Xotira samaradorligining asosiy mezonlari.
Aka-uka Yenishlar tomonidan o‘tkazilgan oddiy tajribada eydetik xotiraga
ega bo‘lgan tekshiruvchiga olma va undan sal uzoqroqda joylashgan ilgak
tasvirlangan rasm ko‘rsatilgan. Rasm o‘rtadan bo‘lib qo‘yilgandan keyin
tekshiruvchidan olmani olish istagi kuchayib borayotganligi so‘ralgan. Muayyan
yo‘l-yo‘riq berilgandan keyin tekshiriluvchi mana bunday holatni tasvirlab beradi:
ilgak olmaga yaqinlashib, uni iladi va ixtiyorsiz ravishda qatnashchi tomon tortadi.
Xullas, eydetik obraz harakatchan bo‘lib, subyektning ruhiy ko‘rsatmasi ta’siri
ostida sifat va miqdor o‘zgarishga yuz tutadi. Eydetik obrazlar, ilmiy
198
tekshirishlarning ko‘rsatishicha, bolalik va o‘spirinlik davrlarida muayyan muddat
hukm suradi va vaqtning o‘tishi bilan uning izlari asta-sekin so‘na boradi.
Psixofarmokologik
tadqiqotlarning
ko‘rsatishicha, eydetik obrazlarni
kuchaytiruvchi kaliy ionlari va shuningdek, uni kuchsizlantiruvchi kalsiy ionlari
moddalari mavjuddir. Ilmiy izlanishlarda olingan miqdoriy materiallar eydetik
obrazlar paydo bo‘lishining psixologik ildizlarini chuqurroq ochishga xizmat
qiladi.
Tasavvur obrazlari. Tasavvur obrazlari xotiraning yanada murakkabroq turi
bo‘lib hisoblanadi va ularning xususiyatlari haqida tasavvurga egamiz. Inson
daraxt, meva, gul to‘g‘risida tasavvurga ega ekanligi shuni ko‘rsatadiki, uning
ilgarigi tajribalari subyektning ongida shu obrazlarning izlarini qoldirgan. Ilmiy
tushunchalar talqin qilinganida tasavvur obrazlari eydetik obrazlarga juda yaqindek
tuyuladi. Lekin eydetik obrazlar haqidagi psixologik tahlil shuni ko‘rsatadiki,
tasavvur obrazlari unga qaraganda ancha boy bo‘lib, o‘ziga xos xususiyatlari bilan
ajralib turadi. Tasavvur obrazlarining eydetik obrazlaridan ajratuvchi farq tasavvur
obrazlarining polimodallik xususiyatidir. Buning asosiy mohiyati tasavvur
obrazlari ko‘rish, eshitish, teri orqali sezish izlarining tarkibiy qismlarini
birlashtiradi. Masalan, meva to‘g‘risidagi tasavvur obrazi uning tashqi ko‘rinishi
(shakli, rangi), mazasi, og‘irligi, vaznini o‘zaro birlashtirib aks ettiradi.
Tasavvur obrazlarining eydetik obrazlaridan asosiy farqi shundan iboratki, u
o‘z tarkibiga narsa haqidagi tasavvurlarni aqliy jihatdan qayta ishlashni kiritadi va
jismlarning asosiy xususiyatlarini ajratib, ma’lum bir kategoriyaga birlashtiradi.
Inson gul obrazini faqatgina esga tushirmaydi, balki uni muayyan bir so‘z yoki
tushuncha bilan ataydi, xususiyatlarini ajratib ko‘rsatadi, aniq bir kategoriya
mohiyatiga kiritadi.
Demak, tasavvur obrazlarida odamning xotirasi idrok qilingan narsaning izini
sust ravishda saqlabgina qolmay, balki bir qator tasavvurlar bilan boyitadi, narsa
mazmuni va mohiyatini tahlil qilib, u haqidagi o‘z bilimlari, tushunchalari
kabilarni tajriba bilan bog‘lovchi ijodiy sermahsul faoliyatni amalga oshiradi.
199
Bularning barchasi irodaviy sifatlar, aqliy zo‘riqish, asabiy taranglashuv natijasida
ro‘yobga chiqadi.
Xullas, tasavvur obrazlari xotiraning murakkab faoliyat mahsuli hisoblanib,
ular izchil yoki eydetik obrazlarga nisbatan murakkab psixologik hodisadir.
Tasavvur obrazlari xotira izlarining murakkab turi bo‘lib, uning aqliy jarayon bilan
yaqinligi inson bilish faoliyatining muhim tarkibiy qismidan biri ekanligidan
dalolat beradi.
So‘z-mantiq xotirasi. So‘z-mantiq xotirasi mazmunini fikr va mulohazalar,
aniq hukm hamda xulosa chiqarishlar tashkil etadi. Insonda fikr va mulohaza turli
xil shakllar yordamida ifodalanganligi tufayli, ularni ifodalash faqat
o‘zlashtirilayotgan materiallarning asosiy ma’nosini izohlash, talqin qilib berish
yoki ularni so‘zma-so‘z ifodalanilishini aynan aytib berishga qaratilgan bo‘lishi
mumkin. Agar ma’lumot, axborot, xabar, material ma’no jihatdan qayta
ishlanmasa, u holda materialni so‘zma-so‘z o‘zlashtirish mantiqiy o‘rganish
bo‘lmasdan, balki, aksincha, mexanik esda olib qolishga aylanib qoladi.
So‘z-mantiq xotiraning vujudga kelishida birinchi signal bilan bir qatorda
ikkinchi signallar tizimi asosiyat kasb etadi. Chunki so‘z mantiq xotirasi faqat
insonga xos bo‘lgan xotiraning maxsus turi hisoblanib, bu xotira turi o‘zining
sodda shakllari bilan hayvonlarga ham taallukdi bo‘lgan xarakter his-tuyg‘u va
obrazli xotiralardan ham sifat, ham miqdor jihatidan keskin farq qiladi. Ana shu
boisdan so‘z-mantiq xotirasi bir tomondan xotiraning boshqa turlari taraqqiyotiga
asoslanadi, ikkinchidan, ularga nisbatan yetakchilik qiladi. Shu bilan birga boshqa
barcha turlarning rivojlanishi so‘z-mantiq xotiraning takkomillashuviga uzviy
bog‘liqdir. So‘z mantiq xotiraning o‘sishi qolgan xotira turlarining
barqarorlashuvini belgilaydi.
Ixtiyoriy va ixtiyorsiz xotira. Xotira turlariga nisbatan boshqacha tarzda
yondashish hollari uchraydi, shu boisdan xotira faoliyati amalga oshirayotgani
yaqqol, faollik xususiyatlari bilan uzviy bog‘liq ravishda turlarga ajratiladi.
Masalan, faoliyat maqsadiga ko‘ra ixtiyorsiz va ixtiyoriy turlarga bo‘linadi.
200
Ixtiyoriy xotira deganda ma’lum maqsadni ro‘yobga chiqarish uchun,
muayyan davrlarda aqliy harakatlarga suyangan holda amalga oshirishdan iborat
xotira jarayoni tushuniladi. Bu faoliyatni, odatda, ong bevosita boshqaradi.
Ko‘pincha psixologiya fanida ixtiyoriy xotiraga ixtiyorsiz esda olib qolish qarshi
qo‘yiladi. Bu jarayon ma’lum, kerakli topshiriq yoki vazifa qo‘ysa, esda olib
qolishga yetaklovchi faoliyat biron-bir maqsadni ro‘yobga chiqarishga
yo‘naltirilgan taqdirda yuzaga keladi. Biz matematika topishmoqlari
yechayotganimizda masaladagi sonlarni esda olib qolishni o‘z oldimizga maqsad
qilib qo‘ymaymiz. Mazkur so‘z-mantiq holatda asosiy maqsad faqat masala
yechishga qaratiladi, buning natijasida sonlarni (ikkinchi darajali belgi sifatida)
esda saqlashga hech qanday o‘rin ham qolmaydi. Shunga qaramay, biz ularni qisqa
muddatga bo‘lsada, esda saqlashga intilamiz, bu holat faoliyat yakunlangunga
qadar davom etadi.
Esda olib qolishni maqsad qilib qo‘yish, esda olib qolishning asosiy sharti
hisoblanadi. Serb psixologi Radoslavevich o‘z tadqiqotida quyidagi hodisani
bayon etadi. Tajribada tekshiriluvchidan biri sinovni qo‘llayotgan tilning
tushunmaganligi tufayli uning oldiga qo‘yilgan vazifalarni payqay olmagan.
Buning oqibatida uncha katta bo‘lmagan tadqiqot materiali 46 marta o‘qib
berilganiga qaramay tekshiriluvchiga tushuntirilib berilganidan so‘ng, u material
bilan olti marta o‘qib tanishib, uni takrorlab, qismga ajratib esga qayta tushirishga
erishgan.
Xotiraning ixtiyoriy va ixtiyorsiz turlari xotira taraqqiyotiga ikkita ketma-ket
bosqichlarini tashkil etadi. Ixtiyorsiz xotiraning turmushda va faoliyatda katta o‘rin
egallashini har kim o‘z shaxsiy tajribasidan biladi. Ixtiyoriy xotiraning turmushda
va faoliyatda katta o‘rin egallashini har kim shaxsiy tajribasidan biladi. Ixtiyorsiz
xotiraning muhim xususiyatlaridan biri maxsus mnemik maqsadsiz, aqliy, asabiy,
irodaviy zo‘r berishsiz hayotiy ahamiyatga ega bo‘lgan keng ko‘lamdagi
ma’lumot, xabar, axborot, taassurotlarining ko‘pchilik qismini aks ettirishidir.
Shunga qaramasdan, inson faoliyatiningturli jabhalarida o‘z xotirasini boshqarish
zarurati tug‘ilib qolishi mumkin. Xuddi mana shunday sharoitda, holatlarda,
201
vaziyatlarda, favqulodda kerakli narsalar ixtiyoriy ravishda esda saqlash, esga
tushirish yoki eslash imkoniyatini yaratadigan xotiraning mazkur turi katta
ahamiyatga egaligi shubhasiz.
Qisqa muddatli uzoq muddatli va operativ xotira. So‘nggi paytlarda rus va
chet el psixologiyasida xotira tadqiqotchilarining e’tiborini esda olib qolishning
dastlabki, boshlang‘ich daqiqalarida vujudga keladigan holatlar, jumladan, tashqi
taassurot
izlarining
mustahkamlashigacha
bo‘lgan jarayonlar, holatlar
mexanizmlar, shuningdek, ularning mustahkamlanish muddatlari o‘ziga jalb qilib
kelmoqda. Masalan, biror material (shakli, mohiyatidan qat’iy nazar) xotirada
mustahkam joy olish uchun bu subyekti tomonidan tegishli ravishda qayta ishlab
chiqilishi, zarur materiallarini bunday ishlab chiqish uchun ma’lum darajada
muddat talab etilishi tabiiydir. Ana shu vaqt, muddat oralig‘ida xotirada qayta
tiklanayotgan izlarni konsolidatsiyalash-mustahkamlash deb qabul qilingan.
Mazkur jarayon inson tomonidan yaqinginada bo‘lib o‘tgan hodisalarni aks
sadosidan kechinma sifatida kechiriladi va takomillashadi. Inson muayyan
daqiqalarda, lahzalarda dolzarb paytda bevosita idrok qilinayotgan narsalarni go‘yo
ko‘rishda, eshitishda davom etayotgandek tuyuladi. Ushbu jarayon kelib chiqishi
jihatidan beqaror, hatto o‘zgaruvchan, lekin ular shu qadar maxsus tajriba orttirish
mexanizmlarning faoliyatida muhim ahamiyat kasb etadi, shu boisdan ularning roli
shu qadar ahamiyatliki, bu jarayonlarga esda olib qolish, esda saqlash, axborotlar,
ma’lumotlar, xabarlarni qayta esga tushirishning alohida turi sifatida qaraladi.
Ushbu jarayon, odatda, psixologik fanda qisqa muddatli xotira deb ataladi.
Juda ko‘p qaytarishlar va qayta tiklashlar natijasida materialni uzoq muddatli
xotiradan farq qilgan holda qisqa muddatli xotira bir marta hamda juda qisqa vaqt
oralig‘ida idrok qilish va shu ongdayoq qayta tiklashdan so‘ng qisqa muddatli esda
olib qolish bilan xarakterlanadi.
Hozirgi zamon ilmiy adabiyotlarida qisqa muddatli xotiraning quyidagi
atamalari mavjud: «bir lahzalik», «zudlik», dastlabki, qisqa muddatli va boshqalar.
Operativ xotira. Inson tomonidan bevosita amalga oshirilayotgan faol, tezkor
harakatlar, usullar uchun xizmat qiluvchi jarayonni anglatuvchi mnemik holat
202
operativ xotira deb ataladi. Hozirgi zamon psixologiyasida ushbu holatni namoyish
qilish uchun ushbu misol keltiriladi: matematik amalni bajarishga kirishar
ekanmiz, biz uni muayyan bo‘laklarga ajratib hal qilishni maqsad qilib qo‘yamiz.
Shu boisdan, oraliq natijalarini yodda saqlashga intilamiz, nihoyasiga (oxirga,
yakunlanishga) yaqinlashgan sari ayrim materiallar esdan chiqa boshlaydi.
G.Ebbingauz unutishning vaqtga bog‘liqligini tajriba orqali aniqlagan.
To‘plangan natijalarning ko‘rsatishicha, material yod olingandan so‘ng unutish
sur’ati tez, keyinchalik u birmuncha sekinlashadi. Bu qonuniyat ma’nosiz ayrim
bo‘g‘inlarni unutish ustida olib borgan ishlarida tasdiqlangan. Tajribalarning
ko‘rsatishicha, o‘rganilgan narsalar bir soatdan keyin unutiladi. Materialni
o‘zlashtirish jarayoni mobaynida, xotirlash natijasida unutish sekinlashib boradi.
Muvaqqat asab bog‘lanishlari susayishi natijasida qachonlardir sodir bo‘lgan narsa
va hodisalarning o‘zaro aloqalari xotirada asta-sekin yo‘qolib boradi. Vaqtning
o‘tishi bilan bir-muncha unutilib borilayotgan yoki unutilib ketilayotgan vaqti
bog‘lanishlarni, ya’ni assotsiatsiyalarni qaytadan tiklash jarayoni kuch-quvvat,
xatti-harakatlarni talab qiladi.
G.Ebbingauz izdoshlari va shogirdlari tomonidan o‘tkazilgan juda ko‘p
tadqiqotlarning ko‘rsatishicha, unutish sur’ati materialning ma’noli yoki
ma’nosizligiga, uning qanchalik anglashilganligiga bog‘liqdir. Material qanchalik
mazmundor, anglashilgan, tushunib olingan bo‘lsa, u holda unutish ham
shunchalik sekin kechadi. Lekin ma’noli materialga nisbatan ham unutish avval tez
sur’atda, keyinchalik esa bu sekinlashadi. Biron bir materialni o‘zlashtirish yoki
esda olib qolish - insonning ehtiyojlari, qiziqishi, faoliyatning maqsadi bilan
bog‘liq bo‘lsa, bu material sekin unutiladi.
Unutishning tezligi esda olib qolingan materialning mustahkamligiga teskari
proporsional xususiyat kasb etadi. Demak, esda olib qolishning mustahkamligi
o‘zlashtirilayotgan materialning ma’noga ega yoki ega emasligiga bog‘liqlikdan
tashqari, yana bir nechta omillar o‘z ta’sirini ko‘rsatadi (qiziqish, xohish, shaxsiy
ahamiyatga ega ekanligi) va uning faoliyat mazmuniga aylanishiga ham bog‘liq.
203
Shuningdek, ular kishining shaxsiy, yakkahol xususiyatlariga ham bevosita
aloqador.
Yuqoridagi fikr va mulohazalarning isboti uchun G. Ebbingauzning hayotiy
tajribasidagi misolni keltirib o‘tamiz. U Don Juan Bayronning to‘rtligini 24 soatda
o‘zlashtirib oladi. Bu to‘rtlik G. Ebbingauz uchun shaxsiy ahamiyat kasb etgan,
shu bilan birga, uning qiziqish istaklariga mos tushgan. Bunda o‘zlashtirish
jarayoni quyidagicha ketadi: ikkinchi marta takrorlash 50 foiz vaqtni tejagan, keyin
vaqt o‘tishi bilan bu to‘rtlikni takrorlash 34 foiz vaqtni tashkil qilgan. Oradan 22
yil o‘tgandan so‘ng ham bu to‘rtlik hanuzgacha uning ko‘z o‘ngidan ketmagan.
Xuddi shu g‘azalning boshqa bir to‘rtligini yod olishga harakat qilib ko‘rilganda,
buning uchun birmuncha ko‘p vaqt talab qilgan hamda 7 foiz vaqt ketgach, bu
g‘azalning qolgan qismlari yod olinmagan. Demak, bundan shunday xulosaga
kelishimiz mumkinki, odam uchun katta hayotiy ahamiyatga ega bo‘lgan
narsalarning ko‘pchilik qismi mutlaqo esdan chiqib ketmaydi.
1926 yili P.Vilyamson bir bo‘g‘inli so‘zlar asosida tuzilgan materialdan
foydalanib, A.Ditse va G.Djons (1931 yili) kasr usulidagi matndan olingan
materialni bir marta o‘qib chiqilgandan so‘ng, olingan materiallarga ko‘ra, unutish
jarayoni Ebbingauzning ma’nosiz bo‘g‘inlar yordamida tuzilgan materiallar
asosida o‘tkazilgan tajribasidan farqli ravishda, quyidagicha natija bergan:
Ebbingauz tajribalarida bir soat ichida 35 foizga keskin pasaygan bo‘lsa, Datse
Djonslarning tajribalarida unutish 72 foizga, P.Vilyamsonnikida esa unutish 75
foizga pastlashgan holda egri chiziq hosil qiladi.
Nemis psixologi Vilyam Shtern (1871-1938) fikricha, bolalarda ham, katta
yoshdagi odamlarda ham ma’nosiga tushunib o‘zlashtirishga nisbatan mexanik
egallash kam mahsulotdir. Bu mulohaza haqiqatan ham to‘g‘ri bo‘lib, u Meymon
fikriga ko‘ra, yosh ulg‘ayishi bilan ma’nosiz materialni esda olib qolish kamayib
boradi va kam samara beradi, lekin ma’noga ega bo‘lgan bilimlarni esda olib
qolish esa sezilarli darajada rivojlanib boradi. Shunga o‘xshash omillar boshqa
psixologlar tomonidan ham to‘plangan bo‘lib, bu haqda boy materiallar umumiy
psixologiya xrestomatiyalarida o‘z ifodasini topgan.
204
A.A.Smirnov ma’no anglatmaydigan bo‘g‘inlardan va ma’no kasb etuvchi
so‘zlardan tuzilgan material asosida tekshirish o‘tkazgan. Katta va kichik
yoshdagilarda ixtiyoriy va ixtiyorsiz esda olib qolishni alohida tekshirish, har
ikkala yosh davrida mazmundor va mazmunsiz materialni esda olib qolishning
munosabatini tekshirish maqsad qilib qo‘yilgan.
Ma’no kasb etgan materialni esda olib qolish yosh bolaga nisbatan kattalarda
ustunligi, lekin ma’nosiz materialni esda olib qolish kichik yoshdagi bolalarga
qaraganda kam samara bermasligi aniqlangan. Ma’nosiz bo‘g‘inlar nafaqat kichik
yoshdagi bolalarda, balki katta yoshdagilarda ham yaxshi o‘zlashtiriladi.
A.N.Leontev tadqiqot ishlarida katta yoshdagilarning ma’nosiz bo‘g‘inlardan
tuzilgan materialni yaxshi, puxta esda saqlab qolishligi ta’kidlangan. Katta
yoshdagilar ma’nosiz bo‘g‘inlarni qandaydir mazmun bilan tez va oson bog‘lay
oladilar. Shuning uchun ularda bolalarga nisbatan ham kuchliroq ma’no kasb etadi,
shuningdek, ma’no anglatmaydigan materialni o‘zlashtirish jarayoni tez ko‘chadi,
mahsuldorroq bo‘ladi. Ma’nosiz materiallar egallash uchun iroda kuchi, irodaviy
sifatlar muhim ahamiyatga egadir.
Esda olib qolishga hech qanday yo‘nalish berilmay materialni yaxshi olib
qolinishi kishining jadal faoliyati bilan bog‘liqdir. Faol faoliyat odamlarning xotira
yo‘nalishi o‘rnini bosib, esda olib qolish uchun berilgan yo‘nalishlar va ularning
funksiyalarini bajara oladi. Ixtiyorsiz esda olib qolish faol, irodaviy kuch sarflash
hisobiga amalga oshadi. A.A.Smirnov ma’noli materialni esda olib qolishning
bolalar uchun yengil ko‘chishi ularning yosh xususiyatlarga bog‘liq narsa
emasligini ta’kidlab o‘tadi. Chunki bolalar hali tushunib olmagan materialni go‘yo
ma’nosi yashirinib yotgandek qabul qiladilar. Matn ma’nosining noma’lumligi
unga nisbatan qiziqish, bilishga intilish, mazmunini izlashga talabchanlik
uyg‘otadi. Odatda, ma’nosiz so‘zlarni laboratoriya sharoitiga qaraganda kundalik
turmushda puxtaroq eslab qolinadi. Masalan, ro‘zg‘or yoki bog‘cha uchun sotib
olinishi zarur bo‘lgan narsalar va boshqalar. O‘zlashtirilayotgan material faol
faoliyat mazmuniga, predmetiga aylanganda mustahkam esda olib qolinadi,
mahsuldorligi birmuncha yuqori bo‘ladi. Ular ko‘p narsalarni mexanik esda olib
205
qoladilar, muayyan ma’noga ega bo‘lgan material mazmunini, mohiyatini hamma
vaqt ham tushunib olavermaydilar. Bolalar o‘z so‘zlari bilan tahlil qilishlariga esa
ularda so‘z boyligi yetishmaydi. Bir fikrni ikkinchisi bilan izchil bog‘lay
olmaydilar. Kichik maktab yoshidagi bolalar bo‘lsa materialni tushunib olishlari
qiyin bo‘lgandagina ularni, ma’nosini tushungan holda yod oladilar. Shuning
uchun navbatdagi materialni o‘zlashtirayotganda ham xuddi shu yo‘sinda yod olish
ular uchun muvaffaqiyatliroq ko‘chadi. Shunday qilib, ular mexanik tarzda esda
olib qoladilar, buning asosiy sababi esa materialni tushunishning qiyinligi
hisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: |