16.4.Hissiy kechinmalarning shakllari. Hissiy ton, kayfiyat, affekt,
stress xolatlari
Emotsional holatlar boshqa ruhiy jarayonlar singari miya faoliyatining natijasi
yoki mahsuli bo‘lib hisoblanadi. Emotsional holatlarning yuzaga kelishiga tabiatda
va jamiyatda sodir bo‘layotgan o‘zgarishlar, munosabatlar, aloqalar, taassurotlar
asosiy sababchidir. O‘zgarishlar o‘z navbatida, birinchidan, shaxs hayoti va
faoliyatining jadallashi yoki pasayishiga, ikkinchidan, insondagi ayrim
ehtiyojlarning paydo bo‘lishiga yoki yo‘qolishiga, uchinchidan, odam ichki
organlari funksional holatlarining beqarorlashuviga olib keladi. His-tuyg‘ular
uchun eng xususiyatli fiziologik jarayonlar negizi sifatida shartsiz va shartli
reflekslar xizmat qiladi va ularning muayyan tizimi bosh miya katta yarim sharlari
po‘stida yuzaga keladi hamda shu joyda mustahkamlanadi. Murakkab shartsiz
reflekslar esa: 1) yarim sharlarning po‘stloqosti bo‘shliqlari; 2) miya stvoliga
tegishli ko‘rish tepachalari (do‘ngliklari); 3) nerv qo‘zg‘alishlarini miyaning
yuqori bo‘limlaridan vegetativ tizimiga o‘tkazib beruvchi markazlari orqali amalga
oshiriladi. Shaxsda his-tuyg‘ularning kechishi hamisha miya po‘sti bilan
po‘stloqosti markazlarining birlikdagi (hamkorlikdagi) faoliyati natijasida
ro‘yobga chiqadi
321
Shaxs ruhiy olamida, uni qurshab turgan tevarak-atrofda sodir bo‘layotgan
o‘zgarishlar (xoh tabiiy, xoh subyektiv bo‘lishidan qat’iy nazar) kechinmalar
subyekti (inson) uchun qanchalik qadr-qiymat, yuksak ahamiyat kasb etsa, hissiy
holatlarning mazmuni shunchali purma’no bo‘ladi. Buning ta’sirida yuzaga
keladigan muvaqqat bog‘lanishlar tizimining qayta qurilishi qo‘zg‘alish jarayonini
hosil qiladi. Mazkur jarayon miya katta yarim sharlari po‘stida tarqalib, so‘ng
po‘stloqosti markazlarini egallab oladi. Katta yarim sharlar po‘stidan pastda
turuvchi miya bo‘limlarida organizm fiziologik faoliyatining turli markazlari
(nafas olish, ovqat hazm qilish va hokazo) joylashgan. Shu sababdan po‘stloqosti
markazlarining qo‘zg‘alishi ba’zi ichki a’zolar faoliyatining kuchayishiga olib
keladi. Jumladan, nafas olish ritmikasining o‘zgarishi (hayajonlanganda bo‘g‘ilib
qolishni, og‘ir va tartibsiz nafas olishni yuzaga keltiradi), yurak faoliyatining
buzilishi (yurak urishini tezlashtiradi), organizmni qon bilan ta’minlash izdan
chiqishi (uyalgandan qizarishni, qo‘rqqandan oqarishni keltirib chiqaradi, ichki
sekretsiya bezlari ishining nuqsonlari ko‘z yoshining oqizadi, hayajonlanganda
og‘izini quritadi, qo‘rqqanda «sovuq» ter chiqaradi va hokazo.)
Ilmiy manbalarda talqin qilinishicha, miya katta yarim sharlarining po‘sti
mo’tadil sharoitida po‘stloqosti markazlariga boshqaruv va tormozlov yo‘sinida
ta’sir ko‘rsatadi hamda hissiyotining tashqarida ifodalanishiga yo‘q qo‘ymaydi.
Miya po‘sti kuchli darajada qo‘zg‘alsa, uning ta’sirida boshqaruvchanlik
funksiyasi buziladi. Shaxs qattiq charchasa yoki kuchli mast bo‘lsa, irradiatsiya
oqibatida po‘stloqosti markazlari ham qo‘zg‘aladi, natijada harakatni nazorat
qilishi yo‘qoladi.
Miya faoliyatining elektrofiziologik tadqiqotlari emotsiyalarning paydo
bo‘lishida gipotalamolimbik (yunoncha - bosh miya bo‘limi nomi) tizimi va
retikulyar formatsiya (lotincha - to‘rsimon, bog‘lam ma’nosini anglatadi)ning roli
ko‘rsatib o‘tilgan. Ma’lumotlarda ko‘rsatilishicha, emotsional holatlarning
fiziologik mohiyati katta yarim sharlar po‘stining va po‘stloqosti tizimi
markazlarining funksiyasigina emas, balki ular: a) miya mexanizimlari faoliyatini
faollashtiruvchi retikulyar formatsiyaning, b) miyaning, talamus (ko‘rish
322
do‘ngliklari)ning, gipotalamusning (do‘nglikosti qismining), v) yarim sharlar yangi
po‘stlog‘i orasidagi limbik sistemaning funksiyalaridir.
Emotsional holatlar uchun po‘stloqosti tugunchalarining tarkibiga kiruvchi
(miya katta yarim sharlarining oq moddasi bilan birlashuvi kulrang modda
yig‘indisi) markazlar ham muhim ahamiyatga ega. Agarda miya katta yarim
sharlari po‘stlog‘i harakatlarini birlashtirib, sezgilarni va sa’y-harakatlarni nozik
ifoda qilib tursa, miya formatsiyalari tashqi hamda ichki muhitda sodir bo‘ladigan
o‘zgarishlarga organizmning javob reaksiyalarini boshqaradi.
Ma’lumotlarga qaraganda, miya katta yarim sharlari po‘stlog‘i shikastlansa,
tashqi olamdan hamda ichki organlardan keladigan qo‘zg‘ovchilarning nozik tahlil
qilinishi zaiflansa ham emotsional holatlar saqlanib qolaveradi. Masalan,
hayvonlar limbik tizimga, do‘ngosti (gipotalamus) qismiga, ko‘rish tepaliklariga
yo‘nalgan elektr qo‘zg‘atuvchilarga, retikulyar formatsiyasining qo‘zg‘alishlariga
xursandlik yoki diqqinafaslik, darg‘azablik yoki qo‘rqoqlik, lazzatlanish yoki
azoblanish, rohatlanish yoki ko‘ngilxijillik sifatida javob reaksiyasi hosil bo‘ladi.
Psixofiziolog olimlarning ma’lumotlariga qaraganda, miyaning muayyan
joylaridan elektrod yordamida biotoklarni yozib olishning ko‘rsatishicha, sut
emizuvchilarning gipotalamuslarida ham «rohatlanish», ham «azoblanish»
markazlari mavjud ekan. Tajribada «rohatlanish» markazi qo‘zg‘atilganda yoqimli
hislar uyg‘ongan, elektr toki bilan «azoblanish» markazi qo‘zg‘atilganda esa
hayvonlar qaltirab, o‘zini har tomonga tashlagan. Keyinchalik sut emizuvchilar
azoblantiruvchi emotsiyadan qochishga harakat qilganlar.
Yuqorida ta’kidlanganidek, ijobiy va salbiy his-tuyg‘ularning shunga
o‘xshash markazlari bosh miyaning boshqa bo‘limlarida joylashganligiga qaramay,
shartli ravishdagi rohatlanish va azoblanish markazlari ham mavjuddir.
Emotsiyalar bir-biriga yaqin masofada faoliyat ko‘rsatadilar. Tajribada qo‘sh
(juft) markazlaridan birida elektrod bilan hosil qilingan qo‘zg‘alish ehtiyojdan
kelib chiqqan holda salbiy yoki ijobiy emotsiyadan faqat bittasini vujudga
keltirgan, xolos. Ba’zida yondosh joylashgan markazlarda qo‘zg‘alish tarqalgan
bo‘lsa, u holda ambivalent yoki ikkiyoqlama reaksiya ro‘yobga chiqadi. Shartli
323
ravishda nomlangan markazlar (rohatlanish, azoblanish) bir-biriga yaqin
joylashishiga qaramasdan, har xil tuzilishga ega ekanligi aniqlangan.
Ma’lumotlarning ko‘rsatishicha, «azoblanish» markazlari miyaning turli
bo‘limlariga joylashsa-da, lekin ular yagona tizim bilan boshqariladi. Salbiy
emotsiyalardan farqli o‘laroq ijobiy his-tuyg‘ular va «rohatlanish» markazlari bir-
birlari bilan jips aloqaga ega emas. Ta’kidlab o‘tilgan mulohazalar emotsiyalar juft
hamda qarama-qarshi xususiyatga ega ekanligidan dalolat bermoqda. Shuning
uchun har qaysi emotsiya qarama-qarshi turkumiga ega deb qat’iy ishonch bilan
aytish
mumkin,
jumladan,
sevgi-nafrat,
yoqimli-yoqimsiz,
xotirjamlik-
bezovtalanish mas’uliyatlik-loqaydlik va boshqalar.
I.P.Pavlov, Ch.Sherrington, P.K.Anoxin, N.A.Bernshteyn, Y.N.Sokolov,
T.V.Simonov, D.Lindsley, R.U.Liper, B.I.Dodonov, U.Jems va boshqalarning
tadqiqotlarida ko‘rsatilishicha, tahlil qilingan markazlarning qo‘zg‘atilishi shartli
reflekslari hosil qilinishini mustahkamlovchi omil hisoblanadi. Buning natijasida
elektr qo‘zg‘ovchi yordami bilan miya katta yarim sharlarining po‘stida bilish
jarayonlari va xatti-harakatlar stereotiplarining negizini tashkil qiluvchi muvaqqat
bog‘lanishlar hosil qilinadi. Shartli reflekslarning so‘nishi,tormozlanishi,
po‘stloqning tanlash (selektiv) tizimi miya stvolining uzunasi bo‘yicha tepalikosti
va po‘stloqosti nerv tugunlaridagi «markazlar»ning faoliyatiga bog‘liqdir.
I.P.Pavlov o‘sha davrdayoq, «dinamik stereotip»ni hosil qilgandan keyin oliy nerv
faoliyatida uni buzilish salbiy hissiyotlar kechishi uchun negiz bo‘ladi, dinamik
stereotipni oldindan tayyorlab, so‘ng uni o‘zgarishi ijobiy his-tuyg‘ularni paydo
qiladi, deb qat’iy ishontirgan edi.
Ma’lumotlarning
ko‘rsatishicha,
miyaning
tepalikosti
qismida
(gipotalamusda)gi markazlar rohatlanish yoki azoblanish vaziyatlari ko‘p marta
takrorlansa ham hech o‘zgarmasligi mumkin, lekin miya katta yarim sharlari
po‘stloqosti nerv tugunchalari bo‘ylab yoyilgan markazlar qo‘zg‘atilishi natijasida
emotsional reaksiyalar kuchsizlanishi, hatto so‘nishi ham kuzatiladi. Bu voqelik
shu bilan izohlanadi-ki, aqliy faoliyat va axloqiy kechinmalar emotsional tusi
o‘zining o‘zgaruvchanligi bilan ajralib turadi. Binobarin, organizmning birlamchi
324
ehtiyojlari
yuzasidan
signal
beruvchi
emotsional
reaksiyalar
takroran
qanoatlantirgandan keyin ham so‘nmaydi. Shuningdek, organik jarohat tufayli
og‘riq kamaymaydi, muayyan reaksiyalar o‘zgarmaguncha jismoniy mashqdan
maroqlanish shaxs ko‘ngliga tegmaydi. Buning uchun albatta, salbiy, ijobiy,
aralash (ambivalent) signallar insonning hayoti va faoliyatida o‘z ahamiyatini
yo‘qotishi kerak. Turli markazlarni qo‘zg‘atganda yuzaga keladigan rohatlanish
yoki azoblanish emotsiyalarining sifatiga, darajasiga va barqarorligiga asoslangan
holda har bir sharoitda hissiy ifodalangan shartli reflektor aloqalar bir marta
mustahkamlanganda hosil bo‘lishini, boshqa vaziyatda mustahkamlanish uchun
ko‘p urinishga qaramay aloqani tiklash mushkul ekanligini izohlash mumkin. Bu
o‘rinda shaxsning barqaror emotsional yo‘nalganligi, mayllar mustahkamligi ruhiy
hodisasini, uning turmush tarzini, hayotiy ideallarni tushuntirish mumkin. Masalan,
mayxo‘r (alkogol) yoki narkoman uchun rohatlanish bilan bog‘liq xatti-harakat
birlamchi bo‘lganligi tufayli turli ijtimoii voqealar (oiladagi judolik, ishxonadagi
ko‘ngilsizlik, tabiiy ofat va boshqalar) uni bu yo‘ldan to‘xtatib qololmaydi, lekin
muvaqqat holat vujudga kelishi mumkin (aytaylik bir necha daqiqa o‘zini tiyib
turish), biroq tezda tabiiy ehtiyojga mutelik qilib, «tarki odat - amri mahol»
yo‘sinda ish tutaveradi.
Hissiyotlar shaxs faoliyatining muhim jabhasi sifatida insonni keng
emotsional sohasini rang-barangligi, ko‘pqirraligi haqida hissiy ton (yunoncha,
zo‘riqish, urg‘u berish ma’nosini bildiradi), emotsiyalar (lotincha, qo‘zg‘atish,
hayajonlash demakdir), affektlar (lotincha, ruhiy hayajon, shijoat, ehtiros
ma’nosini anglatadi), stress (inglizcha, zo‘riqish deganidir) va kayfiyat kabi
tushunchalar muayyan tasavvur bir imkoniyatga ega.
Hissiy ton (tus). Hissiyot aksariyat hollarda faqat emotsional tus sifatida ruhiy
jarayonning o‘ziga xos sifat (sifatiy) jihati tariqasida vujudga keladi. Hissiyot bu
o‘rinda o‘ziga o‘zi emas, balki bilishga intilayotgan, o‘zgartirayotgan, egallayotgan
shaxsda ma’lum munosabatni namoyon qiluvchi narsalar, hodisalar va
harakatlarning alohida xossasi, xislati hamda xususiyati ma’nosida gavdalanadi.
Mazkur narsalarga nisbatan inson shaxsining subyektiv munosabatlari to‘g‘risida
325
mulohaza yuritilayotganini odam hamisha ham payqay olmaydi. Masalan, yoqimli
muloqotdosh, kulgili hangoma, badbo‘y hid, behayo kino, ishtiyoqli mashg‘ulot,
iboli qiz, yaramas xulq, xushchaqchaq yigit, xotirjamlantiruvchi xabar, zahmatli
mehnat va boshqalar.
Emotsional ton yoki hissiy tus (masalan, affektiv ton) ba’zi hollarda barcha
shaxslarda tug‘ma, nasliy xususiyat kasb etishi mumkin. Jumladan, og‘riq hissi va
boshqa xususiyatli kuchli qo‘zg‘atuvchilar bir davrda aks etgan yoqimsiz (noxush)
hissiy ton bilan ajralib turadi. Masalan, (lotincha, simob, egallovchi degan ma’no
anglatadi), ya’ni simob bilan boshqa organik moddalar birikmasidan tarqalgan
hidlar har qaysi ruhan sog‘lom insonlar uchun yoqimsiz, jirkanch taassurot
uyg‘otadi. Shuningdek, ba’zi ranglar birikmasi (omixtasi), shilimshiq pardalarning
qo‘zg‘alishi, qamishlarning ishqalanishi, egovning ovozi ham xuddi shunday iz
qoldiradi. Shu bilan birga idrok obrazlari va tasavvurlarining aksariyat hissiy
tonlari (tuslari) oldingi emotsional jarayonlaridan saqlanib qolgan izlar, turmush
tajribaning saboqlari ((aks sadolari) insonlarda o‘xshashligi tufayli «tug‘ma» deb
baholanishi mumkin. Hissiy ton shaxsning ehtiyojlarini atrofdagi narsalar va
vaziyatlar qoniqtirishi yoki qoniqtirmasligi, faoliyatning esa muvaffaqiyatli yoki
muvaffaqiyatsiz kechishini yaqqol namoyish etishiga xizmat qiladi. Shaxsning
psixologik xislatlariga binoan hissiy ton (tus) o‘ziga xos (yunoncha, o‘ziga xos,
qorishmoq, qorishuv ma’nosini bildiradi) xususiyatini kasb etadi, bunday ta’bli
odam boshqalar uchun befarq tuyulgan narsalarga ham jirkanch munosabatini
namoyish qiladi, masalan, duxobaga tegishni, baliq, yog‘, gul hidlarini
yoqtirmaydi.
Shuni alohida ta’kidlash o‘rinliki, ko‘rish, eshitish, hidlash, kinestetik
(harakat) sezgilarga hamda idroklarga taalluqli hissiy ton muhim amaliy
ahamiyatga ega. Masalan, xonalar, ish joyi, transport vositalarining rangi (tusi)
taassurotidan vujudga kelgan yoqimli va yoqimsiz hissiy ton mehnat
samaradorligiga, xizmatchilarning kayfiyatiga sezilarli ta’sir o‘tkazadi. Kimyoviy
o‘g‘itlar, sabzovotlar yoqimsiz hidi, ishlab chiqarishdagi shovqinlar, tovushlar
hissiy ton jihatidan mehnat unumdorligini pasaytiradi. Xotirjamlik, yoqimsiz
326
musiqa, iliq shaxslararo munosabatlar, muomala maromi, ahillik muvaffaqiyat
kafolati, ijtimoiy taraqqiyot omili hisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: |