7
faoliyat doirasini nihoyatda cheklab qo`ygan. Ongni psixologiyaning predmeti
sifatida talqin qilish va psixikaning ongli qismini tadqiqot obyektiga aylantirib, bir
vaqtning o`zida ong, ong ham predmet, ham izohiy printsip bo`lib xizmat qilgan.
Psixologiya predmeti sifatida xulqning tanlanishi
ong psixologiyasi subyekt
tizimini yengib, psixologiyani obyektiv tadqiqot yo`liga olib chiqdi. Lekin ayni
paytda psixologiya psixika va ongni o`z tadqiqot predmeti sifatida yo`qotdi.
Keyingi taraqqiyot ong va xulq (faoliyat) birligi printsipi asosida ong va
faoliyatning tarixiy buzilgan aloqasi tiklanmoqda.
Har qanday boshqa fanda
bo`lganidek, psixologiya ham murakkab, qarama-qarshiliklarga to`la, ba`zan
turg`unlik, ba`zan voz kechilgan fikrlarga qaytish kabi bosqichlarni bosib o`tgan.
Psixologiyani rivojlantirishda olimlar bir xususiyatni aniqladilar,
shuning
uchun uning faktini va xarakteristikasini tasvirlash bilan birga sistemalar
to`g`risidagi tushunchani kiritish kerak deb hisoblashdi. Psixologik sistemalar
«supernazariya» (supernazariya) deb nomlanadi. Ularni paydo bo`lishini bir qator
mualliflar psixologiyani teoritik yetilmaganligi bilan bog`laydilar. 1933yilda
amerikalik psixolog Yedna Xaydbreder «Fan spekulyatsiyadan o`zini tiyadi, fakt
bilan tasdiqlanmagani kerak emas. Ammo psixologiya
faniga yagona mustahkam
sistemani yaratish uchun umuman faktlar yetarli emas» - deb yozadi. 40 yildan
keyin bu fikrni yana eslab amerikalik psixologlar Melvin Marks va Vilyam Xilks u
hali kuchdaligini tasdiqlashadi. Bu mualliflar fikricha,
sistema funksiyasi
«direktivdir». Bu sistema psixologga qaysi obyektlar bilan va qaysi metod bilan
ishlash kerakligini ko`rsatadi. O`z-o`zicha sistemalarni xarakteristikasini
«supernazariya» sifatida
tasvirlab beradi xolos, uni kelib chiqishini, rolini
ochmaydi. Qarama-qarshilik holatida sistemalarning har biri o`z
fanini tasdiqlar,
o`z ishlash usuliga ega edi. Shunday qilib, o`rganilayotgan qismlarning birligi yo`q
bo`lar edi. Psixologiyani birlik sonida gapirish mumkin emas. Marienson
tomonidan bosilgan kitoblar «1930 yil psixologiyalari», «1925 yil psixologiyalari»
deb ataladi. O`sha davrda psixologlar ko`p edi va ularni soni ham ko`payayotgan
edi.