6.4.Segzi kognitiv jarayonning boshlang‘ich nuqtasi (R.Solso)
Tashqi olam xususiyatlari to‘g‘risidagi va shaxsning o‘z gavdasini tuta bilish
yuzasidan bilimlar, ma’lumotlar, xabarlar va taassurotlar manbai bu sezgilar bo‘lib
hisoblanadi. Shuning uchun sezgilar inson organizmiga, ya’ni uning tana a’zolariga
tushadigan axborotlarning asosiy kanali (yo‘li) sanalib, ular tashqi dunyo hamda
ichki tana a’zolari to‘g‘risidagi xabarni bosh miya katta yarim sharlari va bosh
miyaning tarkiblariga yetkazib turadi, xuddi shu boisdan inson o‘zini qurshab
turgan makro muhitni oriyentirlash (mo‘ljallash) imkoniyatiga egadir. Agarda
mazkur kanallar berk bo‘lib qolgan taqdirda, sezgi organlari zarur axborotlar bilan
ta’minlamaydi, binobarin, ongni hukm surish imkoniyati o‘z-o‘zidan yo‘qoladi.
Psixologiya fanida shunday ilmiy dalillar mavjudki, mabodo inson
axborotlarning shaxobchasidan mahrum bo‘lsa, u holda u uyqu holatiga
sho‘ng‘iydi. Masalan, tasodifan teri-tuyush sezgilari patologiyaga uchrasa, unda
odam (ko‘pincha vaqtincha, muvaqqat) ko‘rish, eshitish, hid sezishdan mahrum
153
bo‘lishi mumkin. Mabodo axborotlar tuzatish shaxobchasi ilk bolalik yoshi davrida
buzilsa, kar yoki ko‘r bo‘lib qolsa, u taqdirda uning aqliy rivojlanishida keskin
to‘xtalish (vaqtincha orqada qolish) yuzaga keladi. Agarda bola maxsus usul yoki
uslubga o‘rgatilsa tabiiy ravishda mavjud kamchiliklarning o‘rnini to‘ldirib
bo‘lmaydi.
Sezgini bunday tarzda tushuntirilishiga nisbatan har xil munosabatlar
psixologiya tarixida mavjud bo‘lib, ularning hech qaysisi asosiy manba ekanligiga
shubha bilan qarashga moyildirlar. Hozir ularning ayrimlariga qisqacha to‘xtalib
o‘tamiz va haqiqiy mohiyatini ochib berishga intilamiz.
Nemis faylasufi Xristian Volf “Ratsional psixologiya” (1732) va “Empirik
psixologiya” (1734) kitoblarida: ongning ichki holati, aqliy fikr yuritishga
qobiliyatlilik tabiiy moddiy asos zamiridan kelib chiqib, tashqi olamdan kelib
tushadigan axborotlar shoxobchasiga, ya’ni sezgi kanaliga, hech qanday bog‘liq
emas deb tushuntirishga harakat qildi. Sezgilarga mana bunday yondashish
nazariyotchisi fanga “ratsionalizm” tushunchasi bilan birga kirib keldi. X. Volf va
uning tarafdorlari psixik jarayonlar (sezgi, idrok, xotira va boshqalar) murakkab
ijtimoiy-tarixiy taraqqiyot mahsuli emas, degan g‘oyani ilgari surdilar. Shuning
bilan birga “Ong”, “Aql” tarixiy evolyutsiya natijasi emas deb, inson psixikasiga
o‘zgacha yondashib, uni izohlab berish mushkul bo‘lgan “birlamchi” xususiyat
ekanligini tushuntirishga intildilar.
Mazkur nazariyaga asoslangan psixologlar insonning sezgilari uning tashqi
olam bilan bog‘lab turuvchi birdan-bir shaxobcha ekanligini inkor qilishgacha
borib yetdilar va voqelikni mana bunday tarzda izohlashga harakat qildilar:
go‘yoki sezgilar insonni tashqi olamdan ajratib turadilar, ular atrof-muhit
o‘rtasidagi bartaraf qilib bo‘lmaydigan devor hisoblanadilar. Berkli, Yung,
I.Myuller, Gelmgols singari olimlar sezgi organlarining “spesifik energiyasi”
nazariyasini ishlab chiqdilar. Bu g‘oyaning asoschisi sifatida Iogann Myuller qat’iy
pozitsiyada turib, uni butun vujudi bilan himoya qilishga intildi. Ushbu nazariyaga
binoan, har qaysi sezgi a’zosi xoh quloq, xoh til, xoh teri bo‘lishidan qat’iy nazar,
tashqi dunyoning ta’sirini aks ettirmaydi, atrof-muhitda bo‘lib turgan real, yaqqol
154
jarayonlar yuzasidan axborotlar berishga qobil emas, faqat u tashqi ta’sirdan
shaxsiy jarayonlarning qo‘zg‘atuvchisidan turtki bo’ladi, xolos. Mazkur nazariyaga
ko‘ra, har bir sezgi a’zolari o‘zining “spesifik energiyasi”ga ega, har qanday
ta’sirdan qo‘zg‘aladi. Masalan, ko‘zni bosib, unga elektr toki bilan ta’sir qilib
ko‘rilsa, unda yorug‘lik sezgisi hosil qilinadi; quloqqa elektr qo‘zg‘atuvchisi bilan
ta’sir o‘tkazilsa, u holda tovush sezgisi vujudga keladi. Binobarin, sezgi a’zolari
tashqi ta’sirni aks ettirmaydi, balki ulardan, ya’ni ularning ta’siridan qo‘zg‘aladi,
xolos. Inson hech qachon tashqi voqelik, yaqqol dunyoning obyektiv ta’sirlarni
idrok qilmaydi, balki sezgi a’zolari faoliyatida o‘zlarining shaxsiy subyektiv
holatlarini aks ettiradi.
Mazkur nazariyaga binoan, inson obyektiv dunyoni idrok qila olmaydi, u
subyektiv jarayonlarni aks ettiradi, oqibat natija “dunyo element” (mayda
qism)larni idrok qilish vujudga keladi. Psixologiya tarixida “subyektiv
idealizm”degan yo‘nalish ham yuzaga kelgan bo‘lib, ungacha, «inson faqat
o‘zi»nigina biladi, xolos. Undan tashqari hech narsa hukm surishi mumkin emas.
Bu nazariya o‘ziga xos g‘oyaga ega bo‘lib, fan tarixida «solipsizm» (yagona
«Men») nomini olgan edi.
Sezgilarning retseptor va reflektor nazariyalari. Sezgilarning retseptor
nazariyasiga ko‘ra, retseptor yoinki sezgi a’zolari ularga ta’sir qiluvchi
qo‘zg‘atuvchilarga nisbatan sust (passiv) javob qaytaradi, sezgilar harakatga
qarama-qarshi turuvchi sust jarayondir, harakatning o‘zi esa aksincha faol
(aktiv)dir.
Hozirgi davrda sezgilarning retseptor nazariyasi mutlaqo sezgi jarayonining
fiziologik mexanizmini ochib berishga yaroqsiz ekanligini qator tadqiqotchilar
tomonidan ishonchli omillarga suyangan holda ta’kidlab o‘tilgandir.
Sezgi jarayonining faol (aktiv)ligini tan oluvchi nazariya - sezgilarning
reflektor nazariyasi deb ataladi. Ushbu fikrni asoslash uchun misollarga murojaat
etaylik va hayvonot olamida aks ettirishni tahlil qilib ko‘raylik. Hayvonlar va
jonivorlarning sezgilari sust (passiv) xususiyatga emas, balki tashqi olam
ta’sirining biologik ahamiyatga molik jihatlarini faol (aktiv) ravishda ajratgan
155
holda xatti-harakatni amalga oshiradilar. Masalan, bolari (asalari) bir xil
turkumdagi gullarga nisbatan aralash holdagi gullarga faol (aktiv)roq javob
reaksiyasini bildiradi; qirg‘iy irish-chirish hidlariga, undan ko‘ra suv o‘tlarining
ildizlari hidiga chaqqon harakat qiladi. Mushuk sichqonning qitirlashiga e’tiborini
kuchaytiradi, lekin xuddi shunga o‘xshash kamerton tovushini keltirsak, aslo unga
parvo ham qilib qo‘lmaydi.
Bu omillar shuni ko‘rsatib turibdiki, birinchidan, sezgilar faollik (aktivlik)
xususiyatiga ega, ikkinchidan, ularning vujudga kelishida harakat tarkiblari
ishtirok etadi. AQShlik psixolog Neffning ta’kidlashicha, mikroskop ostiga olib
teriga igna sanchilsa, xuddi shu uchastkada (maydonda) reflektor harakat
reaksiyalari kuzatilgan; tomirning qisilishi, teri galvanik refleks (KGR), goho ko‘z
harakati, bo‘yin muskullarining taranglashuvi, qo‘lning harakat reaksiyasi sodir
bo‘lishi mumkin.
Jahon psixologlari tomonidan narsalarning murakkab tomonlarini tanish,
farqlash harakatning ishtirokisiz amalga oshmasligi ta’kidlab o‘tilgan. Masalan,
ko‘zni yumib jismni farqlash uchun qo‘l bilan uni paypaslash kerak, aks holda
uning holati, shakli, qattiq yoki yumshoqligi, g‘adir-budurligini bilib, sezib
bo‘lmaydi.
I.M.Sechenovning fikriga ko‘ra, jismni ko‘z bilan idrok qilish uchun ko‘z
o‘sha narsani «qidirsin», faqat shundagina maqsadga muvofiq harakat yuzaga
chiqqan bo‘ladi. Hozirgi davrda psixologiya fanida ko‘z harakatlari nazariyasi
ishlab chiqilgan bo‘lib, ular va makro va mikro, ixtiyoriy hamda ixtiyorsiz
ko‘rinishlarga ajratiladi. Ular quyidagi nomlar bilan ifodalanadi: konvergent,
divergent, gorizontal, vertikal, siklofuzion, torsion, version, vergent, sakkadik,
tremor, dreyf, fliki kabilar. Ko‘z harakati yordami bilan fazoda o‘rin almashib
turgan jismlarni tanish, bilib olish va identifikatsiyalash amalga oshiriladi. Ko‘z
harakatlari uch juft tashqi muskullari, ya’ni miya bosh suyagining III, IV va VI juft
nervlari orqali ro‘yobga chiqadi. Ko‘zning mikro va makro harakatlari sezgining
mexanizm rolini bajarish imkoniyatiga ega.
156
Eshitish sezgisi eshitish va tovush apparatlari tarkiblarining yaqin ishtirokida
vujudga keladi.
Shunday qilib, yuqoridagi mulohazalarga ko‘ra, elementlar (sodda) faol
reflektor jarayoni, shuningdek, murakkab faol retseptor faoliyat jarayoni
(paypaslash, suratga tikilish kabilar) mavjud bo‘lib, sezgilarning vujudga kelishini
ta’minlab turadi. Psixologik ma’lumotlarning tahliliga ko‘ra, faol harakatning har
qaysisi sezgining reflektor nazariyasidan iboratdir.
Sezgilarning umumiy qonuniyatlari va sezgirlik. Sezgilar o‘zlariga adekvat
(mos) bo‘lgan qo‘zg‘atuvchilarni aks ettirish shakllaridan biri hisoblanmish bilish
jarayonlaridir. Ko‘rish sezgisining adekvat qo‘zg‘atuvchisi havo to‘lqini uzunligi
380 dan 770 millimikron diapazondagi elektromagnit nurlanishidan iboratdir. Bu
elektromagnit nurlanishlar ko‘rish analizatorlarida ko‘rish sezgisini vujudga
keltiruvchi nerv (asab) jarayoniga aylanadi. Eshitish sezgilari tebranish chastotasi
16 dan to 20000 gacha bo‘lgan tovush to‘lqinlari ta’sirining reseptorlarda aks
etishidir. Taktil sezgilari mexanik qo‘zg‘atuvchilarning teri yuzasida ta’siri
natijasida hosil bo‘ladi. Karlar uchun alohida ahamiyatga ega bo‘lgan tebranishni
aks ettirish sezgilari narsalarning tebranishlarini in’ikos qilish orqali yuzaga keladi.
Boshqa turdagi sezgilar ham o‘zlarining maxsus qo‘zg‘atuvchilariga egadirlar.
Lekin sezgilarning turli ko‘rinishlari faqat o‘zlarining maxsusligi bilangina emas,
balki ular uchun umumiy xususiyatlari bilan ham tavsiflanadilar. Sezgilarning ana
shu xususiyatlariga sifatlari, jadalligi, davomiyligi va fazoviy lokalizatsiyasi kiradi.
Sifat mazkur sezgining asosiy xususiyati bo‘lib, uni boshqa sezgi turlaridan
farqlaydi va ayni shu sezgi turi chegarasini o‘zgartiradi. Masalan, eshitish sezgilari
tovushning balandligi, tembri, qattiqligi bilan tafovutlanadi, ko‘rish sezgilari esa
ranglarning quyuqligi, jilosi, tovlanishi, toni va boshqa shu kabilar bilan
farqlanadi. Sezgilarning sifat jihatidan ko‘p turliligi materiya harakati shakllarining
turli-tumanliligining aks ettirishidir.
Sezgilarning jadalligi ularning miqdoriy tavsifidan iborat bo‘lib, ta’sir
qilayotgan qo‘zg‘atuvchining kuchi va retseptorning funksional holati bilan
belgilanadi. Sezgilarning davomiyligi ularning vaqtinchalik tasniflanishidan
157
iboratdir. Sezgilarning davomiyligi ham sezgi a’zolarining funksional holati bilan,
shuningdek, qo‘zg‘atuvchining ta’sir qilish vaqti hamda jadalligi bilan o‘lchanadi.
Qo‘zg‘atuvchi sezgi asosida ta’sir qilishi bilan darhol sezgi hosil bo‘lmaydi,
balki u bir qancha daqiqadan keyin vujudga keladi. Ana shu qisqa vaqt sezgining
latent (yashirin) davri deb ataladi. Latent davri sezgi turlari uchun har xil fursatda
kechadi. Masalan, taktil sezgilari uchun latent davri 130 millisekund, og‘riq
sezgilari uchun esa 370 millisekundga to‘g‘ri keladi, maza-ta’m sezgisi esa til
yuzasiga ta’sir etilgandan so‘ng 50 millisekundgacha vaqt oralig‘ida hosil bo‘ladi.
Qo‘zg‘atuvchi ta’sir qila boshlashi bilan bir davrda hosil bo‘lmaganidek,
qo‘zg‘atuvchining ta’siri to‘xtashi bilan bir vaqtning o‘zida sezgi yo‘qolmaydi.
Vaholanki, sezgilarning inersiyasi (sezgilarning saqlanishi) ta’siridan keyingi
hodisasi deb ataladigan narsada namoyon bo‘ladi.
Ko‘rish sezgisi ba’zi bir inersiyaga ega bo‘lib, ko‘rish sezgisining ta’siri
to‘xtashi bilan darhol yo‘qolib ketmaydi. Qo‘zgatuvchi ta’sirining izi ketma-ket
keluvchi obrazlar deb ataladigan hodisa sifatida saqlanib qoladi. Psixologiyada
ko‘zning to‘r pardasida rangni sezadigan uch xil xususiyatli element bor deb
taxmin qilinadi. Qo‘zg‘alish jarayoni hosil bo‘lganda, ular toliqadilar va
sezgirliklari ancha kamayadi. Qizil rangga qarab turganimizda ko‘z to‘r
pardasidagi qizil rangni qabul qiluvchi element boshqalarga nisbatan ortiqroq
toliqadi, shuning uchun ko‘z to‘r pardasining xuddi shu joyiga qizil rangdan so‘ng
oq rang ta’sir etadigan bo‘lsa, qolgan ikkita qabul qiluvchi element ortiqroq
sezgirlikka ega bo‘ladi va biz ko‘z qarshimizda ko‘kish yashil rangni ko‘ramiz.
Eshitish sezgilari ham ketma-ket obrazlarga ega bo‘lishi mumkin. Chunki
quloqni bitiradigan qattiq ovoz yoki tovush bilan birga yuzaga keladigan noxush
sezgi, ya’ni bu «quloq»ning shang‘illashidir. Eshitish analizatoriga bir necha
sekund davomida ta’sir etadigan bir qator qisqa tovush impulslaridan so‘ng ular
tutash holda yoki bir oz pasaytirilgan tarzda idrok qilina boshlaydi. Agar bu
tovushlarning ta’sirini modellashtirish mumkin bo‘lganda edi, ana shunday
hodisani kuzatish imkoni yuzaga kelardi. Bu hodisa tovush impulsining ta’siri
158
to‘xtaganidan keyin uchraydi hamda tovushning impulsi jadalligi va davomiyligiga
bog‘liq ravishda bir necha sekund mobaynida davom etishi mumkin.
Boshqa analizatorlarda ham xuddi shunga o‘xshash hodisalarni kuzatish
mumkin. Masalan, harorat, og‘riq va maza sezgilari ham qo‘zg‘atuvchining ta’siri
to‘xtagandan so‘ng bir necha muddat oralig‘ida davom etaveradi.
Sezgilar uchun qo‘zg‘atuvchining fazoviy lokalizatsiyasi, qo‘zg‘atuvchining
fazoda o‘rin egallashi bilan tavsiflanadi. Distant, ya’ni masofa retseptori
tomonidan amalga oshiriladigan fazoviy analiz bizga qo‘zg‘atuvchining fazodagi
o‘rni haqida ma’lumot beradi. Kontakt sezgilar: taktil, og‘riq, maza badanning
qo‘zg‘atuvchi ta’sir qilayotgan joyi bilan bog‘liqdir. Bunda og‘riq sezgilarining
lokalizatsiyasi, ya’ni badanda joylashgan o‘rni, taktil sezgilarga qaraganda
badanga anchagina tarqalgan, lekin unchalik aniqlik darajasiga ega emas. Bu
holatni yaqqol namoyish qilish uchun quyidagi ko‘rsatkichlarni keltiramiz: 1
kvadrat mmteriga nisbatan barmoqlar 120, panja 14, kaft 15, ko‘krak 29, peshana
50, burun uchi 100 va hokazo.
Lokalizatsiya (mahalliy cheklanganlik) psixik funksiyalarning bosh miya
katta yarim sharlari qobig‘idagi muayyan hujayralarning ishi bilan bog‘lanishidir.
Masalan, ko‘ruv analizatorining ishi asosan miya qobig‘ining ensa qismining
faoliyati bilan bog‘langan, eshitish analizatorining ishi esa chakka bo‘laklari bilan,
teri-tuyush hamda harakat analizatorlari bo‘lsa tepa va ensa bo‘laklari bilan
bog‘langandir.
Insonni qurshab turgan atrof-muhitning holati to‘g‘risida axborot beruvchi
turli ko‘rinishdagi sezgi a’zolari o‘zlari aks ettirmoqchi bo‘lgan hodisalarga
nisbatan ma’lum darajada sezgir bo‘lishlari lozim. Chunki mazkur hodisalarni
ozmi yoki ko‘pmi aniq va ravshan aks ettirish lozim. Binobarin, sezgi a’zolarining
sezgirligi dolzarb va favquloddagi sharoitda ta’sir qilib sezgi jarayoni hosil qilish
imkoniyatiga ega bo‘lgan minimal darajadagi qo‘zg‘atuvchi bilan belgilanadi.
Xuddi shu boisdan sezilarli yoki sezilmas darajada sezgi hosil qiluvchi
qo‘zg‘atuvchining minimal kuchi sezgirlikning quyi mutlaq (absolyut) chegarasi
deyiladi.
159
Kuchli
mutlaq
(absolyut)
chegaradan
nimjonroq
yoki
kuchsizroq
qo‘zg‘atuvchilar quyi chegaralarni hosil qilmaydi, chunki, ularning ta’sir kuchi
to‘g‘risidagi signallar bosh miya po‘stiga borib yetmaydi. Bosh miya po‘sti har bir
ayrim olingan «p» miqdordagi impulslardan hayotiy zaruriysinigina tanlab, so‘ng
qabul qilib oladi. Shuning bilan birga miya po‘sti o‘z qo‘zg‘atuvchanlik
chegarasini oshirish yo‘li bilan qilingan barcha qo‘zg‘atuvchilarni, shu jumladan,
ichki a’zolardan keladigan impulslarni ham ushlab qoladi. Vujudga kelgan bunday
holat biologik jihatdan maqsadga muvofiqdir. Chunki, bosh miya katta yarim
sharlari po‘sti barcha tushib kelayotgan impulslarni qabul qilib oladigan va
ularning hammasiga javob reaksiyasini bildira oladigan organizmni tasavvur qilish
mumkin emas. Ma’lumki, bosh miya katta yarim sharlarining po‘sti organizmning
hayotiy manfaatlarini muhofaza qilib turadi, shuningdek, o‘z qo‘zg‘alish
chegarasini oshirish bilan faollashmagan (aktuallashmagan) impulslarni po‘stloq
ostiga, ya’ni quyi markazlarga uzatadi, buning natijasida organizm ortiqcha
reaksiyalardan musaffo bo‘ladi.
Tekshirishlarning ko‘rsatishiga qaraganda, po‘stloqosti impulslari organizm
uchun befarq tura olmaydi. Masalan, tashqaridan ta’sir qilayotgan xuddi ana shu
kuchsiz po‘stloq osti qo‘zg‘atuvchilari bosh miya katta yarim sharlari po‘stida
dominant o‘chog‘ini (hukmron manbaini) barpo qiladi va gallyutsinatsiya hamda
«sezgilarning aldanishiga» sabab bo‘ladi. Kasallangan odamlar quyi chegaradagi
tovushlarni miyaga o‘rnashib qolgan tovushlar to‘plami tariqasida qabul qilishlari
mumkin, ayni chog‘da haqiqiy inson nutqiga befarq bo‘ladi; kuchsiz yorug‘lik nuri
har xil gallyutsinatsiya ko‘rish sezgilari hosil qilishi mumkin; terining kiyimga
tegishidan vujudga kelgan taktil sezgilar noto‘g‘ri o‘tkir teri sezgilarini yuzaga
keltiradi.
Sezgilarning quyi chegarasi mazkur analizatorlarning mutlaq (absolyut)
sezgirligi darajasini aniqlaydi. Mutlaq (absolyut) sezgirlik bilan sezgi
chegaralarining me’yori o‘rtasida teskari mutanosiblik (proporsionallik) mavjud;
sezgi chegarasining me’yori qanchalik kichik bo‘lsa, mazkur analizatorlarning
sezgiligi shunchalik yuksak bo‘ladi.
160
Insondagi hid bilishni bitta hujayrasining chegarasi tegishli hid tarqatuvchi
moddalar uchun 8 (sakkiz) molekuladan oshmaydi, maza yoki ta’m sezgisini hosil
qilish uchun hid sezgisini yuzaga keltirishga qaraganda 25000 marta ko‘proq talab
qilinadi.
Insoniyatda ko‘rish va eshitish analizatorlarining sezgirligi juda yuksakdir.
S.I.Vavilovning fikricha, ko‘z to‘r pardasiga 2-8 kvant yorug‘lik tushsa, u holda
ko‘rish hodisasi yuz beradi. Xuddi shu sababdan to‘la qorong‘ilikda yongan
shamni 27 km masofadan ko‘ra olish mumkin. Biroq narsaning tekkanligini sezish
uchun ko‘rish va eshitishga qaraganda 100-10000 ml. marta ortiq energiya kerak
bo‘ladi.
Analizatorlar sezgilarning yuqori chegarasiga ham egadirlar. Ta’sir qilayotgan
qo‘zg‘atuvchiga nisbatan tag‘in adekvat, ya’ni aynan sezgini hosil qila oladigan
qo‘zg‘atuvchining yuqori mutlaq (absolyut) chegarasi deyiladi. Retseptorlarga
ta’sir qilayotgan qo‘zg‘atuvchining kuchini bundan keyin ham ortib borishi
retseptorlarda faqat og‘riq sezgisini yuzaga keltiradi.
Mutlaq (absolyut) chegaraning me’yori sharoitga qarab o‘zgaradi: inson
faoliyatining xususiyatlariga, uning yoshiga, retseptorlarning funksional holatiga,
qo‘zg‘atuvchining kuchi hamda davomiyligiga va hokazoga bog‘liq holda
o‘zgarishi mumkin.
Sezgilar o‘rtasida yuzaga keladigan farqni hosil qilish ikki qo‘zg‘atuvchi
o‘rtasidagi minimal farqni farq ajratish chegarasi deb ataladi. Nemis fiziolog olimi
Veber odamning o‘ng va chap qo‘lidagi ikkita narsadan og‘irrog‘ini aniqlay olish
qobiliyatini tekshirib, shunday xulosaga keladi: farq ajratish sezgirligi mutlaq
(absolyut) xususiyatga ega bo‘lmay, balki nisbiy xususiyatga egadir.
Sezgilarni o‘lchashni asosan ikki metodi psixologiya fanida hukm surib
keladi. Ulardan biri bevosita metod deb atalib, subyektiv ravishda baholashga
asoslanadi. O‘lchashning ikkinchi metodi esa alomatlarni obyektiv ravishda
baholashga asoslangan bo‘lib, sezgilarning bilvosita (bevosita) mavjudligiga
qaratilgandir.
161
Bevosita metod yoki qo‘zg‘atuvchining so‘z bilan baholash metodi
quyidagicha tuzilishga egadir: sinaluvchiga teri, tovush, yorug‘lik ta’sir qila
oladigan qo‘zg‘atuvchi havola qilinadi, dastavval qo‘zg‘atuvchi minimal
intensivlikka (jadallikka) ega bo‘ladi, so‘ng ularning kuchi orttirib boriladi.
Mazkur tadbirdan keyin sinaluvchi «u qaysi bir sezgi qo‘zg‘atuvchisining dastlab
sezganligiga» javob berish so‘raladi.
Teri sezgirligini o‘lchash uchun maxsus asbob, «esteziometr» qo‘llaniladi.
Eshitish sezgirligini o‘lchash audiometr yordamida amalga oshirilib, tovushlarning
turli darajalaridagi intensivligi aniqlanadi. Ba’zan kichkina temir sharni har xil
balandlikdan tashlab ko‘rish orqali ham yuqoridagi maqsad amalga oshiriladi.
Ko‘rish sezgirligini aniqlash esa sinaluvchi ko‘ziga yorug‘likning turli-tuman
intensivlikda yuborish orqali (goho qorong‘ilikda), quyidan yuqoriga yorug‘lik
birligi (ya’ni lyuks) orttirib boriladi. Ta’m va hid bilish sezgirligi ham maxsus
asboblar yordamida o‘lchanadi, goho kimyoviy usul ham qo‘llaniladi.
Yuqoridagi tadqiqotchilarning fikriga qaraganda, sinaluvchiga kuchsiz
qo‘zg‘atuvchi bilan ta’sir etilsa, ya’ni subyektga kuchsiz qo‘zg‘atuvchi bilan ta’sir
etilsa, u holda subyektda hech qanday sezgi hosil bo‘lmaydi, shuningdek, sanab
o‘tilgan reflektorlarda ham o‘zgarish yuz bermaydi.
Qon tomir yoki elektrofiziologik reaksiyalar kuchsiz qo‘zg‘atuvchi ta’sirida
ham aniq namoyon bo‘lishi mumkin, aksincha sezish jarayoni esa amalga
oshmaydi. Bu holatni elektro ensefalografik reaksiyalar tasdiqlaydi. Tovush
qo‘zg‘atuvchiga kelib chiqqan holda G. V. Gershuni inson subsensor diapazonga
ega degan ilmiy g‘oyani olg‘a suradi. Bu narsa anglashinilmagan fiziologik
reaksiyalar, sezib bo‘lmas qo‘zg‘atuvchilarga asoslanadi.
Sezgilarning o‘zgarishi adaptatsiya va sensibilizatsiya holatlarida o‘z
ifodasini topadi.
Adaptatsiya
(lot.-moshlshmoq)
-
sezgi
organlari,
ya’ni a’zolari
(analizatorlar)ning taassurot kuchiga moslashuvi natijasida muayyan sezgirlikning
o‘zgarishidan iboratdir. Adaptatsiya hodisasida sezgirlik ortishi yoki kamayishi
mumkin. Kuchli ta’sirdan kuchsiz ta’sirotga o‘tganda sezgirlik asta-sekin ortib
162
boradi, ta’sirot kuchayganda esa sezgirlik kamayib boradi (ko‘ruv, eshituv, hid
bilish, teri-tuyush va hokazo).
Odatda, genetik nuqtai-nazardan adaptatsiya uch xil xususiyatli negiz (manba)
ta’sirida vujudga keladi.
1. Qo‘zg‘atuvchilarning davomli ta’siri jarayonida sezgilarning to‘la
yo‘qolishi tarzidagi adaptatsiya. Doimiy ta’sir qilib turadigan qo‘zg‘atuvchi ta’sir
o‘tkazadigan bo‘lsa, bunday holatda sezgi so‘nib qoladi. Masalan, teriga tegib
turadigan yengilgina bir yuk tez orada sezilmay qoladi. Yoqimsiz hidli bir joyga
kirib qolganimizda bir ozdan so‘ng bu hidni batamom yo‘qolib ketganday his
qilamiz. Og‘izda biron-bir narsa ushlab turiladigan bo‘lsa ta’m sezgisining
intensivligi bo‘shashadi.
Doimiy va harakatsiz qo‘zg‘atuvchining ta’siriga nisbatan ko‘rish
analizatorlarida to‘la adaptatsiya hodisasini shu bilan tushuntirib berish mumkin.
Bunday
holatda
qo‘zg‘atuvchining harakatsizligini ko‘rish retseptorlari
apparatining harakatchanligi bosib yuboradi. Ko‘zni har doim ixtiyoriy va
ixtiyorsiz ravishda harakatlanib turishi ko‘rish sezgisining uzluksizligini
ta’minlaydi. Qo‘zg‘atuvchi ta’siridan 2-3 sekund o‘tgach, ko‘rish sezgisi
yo‘qoladi, ya’ni adaptatsiya hodisasi yuzaga keladi.
2. Kuchli qo‘zg‘atuvchining ta’siri ostida ham sezgilar zaiflashadi. Masalan,
qo‘lni muzdek suvga tutib turgan paytda, sovuq qo‘zg‘atuvchi ta’siri bilan yuzaga
kelgan sezgining intensivligi pasayadi. Qorong‘iroq xonadan juda yorug‘ joyga
kirib qolsak, biz avval boshqa yorug‘likdan «ko‘r» bo‘lib qolib, atrofimizdagi
narsalarni
ajrata
olmaymiz.
Ma’lum fursat o‘tgandan so‘ng ko‘rish
analizatorilarning sezgirligi keskin sur’atda pasayadi va biz mo’tadil ko‘rish
imkoniyatiga
ega
bo‘lamiz. Ko‘rish sezgirligining intensiv yorug‘lik
qo‘zg‘atuvchisi bilan ta’sir qilganda pasayishdan iborat hodisani yorug‘lik
adaptatsiyasi deb yuritiladi.
Ko‘rib o‘tilgan ikki turdagi adaptatsiyani ko‘pincha psixologiya fanida
negativ adaptatsiya deb ataladi. Chunki, har ikkala adaptatsiya natijasida ham
analizatorlarning sezgirligi keskin pasayadi.
163
3. Sezgirlikni, kuchsiz qo‘zg‘atuvchi ta’siri ostida sodir bo‘ladigan, ortib
borishini ham adaptatsiya deb atash an’anaga aylanib qolgan. Aksariyat sezgi
turlariga xos bo‘lgan adaptatsiyaning mazkur turi pozitiv adaptatsiya deyiladi.
Qorong‘ilik adaptatsiyasida ko‘rish sezgirligi ortadi. Sokinlikka nisbatan
adaptatsiya eshitish adaptatsiyasi zamirida yuzaga keladi. Masalan, sovuq suvda
(sovuq yegan) qo‘l - bir harorat - issiq; issiq suvda qo‘l sovuq suvda
o‘zgarmaganday tuyuladi. Harorat sezish bilan bog‘liq bo‘lgan pozitiv
adaptatsiyalar yuqoridagi xususiyatlarga ega.
Tibbiyot psixologiyasida negativ og‘riq adaptatsiyasining mavjudligi
to‘g‘risidagi gipoteza (ukolga, ignaga, issiq nurlanishga nisbatan) ham hukm
surishi ta’kidlanib o‘tildi.
Adaptatsiyani hosil bo‘lish xususiyatlari to‘g‘risida ma’lumot: a) taktil (teri)
adaptatsiya juda tez hosil bo‘ladi; b) ko‘z adaptatsiyasi bir necha daqiqa; v) hid va
ta’m adaptatsiyalari undan ham uzunroq vaqt talab qiladi.
Adaptatsiyaning ahamiyati shundan ibratki, u kuchsiz qo‘zg‘alishni
payqashga yordam beradi, kuchli qo‘zg‘alishdan sezgi organini saqlaydi.
Adaptatsiyani tushuntirib berish: 1) tayoqsimon hujayralarga joylashgan
ko‘rish purpuri aynib ketadi; kimyoviy modda borligi ilmiy jihatdan
isbotlanmagan;
2)
miyaning
po‘stloq qismi sezgirlikni pasaytiradigan
«mulohazalovchi» tormozlanish. Tormozlanish - boshqa joylarda qo‘zg‘alishni
kuchaytiradi - sezgirlik ortadi, izchil o‘zaro induksiya hodisasi ro‘y beradi.
Dostları ilə paylaş: |