O‘zbеkiston rеspublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi buxoro davlat univеrsitеti


 Psixologiyaning o‘rganilish bosqichlari (bixeviorizm, neobixeviorizm



Yüklə 5,67 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/138
tarix19.10.2023
ölçüsü5,67 Mb.
#157498
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   138
Umumiy psixologiya OQUV QOLLANMA (1)

1.4. Psixologiyaning o‘rganilish bosqichlari (bixeviorizm, neobixeviorizm, 
neofreydizm)
Psixik hayot hodisalarning ularning taraqqiyot jarayonidan o`rganganda 
miqdor o`zgarishlarining sifat o`zgarishlariga o`tishini va bir sifat holatining 
ikkinchi sifat holatiga o`tishini ko`zdan kechirmoq kerak. Masalan, odam 
psixikasining taraqqiy etishini o`rgana turib, bilim olish va to`plash jarayonida 


12 
odamning bilish qobiliyatlari: xotirasi, tafakkuri va nutqi, mushohadakorligi sifat 
jihatidan o`zgarishni ko`rsatib bersa bo`ladi. Odam ongi uning tarixiy taraqqiyotida 
shakllanadi. Hozirgi mustaqillik sharoitida milliy ongning shakllanishiga taalluqli 
umumiy ilmiy qonuniyatlarni izlash, yangicha tafakkur qilish va dunyoqarashni 
shakllantirish milliy mafkura va milliy g`oyani shakllanishiga ijobiy ta`sir 
ko`rsatadi.
Odamning tevarak atrofdagi voqe`likni bilishi kuzatishdan, tajribadan 
boshlanadi. Shu sababli, ilmiy psixologiya ham o`z mavzuini o`rganishni 
tajribadan, psixik hayot faktlarini aniqlash, tasvir etish va tahlil qilishdan boshlashi 
lozim. So`ngra, aniqlangan va tahlil qilingan faktlar asosida, psixik hayot 
qonuniyatlarini ochib, tegishli nazariy va amaliy xulosalar chiqarilishi lozim.
 
Psixologiyaning fan sifatida rivojlanishining umumiy ko’rinishi 
Bosqich 
Psixologiyaning 
predmeti 
Qisqacha ta’rifi 
I bosqich 
Psixologiya jon 
(ruh) haqidagi fan. 
Bunday ta’rif psixologiyaga 2500 
avval berilgan. Inson hayotidagi turli 
tushunarsiz hodisalarni jon (ruh)ning 
mavjudligi va uning xususiyatlari 
bilan tushuntirishga harakat qilganlar. 
II bosqich 
Psixologiya ong 
haqidagi fan. 
XVII 
asrda 
tabiiy 
fanlarning 
rivojlanishi ta’siri ostida shakllangan. 
Kishining 
fikrlashi, 
his 
qilishi, 
istaklarini – ongning shakli deb 
qaralgan. 
Psixologiyaning 
asosiy 
metodi introspeksiya (o’zini kuzatish) 
deb hisoblaganlar. 
III bosqich 
Psixologiya xulq-
atvor haqidagi fan. 
XX asrning boshida shakllangan. 
Psixologiyaning 
asosiy 
vazifasi 
kishining xulq-atvorini, harakatlarini
o’zini 
tutishini 
kuzatish 
deb 
hisoblaganlar. Xatti-harakatlar asosida 
yotgan motivlar hisobga olinmagan. 
IV bosqich 
Psixologiya
psixikaning 
Hozirgi zamon. Falsafiy va tabiiy 
fanlarga oid bilimlarning rivojlanishi 


13 
qonuniyatlari va 
mexanizmlari 
haqidagi fan. 
ta’siri ostida shakllangan va mustaqil, 
ko’p sohali, eksperimental fanga 
aylangan.
Psixika, ong – faqat yuksak darajada tashkil topgan materiyaning xossasidir. 
Hayvonlar bilan odamlar organizmiga xos bo`lgan nerv sistemasi ana shunday 
yuksak darajada tashkil topgan materiyadir. Psixikaning bevosita moddiy substrati 
(asosi) – odamning bosh miyasidir. Odamning psixikasi, ongi – bosh miya 
funksiyasidir. 
Psixika, ong materiya taraqqiyotining faqat yuksak bosqichlarida paydo 
bo`ladi. Materiya taraqqiy qilib borgan sari turli qonuniyatlar va xossalar - 
mexanik, fizik, kimyoviy, biologik va boshqa qonuniyat va xossalar paydo bo`ladi 
va taraqqiy qiladi, organik olam taraqqiyotining eng yuksak bosqichidagina 
materiyaning psixika, sezgi, ong, tafakkur, deb ataladigan alohida xossalari 
vujudga keladi. 
Olam taraqqiyoti tarixida psixika, ong, bo`lmagan davr o`tgan. Psixika olam 
taraqqiyotining eng yuksak bosqichlaridagina paydo bo`ldi. 
Psixika materiyaning alohida xossasi bo`lib, bu xossa obyektiv voqe`likni 
alohida bir ravishda aks ettirish qobiliyatidan iboratdir. Aks ettirish degan so`zning 
ma`nosi har xil tushuniladi. Tevarak-atrofdagi voqe`likni aks ettiradigan ko`pgina 
narsalar ma`lum, masalan, suv aks ettiradi, ko`zgu aks ettiradi va hokazo. Bu 
misollarda biz fizik hodisa sifatidagi aks etish (in`ikos)ni ko`ramiz. Psixik 
hodisalar haqida so`zlashganimizda esa sifat jihatdan boshqacha, o`ziga xos 
ravishda aks etishini nazarda tutmog`imiz kerak. Bu aks ettirish sezgilarda
xotirada, tafakkurda va boshqa shu kabilarda o`z ifodasini topadi. 


14 
Insonning aks ettirish jarayoni o`z mohiyati va xarakteri jihatidan 2 
bosqichdan iboratdir. 1) Hissiy (aks ettirish) bilish bo`lib, u sezish, hissiy qabul 
qilish, xotira va tasavvurlardan iboratdir. 2) Aqliy bilish bosqichi bo`lib, u 
tafakkurdan iboratdir. 
Hissiy bilishning boshlang`ich shakli - sezgidir. Chunki hissiy bilishning 
boshqa shakllari – hissiy qabul qilish sezgiga nisbatan ancha murakkab bo`lib, u 
sezish asosida vujudga keladi. Hissiy qabul qilishning sezishdan farqi shundaki, 
unda predmetlarning ayrim xossalarni emas, balki predmet bir butun holda aks 
etadi. 
Hissiy bilishning yana bir shakli tasavvurdir. Tashqi ta`sir natijasida vujudga 
kelgan nerv va miya qobig`ining ma`lum qismidagi qo`zg`alish – sezish, qabul 
qilish – ma`lum davrgacha o`z izini qoldiradi, ya`ni tashqi ta`sir to`xtagandan 
so`ng qo`zg`alishning, sezishning izi saqlanib qoladi. O`sha ta`sir etgan predmetga 
aloqador bo`lgan, unga qandaydir munosabatda bo`lgan hodisa ta`siri natijasida 
izlar yana qayta tiklanishi mumkin. 
Miya qobig`ida saqlanib qolgan shu fiziologik izlarning tiklanishi, qaytadan 
qo`zg`alishi tasavvur, xotirani vujudga keltiradi. Insonning bilish jarayoni hissiy 
bilish bilangina cheklanmaydi. Hissiy bilish yoki jonli kuzatish inson bilishining 
pastki bosqichida vujudga keladi, bu bosqich asosida ijtimoiy mehnat jarayonida 
ikkinchi yuqori bosqich – aqliy bilish, tafakkur paydo bo`ladi. Hissiy bilish orqali 
obyektiv reallikdan olingan «materiallar»ni qayta ishlash, ularni munosabatlari, 
ichki xususiyatlarini aniqlash, muhim va asosiy tomonlarini nomuhimlaridan 
ajratib olish, ularning qonuniyatlarini ochish aqliy bilish va tafakkurda amalga 
oshiriladi. Odam bilan uning tevarak-atrofidagi olam o`rtasida doimo o`zaro bir-
biriga ta`sir qilish jarayoni bo`lib turadi. Odam bu protsessda dunyoni o`z psixikasi 
bilan aks ettiradi. Shu bilan birga, voqe`lik odam ongida ko`zgudagi kabi passiv 
ravishda aks etmay, balki aktiv ravishda aks etadi: odam tevarak-atrofdagi olam 
bilan o`zaro bir-biriga ta`sir ko`rsatar ekan, shu jarayonda olamga ta`sir etadi, uni 
o`zgartiradi va uni o`z ehtiyojlariga moslashtiradi. 


15 
Inson o‘zining kimligini anglashga intilishdan, o‘z ruhiy dunyosini va 
o‘zgalar ruhiyatini bilish istagi paydo bo‘lishdan, tabiat va jamiyat hodisalarini 
tushunishga ehtiyoj sezishdan, o‘tmish, hozirgi zamon, kelajak haqida mulohaza 
yuritishdan e’tiboran psixologiya fan sifatida rivojlana boshladi. Psixologik 
bilimlar juda uzoq o‘tmish tarixga ega bo‘lsa-da, lekin u fan sifatida falsafadan 
XIX asrga kelib ajralib chiqdi. Psixologiyani alohida fan sifatida ajralib chiqishiga 
o‘sha davrda kishilik jamiyatida yuz berayotgan ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy 
o‘zgarishlar sabab bo‘ldi, chunki bular ijtimoiy zaruriyatning taqozosi edi. 
Psixologik holatlarni tadqiq qilish, ya’ni psixika mohiyatini tushunish maqsadida 
o‘sha davrda eksperimental ilmiy-psixologik laboratoriyalar vujudga kela boshladi. 
Ilk psixologik tadqiqotlar laboratoriyasi nemis olimi V. Vundt tomonidan 1879 
yilda Leypsig universitetida tashkil qilindi. Xuddi shu laboratoriya andozasi 
bo‘yicha boshqa mamlakatlarda bir qancha mustaqil laboratoriyalar ochildi. XIX 
asrning oxiri va XX asrning boshlariga kelib psixologiya fani to‘grisidagi ilmiy 
tushunchalarda keskin o‘zgarishlar yuzaga keldi va ularning ta’siri natijasida 
psixologiyaning tadqiqot obyekti sifatida insonga muhitning ta’siri, uning xulq- 
atvorini o‘rganish muammolari tanlab olindi. Shu davrda psixologiya fanining 
rivojlanishiga ijobiy hissa qo‘shgan psixologiya maktablari vujudga keldi, 
jumladan, Amerika (AQSh) psixologiyasining asosiy yo‘nalishlaridan bo‘lgan 
bixeviorizm, Germaniya geshtaltpsixologiya maktabi, Venada Z.Freydning 
psixoanalizi va boshqalar. Shu maktablarning hammasi o‘zining nuqtai nazariga 
asoslanib, psixologiya fanining tarkibiy qismlarini o‘rganishga harakat qildi. 
Psixologik konsepsiyalarning rang-barangligi sababli va fan-texnikaning 
rivojlanishi ta’siri bilan psixologiya o‘zining tadqiqot obyektlariga ega bo‘lgan 
ko‘plab sohalarga ajrala boshlandi. Hozirgi davrda psixologiyaning nazariy va 
amaliy yutuqlari atrof-muhit hamda jamiyatning juda keng qirralariga tatbiq 
qilinmoqda. 

Yüklə 5,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   138




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin