O‘zbеkiston rеspublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi buxoro davlat univеrsitеti


 Diqqat turlari. Diqqatning asosiy xususiyatlari



Yüklə 5,67 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə48/138
tarix19.10.2023
ölçüsü5,67 Mb.
#157498
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   138
Umumiy psixologiya OQUV QOLLANMA (1)

 
8.2. Diqqat turlari. Diqqatning asosiy xususiyatlari 
Diqqatning muayyan obyektga to‘planishi ko‘p jihatdan insonning his-
tuyg‘usi, irodaviy sifati, qiziqishi kabilarga bog‘liqdir. 
His-tuyg‘ular va emotsional holatlar diqqatning obyekti bilan uzviy 
bog‘langandagina uning uchun ijobiy ahamiyat kasb etadi. His-tuyg‘ular, 
emotsional holatlar qanchalik kuchli va ko‘tarinki tarzda namoyon bo‘lsa, demak, 
diqqat ham shunchalik obyektga mustahkam qaratiladi. Hislar, emotsiyalar 
diqqatning ham ixtiyorsiz, ham ixtiyoriy turlarini zo‘raytiradi. Insonning amaliy va 
aqliy faoliyati jarayonida uning ongi muayyan darajada yangi bilimlar ma’lumotlar 
bilan boyib borishi natijasida diqqat ham takomillashadi. Yangilikni payqash hissi 
odam aqliy faoliyatini faollashtiradi (aktivlashtiradi), shu bilan birga, diqqatning 
obyektga uzoqroq to‘planishini ta’minlaydi. Insonning barqarorlashgan kayfiyati 
diqqatning kuchi va ildamligini oshiradi, tanlovchanligiga ijobiy ta’sir etadi. 
Stress, affekt singari emotsional holatlar diqqatga salbiy ta’sir etib, uning tashqi 
ta’sirlariga beriluvchan, kuchsiz qilib qo‘yadi. Ana shuning oqibatida diqqat 
chalg‘iydi, bo‘linadi, parishonlik namoyon bo‘ladi, faoliyatdagi bir tekislik 
buziladi. 
Psixologiyada diqqatning ixtiyoriy turi, ko‘pincha irodaviy deb nomlanadi. 
Bu, albatta, bejiz emas, chunki, diqqatning muayyan obyektga yo‘naltirilishi iroda 
kuchi bilan saqlab turiladi. Hatto ixtiyorsiz diqqat faoliyatida qatnashsa, u ham 
irodaning zo‘ri bilan yo‘naltirilgan obyektda to‘planib turadi. Irodaning faoliyatni 
amalga oshirishda ishtirok qilishi ko‘p jihatdan kishining maqsadiga intilishi, 


177 
ishchanlik qobiliyati, psixologik tayyorligiga bog‘liq. Shu boisdan diqqatning 
kuchi, barqarorligi, mustahkamligi ildamligi odamning muayyan faoliyatini 
bajarishga moyilligi, shayligi bilan o‘lchanadi. Diqqatning yuksak darajada 
mujassamligini ta’minlab turishda odamning faoliyatni bajarishga muvofiqlashgani 
muhim rol o‘ynaydi. Har qanday faoliyatni amalga oshirishning boshida 
qiyinchiliklar yuzaga keladi va ular kishidan irodaviy zo‘r berishni talab qiladi. 
Faoliyatni bajarishdagi nuqsonlarning namoyon bo‘lishi diqqatni to‘plashdagi 
qiyinchiliklarning oqibati bo‘lib hisoblanadi. 
Diqqatning obyektga to‘planishi, mustahkamlanishi odamning qiziqishlariga 
bog‘liqdir. Hatto ixtiyorsiz diqqatning faoliyatda mujassamlashishida kishining 
ishtiyoqi va qiziqishi katta ahamiyatga egadir. Odatda, faoliyatga qiziqish bevosita 
va bilvosita shaklda namoyon bo‘ladi. Bevosita qiziqish faoliyat jarayoniga, xatti-
harakatlarning o‘ziga, ish uslublariga qaratilgan qiziqishdan iboratdir. Bilvosita 
qiziqish esa faoliyatning maqsadiga, uning natijasiga yo‘naltirilgan qiziqishdir. 
Ixtiyoriy, irodaviy diqqat bilvosita qiziqish bilan aloqadordir. Psixologik 
ma’lumotlarning tahliliga ko‘ra, diqqatning obyektga to‘planishi va 
mustahkamlanishi ko‘zlangan maqsadni, faoliyat mahsulining zarurligi hamda 
sifatining ahamiyatini inson tomonidan anglash orqali ta’minlab turiladi. Faoliyat 
Ix
ti
y
o
rs
iz
Ix
ti
y
o
ri
y
Ixtiyoriy
da
n so
'nggi
T
as
h
q

Ich
k

In
d
iv
id
u
al
G
u
ru
h
li
Jam
o


Yüklə 5,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   138




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin