O‘zbеkiston rеspublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi buxoro davlat univеrsitеti



Yüklə 5,67 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə37/138
tarix19.10.2023
ölçüsü5,67 Mb.
#157498
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   138
Umumiy psixologiya OQUV QOLLANMA (1)

 
Nazorat savollari: 
1.
Shaxs haqida tushuncha bering? 
2.
Shaxs borasida biogenetik nazariya haqida gapirib bering? 
3.
Shaxs borasida sotsiogenetik nazariya haqida ma`lumot bering?
4.
Shaxs shakllanishi va rivojlanishini izohlang?
 


140 
6 -MAVZU. SEZGINING PSIXOLOGIK MOHIYATI 
 
Tayanch tushunchalar
:
 
analizatorlar, persepsiya, eksterioretseptiv sezgi, 
proprioretseptiv sezgi, interioretseptiv sezgi, afferent, efferent, adaptatsiya.
 
6.1.Sezgi psixik jarayon sifatida. Sezgining psixofiziologik asoslari 
Jahon psixologiyasi fanida to‘plangan ma’lumotlarning ko‘rsatishicha, sezish 
oddiy psixik bilish jarayoni hisoblanib, moddiy qo‘zg‘atuvchilarning muayyan 
reseptorlarga bevosita ta’sir etishi orqali real olamdagi narsa va hodisalarning 
ayrim xususiyatlarini va shuning bilan birga, inson organizmining (uning 
a’zolarining) ichki holatlarini aks ettirishdan iborat bilishning dastlabki 
bosqichidir. Sezgi biosfera va neosferada harakatlanuvchi jamiki narsalarning, xoh 
mikro, xoh makro tuzilishidan qat’iy nazar, sezgi organlariga ta’sir qilish 
mahsulasining sodda obrazlar, timsollarning ayrim tarkibiy xususiyatlar tariqasida 
aks etishidir. Inson atrof-muhitdagi moddalar shaklini, harakatlar ko‘rinishini, 
ularning xossalarini o‘ziga xos xususiyatlarini sezgi organlari yordamida, sezgilar 
orqali biladi, xolos. 
Sezgilar to‘g‘risidagi ilmiy ta’limotlarga binoan narsalar va ularning 
xossalari, tarkibiy qismlari, xususiyatlari, shakllari, harakati birlamchi hisoblanib
sezgilarning o‘zi esa tashqi va ichki qo‘zg‘atuvchilarning sezgi a’zolariga ta’sir 
etishining mahsulidir. Ma’lumotlarning ko‘rsatishicha, sezgilar moddiy (obyektiv) 
borliqning, voqelikning haqqoniy tasvirini in’ikos qiladi, binobarin, moddiy olam 
qanday ko‘rinishga, shaklga, xususiyatga ega bo‘lsa ular xuddi shundayligicha 
hech o‘zgarishsiz, aynan aks ettirish imkoniyatiga egadir. 
Psixologiyada 
sezgilarning 
fiziologik 
asosini 
va 
mexanizmlarini 
qo‘zg‘atuvchilarning o‘ziga mutlaq mos (adekvat) bo‘lgan analizatorlar ta’siri 
natijasida yuzaga keluvchi asab (nerv) jarayoni, uning tizimi, tuzilishi tashkil 
qiladi. Fiziologlar va psixologlarning ta’limotlariga ko‘ra analizatorlar uch o‘zaro 
uzviy uyg‘unlikka ega bo‘lgan tarkibiy qismlardan iboratdir. Sodda qilib talqin 
qilinganda mazkur tarkiblar quyidagi ketma-ketlikdagi tuzilishdir: 


141 
tashqi kuch-quvvatni (energiyani) asab (nerv) jarayoniga aylantirib beruvchi 
periferiya qismdan, ya’ni retseptordan; 
analizatorlarning periferiya qismini markaziy qism bilan bog‘lovchi afferent 
(markazga intiluvchi asab tolasi), o‘tkazuvchi asab yo‘llaridan; 
periferiya qismlaridan keluvchi nerv impulslari (harakatlari) qayta ishlanuvchi 
analizatorlarning miya po‘stidagi qismlaridan (uchastkalaridan) iboratdir. 
Boshqacha so‘z bilan aytganda, periferik nervlarning uchlari (ko‘z, quloq, 
teri, burun kabilar), ta’sirotni eltuvchi (afferent), javob qaytaruvchi (efferent) nerv 
tolalari, analizatorlarning orqa va bosh miya markazlari analizatorni tashkil qiladi. 
Jahon psixologiyasi fanining so‘nggi yutuqlari hamda atamalariga binoan 
sezgilar quyidagicha klassifikatsiya qilinadi (ushbu tasniflanishning dastlabki 
ko‘rinishi ingliz olimi Ch.Sherringtonga taaluqlidir): 
tashqi muhitdagi narsa va hodisalarning xususiyatlarini aks ettirishga 
moslashgan hamda retseptorlarga tananing sirtqi qismiga joylashgan sezgilar, ya’ni 
eksterioretseptiv sezgilar (retseptorlar); 
ichki tana a’zolari holatlarini in’ikos etuvchi hamda retseptorlari ichki tana 
a’zolarida, to‘qimalarida joylashgan sezgilar, ya’ni interioretseptiv sezgilar; 
tanamiz va gavdamizning holati hamda harakatlari haqida ma’lumot (axborot, 
xabar) beruvchi, muskullarda, bog‘lovchi paylarda, mushaklarda joylashgan 
sezgilar, ya’ni proprioretseptiv sezgilar. 
Birinchi turkum sezgilarni ko‘rish, eshitish, hidlash, teri-tuyush, ta’m-maza, 
kabi turlar tashkil qiladi. Ko‘rish 380 dan 770 gacha millimikron diapazondagi 
elektromagnit nurlardan iborat jarayondir. Eshitish esa tebranish chastotasi 16 dan 


142 
to 20000 gacha bo‘lgan tovush to‘lqinlaridan iboratdir. Ko‘rish sezgilari bosh miya 
po‘stini tepa burmasining qismida joylashgan bo‘dadi. Teri-tuyush, harakat 
sezgilari miya po‘stini markaziy burmasining orqa qismidan o‘rin olgandir. 
Endi sezgilar klassifikatsiyasi, mohiyati va uning negizlari yuzasidan kengroq 
mulohaza bildiramiz. 
A.R.Luriyaning fikricha, interioretseptiv sezgilar asl, tub ma’nodagi sezgilar 
emas, balki emotsiyalar bilan sezgilar o‘rtasidagi oraliq sezgilar sifatida namoyon 
bo‘ladi. Psixologiya fanida mazkur sezgilarning subyektiv ravishda paydo bo‘lishi 
yetarli darajada chuqur o‘rganilmagan, xuddi shu bois ular «noma’lum hislar» 
doirasiga kiritilgandir. Ular to‘g‘risidagi bilimlar bilan tanishish, o‘zgarib 
borishlarini tekshirish «kasalliklarning ichki manzarasi»ni ifodalab berishda 
muhim rol o‘ynashi mumkin. Ichki organlarning xastaligida vujudga keluvchi 
mazkur holatlar ichki kasalliklarni diagnostika qilishda alohida ahamiyat kasb 
etadi. 

Yüklə 5,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   138




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin