59
3 -MAVZU. PSIXIKA VA ONGNING TARAQQIYOTI
Tаyanch tushunchаlаr:
psixika,
filogenetik, refleksiya,
ongsizlik aks ettirish
shakllari, o‘z-o‘zini kuzatish, o‘zligini anglash, ehtiyoj, instinkt, tafakkur.
3.1.Psixikaning filogenetik taraqqiyoti. Odam psixikasining paydo
bo‘lishi va taraqqiyoti
Ehtiyoj
odamning kun kechirishi, yashashi va kamolga yetishi uchun zarur
narsalarning hammasi demakdir. Odam yashash, hayot kechirish uchun o`z
ehtiyojlarini qondirishi lozim. Ehtiyoj hayvonlarda ham bor. Ammo hayvonlarda
faqat
biologik, tug`ma ehtiyojlar bo`ladi, ovqatlanish, o`z-o`zini himoya qilish,
nasl qoldirish ehtiyojlari bor, xolos. Odamda bu biologik
ehtiyojlardan tashqari,
yana yuksak ehtiyojlar - bilish ehtiyojlari, ijtimoiy, ma`naviy, estetik va boshqa
shu kabi ehtiyojlar bor. Bu ehtiyojlar tug`ma ehtiyojlar emas ular tarixan taraqqiy
etgan. Ijtimoiy zot bo`lgan odamning biologik ehtiyojlari
ham tarixiy taraqqiyot
jarayonida sifat jihatidan tubdan o`zgargan.
Kishilarning ehtiyojlari ijtimoiy tuzum formalarining taraqqiyotiga qarab
o`zgaradi. Tarixda odam miyasi taraqqiy etishi bilan birga sezgi ko`ruv, eshituv,
tuyg`u organlari ayniqsa yuksak kamolotga erishdi. Odam muzikani, nafis
suratlarni va boshqa san`at asarlarini idrok etishga qodir bo`ldi. Qo`l asosiy mehnat
organi bo`lish bilan birga asosiy tuyg`u organi ham bo`lib qoldi.
Odamning tarixiy taraqqiyotida uning idroki
va xotira faoliyati ham
takomillashib va sifat jihatidan o`zgarib turdi. Tashqi dunyodagi narsa va
hodisalarni anglab-bilib, shu bilan birga kengroq va chuqurroq idrok etadigan
bo`ldi, o`z faoliyatidagi tajriba mahsulini anglab-bilib esda qoldiradigan va undan
anglab-bilib foydalanish qobiliyatiga ega bo’ladi.
Inson tafakkuri ham tarixiy taraqqiyot mahsulidir. Odamzod tafakkuri dastlab
elementar mehnat faoliyati bilan chambarchas bog`langan edi. Bu konkret-amaliy
tafakkur edi. Keyinchalik tafakkur konkret tafakkurdan
abstrakt tafakkur sari na
amaliy tafakkurdan nazariy tafakkur sari taraqqiy qilib bordi. Albatta, abstrakt va
nazariy tafakkur tajribadan ajralmagan holda o`sib bordi. Mantiqiy tafakkur
60
formalari ham mehnat tajribasida va dunyoni bilish jarayonlarida hosil bo`ldi va
o`sib bordi.
Odam hodisalar o`rtasidagi muhim aloqa va munosabatlarni, tabiat va ijtimoiy
hayot qonunlarini tafakkur yordami bilan ochib oladi. Insonning ong idora
qiladigan faoliyati endi faqat oddiy qo`l mehnati qurollari, ovqat, kiyim-kechak va
turar
joyinigina yaratib qolmay, balki fan, san`at, murakkab texnikani ham
yaratadi. Kishilar ilmga asoslangan dunyoqarash yaratishga intiladilar va shunga
harakat qiladilar.
Taraqqiy qilayotgan fan, texnika va san`at esa o`z navbatida
kishilar ongining o`sishiga, ularning ma`naviy qiyofasiga, tafakkuriga ta`sir etadi.
Dostları ilə paylaş: