255
Nutqning turlari
12.4.Nutqning anatomik tasviri. Nutqnnng funksional elementlari.
Nutqning ekvivalent blok sxemasi
Bizningcha, nutqning muayyan asoslarga suyangan holda noan’anaviy
tasnifini berish uning qiymatini yanada oshiradi, inson - texnika munosabatini
amaliy jihatdan namoyish qilgan bo‘ladi (odatda, og‘zaki va yozma turkumga
ajratilar edi): verbal va noverbal.
Genetik kelib chiqish jihatidan noverbal nutq birlamchi hisoblanadi, chunki
insonning ijtimoiy-tarixiy taraqqiyoti davrida dastavval tovushsiz, so‘zsiz nutq
turlarini paydo bo‘lgan bo‘lib, u o‘z ichiga shaxs kamolotining yirik sanasini
qamrab olgandir. Insoniyatda nutqning hozirgi zamon avlodiga xos artikulyatsion
apparati paydo bo‘lgunga qadar imo-ishora negiziga qurilgan. Ma’lumki, qadimgi
ajdodlarimizning nutqi va nutq faoliyati hozirgi zamon kishilarida qanday
funksiyani bajarayotgan bo‘lsa, o‘sha davrda ham xuddi shunday vazifani ijro
etgan. U davrlarda axborotlar, ma’lumotlar ko‘lami tor bo‘lganligi tufayli insonlar
noverbal nutqdan ko‘p davrlar muvaffaqiyatli foydalanib kelganlar. Avlodlar
tarbiyasi ma’lumotlar uzatish noverbal nutq orqali amalga oshirilgan, ijtimoiy va
xususiy (shaxsiy) fikr uzatish hamda qabul qilish ana shu tariqa namoyon bo‘lgan,
tobora takomillashib borgan.
Noverbal nutq turini shartli ravishda quyidagi ko‘rinishlarga ajratish mumkin:
Imo-ishora,
256
Mimika,
Pantomimika,
Exologik, ya’ni aks sado,
Signifikatsiya,
Daktilogik (barmoq nutqi).
Inson yer yuzasidan hayot va faoliyat ko‘rsatish davrining dastlabki pallasida
asosiy nutq turi sifatida imo-ishora alohida ahamiyat kasb etgan. Shuning uchun
etnik stereotiplar asosida muayyan kechinmalarni, ma’lum axborotlarni shaxslararo
munosabat jarayonida uzatish va qabul qilishda ifodalanuvchi tovushsiz, lekin
ma’noli, mazmunli nutq turi imo-ishorali nutq deyiladi. Masalan, o‘zbeklarda
fikrni tasdiqlash old tomonga bosh siltash bilan ifodalansa, xuddi shu ma’noni
bulg‘orlarda boshni sarak-sarak qilish anglatib keladi. Bir xalqda sanash
boshmoldoqdan boshlansa, boshqasida jim-jiloqdan, birisida barmoqlar bukilsa,
ikkinchisida unday qilinmaydi. Aksariyat hollarda imo-ishora his-tuyg‘usiz
namoyon bo‘ladi va shaxslararo munosabatning tub ma’nodagi ham quroli, ham
vositasi funksiyasini bajarib kelgan. Lekin uni his-tuyg‘usiz deb nomlash ham
ilmiy-amaliy qiymatini pasayishiga olib keladi, bu holat uning ijtimoiy
funksiyasini o‘zida aks ettiradi, shaxslararo munosabat mag‘zini tashkil etib
kelgan, ba’zida hozirgi zamonda ham undan keng ko‘lamda foydalaniladi.
Yuz harakatlari (fizionomiya) yordamida insonni inson tomonidan idrok
qilish, o‘zgalar fikriga javob qaytarish, tana a’zolari rangining o‘zgarishi hisobiga
shaxslararo munosabatga kirishishda namoyon bo‘luvchi noverbal nutq turiga
mimika deyiladi. Tabassum, jilmayish, miyig‘ida kulish, lab qisish va
cho‘chchaytirish, til chiqarish, qosh uchirish va suzish, xullas turli psixologik
holatlarni, ayniqsa, hissiy kechinmalarni aks ettiruvchi kommunikativ, interaktiv,
perseptiv xususiyatli nutq turi mimika bo‘lib hisoblanadi. Mimika yordami bilan
haqgo‘ylik, quvlik, yoqtirish va yoqtirmaslik, samimiylik va ikkiyuzlamachilik,
hasad, quvonch, qayg‘u, baxtiyorlik singari yuksak tuyg‘ular namoyish etiladi.
Xush yoki noxush kechinmalar aks etilayotganligidan kelib chiqqan holda
muomala jarayoni yoki qisqa muddatli, uzoq muddatli vaqt mezonini namoyon
257
qiladi, ayanch, baxt hislarini ifodalab keladi. U mono vaziyatni, diada, triada,
poliada ko‘rinishidagi shaxslararo munosabat shakllarini yaqqol aks ettiradi, fikrni
uzatish, qabul qilish, ta’sirlanish, ruhlanish kabi funksiyani bajaradi. Hayotiy
tajribaning ko‘payishi bilan ichki kechinmalarni (interiorizatsiyalash) tashqi voqea
hodisalarga almashtirish (eksteriorizatsiyalash) bilan yakunlanadi, ko‘pincha
individual va ijtimoiy tarbiya vazifasini bajaradi.
Yuz harakatlari, tana a’zolari, qaddi-qomat yordami bilan fikrlarni uzatish,
syujetli qoidali, ma’noli, dramatik kechinmali noverbal nutq turiga pantomimika
deb ataladi. O‘z mohiyati ko‘lami bilan mimikadan ustuvor xususiyatga ega bo‘lib,
axborotlar, intim holatlar, murakkab kechinmalar yuzasidan o‘zgalarga ma’lumot
uzatish tarzida hukm suradi. Insonda turmush tajribasi ortib borishi, kasbiy faoliyat
mazmunini rollarga va syujetga asoslangan holda ssenariysini yaratish, vaziyatga
qarab qisqa va uzoq muddatli informativ funksiya bajaradi. Pantomimika yumor
hissini, qo‘rqinch tuyg’usini, zahmat obrazini, dahshat kechinmasini o‘zida aks
ettirib, ko‘pincha kommunikativ funksiyani ijro qiladi, hissiy aloqa o‘rnatish orqali
taassurotlar mukammalligi ta’minlanadi.
Tashqi ta’sirlanish va uning teskari aloqasi kulgida, ko‘z yoshlarida (xoh
quvonchli, xoh qayg‘uli bo‘lishidan qat’iy nazar) ifodalanib, assotsiatsiyalarni
jonlantiradi va ko‘lamini kengaytiradi. Pantomimika sahna harakatiga nisbatan
qobil, iste’dodli, iqtidorli, salohiyat namunasini namoyish etib, maxsus qobiliyatli
shaxslar tomonidan maqsadga muvofiq ravishda ijro qilinadi, lekin istisno
tariqasida o‘qituvchilik faoliyatida ham unumli foydalaniladi. Yaqqol ruhiy
hodisalar, holatlar, xususiyatlar, shaxsning fazilatlari, pantomimika ijrosi davomida
faoliyat subyekti tomonidan bajariladi.
Ayrim his-hayajonli shartli tovushlarda mujassamlashgan axborot uzatish va
qabul qilish maqsadini amalga oshiruvchi, tabiiy to‘siqlarga urilib qaytuvchi aloqa
vositasiga exologik yoki sado nutqi deyiladi. Exologik yoki aks sado nutq turi bir
tomonlama aloqa (tog‘-inson, inson-jism) negizida vujudga keladi, ko‘pincha
individual tovush harakati javob, masofa funksiyasini ijro etadi. Lekin aks sado
orqali tog‘larda, qalin o‘rmonlarda ikki yoki undan ortiq kishilar o‘rtasida aloqa
258
quroli sifatida muayyan ahamiyat qozonadi. Fazoviy tasavvur qonuniyati asosida
shaxslararo munosabat o‘rnatiladi, ma’lum shartli belgilari o‘zaro bilvosita
muloqot vositasi rolini ijro qiladi. Ekstremal favquloddagi hodisalar yuz berishi
jarayonida
shartli
tovushlardan
tuzilgan
aloqa
usulidan
foydalaniladi.
Tovushlarning qaytishi fazoviy chamalash, muayyan mo‘ljal olish uchun xizmat
qiladi, qo‘rqinch, hayajon, umid, ishonch tuyg‘ularining aloqaga kirituvchi
shaxslar ruhiy dunyosida mujassamlashishini ta’minlaydi.
Noverbal turkumga kiruvchi signifikatsiya boshqalardan o‘z tuzilishi,
mazmuni, shakli bilan keskin ajralib turadi. Aniq shartli alomatlar orqali muayyan
mantiqiy yuklamani o‘zida aks ettiruvchi kommunikativ xususiyatli noverbal nutq
turi signifikatsiya deyiladi. U shartli belgilar, signallar, modellar shaklida
ifodalanishi mumkin. Uzoq masofalarga xabar yoki ma’lumot uzatish va qabul
qilish vositasi sifatida Morze alifbosi va shunga o‘xshash «sun’iy til» nomi bilan
mashhur kommunikativ manbalari faoliyat ko‘rsatib kelmoqda. Har bir «signal»
o‘z ko‘lami, takrorlanish sur’ati, tembri, chastotasi bilan muayyan ma’lumot
uzatish yoki qabul qilish imkoniyatiga ega bo‘lib, shartli alomatlar negizida
mazmun yoki mohiyat yotadi («doza», «porsiya» deb nomlanadi). Morze alifbosi
va shunga o‘xshash hozirgi zamon aloqa qurilmalari qo‘l yordami bilan (asbobni
bosish orqali) xabar uzatishga yoki qabul qilishga mo‘ljallangan. Hozirgi zamon
ratsiyalari ham xuddi shunga o‘xshash kommunikatsiya quroli vazifasini bajaradi.
Noverbal nutqning yana bir turi daktilogik (barmoq) nutq deb ataladi. Inson
tana a’zolari, imo-ishoralar, mimika, xullas hissiyot yordami bilan muomala
o‘rnatishga qaratilgan aloqa vositasi daktilogik nutq deyiladi. So‘z orqali
ifodalanuvchi nutq mazmuni ma’noli qo‘l, yuz harakatlariga, ayrim hayajonli
sadoga, qahr-g‘azab, iliq tabassum, qahqahaga ko‘chiriladi. Harakatning
takrorlanishi axborot mazmunini boyitadi, kuchaytiradi, ma’lumotlar uzluksizligini
ta’minlab turadi. Umumbashariy xususiyatli nutq vositasi daktiologiya fani nomi
bilan yuritiladi va maxsus o‘qitish, o‘rgatish orqali undan foydalanish ko‘nikmasi
hamda malakasi soqov yoki kar-soqov odamlarda shakllantiriladi. Hatto ularda
savod chiqarish ham xuddi shu tamoyil negizida quriladi. Tabiat va jamiyatga
259
nisbatan munosabat, shaxslararo muomala, ma’lumot almashish shu nutq yordami
bilan ifodalanadi.
Verbal nutq turkumini shartli ravishda quyidagi turlarga ajratish mumkin: 1)
og‘zaki, 2) yozma, 3) monologik, 4) polilogik, 5) tashqi, 6) ichki, 7) ekspressiv, 8)
impressiv, 9) lakonik (qatra, yig‘iq), 10) epik (yoyiq), 11) affektiv (jaxd
holatidagi).
Dostları ilə paylaş: |