174
8 -MAVZU. DIQQAT PSIXOLOGIK JARAYON SIFATIDA
Tayanch
tushunchalar:
konsentratsiya,
diqqat
fokusi,
diqqatning
yo’nalganligi, diqqatning barqarorligi, diqqat ko’lami, ko‘chuvchanligi, bo‘linishi,
ko‘lami, kuchi, barqarorligi, bo‘linishi.
8.1. Diqqat haqida tushuncha. Diqqatning nerv-fiziologik asoslari
Diqqat inson faoliyatining barcha turlarini muvaffaqiyatli amalga oshirishning
va ularni samaradorligini ta’minlovchi muhim shartlardan biridir. Kishi faoliyati
qanchalik murakkab, serzahmat, davomiylik jihatdan uzoq muddatli, mas’uliyat
hissini taqozo qilsa, u diqqatga shunchalik yuksak shartlar va talablar qo‘yadi.
Inson ziyrakligi, farosatliligi, tez payqashi, sinchkovligi, dilkashligi uning turmush
sharoitida, shaxslararo munosabatida muhim omil sifatida xizmat qiladi.
Diqqat
aqliy faoliyatning barcha turlarida ishtirok etadi, insonning xatti-harakatlari ham
uning ishtirokida sodir bo‘ladi.
Psixologiya fanida diqqatga har xil ta’rif beriladi, uni yoritishda psixologlar
turli nazariyaga asoslanib yondashadilar. Diqqat deb ongni bir nuqtaga to‘plab,
muayyan bir obyektga aktiv (faol) qaratilishi aytiladi (P.I.Ivanov). P.I.Ivanovning
fikricha, biz faoliyatimiz jarayonida idrok va tasavvur qiladigan har bir narsa, har
bir hodisa, o‘zimiz qilgan ishimiz, o‘y va fikrlarimiz diqqatning obyekti bo‘la
oladi.
N.F.Dobrinin. N.V.Kuzmina, I.V.Straxov, M.V.Gamezo, F.N.Gonobolin va
boshqalarning nuqtai nazaricha, diqqatning vujudga kelishida ongning bir nuqtaga
to‘planishi ong doirasining
torayishini bildiradi, go‘yoki ong doirasi bir muncha
tig‘izlanadi. Bunday torayish va tig‘izlanish natijasida ong doirasi yanada
yorqinlashadi. Ongning eng toraygan, tig‘izlangan yorqin nuqtasi diqqatning
markazi (fokusi) deb nomlanadi. Xuddi shu markaz (fokus)ga tushgan idrok
qilinayotgan jismlar,
tasavvur obrazlari, o‘y va fikrlar to‘la, yorqin va aniq
ifodalanadi. Jahon psixologlarining fikricha, diqqat uzluksiz ravishda, muayyan
darajada aktivlik xususiyatini saqlab turadi. Bunday aktivlik,
ongning biron-bir
obyektga yo‘nalishining kuchayishi va ma’lum vaqt davomida diqqat
175
yo‘naltirilgan narsaga ongning faol (aktiv) qaratilishini regulirovka qilib turadi
hamda mazkur holatning saqlanishini ta’minlaydi.
Shuni alohida ta’kidlab o‘tish kerakki, diqqat sezgi, idrok, xotira, tafakkur,
xayol, nutq kabi alohida psixik jarayon emas. Shuning uchun barcha psixik
jarayonlarda
qatnashadi, ularning mahsuldorligini oshirishga ta’sir etadi. Shu
boisdan diqqat qaratilgan obyektlar ong to‘plangan nuqtasida aniq, yaqqol aks
ettiriladi. Demak, diqqat aqliy jarayonlarning sifati, mahsuldorligi va
samaradorligini ta’minlovchi insonning ichki aktivligidan iboratdir. Shuningdek, u
har qanday inson faoliyatining zaruriy shartidir.
Psixologiya tarixining sahifalarini varaqlasak, diqqatning
kishi faoliyatidagi
roliga berilgan yuksak va qimmatli mulohazalar uchraydi. Jumladan, fransuz olimi
Kyuve geniallikni chidamli diqqat deb ta’riflashi, Nyutonning kashfiyot fikrini
doimo shu masalaga qaratilish jarayoni deyishi, Ushinskiyning diqqat psixik
hayotimizning yagona eshigi deb baho berishi bunga yorqin misol bo‘la oladi.
Bilish jarayonlari kechishining eng muhim xususiyati uning tanlovchanlik va
yo‘nalganligi bilan xarakterlanadi. Shu boisdan inson atrof-muhitning ko‘plab
qo‘zg‘atuvchilari, ta’sirlari orasidan alohida nimanidir idrok etadi, faraz qiladi,
allaqaysi narsa to‘g‘risidagina mulohaza yuritadi, xolos. Ongning bu xossasi diqqat
xususiyati bilan bog‘liq ravishda namoyon bo‘ladi. Diqqat bilish jarayonlari singari
o‘zining
alohida mazmuniga, muayyan mahsuliga ega emas, shuning uchun u
barcha jarayonlarning jo‘shqinligi, ildamligini ta’minlaydi. Demak, diqqat
individning hissiy, aqliy yoki harakatlantiruvchi faolligi darajasining oshirilishini
taqozo etadigan tarzda ongning yo‘naltirilganligi va biror narsaga qaratilganligidir
(E. B. Pirogova). Berilgan ta’rifga binoan, "ushbu yo‘naltirilganlik subyektning
ehtiyojlariga, uning faoliyati maqsadlari va
vazifalariga mos keladigan
obyektlarning tanlanganligida, ixtiyorsiz yoki ixtiyoriy tanlashda va ajratishda
vujudga keladi. Diqqatning muayyan obyektlarga to‘planishi, to‘planganligi
(konsentrasiyalanishi) ayni paytda boshqa jismlardan chalg‘ishni yoki ularning
vaqtincha (muvaqqat) inkor etilishini talab qiladi. Ana shu omillarga ko‘ra, aks
ettirish ravshanlanib boradi, tasavvurlar, mulohazalar
faoliyat yakunlangunga
176
qadar, qo‘yilgan maqsadga erishguncha ongda saqlanadi. Ana shu yo‘sinda diqqat
faoliyatini nazorat qilib boradi va uni boshqaradi. Shuning uchun ko‘pgina
psixologlar (P.Ya.Galperin va uning shogirdlari) diqqatni yuksak turini bilish
jarayonlari, kishining xulq-atvori kechishini boshqarish imkoniyatiga ega
ekanligini ta’kidlaydilar. Diqqatning.biror obyektga yo‘nalishiga ko‘ra sensor
(perseptiv), aqliy (intellektual), harakatlantiruvchi (harakat) shakllariga ajratish
mumkin.
Dostları ilə paylaş: