Milliy va jahon lingvistik qiyosi Xudaynazarova Munisa Iskandarovna



Yüklə 23,87 Kb.
tarix16.05.2023
ölçüsü23,87 Kb.
#114111
Milliy va jahon lingvistik qiyosi


Milliy va jahon lingvistik qiyosi
Xudaynazarova Munisa Iskandarovna
TerDU 2-bosqich magistranti


Annotatsiya: Ushbu tezisda jahon lingvistikasi va milliy lingvistika qiyosi yoritib berilgan hamda zamonaviy lingvistikaning hozirgi holati aks ettirilganligi haqida ma’lumotlar kiritilgan. Zamonaviy jahon tilshunosligida muhim o‘rin olayotgan jihat inson faoliyatining turli sohalar bilan uzviy bog‘liq bo‘lgan ilmiy ma’lumotlarning singishidir.
Kalit so‘zlar: Lingvistika; sotsiolingvistika; psixolingvistika; borliqning lisoniy tasviri; diskurs; konsept; kadrlar tayyorlash milliy dasturi.
Jahon lingvistikasining ajralmas tarkibiy qismlaridan biri, dunyo tilshunoslik fani oldida turgan dolzarb masalalarni ijobiy hal etishga munosib ulushni qo’shib kelayotgan o’zbek tilshunosligi ham o’tgan asr davomida rang-barang dunyoqarashlar, ta’limotlar, nazariyalar ta’sirini boshidan kechirdi, umumlingvistikjarayonlar qamrovida qoldi.
Milliy lingvistika etnosatsiol jamoa, ya’ni millatga taalluqli, uning boy tarixini o’zida aks ettiruvhi, kundalik aloqa muloqat ehtiyojini to’la to’kis qondiruvchi, uni birlashtiruvchi, jipislashtiruvchi o’zbek tilining tabiatini, shakllanish taraqqiy topish bosqichlari kechagi va bugungi holati, ertangi istiqboli xususida aniq hamda ravshan tassavurga ega o’zbek tilshunosligi uchun hozirgi zamon jahon tilshunosligida yuz berayotgan o’zgarishlar yot emas. Hech ikkilanmay ta’kidlash lozimki, milliy tili tizimida nafaqat qardosh turkiy tillarga oid xususiy jihatlar,umumiy qonuniyatlar ham qaror topgan.
Tilshunoslik har doim boshqa, xoh gumanitar, xoh tabiiy fanlar bilan bajonidil aloqaga kirisha oladi. Biologiya, sotsiologiya psixalogiya bilan lingvistikaning yaqindan aloqasi bois biolingvistika bu yo’nalish o’zbek tilshunosligida hozirda shakllangan emas, sotsiolingvistika psixolingvistika tarkib topdi. Bunday natijalar aloqasi o’raloq tilshunoslikka oid tadqiqotlarda turli-tuman tushunchalarni ifodalovchi terminlar o’z ifadasini topdi. Shunga qaramasdan, tilshunoslikda uning predmetiga mos xususiyatlargina saqlanib qolaverdi, mos tushmaydiganlari o’z-o’zidan yo’q bo’lib ketdi yoxud sof lingvistik mazmun bilan qanoatlandi.
Kirilayotgan tushuncha uchun aniq ta’rifning yo’qligiuning samarali qo’llanishiga to’sqinlik qilolmaydi, ‘lisoniy bilish’, ‘lisoniy qiyofa’ ‘borliqning lisoniy tasviri’ ‘diskurs’ ‘kosept’ singari terminlar mohiyati qator izla nishlar negizida aniqlashtirib borildi. Shunday qilib lingvistika chun mustaqillik maqomining tabiiyligi va aksincha, boshqa fanlarning ta’siri sezilarli bo’lsada muvaqqat xarakterdaligi ayon bo’ldi.
Zikr etilgan jihatlar milliy lingvistikada ham o’z ifodasini ma’lum darajada namoyon etdi.
Milliy istiqlol tufayli o’z taraqqiyot yo’liga tushib olgan ona tilining tabiatiga mos mezonlarini ishlab chiqish, unut bo’lgan boyliklarini qayta tiklash , sofligini ta’minlash, kelajak istiqbollarini belgilash yoki kabi ustuvor jihatlarga ‘Davlat tili haqidagi’, ‘Ta’lim to’g’risidagi’ qonunlarda, ‘Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi’ hammda boshqa ko’pgina hujjatlarda alohida e’tibor qaratiladi.
Bugun zamonaviy jahon tilshunosligida muhim o’rin olayotgn jihat bu inson faoliyatining turli sohalar bilan uzviy bog’liq bo’lgan ilmiy ma’lumotlar singishi va o’zaro ta’siri hisoblanadi. Lingvistikaning turli fan sohalari mavjud.
Jahon tilshunoslari safida XXI asrga shaxdam qadam qo‘ygan o‘zbek olimlari oldida ham o‘tgan asrda o‘z echimini uzul-kesil topmagan “Til va jamiyat”, “Inson va uning tili” kabi masalalar bilan bog‘liq vazifalar ko‘ndalang bo‘lib turibdi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:
1. Abduazizov A. Tilshunoslik nazariyasiga kirish. – Toshkent, 2010.
2. Алефиренко Н.А. Лингвокультурология. Ценностно-смысловое пространство языка. Учебное пособие. – М: Флинта, Наука, 2010.
3. Белянин В.П. Психолингвистика. Учебное пособие. – М.: Флинта, 2008.
4. Дадабоев Ҳ. Тилшунослик назарияси ва методологияси. – Тошкент, 2004.
Yüklə 23,87 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin