195
yoki o‘tmishda salbiy kechinmalarga ega bo‘lgan harakatlardan saqlab turuvchi
signal tarzida namoyon bo‘ladi. O‘zga kishilarning ruhiy holatiga hamdard
(empatiya) bo‘lish, bevosita voqelik mohiyatiga oshnolik, kitob, san’at, kino, teatr
qahramonlari bilan birgalikda qayg‘urish singari inson tuyg‘ulari hissiy yoki his-
tuyg‘u xotirasiga asoslanadi.
Hissiy xotira o‘zining vujudga kelish xususiyati, tezligi, dinamikasi,
davomiyligi bilan xotiraning boshqa turlaridan ma’lum ma’noda ajralib turadi. Har
qaysi odamga o‘z turmush tajribasidan ma’lumki, ko‘pincha qachonlardir o‘qigan
kitoblardan,
tomosha qilgan kinofilmlardan, spektakllardan faqat «taassurotlar»
bog‘lanishlari zanjirini yechishning dastlabki tuguni sifatida namoyon bo‘ladi.
Shuning uchun hissiy (xotira ijtimoiy ahamiyat kasb etib, umumiylik alohida
olingan odamlar kayfiyatlari bir-birlariga o‘xshashligi iliq ruhiy muhitni vujudga
keltirish yoki noxush kechinmalar to‘lqinini barpo etish ehtimoli to‘g‘risida
mulohaza yuritilayotganligi ayon bo‘lsa kerak) alomati ostida ijtimoiy, guruhiy,
jamoaviy barqaror yoki beqaror kayfiyatni vujudga keltiradi. Ommaviy kayfiyat
(shodlik, g‘am-g‘ussa, bezovtalanish kabilar) xuddi shu tarzdagi ehtiros, affekt,
stress, shijoat singari kechinmalarni keltirib chiqaradi
hamda ularni xotirada
saqlanishga yordam beradi, zaruriyat tug‘ilganda jonlanishga o‘z ta’sirini
o‘tkazadi.
Obrazli xotira. Obrazli xotira tasavvurlar va turmush manzaralari, shuning
bilan birga, tovushlar, ta’mlar, ranglar, shakllar bilan bog‘liq bo‘lgan xotira turidir.
Obraz xotirasi deb, yaqqol mazmunni, binobarin narsa va hodisalarning aniq
obrazlarini, ularning xususiyatlari va bog‘lanishlarini
esda qoldirish, ongda
mustahkamlash hamda zaruriyat tug‘ilganda esga tushirishdan iborat xotira turiga
aytiladi.
Sensor xotiraning eng sodda ko‘rinishi yoki shakli izchil obrazlardan
iboratdir. Izchil obrazlarning namoyon bo‘lish hodisasi quyidagilardan tuzilgandir:
agar subyekt (shaxs)ga bir necha daqiqa oddiy qo‘zg‘atuvchi yuborilsa, jumladan,
10-15 sek. yorqin qizil kvadratga qarab turish taklif etilsa, so‘ng tekshiriluvchi
oldidan kvadrat olib qo‘yilsa, u qizil kvadrat o‘rnida xuddi shunday geometrik
196
shakl izini ko‘rishda
davom etadi, asosan, bu shakl ko‘k-yashil rangda tovlanadi.
Mazkur iz o‘sha zahoti, ba’zan bir necha sekunddan keyin paydo bo‘lib, 15
sekunddan to 45-60 sekundgacha o‘sha obyektda saqlanib turadi, shundan so‘ng u
asta-sekin oqara boshlaydi; natijada o‘zining aniq konturini yo‘qotadi, keyinchalik
mutlaqo yo‘qolib ketadi, goho butunlay yo‘qolish uchun qaytadan paydo bo‘lishi
mumkin.
Odamlarning
individual-tipologik
xususiyatlariga
qarab,
izchil
obrazlarning aniqligi va davomiyligi turlicha bo‘lishi ko‘zga tashlanadi.
O‘zining kelib chiqishi, kuchliligi jihatdan izchil obrazlar salbiy va ijobiy
turlarga bo‘linadi. Agar izchil ravishda odam qizil rangga qarab turib, so‘ngra
nigohini oq qog‘ozga ko‘chirsa, u holda obyektda ko‘k-yashil rang paydo
bo‘lganday tuyuladi. Izchil obrazlarning ushbu turi salbiy izchil obrazlar deb
ataladi. Bu holatni yana bir misol orqali tushuntirilsa quyidagi ketma-ketlik
hodisasi namoyon bo‘ladi. Qorong‘i xonada ko‘z
oldida bir narsa, masalan, qo‘l
yaqinlashtirilsa, so‘ngra qisqa muddatli (0, 5 sek) elektr chirog‘i yoqilsa, bu holda
chiroq o‘chgandan keyin odam bir necha daqiqa davomida narsalarning aniq
obrazlarini ko‘rishda davom etadi. Mazkur obraz o‘z rangida bir qancha muddat
saqlanib, so‘ng ko‘zdan yo‘qoladi.
Izchil obrazlar xotira jarayonining sodda izlariga misol bo‘la oladi. Ushba
ruhiy holatni ong bilan boshqarib bo‘lmaydi, chunonchi, xohishlarga qarab
uzaytirish, ixtiyoriy ravishda qayta tiklash mumkin emas. Binobarin, izchil
obrazlar ushbu xotiraning murakkabroq turlaridan ana shu jihati bilan farq qiladi.
Izchil obrazlarni eshitish, teri orqali sezishda kuzatish mumkin, lekin bu
vaziyatda izchil obrazlar kuchliroq namoyon bo‘lishi va qisqa muddat davom etishi
kuzatiladi.
Eydetik obrazlar. Umumiy psixologiyada izchil obrazlardan eydetik
obrazlarni farqlash an’ana tusiga kirgan («eydos» - yunoncha «obraz» degan
ma’noni anglatadi). Xotiraning bu turi, ya’ni eydetik obrazlar o‘z
vaqtida nemis
psixologiya maktabining namoyandalari aka-uka Yenishlar tomonidan ta’riflab
berilgan. Ba’zi odamlarda, ayniqsa, bolalik va o‘smirlik, o‘spirinlik davrlarida
197
kuzatilgan narsa yoki suratlar ko‘z o‘ngidan olib qo‘yilsa ham surat siymosi uzoq
vaqt saqlanish xususiyatiga ega.
Mazkur narsa va jismlarning aniq obrazlari, tasvirlarini kuzatish mumkin. Bu
hodisa jahon psixologiya fanida tajribada tekshirilib ko‘rilgan. Tajribada
tekshiriluvchiga 3-4 daqiqa davomida rasm ko‘rsatilgan va tasvir olib qo‘yilgandan
so‘ng uning tarkibiy qismlari, tuzilishi haqida qatnashchilarga savollar berilgan. Bu
jarayonda ayrim tekshiriluvchilar bironta savolga javob bera olmagan bo‘lsalar,
aniq eydetik obrazga ega bo‘lgan ishtirokchilar esa rasmni ko‘rishda davom
etayotganday har bir savolga aniq javob berishga erishganlar.
Tajribalarning ko‘rsatishiga qaraganda, eydetik obrazlar uzoq vaqt inson
ongida saqlanishi mumkin. Mabodo ularning izlari yo‘qolib ketgan bo‘lsa ham,
lekin hech qanday qiyinchiliksiz uning siymosi qayta tiklanishi mumkin.
Dostları ilə paylaş: