373
18.4.Nerv sistsmasi tiplarining kelib chiqishi. Temperament
xususiyatlari
Temperament tipologiyasi, mabodo insonlar temperamentlari bo‘yicha
qiyoslansa, u holda uning xususiyatlari jihatidan o‘zaro o‘xshash shaxslarning
guruhi mavjudligi namoyon bo‘ladi. Bu asnoda eramizdan oldingi davrda ham
temperament tiplari to‘g‘risida materiallar to‘plangan. Ularda temperament tipi
deyilganda, insonlarning muayyan guruhlarini tavsiflovchi psixik xususiyatlarning
yig‘indisi (majmuasi) anglashinilgan. Hozirgi davrda temperament tipi deganda,
ma’lum insonlar guruhi uchun umumiy bo‘lgan xususiyatlarning sodda majmuasi
emas, balki mazkur xususiyatlarining qonuniy, zaruriy o‘zaro bog‘liqligi
tushuniladi. Temperament tipini tavsiflovchi xususiyatlarning qonuniy tarzda
o‘zaro bog‘liqligi turlicha aks etishi mumkin.
Temperamentning ayrim xususiyatlarini u yoki bu tashqi ko‘rinishiga qarab
o‘lchash mumkin. Shaxsning shiddatlilik (tezlik, impulsivlik) darajasini ikkita
harakatdan bittasini tanlanmaydigan harakatga nisbatan qancha vaqt mobaynida
qaror chiqarishga qarab aniqlash mumkin. Agar ushbu yo‘sinda temperamentning
bir nechta xususiyatlari o‘lchansa, u holda uning bir xususiyati qancha ko‘p
miqdorda ifodalansa temperamentning boshqa xususiyatining shuncha ko‘p yoki,
aksincha oz aks etishi kuzatiladi.
Har qaysi tip uchun o‘ziga xos xususiyatlarining o‘zaro aloqasi, har bir
alohida xususiyatning sifat tavsifi temperament tipining boshqa xususiyatlari bilan
bog‘liqligi ham aks etadi. Masalan, o‘zini tuta bilmaslik yoki o‘zini tuta bilish
temperamentning bitta tipi uchun: a) ehtirosli shiddat, b) jazava va jazavadagi
muvozanatsizlikdir; bir xil tip uchun o‘zini tuta bilish - emotsional-irodaviy bir
me’yor bo‘lsa, boshqa uchun u ulug‘vorlik va vazminlik namunasidir.
Temperament tiplarini psixik xususiyatlar o‘rtasidagi qonuniy munosabatlar
tarzida tushunish Gippokrat tomonidan talqin qilingan temperament to‘g‘risida
tushuncha ma’nosiga mos tushadi. Lekin u ushbu tushunchani yunoncha so‘zi
bilan belgilagan va u lotinchaga mos bo‘lib, nisbatan, munosabat degan ma’noni
anglatadi. Nerv tizimining umumiy tiplari bilan fiziologik jihatdan temperament
374
tiplari I.P.Pavlovdan keyin Gippokrat tiplari, ya’ni sangvinik, xolerik, flegmatik,
melanxolik deb atala boshlangan. Lekin bu tushunchalar hozirgi zamon psixologik
ma’lumotlar munosabati bilan yangicha mazmun va mohiyat kasb etgan. Shu
boisdan asab tizimining to‘rtta tipi temperamentning to‘rtta tipiga bog‘liq deb
e’tirof etishimizga haqqimiz yo‘q, chunki ular gippokratcha tiplarning ayrimlari,
xolos. Shuning uchun yangi omillar mazkur tiplarning psixologik tavsifini qayta
tahlil qilishni taqozo etadi.
Temperament tiplarining psixologik tavsifi quyidagi muhim xususiyatlar
yordami bilan aniqlanishi mumkin:
Senzitivlik (lotincha - sezish, his qilish degan ma’no anglatadi). Senzitivlik
yuzasidan insonda bironta psixik reaksiyani hosil qilish uchun zarur bo‘lgan o‘ta
kuchsiz tashqi taassurot kuchiga qarab mulohaza yuritiladi, jumladan, sezgilarning
paydo bo‘lishi uchun qo‘zg‘ovchining ozgina kuchi (ularning quyi chegarasi),
ehtiyojlar qondirilmasligining sezilar-sezilmas darajasi (shaxsga ruhiy azob
beruvchi) mujassamlashadi.
Reaktivlik. Bu to‘g‘rida aynan bir xil kuch bilan ta’sir etuvchi tashqi va ichki
taassurotlarga shaxs qanday kuch bilan emotsional reaksiya qilishiga qarab
munosabat bildiriladi. Reaktivlikning yorqin ro‘yobga chiqishi - emotsionallik,
ta’sirlanuvchanlik ifodalanishidir.
Faollik. Bu borada inson qanday faollik darajasi bilan tashqi olamga ta’sir
etishi va maqsadlarni amalga oshirishda obyektiv hamda subyektiv qarama-
qarshiliklarni faollik bilan yengishiga qarab fikr yuritiladi.
Reaktivlik bilan faollikning o‘zaro munosabati. Odamning faoliyati ko‘p
jihatdan nimaga bog‘liqligiga binoan, chunonchi tasodifiy tarzdagi tashqi va ichki
sharoitlarda (kayfiyatga, favquloddagi hodisalarga) yoki maqsadlarga, ezgu
niyatlarga, xohish-intilishlarga ko‘ra fikr bildirish nazarda tutiladi.
Reaksiya tempi. Turli xususiyatli psixik reaksiyalar va jarayonlarning
kechishi tezligiga, binobarin, harakat tezligiga, nutq sur’atiga, farosatlilikka, aql
tezligiga asoslanib xulosa chiqariladi.
375
Harakatlarning silliqligi va unga qarama-qarshi sifat rigidlik (qotib qolganlik).
Shaxsning o‘zgaruvchan tashqi taassurotlarga qanchalik yengillik va chaqqonlik
bilan muvofiqlashishiga (silliqlik bilan moslashishga), shuningdek, uning xatti-
harakatlari qanchalik sust va zaifligi (rigidligi - qotib qolganligi)ga nisbatan baho
berishdan iboratdir.
Ekstravertirovanlik va introvertirovanlik. Shaxsning faoliyati va reaksiya ko‘p
jihatdan nimalarga bog‘liqligiga, chunonchi favquloddagi tashqi taassurotlarga
(ekstravertirovanlik) yoki, aksincha, timsollarga, tasavvurlarga, o‘tish hamda
kelajak bilan uyg‘unlashgan mulohazalarga (introvertirovanlik) taalluqligiga
asoslangan holda munosabat ifodasidir. Ruhiy faoliyatning umumiy xususiyatlari
bilan bir qatorda shaxsiy-psixologik xususiyatlar ham borki ehtiyojlar qizishlar
temperament xarakter motivlar shularga kiradi.
Demak, temperament inson shaxsining individual psixologik xususiyatlaridan
biridir. Temperament deb shaxsining emotsional qo’zgaluvchanligi va umumiy
harakatchanligi bilan sifatlanadigan individual xususiyatlari yig’indisiga aytiladi.
Boshqacha qilib aytganda temperament deb markaziy nerv sistemasining odam
reaksiyalari umumiy xususiyatlarini belgilab beruvchi tug’ma biologik xossalariga
aytiladi. Mana shu xususiyat umr bo’yi kam o’zgaradi lekin har qalay ijtimoiy
muhitda rivojlanib boradi. I.P.Pavlov nerv jarayonlarining xossalariga qarab oliy
nerv faoliyatining Gippokrat aytib ketgan temperamentlar (sangvinik, xolerik,
flegmatik, melanxolik)ga mos keluvchi asosiy tiplarini ajratdi.
Dostları ilə paylaş: |