291
maqsadga, talabga o‘sib o‘tishi bilan anglanilganlik darajasiga erishadi. Ko‘ngil
g‘ashlik, ruhan bezovtalanish, noma’lum xatti-harakatlar sababi insonga noma’lum
bo‘lsa, ular anglanilmagan darajada ekanligini bildiradi va mayl funksiyasini
bajaradi.
Jahon psixologiyasi ma’lumotlarining ko‘rsatishicha, xulq-atvorning muhim
motivlaridan biri bo‘lib e’tiqod hisoblanadi. Ba’zi manbalarda unga mana bunday
ta’rif berilgan: e’tiqod - shaxsni o‘z qarashlariga,
prinsiplariga, dunyoqarashiga
muvofiq tarzda qarorga kelishga undaydigan muhim motivlar tizimidir. Boshqa
so‘z bilan aytganda, e’tiqod shaklida namoyon bo‘ladigan ehtiyojlarning mazmuni
- bu tabiat, tevarak-atrofdagi olam to‘g‘risidagi bilimlar va ularning muayyan
tarzdagi tushunilish demakdir. Bu bilimlar falsafiy, estetik, tabiiy-ilmiy nuqtai
nazardan tartibga solinsa va ichki uyushgan tizimi tashkil etilsa, u
14.4. Yo‘nalganlikning eng muhim tarkibiy qismlari. Dunyoqarashni
tarkib topishi va rivojlanishi
Psixologiya fani dunyoqarashning shakllanish
jarayonini tadqiqot qiladi,
ijtimoiy-tarixiy taraqqiyot hodisalarining to‘g‘ri baholanishini, evolyutsion
yo‘sinda tarkib topishini, axloqiy prinsiplar, didlar yuz berishini, tabiat
hodisalariga va jamiyatning qonuniyatlariga
nisbatan qarashlarning
shakllanishi
qay tariqa yuz berishini va boshqalarni aniqlaydi.
Ijtimoiy ustanovka shaxs xulq-atvorining ichki, anglanmagan yoki qisman
anglangan motivlariga kiradi. Masalan, bir kishiga badiiy adabiyotdan aynan bir
guruh asarlar guruhi yoki shu adib yoqishini tushunmaydi. O’sha guruhdan yangi
bir kitob kitob qo’lga kirganda u albatta yoqishi kerak degan tasavvurda bo’ladi
shu manoda olib qaralganda ijtimoiy ustanovka shaxsdagi anglanmagan
munosatbatlarga o’xshaydi. Lekin aslida uning tabiati juda murakkabdir. Chunki
ijtimoiy ustanovka tushunchasida munosabatlar ham, shaxsiy ma’no ham, baholar
sistemasi ham, bilimlar ham o’z ifodasini topadi. Ya’ni ijtimoiy ustanovka
shaxsning turli ijtimoiy obyektlarga nisbatan munosabat
bildirishining ichki
292
mexanizmidir, shu obyektlar bilan ishlashga, ularni baholashga hamda ma’lum
tarzda idrok qilishga tayorgarlik holatidir.
Ijtimoiy ustanovka muammosi G’arbda, ayniqsa, Amerika Qo’shma
Shtatlarida har taraflama chuqur o’rganilgan muammolardan hisoblanadi.
Amerikalik olimlar uning shaxsning avvalgi hayotiy tajribasiga, undagi ijtimoiy
tasavvurlariga bog’liqini o’rganib, shaxs xulq atvorini turli sharoitlarda
boshqaruvchi mexanizm ekanligini isbot qildilar. (U.Tomas, F.Znanetskiy,
G.Olport, M.Smit, K.Xovland, Laper, D.Kats, N.Rokich va boshqalar) ular
ijtimoiy ustanovkani bir so’z bilan -"attityud"so’zi bilan ifodalaydilar. 1942
yildayoq M.Smit attityudning uch komponentli strukturasini ishlab chiqqan. Bunga
ko’ra attityudda uchs qism bo’lib, bo’lar kognitiv qism, affektiv qism hamda
kognativ qismlardir. Kognativ qism - bu shaxsdagi attityud
obyektiga nisbattan
bilimlar, uning odam tomonidan anglanishidir. Bunga shaxsdagi bilimlardan
tashqari g’oyalar, tassavvurlar printsiplar va hokazolar kiradi. Attityudning affektiv
qismi - bu o’sha obyektni hissiy emotsional baholash bo’lib, yoqtirish yoki
yoqtirmaslik tarzidagi hissiyotlar kiradi. Kognativ qismi yoki xulq-atvor bilan
bog’liq qismiga esa obyektga nisbatan amalga oshiriladigan xatti-harakatlar, aynan
xulq-atvor kiradi. Lekin ba’zi olimlarda ustanovkaning aynan obyektga yoki
vaziyatga nisbatan bo’lishi mumkinligi haqida ma’lumotlar ham bor edi.
Xususan, Laperning 1934 yilda o’tkazgan mashhur eksperimenti bunga misol
bo’lishi mumkin. Eksperimentning mazmuni quyidagicha edi. Laper ikkita xitoylik
talabalar bilan AQSh bo’ylab sayohatga chiqadi. Ular hammasi bo’lib 252 ta
mehmonxonada bo’lishib, ularning deyarli barchasida (bittasidan tashqari) iliq,
samimiy munosabatning guvohi bo’lishadi. Ma’lumki, o’sha paytlarda irqiy belgi
bo’yicha odamlarga tanlab munosabatda bo’lishar, xitoyliklar ham sariq tanlilar
sifatida kamsitilardi. Laper bilan hamroh bo’lgan
talabalarga munosabat bilan
olimga bo’lgan munosabat o’rtasida deyarli farq sezilmadi.
Sayohat tugagach, Laper o’sha barcha mehmon egalariga minnatdorlik xati
yozib, yana o’sha talabalar bilan borsa, yana o’shanday iliq kutib olishlari
mumkinligini so’radi. Javob faqat 128 ta mehmonxona egalaridan keldi, ularning
293
ham bittasi ijobiy javob, 58 da rad javobi, qolganlarida turlicha formalarida noaniq
javoblar olindi. Bundan Laper shunday xulosaga keldi:demak,
xitoy millatiga
mansub shaxslarga nisbatan ustanovka bilan mehmonxona egalarining real xulq-
atvorlari o’rtasida farq bo’lib, aslida ustanovka salbiy ekanligi, vaziyatga qarab
esa, u boshqacha-ijobiy namoyon bo’lganligi aniqlandi.
Ijtimoiy ustanovkalarga xos bo’lgan umumiy qonuniyatlardan yana biri uning
uzoq muddatli xotira bilan bog’liqligidir. Ayni vaziyatga shakllangan obrazlar
uzoq muddatli xotirada saqlanib, u yoki bu vaziyatda aktuallashadi, ya’ni
"jonlanadi". Masalan, ba’zi bir etnik steriotiplar
ana shunday xotira
obrazlaridandir. Demak, ijtimoiy ustanovka obyektga hamda konkret vaziyatga
bog’liqdir.
Shakllangan ijtimoiy ustanovkaning hayot mobaynida o’zgarishi mumkinligi
muhim ijtimoiy psixologik ahamiyatga egadir. Amerikalik olim Xovlant fikricha,
ijtimoiy ustanovka o’rgatish yo’li bilan o’zgarishi mumkin. Ya’ni o’quvchilardagi
turli ustanovkalarni o’zgartirish uchun rag’batlantirish yoki jazolash sistemasini
o’zgartirish lozimdir. Ikki shaxs yoki shaxs bilan guruhning ustanovkalari mos
kelmay qolgan sharoitda esa tomonlardan biri ongli ravishda o’z ustanovkalarini
o’zgartirishi shartdir. Aks holda nomutanosiblik prinsipiga ko’ra shaxslararo nizo
yoki kelishmovchilik paydo bo’lishi muqarrardir.
Dostları ilə paylaş: