O‘zbеkiston rеspublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi buxoro davlat univеrsitеti


 A.N.Leontev bo‘yicha faoliyat tuzilishi



Yüklə 5,67 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə30/138
tarix19.10.2023
ölçüsü5,67 Mb.
#157498
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   138
Umumiy psixologiya OQUV QOLLANMA (1)

4.5. A.N.Leontev bo‘yicha faoliyat tuzilishi.
Faoliyat va motivlar 
O‘yin nazariyasiga oid ilmiy qarashlar E.Klapared, Dj.Kollarits, X.Shlosberg, 
Dj.Bruner kabi xorijiy psixologlar asarlarida o‘z ifodasini topgan. 
O‘yinda yoki o‘yin faoliyatida o‘zbek xalqining (hududiy xususiyatidan qat’iy 
nazar) yashash tarzi, intilishi, xohishi, istagi, ezgu niyati, uning mavsumiyligi, 
kasb-korga taalluqli jihatlari, holatlari aks ettirilgan bo‘ladi. Emotsiya, hissiyot, 
xarakter, milliy qiyofa, bilish jarayonlari, xulq-atvor, ularni namoyon bo‘lish 
tezligi (sur’ati), davomiyligi, kechishi milliy xususiyatga egadir. Nafaqat milliy 
o‘yinlar, balki xalqning (millatning, elatning) raqslari; ularning syujeti, tezligi, 


101 
osoyishtaligi; uning qo‘shiqlari chastotasi, tembri, amplitudasi, badiiy ijodiyoti 
xususiyatlari umumiy milliy kaloriti bilan uyg‘unlashgandir. 
Milliy harakatli va sport o‘yinlarining mohiyati, mazmuni, ma’no ifodalashi, 
manbai, negizi, ularning in’ikosi, ularda aks ettiriluvchi kechinmalari, syujetda o‘z 
aksini topgan shaxslararo munosabat, muomala, xarakterologik va shaxs 
xususiyatlaridan kelib chiqadi. 
Ijtimoiy va ijtimoiy-psixologik omil (sabab, faktor)lardan tashqari milliy 
o‘yin faoliyati tabiiy, geografik qonuniyatlarga (iqlim, yog‘ingarchilik, joylashish 
sathi, qulay va noqulayligi, shamol, ofatlar ehtimolligi), xossalari, ularga nisbatan 
xayrixohlik, qat’iy yoki beayov kurash yoki sajda, yolvorish, iltijo qilish milliy 
idrok, tasavvur, irodaviy kuchga asoslanadi. 
Ijtimoiy tajriba va uni egallash, shakllangan etnik stereotiplarga asoslanish 
natijasidan kelib chiquvchi milliylik, umumiylik, xususiylik, alohidalik
yakkahollik, guruhiylik, jamoaviylik, tabiatga va jamiyatga munosabatni aks 
ettirish tarzida o‘yin vujudga kelishi mumkin. 
Tabiat mo’jizalari, ilohiy kuchlarga e’tiqod, aql-zakovatdan hayratlanishni 
ifodalovchi syujet va mazmundan iborat bo‘lgan milliy o‘yinlar. 
Kasbni tasvirlovchi, uni takomillashtirishga olib boruvchi imkoniyat, 
intilishni harakat va his-tuyg‘u yordamida namoyon etuvchi, qadriyat, ma’naviyat, 
ruhiyatga asoslanuvchi milliy o‘yinlar. 
Millatlararo ta’sir natijasida yaraluvchi, lekin milliylikning u yoki bu 
qirralarini saqlab qoluvchi baynalmilal xususiyatli o‘yinlar. 
Ijtimoiy garmoniya ta’siri, ijtimoiy ong rivoji, madaniyat, fan va texnika 
mahsulasi sifatida tug’iluvchi yangi toifaga xos milliy o‘yinlar. 
Jahon psixologiyasi fanida o‘yinlar yuzasidan mulohaza yuritilganda 
aksariyat hollarda ularni oilaviy turmushga, dehqonchilikka, qurilishga, sanoat 
sohasiga, siyosatga, harbiyga, kasbga taalluqli ekanligiga qarab guruhlarga 
ajratiladi. Eng qadimiy milliy o‘yinlar qatoriga harakatli va sport o‘yinlari kiritiladi 
hamda xalqning keng tarqalgan, sevimli o‘yinlari bo‘lib hisoblanadi. Ular o‘zining 
syujeti, mazmuni, roli bilan bir-birlaridan keskin tafovutlanib turadi. Ba’zi hollarda 


102 
harakatli o‘yinlar bir davrning o‘zida ham sport o‘yinlari bo‘lib hisoblanadi. 
Yoinki sport o‘yinlari harakatli o‘yinlar qatoriga kiritilishi mumkin

Yüklə 5,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   138




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin