192
Xotira turlari.
Yuqorida bayon qilingan tadqiqotlarning ko‘rsatishicha,
xotira sababiy
bog‘lanish, ya’ni determinator holati natijasida vujudga keladi.
Inson xatti-harakatlarining asta-sekin murakkablashuvi, yangicha mazmun va
shakl kasb etishi, sifatiy o‘zgarishlarining yuz berishi, shaxsiy tajribaning
kengayishi, ortishi bilan ro‘y beradi. Voqelikning
va tashqi olamning timsollari,
tizimlari o‘zaro turli yo‘sinda, tarzda bog‘lanib mustahkamlanadi, tartibga keladi,
guruhga birlashadi, hayot va faoliyatning talablariga
mos ravishda esda olib
qolinadi; esda saqlanadi, muayyan izlarning jonlanishi natijasida ularning barchasi
tiklanadi. Xotira insonning hayoti va faoliyatining barcha sohalarida qatnashishi
tufayli uning namoyon bo‘lish shakllari, holatlari,
shart-sharoitlari, omillari ham
xilma-xil ko‘rinishga egadirlar. Odatda, xotiraning turlariga va ularni muayyan
turlarga ajratishda eng muhim asos qilib, uning xarakteristikasini esda olib qolish,
esda saqlash, qayta esga tushirish, tanish singari jarayonlarni
amalga oshiruvchi
faoliyatning xususiyatlariga bog‘liqligi olinadi. Umumiy psixologiyada xotira 5 ta
muhim mezonga (bizningcha) muvofiq ravishda turlarga, ko‘rinishlarga ajratiladi.
Harakat xotirasi. Inson faoliyatining har bir turiga ruhiy faollikning u yoki bu
ko‘rinishlari ustunlik qilishi kuzatiladi: masalan, harakat, hissiyot, idrok, aql-
zakovat kabi ruhiy faoliyatning ko‘rinishlari mavjuddir. Ana shu ruhiy faollik
193
turlarining har biri tegishli harakatlarda va ularning mahsulotlarida o‘z
ifodasini
topib, harakatlarda, hissiy kechinmalarda, tuyg‘ularda, obrazlarda, timsollarda fikr
va mulohazalarda aks etadi.
Bularning barchasiga xizmat qiluvchi xotiraning o‘ziga xos turlariga nisbatan
psixologiya fanida ilmiy tushunchalar tariqasida nom berilgan: harakat, hissiyot,
obrazli va so‘z-mantiq xotira.
Turli harakatlar va ularning bajarilishi tartibi, tezligi, sur’ati, izchilligi va
boshqalarni
esda qoldirish, mustahkamlash, esga tushirishdan iborat xotira turi
harakat xotirasi deb ataladi.
Xotiraning boshqa turlariga qaraganda, harakat xotirasi ba’zi odamlarda aniq,
ravshan ustunlik qilayotganligi uchrab turadi. Psixologiya fanida klassik (mumtoz)
misolga aylanib qolgan ushbu holatni keltirib o‘tish maqsadga muvofiqdir; bir
musiqa ishqibozi musiqiy asarni xotirasida mutlaqo qayta tiklay olmas ekan, lekin
u yaqindagina eshitgan operani faqat pantomima
tarzidagina qayta tiklash
imkoniyatiga ega bo‘lgan. Turmushda shunday odamlar uchraydiki, ular o‘zlarida
harakat xotirasining borligini umuman payqamaydilar. Mazkur xotira turining
g‘oyat katta ahamiyati shundan iboratki, u yurish, yozish,
ifodali harakat
malakalari bilan bir qatorda har xil amaliy mehnat malakalari tarkib topishining
asosini tashkil qiladi. Agarda insonda harakat xotirasi bo‘lmaganda edi, u bironta
194
harakatni amalga oshirish uchun o‘sha harakatning aynan o‘zini har galda
«boshdan boshlar», o‘rganar edi. Figurali uchish, langar bilan sakrash, gimnastika,
chopishdagi xatti-harakatlar, badiiy gimnastika bilan shug‘ullanish harakat
xotirasini taqozo etadi. Jismoniy chaqqonlik, mehnatdagi mahorat, «oltin qo‘llar»,
ziyrak ko‘zlar, egiluvchanlik va qo‘zg‘atuvchanlikka ega bo‘lish yuksak, barqaror
harakat xotirasi mavjudligining alomati bo‘lib hisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: