376
Xolerik - kuchli muvozanatlashmagan ya’ni jonsarak tipdir.
Bunday
odamlarda qo’zgalish jarayonlari tormozlanish jarayonlaridan ancha kuchliroq
bo’ladi. Shu xildagi odamlar sabr-toqat kerak bo’lgan hollarda o’zlarini tutib
turishlari qiyin bo’ladi.
Flegmatik - kuchli muvozanatlashgan kam harakatchan ya’ni yuvosh tipdir.
Bunday temperamentga ega bo’lgan kishilar sustkash vazmin maqsad yo’lida
intiladigan bo’lishadi-yu lekin bir turdagi faoliyatdan ikkinchi turdagi faoliyatga
qiyinchilik bilan o’tishadi.
Melanxolik - nimjon tipdir. Bu xildagi odamlar shu
bilan ajralib turishadiki
ularda nerv jarayonlari kuchsiz buladi tormozlanish reaksiyalari qo’zg’alish
reaksiyalaridan ustun turadi: Bunday temperamentli kishilar tortinchoq uyatchan
qo’pollikka sezgir bo’lishadi ular ro’y berib turgan hodisalar va odamlarning
o’zaro munosabatlariga juda ziyraklik bilan baho berishadi.
Psixologik ma’lumotlar e’tirof etishicha, irsiyat
va turmush sharoitlari
temperament tiplari o’rtasidagi tafovutlarning sababchisidir. Shuning uchun irsiy
fiziologik xususiyatlari bir xil va bitta tuxumdan yaralgan (gomozigot)
egizaklarning temperament xususiyatlarini ikkita tuxumdan vujudga kelgan
(geterozigot) egizaklarning temperament xususiyatlari bilan qiyoslansa,
bu omil
tasdiqlanishi mumkin. Ma’lumotlarga qaraganda, geterozigot egizaklardan farqli
o’laroq, gomozigot egizaklar temperament xususiyatlari shunchalik o’xshashki,
hatto ular irsiyat yo’li bilan berilish omillarini 85% tasdiqlash imkoniyatiga ega.
Tarbiyaviy muhit turlicha bo’lishiga qaramay, o’xshashlik saqlanib qolishi
tajribalarda ko’p marta tekshirilgan. Lekin temperamentning
ayrim xususiyatlari
o’zgarishi to’g’risidagi ma’lumotlar inkor etilmaydi, unga favquloddagi tashqi
hamda ichki sharoitlar keskin ta’sir o’tkazadi (masalan, tog’ sharoiti,
xavf-xatar
mavjudligi va hokazo).
Shuni esda saqlash joizki, temperament ayrim xususiyatlarining turmush
sharoiti bilan tarbiyaviy ta’sirida o’zgarishi jarayonini temperament tiplarining
takomillashtiruvidan farqlay olish shart. Ma’lumki,
temperament tipi unga
mutanosib xususiyatlari birdaniga paydo bo’lgan narsa emas, chunki asab
377
tizimining takomillashuvi umumiy qonuniyatlari temperamentga ham ta’sir
o’tkazib, o’z izmini qoldiradi. Shaxsning kamolotiga binoan,
temperament
xususiyatlari asab tizimining takomillashuvi bilan bog’liq tarzda ro’yobga chiqa
boradi va mazkur jarayon temperament rivojini uzil-kesil hal qiladi.
Dostları ilə paylaş: