7.3.Idrokning individual xususiyatlari. Idrokning yangi qirralari Psixik hayotni o’rganishda ayrim psixik jarayonlarni boshqa psixik
jarayonlardan ajratib tekshirishga to’g’ri keladi. O’rganishni osonlashtirmoq uchun
sezgi, idrok, xotira, xayol, tafakkur, nutq va boshqa shu kabi jarayonlarni alohida-
alohida tekshiramiz. Ammo har bir psixik protsessni o’rganganda shu protsessning,
masalan, xotira, xayol, tafakkurning boshqa jarayonlar bilan bog’langan holda ro’y
berishini ko’rsatib o’tamiz.
Psixika bir butun yaxlit bir narsadir. Psixikaning bu birligi va yaxlitligiga
sabab avvalo shuki, bosh miya faoliyati bir butun va yaxlitdir.
Psixik hayotning hamma tomonlari: aql, his va iroda shaxsning faoliyatda
namoyon bo’ladi. Shaxs olamni biladi, shaxs turli hislarni dildan kechiradi va shu
shaxs ish-harakat qiladi.
Pedagog o’quvchilarga biron materialni tushuntirar ekan shu materialni
bolalar qanday o’zlashtirayotganini - ko’ruvchilar qanday idrok etayotganini, eslab
qolayotganini, fikrlayotganini, ularda diqqat – e’tibor, hissiyot qanday namoyon
bo’layotganini, bolalarning yosh xususiyatlariga qarab bu jarayonlar qanday ro’y
berayotganini bilish lozim.
Ma’lumki, yosh avlodning aqliy taraqqiyotida, uni axloqiy va estetik
jihatidan tarbiyalashda badiiy adabiyot juda katta ahamiyatga egadir.
Bundagi pedagogik-psixologik muammolar, albatta, asosan badiiy
adabiyotni idrok qilish masalalari, adabiy obrazlarni idrok qilish va tushunish
masalalaridir.
Bu
muammolarni
hal
qilish
ham
ta’lim
va
tarbiya
psixologiyasining vazifasini tashkil qiladi. Lekin voqeligimizning boyligi va
xilma-xiligini to’g’ri aks ettirgan adabiyotgina ijobiy-tarbiyaviy ahamiyatga ega
bo’lishi mumkin. Badiy ijodning boshqa turlari singari yuksak g’oyaviylik
bilan
ajralib turadigan, xalq hayoti bilan chambarchas bog’langan adabiyotgina
tarbiyaviy ta’sir ko’rsatishi mumkin.