164
boshqa analizatorlarning sezgirligi ortadi. Kuchli qo‘zg‘atuvchi ta’sir etganda,
aksincha, konsentratsiyaga moyil bo‘lgan qo‘zg‘alish jarayoni yuzaga keladi.
O‘zaro induksiya qonuniga ko‘ra, bunday qo‘zg‘alish jarayoni boshqa
analizatorlarning markaziy qismlarini tormozlanishga
olib keladi va natijada
ularning sezgirligi pasayadi.
Analizatorlar sezgirligining o‘zgarishi shartli reflektor asosida, ya’ni ikkinchi
signallar tizimiga kiruvchilar ta’siri bilan ham yuzaga kelishi mumkin.
Tekshiriluvchilarga «limondan nordon», zahardan achchiq» degan so‘zlarni
talaffuz qilish bilan ularning ko‘zlari va tillarida elektr sezgirligi yuzasidan
o‘zgarishni maydonga keltiruvchi omillar qayd etilgan. Ushbu o‘zgarishlar
bizga
haqiqiy limon va zahar tabiati bilan ta’sir qilinganda hosil bo‘ladigan qo‘zg‘alishga
o‘xshashlikni vujudga keltiradi.
Sezgi organlarining sezgirligini o‘zgartirish qonuniyatlarini o‘zlashtirib
olganligimizga
asoslanib,
maxsus
ravishda
tanlangan
qo‘shimcha
qo‘zg‘atuvchilarni qo‘llash yordami bilan ma’lum bir retseptorlarni
sensibilizatsiyalash, ya’ni ularning sezgirligini oshirish imkoniyatiga ega bo‘lamiz.
Qo‘zg‘atuvchining birin-ketin analizatorga ta’siri
bilan analizatorlarga xos
sezgining paydo bo‘lishini sinesteziya deyiladi. Sinesteziya yunoncha birgalikda
sezish degan ma’noni anglatib keladi. Sinesteziya
hodisasini har xil turdagi
sezgilarda kuzatish mumkin. Ko‘rish va eshitish sinesteziyasi hammadan ko‘ra
ko‘proq uchrab turadi, unda tovush qo‘zg‘atuvchilarining ta’siri
bilan odamda
ko‘rish obrazlari vujudga keladi. Bunday tabiatli sinesteziyalar har xil odamlarda
o‘ziga xos ravishda kechadi, lekin ular har qaysi shaxs
uchun muayyan darajada
doimiy bo‘lishi kuzatiladi. Eshitish va ta’m sinesteziya hodisasi ko‘pincha «o‘tkir
ta’m», «savlatli rang», «shirin tovush», «achchiq shamol», «bahaybat ovoz»,
«motamsaro osmon», «qalb o‘rtar navo», singari iboralarda o‘z ifodasini topgan
bo‘ladi. Chunki ularning mohiyatida ikkilanganlik
xususiyatlari maxsus
kuchaytirgich tariqasida muhim ahamiyat kasb etadi.
Dostları ilə paylaş: