13.4. Qiziqish muammosi psixologik nuqtai nazardan o‘rganilishi
Psixologiya fanining yirik namoyandalarining ta’limoticha, qiziqish
odamlarning ehtiyojlari negizida yuzaga keladi, yaqqol ijtimoiy-tarixiy shart-
sharoitda, vaziyatda vujudga keladi, shakllanadi, barqarorlashib boradi hamda
ularning shaxsiy turmush sharoitida va faoliyatida, ijtimoiy ishlab chiqarishda
qatnashishi singari omillarda gavdalanadi. Umumiy talqinlarga asoslanib mulohaza
bildirilganda, qiziqish alohida jarayon, ma’lum psixologik funksiya emas, chunki u
his-tuyg‘u, iroda, ong, qolaversa, jamiki psixik holatlar, hodisalar va ichki
kechinmalarning o‘zida mujassamlashtirgan, murakkab tizimli ruhiy voqelikdir.
Qiziqishni psixologik mohiyatining dastlabki ko‘rinishi - bu uni odamlar
tomonidan anglab yetishi yoki tushunish imkoniyatidir. Shaxs qiziqish mahsulini,
uning oqibatini anglash, tasavvur etish orqaligina obyektiv borliqdagi narsa va
hodisalarga ongli, tanlab munosabatlarda bo‘ladi. Lekin bu voqelik (anglash,
tushunish) insonda birdaniga sodir bo‘lmaydi, balki muayyan vaqt davomida unda
bilish jarayonlari, shaxsiy fazilatlari, individual-tipologik xususiyatlari rivojlanishi
tufayli yuzaga keladi. Shuni alohida ta’kidlab o‘tish joizki, qiziqishning psixologik
mohiyati namoyon bo‘lishida aqliy jarayonlar muhim rol o‘ynashi hodisasi qayd
qilinishi u faqat intellektdan tashkil topadi, degan ma’noni anglatmaydi, albatta.
Xuddi shu boisdan, qiziqishni psixologik mohiyatining ikkinchi ko‘rinishi - uning
his tuyg‘ular, emotsional holatlar bilan uyg‘unlashgan, mujassamlashgan tarzda
ifodalanishidir. Ma’lumki, his-tuyg‘ular, shuningdek, emotsional holatlar
280
(emotsional ton, kayfiyat, shijoat, ehtiros va boshqalar) shaxsning borliqdagi aniq
voqelikka, narsa va hodisalarga, muayyan faoliyatga nisbatan intilishni, sa’y-
harakatlarni kuchaytiradi, jadallashtiradi, safarbarlikni obyektga yo‘naltiradi. Inson
o‘z shaxsiy qiziqishini qondirgandan keyin unda yoqimli his-tuyg‘ular uyg‘onadi,
ruhiy qoniqish esa o‘z navbatida lazzatlanish (praksik) hisni vujudga keltiradi,
buning natijasida frustratsiya (ruhi tushish) uning shaxsiyatini egallaydi.
Qiziqishni psixologik mohiyatining uchinchi ko‘rinishi, uning iroda sifatlari
bilan yoinki iroda akti bilan umumlashgan tarzda vujudga kelishidir. Irodaviy zo‘r
berish, muayyan qaror bo‘yicha intilish, ba’zi qiyinchiliklarni yengish, mustaqillik
namoyon qilish qiziqishni qaror toptiradi, shaxsni maqsad sari yetaklaydi.
Qiziqishni psixologik mohiyatining to‘rtinchi ko‘rinishi, uni oliy nerv
faoliyati xususiyatlari va temperament tiplari bilan birga mujassamlashgan holda
namoyon bo‘lishidir.
Qiziqishning nerv-fiziologik mexanizmlari to‘g‘risida mulohaza yurtilganda,
dastavval rus olimi I.P.Pavlovning oliy nerv faoliyati haqidagi ta’limotini ta’kidlab
o‘tish joiz. Uning «bu nima?» refleksi, ya’ni oriyentirovka (mo‘ljal olish) refleksi
qiziqishning moddiy negizini tushuntirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
I.P.Pavlov va uning shogirdlaridan keyin P.K.Anoxin, N.A.Bernshteyn,
B.M.Teplov, V.S.Merlin, V.D.Nebilisin va boshqalar insondagi qiziqishning nerv-
fiziologik mexanizmlarini bosh miya katta yarim sharlari po‘stlog‘ida
oriyentirovka refleksi negizida murakkab muvaqqat bog‘lanishlarning vujudga
kelishidir, degan yo‘sinda talqin qilmoqdalar. Qiziqishning moddiy asoslari o‘zaro
induksiya qonuni, po‘stloqdagi optimal qo‘zg‘alish o‘chog‘i va dinamik
stereotiplar (I.P.Pavlov), dominanta (A.A.Uxtomskiy), oriyentir murakkab
psixofiziologik hodisa ekanligi (Ye.N.Sokolov) va boshqalar bo‘lib hisoblanadi.
Hozirgi davrda qiziqish shaxsning individual-psixologik xususiyatidan
iboratdir, degan xulosa odatiy narsaga aylanib qoldi. Shunga qaramasdan, ba’zi
manbalarda qiziqish muayyan soha bo‘yicha to‘g‘ri mo‘ljal olishga, yangi omillar
bilan tanishishga, voqelikni to‘la va chuqur aks ettirishga yordam beradigan
motivdir, degan ta’rifga ham egadir. Shunga mutanosib tarzda qiziqish bilish
281
jarayoni tusini kashf etadigan, ijobiy his-tuyg‘ularda yo‘naltirilgan obyekt bilan
chuqurroq tanishishga, u haqda ko‘proq ma’lumotga ega bo‘lish, uning mohiyatini
anglab yetishga nisbatan shaxsning istagida namoyon bo‘ladi, qabilida mulohazalar
hukm suradi.
Shuni alohida ta’kidlash lozimki, shaxsning ishtiyoqini qondirishga
yo‘naltirilganligini aks ettiruvchi qiziqishni qondirilishi, hech qachon uning
so‘nishini ifodalamaydi, aksincha, obyektning noma’lum qirralarini aniqlashga
nisbatan intilish davom etaveradi. Shu bilan birga qiziqishlar bilishning, uning
jarayonlari funksional holatining doimiy qo‘zg‘atuvchi mexanizmi sifatida vujudga
keladi va aks ettirishda davom etadi.
Psixologiyada qiziqish mana bunday tiplarga ajratilishi mumkin: 1)
mazmuniga ko‘ra: shaxsiy va ijtimoiy; 2) maqsadiga binoan: bevosita va bilvosita;
3) ko‘lamiga qaraganda: keng va tor; 4) qiziqishlar darajasi bo‘yicha: barqaror va
beqaror va boshqalar.
Qiziqishning mazmun jihatidan o‘zaro tafovutlanishi quyidagilarda
mujassamlashadi: bilish ehtiyojlarining obyektlari qaysilar, bilishning mazkur
faoliyat maqsadi bilan mutanosibligi, shaxsning yashayotgan muhitiga nisbatan
munosabati kabilar. Shaxsda nimalarga nisbatan qiziqish uyg‘onadi, uning bilish
ehtiyojlari obyektining ijtimoiy qiymati qanday ahamiyat kasb etadi? Insonning
shaxsiy qiziqishi kelib chiqishiga ko‘ra birlamchi bo‘lishiga qaramasdan, u bir
davrning o‘zida ijtimoiylik xususiyatini kasb etaveradi. Uning kasbiy faoliyatiga
nisbatan qiziqishi oxir-oqibatda jamiyat uchun naf keltirishi, ravnaqi uchun
qiymatlidir. Ijtimoiy xususiyatli qiziqishlarning paydo bo‘lishi shaxsiy ahamiyat
kasb etish sari yetaklashi muqarrar. Chunki umumiylik (ijtimoiylik) bilan
xususiylik (shaxsga oidlik) uyg‘unlashgan holda hukm suradi va ular bir
bosqichdan boshqa bir bosqichga avtomatik ravishda o‘taveradi yoki ular doimo
o‘rin almashtirib turishadi. Shaxs o‘z qiziqishi tufayli biron-bir narsani kashf etsa,
individual ehtiyojini qondiradi, shuningdek, jamiyat, jamoa uchun ishlab
chiqarishni takomillashtirishga bu narsa xizmat qiladi. Shu boisdan jamiyatning,
jamoaning eng dolzarb vazifalaridan biri yoshlarning mustaqil, faol bilishga,
282
ijtimoiy ahamiyatga moyillik mehnat faoliyatiga nisbatan qiziqish uyg‘otishdan
iboratdir. Toki ularda jiddiy, sermazmun, jamiyat tomonidan rag‘batlantiriluvchi,
mehr-muhabbatga sazovor qiziqishlar shakllansin.
Qiziqishning maqsad jihatidan farqi bevosita va bilvosita namoyon bo‘ladigan
qiziqishlarning mavjudligini aniqlaydi. Bevosita qiziqishlar voqelikning, jismlar va
hodisalarning emotsional jozibaliligi, his-tuyg‘ularga ega bo‘lishligi, tashqi
ta’sirlarga beriluvchanligi tufayli vujudga keladi. Bevosita qiziqishlar
o‘rganilayotgan narsaning ma’nosi bilan uning shaxs faoliyati uchun ahamiyati
mos tushgan taqdirda paydo bo‘lishi mumkin. Psixologiyada bevosita qiziqishning
yuzaga kelishini faoliyatning maqsadini anglash bilan bog‘liq bo‘lgan bilishni
ehtiyoj deb atash qabul qilingan. Mehnat va o‘qish faoliyatida hamisha his-
tuyg‘uga, jozibaga tayanib ish tutish imkoniyati mavjud bo‘lmasligi sababli
jismoniy va aqliy mehnatni ongli idora qilishda muhim ahamiyat kasb etadigan
bavosita qiziqishlarni tarkib toptirish masalasi ishlab chiqarish hamda ta’lim tizimi
oldida turgan muhim vazifa hisoblanadi.
Shunday qilib, u yoki bu narsalarni (hodisalar mohiyatini) bilish, ko‘rish,
idrok qilish, anglab yetish uchun qiziqarli tuyulgan ichki kechinmalar bevosita
qiziqishni aks ettiradi. Bilvosita qiziqishlar mehnat faoliyati yoki ta’lim olish
jarayonining muayyan ijtimoiy ahamiyati bilan uning shaxs uchun subyektiv
ahamiyati o‘zaro mos tushganida bilvosita qiziqish yuzaga keladi. Binobarin, shaxs
mazkur jarayonda bu narsalar meni qiziqtirgani uchun juda qiziqarlidir, degan
xulosaga keladi. Mehnat faoliyati va ta’lim jarayonini ongli tashkil etishda
yetakchi va ustuvor rol o‘ynaydigan bilvosita qiziqishlarni tarkib toptirish uchun
maxsus treninglarga, omilkor yo‘l-yo‘riqlarga o‘rgatish maqsadga muvofiqdir.
Odamlarning qiziqishlari o‘zining ko‘lami bilan bir-biridan farq qiladi.
Shunday shaxslar toifasi ham mavjudki, ularning qiziqishlari faqat birgina sohaga
qaratilgan bo‘ladi. Boshqa bir toifaga taalluqli odamlarda esa qiziqishlar qator
sohalarga, fanlarga, obyektlarga yo‘naltirilganligini uchratish mumkin. Lekin turli
sohaga nisbatan qiziqishlarning biri ikkinchisiga salbiy ta’sir etishi mumkin emas,
agarda ular oqilona boshqarish imkoniyatiga ega bo‘lsa. Qiziqishning torligi
283
ko‘pincha salbiy hodisa sifatida baholanishi mumkin, lekin ayni chog‘da ularning
kengligi ham nuqson tariqasida tahlil qilinsa bo‘ladi. Biroq shaxsning barkamol
shaxs bo‘lib kamol topishi qiziqishlar ko‘lamini tor emas, balki keng miqyosda
bo‘lishini taqozo etadi.
Qiziqishlar o‘zlarining darajasiga qarab barqaror va beqaror turlarga
ajratiladi. Barqaror qiziqishga ega bo‘lgan shaxs uzoq vaqt davomida yoqtirgan
predmetlariga, obyektlariga, hodisalarga nisbatan o‘z maylini hech o‘zgarishsiz
saqlab tura oladi. Shu boisdan inson ehtiyojlarini o‘zida mujassamlashtiruvchi,
shaxsning ruhiy fazilatiga aylana boshlagan qiziqishlar barqaror qiziqishlar
deyiladi. Barqaror qiziqish shaxs qobiliyatining rivojlanganligidan darak berishi
mumkin. Ana shu nuqtai nazardan olib qaraganimizda, mazkur qiziqish tashxis
qiluvchanlik xususiyatiga ega. Biroq insonlarda barqaror qiziqishning mavjud yoki
mavjud emasligini aniqlash uchun ularning mehnat faoliyati va o‘quv jarayonidagi
qiziqishlarining tashqi ifodasini atroflicha o‘rganishga to‘g‘ri keladi. Odatda,
qiziqishning tashqi ifodasi shaxsning o‘ziga o‘zi baho berish, o‘zini o‘zi tahlil
qilish faoliyatlarida namoyon bo‘ladi. Barqaror qiziqish to‘g‘risida mulohaza
yuritilganda, uning boshqa tarkibiy qismlari va qirralarini hisobga olish lozim,
chunki bu narsa ko‘p jihatdan shaxsning irodaviy sifatlari, xarakterining
vazminligiga bog‘liq. Qiziqishning barqarorligi uning nisbatan jadal tarzda
namoyon bo‘lishi hamda uzoq davom etishi bilan ifodalanadi. Shaxsning zaruriy
ehtiyojlarini yuksak darajada aks ettiradigan, shuningdek, uning psixologik
tuzilishiga xos xislatlarga aylanib boradigan qiziqishlari barqaror qiziqish deyiladi.
Barqaror qiziqish qobiliyatning bir ko‘rinishiga o‘xshash bo‘lib, maqsadga
yo‘nalganligi bilan muhim ham individual, ham ijtimoiy ahamiyatga, qiymatga
egadir.
Qiziqishlarning ba’zi holatlarda beqaror bo‘lishligi insonlarning yosh, jins,
tipologik xususiyatiga bog‘liqdir. Bunday toifadagi odamlarda qiziqishlar g‘oyatda
ehtirosli kechadi, biroqqisqa muddatli bo‘lishi mumkin. Masalan, bir vaqtning
o‘zida ular bir nechta fanlarga, tabiat hodisalariga qiziqadi, barcha narsaga ishtiyoq
bilan kirishib, muammo mohiyatiga chuqur kirib bormasdan, boshqa holatlar bilan
284
mashg‘ul bo‘lib ketadilar. Unday xususiyatli shaxslar mashg‘ulotlarga tez kirishadi
va shunday yo‘sinda so‘nib turadi ham. Qiziqishlar salohiyatli voyaga yetgan
odamlarning, yoshlarning o‘z iste’dodlarini maqsadga yo‘naltirgan tarzda amalga
oshishini ta’minlaydi.
Shaxsdagi qiziqishlarni rivojlantirish va barqarorlashtirish uchun ularning
negizini tashkil etadigan faoliyat bilan mashg‘ul bo‘lishga, maqsadga muvofiq
ravishda shug‘ullanishga, mayl uyg‘otishga puxta zamin hozirlash zarur, toki
qiziqishlar motiv, ehtiyoj, e’tiqod funksiyasini bajarishga aylansin.
Shunday qilib, qiziqishlar, shaxs faoliyati asoslarining tanho yo‘nalishi emas,
lekin uning eng muhim jihatidan iboratdir.
Psixologiya fanining so‘nggi davrdagi ma’lumotlariga asoslangan holda
qiziqishning bir nechta darajalarga ajratish mumkin: a) sinchkovlik, b)
qiziquvchanlik, v) bilishga qiziqish, g) turg‘un yoki kasbiy qiziqish. Sinchkovlik
qiziqishning biror narsaga nisbatan kuchli intilishdan iborat qisqa muddatli turi
yoki darajasidir. Qiziquvchanlik shaxsning voqelikdagi narsa va hodisalarga,
ularning bilishga nisbatan faol munosabatidan iborat qiziqish darajasidir. Bilishga
qiziqish anglashinilgan darajadagi, maqsadga muvofiqlashgan, jismoniy va aqliy
faoliyatning yangi qirralarini egallashga yo‘naltirilgan qiziqish turidir. Turg‘un
qiziqish shaxsning kasbiy ko‘nikmalar, malakalar va bilimlarni egalashga
yo‘naltirilgan, kasbiy tayyorgarlik darajasi bilan uyg‘unlashgan, maqsadga erishish
yo‘lida faollik ko‘rsatuvchi qiziqish turidir.
Shaxslar ixtiyoriga piktogramma, anagramma, turli xususiyatli testlarni
havola qilish ularda qiziqishning ichki mexanizmlarini keltirib chiqaradi. Bu narsa
o‘z navbatida ularda o‘z qiziqishini o‘zi boshqarish ko‘nikmasini shakllantiradi,
har qanday qo‘zg‘aluvchiga javob berishdan iborat stereotip hosil bo‘ladi.
Qiziqishning bu turi va uning yuqori bosqichi shaxsning voqelikdagi ichki
bog‘lanishlarni, munosabatlarni bilib olishga yo‘llaydi hamda ruhiy to‘siqlar va
qiyinchiliklarni
yengadigan,
muvaffaqiyatsizliklardan
cho‘chimaydigan,
qat’iyatlik, intiluvchan, toliqmas individual xususiyatni shakllantirishga yordam
beradi. Odamlarda o‘zini o‘zi boshqarish, shaxsiy qiziqishini idora qilish, o‘ziga
285
o‘zi buyruq berish, o‘zini qo‘lga olish, o‘zini o‘zi takomillashtirish singari shaxs
xususiyatlarini shakllantirish ijtimoiy, tarixiy hamda ijtimoiy-psixologik ahamiyat
kasb etadi.
Dostları ilə paylaş: |