘zga tashlanadi, uningcha, eng muhim jihat bu inson
xulqini o‘zgarish sabablarini ochishdir. Shuning bilan birga mazkur vaziyatga olib
keluvchi motivlarning omillarini tekshirish ham alohida ahamiyatga ega ekanligini
anglab olish qiyin emas. Bu borada individning javoblari o‘ziga xosligi bilan
o‘zaro ta’sir o‘tkazish o‘rtasida qandaydir aloqa mavjudligini o‘rnatish ham
ikkinchi darajali narsa sifatida talqin qilinmaydi.
Rus psixologiyasida inson xulq-atvorini harakatlantiruvchi kuchi hisoblangan
motivlar chuqur va yetarli darajada tadqiq qilinmagan. Ularning psixologik
mexanizmlari, uzluksizligini ta’minlovchi omillar, zarur shart-sharoitlar mohiyati,
vujudga kelish imkoniyatlari to‘g‘risida juda yuzaki ma’lumotlargina muayyan
299
darajada tartibga keltirilgan, tub ma’nodagi motivlar tabiati izchil ravishda,
pedagogik va yosh psixologiyasi fanlari qonuniyatlariga asoslangan holda tadqiq
qilinmagan. Bu esa respublikamizda ularning keng ko‘lamda o‘rganishga salbiy
ta’sir ko‘rsatmoqda. Motivlarning falsafiy-metodologik ahamiyati shundan
iboratki, ular sabab oqibat, ichki murakkab bog‘lanishlar tuzilishini yuksak
darajada rivojlangan tizim sifatida talqin qilinadi. Bunday yondashuv esa o‘z
navbatida materiya rivojlanishining oliy mahsuli ekanligi to‘g‘risidagi xulosaga
olib keladi. Chunonchi, maqsadga yo‘naltirilgan va maqsadga muvofiqlashtirilgan
har xil mazmundagi savollar, axborotlar, ma’lumotlar, xabarlar kishilar
faoliyatining ongli xususiyati ta’kidlab o‘tilgan mulohazalar mohiyati tarkibiga
kiradi. Motivlar tuzilishini amaliy (tatbiqiy) yo‘nalishga qaratish inson shaxsiga
motivatsion, irodaviy, axloqiy, hissiy, kognitiv, regulyativ ta’sir o‘tkazishning
omilkor shakllarining ilmiy asosi yuzaga kelishiga muhim imkon va zarur shart-
sharoitlar yaratadi. Insonning mehnat faoliyati tizimining murakkablashuvi ishlab
chiqarishda axloqiy, ma’naviy, nafosat, ruhiy tarbiya jabhalari hamda radio,
televidenie va targ‘ibot-tashviqot ta’sirini samarali olib borishi, kasbiy
tayyorgarlikning ekstremal va stress holatlarning sharoitlari barqarorlashuvi,
takomillashuvi, yaxshilanuvi, maqsadga muvofiqlashuvi kabi omillarning barchasi
shaxs motiv doirasining o‘zgarishiga bog‘liq. Shaxsning motiv doirasi uning
ehtiyojlarida, irodaviy sifatlarida (aktlarida) va funksional imkoniyatlarida o‘z
aksini topadi.
Dostları ilə paylaş: |