46
Lekin tajribada to‘plangan ma’lumotlarni sharhlash uchun yuqoridagi
metodlarning o‘zi yetarli emas. Buning uchun uzilishlarga yo‘l qo‘ymaslik uchun
yig‘ilgan materiallar maxsus bosqichlarga ajratib sharhlanadi. Tadqiqotning
birinchi - tayyorlov bosqichida kashf qilinadigan psixologik qonun yoki qonuniyat
to‘g‘risidagi taxmin, faraz tahlil qilinadi. Tadqiqotning ikkinchi bosqichida tajriba
o‘tkazish prinsipi, sharoiti, obyektiv va subyektiv omillar bo‘yicha mulohaza
yuritiladi. Uchinchi bosqichda esa olingan miqdoriy natijalar qayta ishlanadi va bu
ham o‘z navbatida to‘rt pog‘onaga bo‘linadi: a) empirik materialni birlamchi tahlil
qilish: alohida olingan yoki topilgan omil, alomat, ko‘rsatkich, mexanizm,
xususiyat sharhlanadi; b) tahlil qilingan miqdoriy materiallar bilan tadqiqot
gipotezasi alohida sharhlanadi; v) ikkilamchi tahlil; barqaror, ustun dalillar
ajratiladi; g) ikkilamchi sintez: psixologik qonun, qonuniyat, topilgan dalil omil
bilan tadqiqot gipotezasini birlashtirib maxsus xulosa chiqariladi.
To‘rtinchi bosqich - sharhlashda har bir fakt, alomat, ko‘rsatkich, mexanizm,
xossa, psixologik jihatdan so‘z-mantiq orqali tahlil qilinadi. Barcha ilmiy-amaliy
mulohazalar isbotlanadi, buning natijasida hech bir shubhaga, e’tirozlarga o‘rin
qolmaydi. Ana shu bosqichda tadqiqot yakunlanadi, zarur xulosalar chiqariladi,
amaliy tavsiyalar beriladi, o‘rganilishi zarur muammoning ahamiyati va istiqboli
to‘g‘risida mulohaza qilinadi.
Dostları ilə paylaş: