369
faoliyatining individual xususiyatlari turkumlari shunga o‘xshash usul yordami
bilan kashf qilingan. Shuningdek, B.M.Teplov ilmiy maktabining namoyandalari
tomonidan ijobiy va tormozlovchi shartli reflekslarning hosil bo‘lish tezligini
tavsiflovchi individual xususiyatlar turkumi ham ta’birlab berilgandir.
Ushbu
individual xususiyatlar mohiyatida ifodalanuvchi asab tizimining notanish
xususiyati dinaminlik deb nomlangan. Bundan tashqari, ular shartli reflektor
faoliyatining bir guruh individual xususiyatlari qo‘zg‘alish jarayonining
to‘xtalishining tezligi mahsuli sifatida taxmin qilingan xususiyatni (yangi xislatni)
labillik, ya’ni lotincha - beqarorlik deb ataganlar.
Shuning bilan birga asab tizimining boshqa
xususiyatlari mavjudligi
to‘g‘risida ilmiy taxminlar ilgari surilgan, chunonchi: senzitivlik, reaktivlik va
hokazo. B.M.Teplov ilmiy maktabi I.P.Pavlov tadqiqotlarida aniqlangan asab
tizimining xususiyatlari to‘g‘risidagi nazariya va
taxminlar muayyan darajada
kengaytirilgan hamda temperamentning tub mohiyatini tushuntirishga qulay
imkoniyatlar yaratilgan. Lekin shunday chuqur izlanishlar olib borilishiga
qaramay, psixologlar tomonidan kashf qilingan xususiyatlarning kimyoviy va
fizikaviy mohiyati to hanuzgacha noma’lum bo‘lib qolmoqda.
Xuddi shu bois, asab tizimining xususiyati to‘g‘risidagi
ilmiy mushohadalar
faqat shartli reflektor faoliyati bilan o‘zaro bog‘liq individual xususiyatlar
turkumiga taalluqli umumiy sabablar bo‘yicha talqin qilishni ifodalaydi, xolos.
Nerv tizimi xususiyatlari bilan temperamentning bog‘liqligi aksariyat hollarda
mana bunday omillarning mohiyatida aks etishi mumkin. Jumladan, negizida asab
tizimining faraz qilingan fiziologik xususiyati yotgan shartli reflektor faoliyatining
o‘zaro bog‘liq individual xususiyatlarning muayyan turkumi shaxsda qanchalik
ko‘p mujassamlashsa, temperamentning unga mutanosib xususiyati xuddi shu
darajada namoyon yoki aks holatda shuncha kam ifodalanishi kuzatiladi: 1)
insonda shartli refleks shakllangan bo‘lsa-da, lekin u tez so‘na boshlasa; 2) tashqi
qo‘zg‘ovchi shartli refleksda kuchli tormozlanishni
vujudga keltirsa; 3) shaxs
kuchsiz qo‘zg‘ovchilarga kuchli qo‘zg‘ovchilar singari shiddat bilan reaksiya
qaytarsa; 4) odam kuchsiz qo‘zg‘alish jarayoni bilan uyg‘unlashgan xususiyatlarni
370
aniqlasa; 5) insonda kuchli emotsional qo‘zg‘alishi hamda diqqatning chalg‘ishi
yuzaga keladi.
Dostları ilə paylaş: