10.2. Xayol turlari va tavsifi. Shirin xayol, aktiv xayol, passiv xayol,
produktiv xayol, reproduktiv xayol, xayolga keltirish obrazlari
Xayol jarayonining
o’ziga
xos
xususiyatlaridan
navbatdagisi
xotira
tasavvurlarini analiz va sintez qismidan iboratdir. Xayol uchun material bo’ladigan
tasavvurlar xayol yaratib berayotgan obrazlarga ko’pincha to’liq holda kirmasdan,
balki qisman faoliyatida ro’y beradi. Bunda muayyan tasavvurlardan ajratib
olingan elementlarni boshqa tasavvurlar bilan qo’shish va bir turkum qilish
jarayoni ro’y beradi. Mana shunday sintez qilish faoliyatida foydalanadilar, ular
ya’ni yozuvchilar o’z asarlaridagi qaydnomalarning tiplarini bir qancha ayrim
tasavvurlardan vujudga keltiradilar.
Nihoyat xayolning o’ziga xos xususiyatlaridan yana biri shundaki, agar idrok
obrazlari ayni hozirgi paytdagi narsalar bilan bog’liq bo’lsa, xotira obrazlari o’tgan
zamondagi narsalarning obrazlarini tiklash bilan bog’liq bo’lsa, xayoliy yo’l bilan
yaratilgan obrazlar esa hozirgi va o’tgan zamongagina emas, balki kelajak
zamonga, odam kelajakda nima ishlar qilishini xayolan tasavvur qilib ko’rish bilan
bog’liq bo’lishi mumkin.
Iroda ma’lum xususiyatlari bilan xarakterlanadi: harakatchanlik, ustalilik,
keskirlik, qat’iyatlilik, sabr-toqatlilik va o’z-o’zini boshqara olish. Irodaviy
221
xususiyatlarning namoyon bo’lishi, irodaviy imkoniyatlarni so’zsiz, quyidagi
psixik jarayonlar – xayol, sezgi, xotira, tasavvur kabilar bilan bog’laydi. Shunday
qilib, iroda katta kuch sifatida ijodni aktivlashtiradi, yuqori natijalarga erishishi va
yana rassomning shaxs sifatida shakllanishida yuzaga chiqadi. Tafakkur – ijod
kuchlaridan biri bo’lib, borliq materiallari haqida fikrlashda, tahlil qilishda idrok,
sezgi, hissiyot va esda qoldirishda asosiy rol o’ynaydi. Xotira vositasida, ya’ni,
badiiy asar yaratish maqsadida, tafakkur ishtirokida borliqni chuqur va har
t
omonlama bilishning oliy jarayoni hisoblanadi, predmet va voqealarning belgilari
va o’zaro bir biriga qonuniy bog’langanligi bilan, umumiy va ichki xususiyatlarini
ochishga yo’naltirilgan holda namoyon bo’ladi. Badiiy asar inson faoliyatining
boshqa sohalaridagi kabi, tafakkurning mahsuli hisoblanadi. San’at asari faqat
tasviriy materialni o’z ichiga olibgina qolmay, balki g’oyaviy-estetik mazmun,
dunyoqarash, falsafiy tushunishni ham qamrab oladi. Rassomning tafakkuri ijodiy
xarakteri bilan ajralib turadi, u ijodiy xayol bilan birga harakatlanadi va san’at
spetsifikasi xususiyatlari bilan bog’liq ravishda ishlaydi. Xayol – ijodda asosiy va
o’ziga xos natija ko’rsatuvchi ijodiy kuchdir. Badiiy ijodda uning ixtiyoriy,
ixtiyorsiz, yaratuvchi ijodiy xayol kabi turlarining barchasi ishtirok etadi. Bular
ichida albatta ijodiy faoliyatda ijodiy xayol katta o’rin tutadi. Ilhomlanish –
insonning mehnat jarayonidagi eng ko’tarinki ruhiy holatidar. Rassomning ijodiy
mehnatida ilhomlanish, aktiv ijod kuchlaridan biri sifatida ahamiyatli rol o’ynaydi.
Ilhomlanish – go’yo ijodiy, ma’naviy, jismoniy jihatdan qattiq bosim berganday
tuyulsa-da, lekin amaliy jihatdan rassom uchun bu vaziyat juda yengil kechgan,
unda hamma narsaga oson erishilgan, ijodiy topshiriqlar juda tez yechilgan bo’ladi.
Bu yengillik shu narsa bilan bog’liq bo’ladiki, bunda rassom katta hayotiy
taassurotlar zaxirasiga ega edi va katta qiziqish va quvonch bilan ishlagan edi.
Bunda uning ijodiy xayoli va obrazli tafakkuri faol ishlagan edi. Bularning
barchasi sonning sifat darajasiga o’tishiga – natijada, qattiq ilhom bilan ishlangan
mehnat badiiy asarni dunyoga keltirgan edi. Intuitsiya – sezgirlik, bu inson
hayotida alohida fenomenal va murakkab faoliyat bo’lib, inson ruhiy faoliyatida –
ya’ni ijodiy mehnatda, xususan badiiy ijodda katta rol o’ynaydi. Shu bilan birga
222
so’zsiz intuitsiya xotira, tafakkur va obrazli tasavvur bilan jips aloqada bo’ladi.
Intuitsiya obyektiv borliqni aks ettiruvchi sifatida bo’lsada, uni rivojlantirish
yo’llari ham bordir. Ulardan asosiysi - organizmning biologik sifatlarini
tarbiyalashdir (rassomning ko’zi, qo’shiqchining ovozi, musiqachining qulog’i va
barmoqlari, raqqosaning qomati) kuzatuvchilikni o’stirish, xotiraning hajmi va
ishchanligini ko’tarish, tafakkurni rivojlantirish (jumladan, obrazlilikni), xayol,
hissiyotni tushunish, birmaromlilik, uzluksiz mehnat va yangi yechimlarni har
tomonlama izlash kabilardir. Badiiy talant - shaxsni individual-psixologik
xususiyatlaridan biri bo’lib, u asosan badiiy ijodda eng katta kuch sifatida faol
ishtirok etadi. Talant tug’ma emas u tug’ilganda tayyor holda berilmaydi,
avloddan-avlodga o’tadigan meros ham emas.
Dostları ilə paylaş: |