166
7 -MAVZU. IDROK
Tayanch tushunchalar:
fon va figura, geshtalt nazariyasi, vaqtni idrok qilish,
fazoni idrok qilish, harakat idroki,
predmetliligi, yaxlitligi, strukturaliligi,
doimiyligi (konstantligi), anglashilganligi.
7.1.Idrok haqida tushuncha. Idrokning fiziologik asoslari
Idrok sezgilarga nisbatan murakkab va mazmundor psixik jarayon bo‘lib
hisoblanganligi sababli barcha ruhiy holatlar, hodisalar,
xususiyatlar, xossalar va
inson ongining yaxlit mazmuni, egallangan bilimlar, tajribalar, ko‘nikmalar bir
davrning o‘zida namoyon bo‘ladi, aks ettirishda ishtirok qiladi.
Idrok tushunchasi lotin tilida «regserpo» qabul qilish,
idrok deb nomlanadi,
uning yuqori bosqichi esa «appersensiya» (lotincha - idrok, qabul qilish) deyiladi.
Appersepsiya - idrok jarayonini shaxsning oldingi bilimlari, shaxsiy va
ijtimoiy tajribalari, qiziqishlari, motivatsiyasi,
ehtiyojlari va odatlari, umuman,
ruhiy hayotning barcha mazmuni bilan belgilanishidir. Appersepsiya hodisasi
tufayli odamlar o‘zaro idrokining mazmuni bilan bir-birlaridan muayyan darajada
tafovutlanadilar, ya’ni ular aynan bir xil narsani o‘zining bilim saviyasi, maslagi,
pozitsiyasi, dunyoqarashi va ijtimoiy kelib chiqishiga asoslangan holda turlicha
idrok qiladilar hamda aks ettiradilar. Masalan, «ildiz» tushunchasini biologlar
o‘simliklarning moddiy asosi sifatida, matematiklar
sonlarning ildiz ostidagi
ko‘rinishida, ijtimoiy nuqtai nazardan qarindosh-urug‘chilik shaklida ko‘z o‘ngiga
keltiradi. Mazkur tushuncha ba’zi hollarda idrokning aniqlik, to‘liqlik, ravshanlilik,
predmetlilik, tanlovchanlik (saralash) kabi sifatlarning ma’nosi o‘rnida
qo‘llanilgan. Psixologiya nazariyalariga ko‘ra appersepsiya hodisasi barqaror va
vaqtincha (muvaqqat) deb yurituvchi ikki ko‘rinishga (turga) ajratiladi. Barqaror
appersepsiya hodisasi shaxsning dunyoqarashi, qat’iy maslagi, ideali, pozitsiyasi,
motivatsiyasi, qiziqishi, bilim saviyasi, madaniy darajasi, xulq-atvori, ma’naviyati
va kasbiy tayyorgarligiga bog‘liq bo‘lib, u o‘ta murakkab tuzilishga egadir.
Muvaqqat (vaqtincha) appersepsiya turi esa shaxsning faqat idrok qilish
jarayonidagi emotsional holatiga, ya’ni uning kayfiyati, ruhlanishi, shijoati, stress,
167
affektiv ko‘rinishdagi his-tuyg‘ularida, ularning sur’ati, davomiyligi, tezligida o‘z
ifodasini topadi.
Psixologiya fanida idrok muayyan shakllarga
ajratilib tadqiq qilinadi, vaqt,
harakat, fazo yordami bilan atrof-muhitning, biosferaning, ijtimoiy turmushning
mohiyati yuzasidan axborotlar ma’lumotlar, xususiyatlar aks ettiradi. Borliqdagi
narsa va hodisalarning yashash shakli, uzluksiz ravishda harakatda bo‘lishi,
muayyan obyektiv vaqt birligida hukm surishi inson ongida bevosita in’ikos
qilinadi. Odatda, inson
tomonidan vaqtni idrok qilish, asosan, ruhiy hodisalar,
holatlar, vaziyatlar, xususiyatlarning o‘zaro o‘rin almashinuvi tufayli namoyon
bo‘ladi va o‘ziga xos tuzilishi bilan mazkur jarayonning boshqa shakllaridan farq
qilib turadi. Vaqtni idrok qilish inson tomonidan aks ettirilayotgan vaqt birligining
obyektiv (haqqoniy, xolis) mazmuniga, shaxsning unga nisbatan munosabatiga
bog‘liq bo‘lib, xuddi shu mezon orqali uning mahsuldorligi o‘lchanadi. Masalan,
shaxsning
ehtiyoji, motivatsiyasi, qiziqishlari va intilishiga mos, mutanosib vaqt
birligini, idrok birligini idrok qilgan taqdirdagina vaqt obyektiv jihatdan
(kechinmalar,
his-tuyg‘ularga
nisbatan
shaxsning
ijobiy,
haqqoniy
munosabatlarida) tez o‘tganday idrok qilinadi, odatda, yoqtirmaslik,
idrok
maydoniga (qamroviga) nomutanosiblik esa shaxsda zerikish, vaqt «sekin» o‘tish
tuyg‘usini uyg‘otadi.
Dostları ilə paylaş: