O‘zbеkiston rеspublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi buxoro davlat univеrsitеti



Yüklə 5,67 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/138
tarix19.10.2023
ölçüsü5,67 Mb.
#157498
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   138
Umumiy psixologiya OQUV QOLLANMA (1)

 
 


16 
1.5.Psixologiya fanining fanlar bilan o‘zaro bog‘liqligi. Psixologiya 
fanining tarmoqlari 
Psixologiya fanini muayyan sohalarga bo‘lishda aniq, yaqqol faoliyatining 
psixologik tomoni, insonning jamiyatga nisbatan psixologik munosabati, 
taraqqiyotining psixologik jabhasi asos qilib olingan. Psixologiya sohalarining 
tavsifiga qisqacha to‘xtalib o‘tamiz.
Umumiy psixologiya - umumiy psixologik qonuniyatlar, mexanizmlar, 
murakkab ichki bog‘lanishlar, nazariy va metodologik printsiplar, ilmiy tadqiqot 
metodlar, psixikaning filo va ontogenetik o‘zgarishlarini, ilmiy tushunchalar va 
kategoriyalar, bilish jarayonlarini amaliy va nazariy jihatdan tadqiqot qiladigan 
soha. Umumiy psixologiya boshqa sohalar kabi shartli ravishda qabul qilingan 
nomdan iboratdir. Psixologiya fanining ilmiy tushunchalarini, kategoriyalari 
(shaxs, motivatsiya, faoliyat, muomala, ong)ni, tadqiqot metodlarini umumiy 
psixologiyada umumlashtirish uchun uning boshqa sohalaridagi tekshirish 
natijalarini mavhumlashtirish maqsadga muvofiq. Shuning bilan birgalikda 
umumiy psixologiyaning tadqiqot natijalari psixologiyaning boshqa sohalari uchun 
asos bo‘lib xizmat qiladi. Umumiy psixologiya fani asosiy kategoriyalar, 
tushunchalar, 
psixik 
jarayonlar, 
holatlar, 
hodisalar, 
individual-tipologik 
xususiyatlarni o‘z ichiga oladi. 1. Psixik jarayonlar: sezgi, idrok, tasavvur, xotira, 
tafakkur, xayol va boshqalar. 2. Irodaviy jarayonlar: motiv, motivatsiya, ehtiyojlar, 
intilishlar, qaror qabul qilish kabilar. 3. Hissiy jarayonlar: his-tuyg‘ular, emotsiya, 
kayfiyat, emotsional ton, stress, affekt singarilar. Psixik holatlarga psixik 
jarayonlarning ma’lum bir sifatlarining ko‘rinishlari kiradi. Masalan, hissiy 
jarayonlardan psixik holat sifatida kayfiyat, psixik xususiyatlarga qobiliyatlar va 
boshqalar kiradi. Umumiy psixologiyadagi bu bo‘linish shartli ravishda amalga 
oshirilgan bo‘lib, unda jarayon tushunchasi umumiy tadqiq qilinayotgan 
hodisaning jarayoniy xususiyatga ega ekanligi ta’kidlanadi, xolos. Psixik holat 
tushunchasi psixik holatlarga nisbatan nisbiy statikligini anglatadi. Psixik 
xususiyat tushunchasi esa tadqiq qilinayotgan hodisaning mustahkamligini, 
qaytaruvchanligini aks ettiradi va bu narsa shaxs tuzilishida o‘z ifodasini topadi. 


17 
Umumiy psixologiyadan boshqa sohalar, bilimlar asos sifatida foydalaniladi, xuddi 
shu boisdan u universal xususiyat kasb etadi. 
Eksperimental psixologiya - eksperimental metodlar yordamida psixik 
hodisalarni tadqiq qilishning umumiy sohasi. Psixologiya fan sifatida falsafadan 
ajralib chiqishida eksperimental tadqiqotlar o‘tkazish asosiy rol o‘ynagan. XIX 
asrning o‘rtalarida psixologik hodisalar ustidan ilk bor amaliy eksperimental-
psixologik tadqiqotlar o‘tkazilgan. Bu fiziologik laboratoriyalarda elementar 
funksiyalarni o‘rganish orqali, ya’ni ilk bor sezgi va idrokni o‘rganish bilan 
boshlangan. 
Bu 
tadqiqotlar 
eksperimental 
psixologiyaning 
falsafa 
va 
fiziologiyadan mustaqil, alohida fan sifatida vujudga kelishiga muhim asos va 
obyektiv shart-sharoit yaratib bergan. Eksperimental psixologiya fan sifatida 
ajralib chiqishiga V.Vundt o‘zining katta hissasini qo‘shgan. Ilk eksperimental 
tadqiqotlar o‘zini o‘zi kuzatish metodi yordami bilan insonning ichki funksiyalarini 
o‘rganishga qaratilgan edi. Keyinchalik eksperimental ishlar turlicha hayvonlarda 
o‘tkazila boshlangan. Tadqiqotlarning ko‘pchiligi T.L.Morgan, E.L.Torndayklar 


18 
tomonidan olib borilgan. Eksperimental tadqiqotlar orqali faqat psixik 
funksiyalargina emas, balki hissiyotlarning individual variantlari ham tekshirilgan. 
Eksperimental psixologiyaning tadqiqotlari psixologiya sohalarining nazariyasiga 
asos bo‘lib xizmat qiladi. 
Mehnat psixologiyasi - insonning mehnatga munosabati, mehnat faoliyatining 
qonuniyatlari va rivojlanishini tadqiq qiladigan psixologiya sohasi. Mehnat 
psixologiyasining obyekti ishlab chiqarishda va mehnatda shaxsning faoliyati, uni 
ishdan bo‘sh vaqtining, dam olishining ishlab chiqarishga ta’sirini ham tekshirgan. 
Mehnat unumdorligiga ishchini boqish uchun ketgan sarflar miqdori ko‘p bo‘lsa, 
unga qancha qulay shart-sharoit yaratilsa, shuchalik ijobiy ta’sir yuzaga keladi. 
Shu asosda yuqoridagi fanlar mehnatkashga psixologik iliq muhit yaratish uchun 
mehnat 
psixologiyasiga 
yordam 
beradi. 
Mehnat 
psixologiyasini 
G.Myunsterbergning «Psixologiya va ishlab chiqarish unumdorligi» (1913) va 
«Psixotexnika asoslari» (1914) kitoblari chiqqan davrdan boshlab alohida soha 
sifatida vujudga kelganligi e’tirof etilgan. Mehnat psixologiyasining asosiy vazifasi 
ishlab chiqarish munosabatlarini ijobiylashtirish, mehnatkashlarga zarur shart-
sharoit yaratib berish, kasbiy kasalliklarning, ishlab chiqarishda jismoniy 
falokatlarning, psixologik zo‘riqishlarning oldini olishdir. 
Aviatsiya psixologiyasi - aviasanoat va aviaxizmatchilarning mehnat 
faoliyatida 
kechuvchi 
psixologik 
qonuniyatlarni 
o‘rganadi. 
Aviatsiya 
psixologiyasining predmeti murakkab aviatsiya tizimini boshqarishdagi inson 
psixikasining rolini tekshirishdan iborat. Aviatsiya psixologiyasi obyekti shaxs 
faoliyati, jamoa tuzilishini tashkil qilishning shart-sharoitlari hisoblanadi. 
Aviatsiya psixologiyasi subyekti uchuvchilar, muhandis, texnik xizmat ko‘rsatish 
tarkibini tashkil etuvchi styuardessalar va boshqalar. Aviatsiya psixologiyasi soha 
sifatida uchuvchi qurilmalar yaratilishi vaqtidan, ya’ni XIX asrning oxiri va XX 
asrning boshlaridan vujudga kelgan. Aviatsiya psixologiyasi tug‘ilishining asosiy 
sababi uchuvchi apparatlar ishlatishda va boshqarishda inson omili xavfsizligiga 
shart-sharoit yaratish ehtiyojidir. Aviatsiya psixologiyasi psixologiyaning boshqa 
sohalari bilan uzviy bog‘liqdir. 


19 
Muhandislik psixologiyasi - inson va mashina o‘rtasidagi munosabatni, 
insonga mashinaning psixologik ta’sirini va insonning mashina bilan munosabati 
jarayonining psixologik qonuniyatlarini tadqiqot metodlari yordami bilan 
o‘rganuvchi psixologiya sohasi. Muhandislik psixologiyasi fan-texnika 
revolyutsiyasi ta’sirida vujudga kelgan bo‘lib, quyidagi muammolarni tekshiradi: 
1) inson va EHM kabi avtomatika tizimi yuklamasida inson vazifasini tahlil qilish; 
2) EHM operatorlarining hamkorlik faoliyatida muloqot jarayoni va ularning 
o‘zaro ta’sirini tadqiq qilish; 3) operator faoliyatining psixologik tuzilishini tahlil 
etish; 4) operator ishining sifatiga, tezligiga, samaradorligiga ta’sir qiluvchi 
omillarni tekshirish; 5) inson tomonidan axborot qabul qilishni tadqiq etish; 6) 
operator faoliyatini boshqarish mexanizmini o‘rganish; 7) EHMni boshqarishdagi 
buyruqlarni inson tomonidan qabul qilish xususiyatini aniqlash; 8) operatorlar 
uchun psixodiagnostika va proforiyentatsiya metodlarini ishlab chiqish; 9) 
operatorlarni o‘rganishni optimallashtirish. 
Kosmik psixologiya - vaznsizlik va bo‘shliqda aniq mo‘ljal ola bilmaslik 
sharoitida, organizmda juda ko‘p ortiqcha taassurotlar yuklangan paytda ro‘y 
beradigan nerv-psixologik zo‘riqish bilan bog‘liq bo‘lgan alohida holatlar 
tug‘ilganda kishi faoliyatining psixologik xususiyatlarini tadqiq qiladigan 
psixologiya sohasi. 
Ekstremal psixologiya - insonning o‘zgargan muhit shart-sharoitlarida psixik 
faoliyatining kechishi qonuniyatlarini o‘rganadigan psixologiya sohasi. Ekstremal 
sharoitda insonga bir qancha faktorlar ta’sir qiladi: makon o‘zgarishi, xavf omili, 
vaqt, shaxsiy ahamiyatga molik axborotning o‘zgarishi, yolg‘izlik, guruhiy 
izolyatsiya va hayotiy xavf. Ekstremal sharoitga inson moslashishining biologik 
vazifasi ekstremal sharoitda ishlovchilarni tanlab olish (kosmos, arktika, yong‘in 
va hokazo), mashqlantirish, trening o‘tkazishdan iborat. 
Pedagogik psixologiya - tarbiya va ta’lim muammolarini tadqiq qiladigan 
psixologiya sohasi. Pedagogik psixologiya shaxsning maqsadga muvofiq 
rivojlanishi, 
bilish 
faoliyatining 
va 
shaxsda ijtimoiy 
ijobiy 
sifatlarni 
tarbiyalashning psixologik muammolarini o‘rganadi. Pedagogik psixologiyaning 


20 
maqsadi - o‘qitishning oqilona rivojlantiruvchi ta’sirini, shart-sharoit va boshqa 
psixologik faktorlardan kelib chiqqan holda kuchaytirishdir. Pedagogik 
psixologiya XIX asrning ikkinchi yarmida ijtimoiy taraqqiyotning ta’siri natijasida 
vujudga kelgan. Eksperimental psixologiya tadqiqotchilari pedagogik psixologiya 
rivojlanishiga katta hissa qo‘shganlar. Bundan tashqari, pedagogik psixologiyaning 
fan sifatida taraqqiy etishida o‘sha davrda yuzaga kelgan psixologik yo‘nalishlar 
ham o‘zining ijobiy ta’sirini o‘tkazgan. Bixevioristik psixologiya yo‘nalishi 
pedagogik psixologiya uchun asos qilib, tarbiyachi va o‘qituvchiga vosita qilib 
tashqi muhit ta’sirini oladi. Tashqi muhit qanchalik ijobiy ta’sir qiluvchi omil 
bo‘lsa, ya’ni qulay shart-sharoit vujudga kelsa, demak, shaxsning tarbiyalanishi 
shunchalik ijobiy kechadi. 
Hozirgi zamon pedagogik psixologiya rivojlanishi natijasida insonning 
individual-psixologik farqlari, ijtimoiy-tarixiy tajribalar ta’siri hamda boshqa 
odamlar o‘rtasidagi muloqot, muomala ta’siri borligini, shuningdek, yana bir 
qancha faktorlarni hisobga olgan holda shaxsni rivojlantiruvchi ta’lim orqali 
o‘qitish va tarbiyalash yotadi. Pedagogik psixologiyani shartli ravishda bir necha 
turga ajratish mumkin: a) ta’lim psixologiyasi; b) tarbiya psixologiyasi; v) 
o‘qituvchi psixologiyasi; g) oliy maktab psixologiyasi kabilar. 
Tibbiyot psixologiyasi - kasallarning davolanishi, gigiyena, profilaktika, 
diagnostika 
jabhalarini 
tadqiq 
qiluvchi 
psixologiya 
sohasi. 
Tibbiyot 
psixologiyasida tadqiqotlar tizimiga kasalliklarning kechishi, ularning shaxs 
psixologiyasiga ta’siri qonuniyatlari, insonning kasallikdan sog‘ayishiga 
mikrosotsial guruh ta’siri o‘rganiladi. Tibbiyot psixologiyasi o‘z ichiga klinik 
psixologiya, patopsixologiya, neyropsixologiya kabi bo‘limlarni qamrab oladi. 
Tibbiyot psixologiyasi tarkibiga psixoterapiya sohasini ham kiritadilar. 
Tibbiyot psixologiyasining asosiy muammosi kasallikni davolashning inson 
psixologiyasiga ta’sirini tadqiq qilishdir. Uning asosiy muammosi insonning 
psixologiyasiga ijobiy ta’sir qiluvchi va shu bilan davolanishni tezlashtiruvchi 
ijobiy davolash muhitini tashkil qilishdir. Psixik hodisalar bilan miyaga fiziologik 
tuzilishlar o‘rtasidagi nisbatni o‘rganadigan soha - neyropsixologiya. Dorivor 


21 
moddalarning 
kishi 
psixik 
faoliyatiga 
ta’sirini tekshiradigan soha - 
psixofarmokologiya. Bemorlarni davolash uchun psixik jihatdan salomatligini 
ta’minlash chora-tadbirlari tizimini ishlab chiqish bilan shug‘ullanuvchi soha -
psixoprofilaktika.
Yuridik psixologiya - huquq doirasidagi munosabatlar odamlarning psixik 
faoliyatini huquqiy boshqarish mexanizmlari va qonuniyatlarini o‘rganuvchi 
psixologiya sohasi. Eksperimental psixologiya ta’siri ostida XX asrning boshlarida 
yuridik psixologiya sohasida ilk laboratoriya tadqiqotlari o‘tkazilgan. Bu 
tadqiqotchilar guvohlarning ko‘rsatmalarini va so‘roq olib borish asoslarini 
o‘rganishni maqsad qilib qo‘ygan edilar. Yuridik psixolog sifatida yozuvchi 
A.K.Doylning qahramoni Sherlok Xolmsni atash mumkin. Yuridik psixologiya 
bo‘yicha tadqiqot ishlari o‘sha vaqtlarda G.Gross, K.Marbe, V.Shtern, K.Yung va 
boshqa psixologlar tomonidan olib borilgan. Keyinchalik yuridik psixologiyaning 
o‘ziga xos tadqiqot yo‘nalishlari vujudga keldi: jinoyatchilar shaxsini tadqiq qilish, 
guvohlik 
ko‘rsatuvchilar ko‘rsatmalarini 
tekshirish, 
sud 
psixologiyasi 
ekspertizasining nazariy va amaliy tomonlari ishlab chiqilgan. Yuridik psixologiya 
umumiy psixologiyaning metodlari va o‘ziga xos ularning shakllarini qo‘llaydi. 
Hozirgi zamonda uning bir qancha bilimlari mavjuddir: kriminal psixologiya, sud 
psixologiyasi, jinoyatchilarni qayta tarbiyalash psixologiyasi yoki axloq tuzatish 
mehnat psixologiyasi kabilar. 
Harbiy psixologiya - harbiy faoliyatning inson psixikasiga ta’siri, harbiy 
faoliyatning xususiyatlarini psixologik qonuniyatlarini o‘rganuvchi, tadqiq 
qiluvchi psixologiya sohasi. Jangchi shaxsining psixologik faktorlarini tekshirish 
harbiy psixologiyasining asosiy muammolaridan biridir. Harbiy jamoalarda 
shaxslararo munosabatlar, komandirlar bilan jangchilar muloqotining psixologik 
xususiyatlari, favquloddagi holatlarda harbiy xizmatdagi kishilar psixikasining 
o‘zgarishi, bo‘linmalarda psixologik muhit masalasi, harbiy-vatanparvarlik 
tuyg‘usini shakllantirish birlamchi muammo ekanligi va hokazo. Harbiy 
psixologiya negizida sotsial psixologiya, mehnat psixologiyasi, muhandislik 


22 
psixologiyasi, pedagogik psixologiya sohalarining nazariy-amaliy materiallari, 
umumbashariy qonuniyatlar yotadi. 
Sport psixologiyasi - sport musobaqalari va mashqlanish faoliyatida inson 
psixikasining rivojlanishi, guruhiy munosabatlarning psixologik qonuniyatlarini 
tadqiq qiluvchi psixologiya sohasi. Mazkur soha XX asrning 60-70-yillarida jadal 
sur’atlar bilan rivojlana boshladi va uning ilk tadqiqotlari sportchilarning 
individual-psixologik farqlarini o‘rganishga qaratilgan edi. Hozirgi davrga kelib 
esa sport psixologiyasi o‘rganayotgan muammolar ko‘lami kengaydi, shu boisdan 
uning asosiy vazifasi sportchilarning psixik va jismoniy kamolotiga ta’sir 
o‘tkazuvchi muhim shart-sharoitlarni yaratib berishdir. Bundan tashqari sport 
psixologiyasi sportchilarning shaxs sifatida rivojlanishiga, erishgan yutuqlariga 
psixologik yordam ko‘rsatish jabhalari bilan ham shug‘ullanadi. 
Savdo psixologiyasi - jahon mamlakatlarida keng rivojlangan bo‘lib, tijorat 
ta’sirining psixologik negizlari, obyektiv va subyektiv shart-sharoitlarini, 
ehtiyojning individual, yoshga, jinsga oid va boshqa xususiyatlarini, xaridorlarga 
xizmat 
ko‘rsatishning psixologik omillarini aniqlaydigan soha. Savdo 
psixologiyasi savdo-tijorat reklamalari, modalar psixologiyasi va shu kabi 
masalalarni tadqiq qiladi. Ayniqsa, sotuvchi-xaridor munosabati, kishilarga ta’sir 
o‘tkazish, ularda iliq his-tuyg’u, ishonch uyg‘onish mexanizmlari, mantiqan ularni 
muomala jarayonida ishontirish, qiziqtirish, ijtimoiy ahamiyatini tushuntira bilish, 
nizoli holatlarning oldini olish, xizmatda muloqot madaniyati va uning 
treninglaridan unumli foydalanish, xaridorlarning psixologik xususiyatlarini 
anglagan holda munosabatda bo‘lish qonuniyatlarini tadqiq etish ham mazkur 
sohaning tekshiruv predmetiga kiradi. 
Ijodiyot psixologiyasi - badiiy qadriyatlarni o‘zlashtirishda, ularning yangi 
ko‘rinishlarini ijod qilishda va shu qadriyatlarni inson tomonidan idrok qilishda 
kechadigan psixologik holatlarni hamda bu holatlarning shaxs hayoti, faoliyatiga 
ta’sirini o‘rganuvchi psixologiya sohasi. Ijod psixologiyasi bir tomondan 
psixologizm ta’siri ostida, ikkinchi tomondan esa aksilpsixologizm iskanjasida 


23 
rivojlanadi. Psixologizm tarafdorlari badiiy asarlar yaratilishi individual ong 
ta’sirida vujudga keladi, deb talqin qilishadi.
Hozirgi zamonda san’at asarlarining tarixiy jihatdan ularni ijodkorlarining 
shaxsiy xususiyatlari birlamchi ekanligidan kelib chiqiladi. Zamonaviy san’at 
psixologiyasi san’atkorlarning qobiliyatlarini asar yaratishda hissiy ko‘rinishlarni, 
shaxslararo munosabatlarni psixologik nuqtai nazardan o‘rganadi. San’atda inson 
ruhiy olamini amaliy jihatdan tekshirish, baholash, o‘ziga xos jihatlarini guruhlash, 
individual, guruhiy, jamoaviy ta’sir xususiyatlarini sharhlash imkoniyati mavjud. 
San’at psixologiyasi ijtimoiy tarbiya berishning psixologik mexanizmlari, yo‘llari, 
qonuniyatlari, metodlari kabilarni tadqiq etuvchi muhim sohalardan biridir. 
Bugungi kunda uning quyidagi sohalari o‘z tadqiqot predmeti va obyektiga egadir: 
ijod psixologiyasi, san’at psixologiyasi, badiiy tarjima psixologiyasi, badiiy 
ijodiyot psixologiyasi, xalq amaliy san’ati psixologiyasi, badiiy me’morlik 
psixologiyasi kabilar. 
Yosh psixologiyasi - shaxsning psixik rivojlanish qonuniyatlarini inson 
tug‘ilishidan to umrining oxirigacha bo‘lgan davrni, ya’ni ontogenezni 
o‘rganadigan psixologiya sohasi. Yosh psixologiyasi bolalar psixologiyasi sifatida 
XIX asrning oxirida vujudga kelgan bo‘lib, u fan va texnika taraqqiyoti, jamiyat 
talabiga 
binoan bolalar psixologiyasi 
taraqqiyotida qo‘llanilgan. 
Yosh 
psixologiyasi hozirgi zamonda bolalar psixologiyasi, o‘smirlik va o‘spirinlik 
psixologiyasi, yetuklik psixologiyasi, gerontopsixologiyadan iboratdir. U 
insonning ontogenezda rivojlanish jarayonida psixik holatlarning kechishi, psixik 
funksiyalarning roli, ularning o‘zgarishi, harakatlantiruvchi kuchlar, mexanizmlar, 
ta’sir o‘tkazuvchi obyektiv va subyektiv faktorlar, taraqqiyot qonuniyatlarini 
tadqiq qiladi. Yosh psixologiyasi umr o‘tishi bilan psixologik farq, individual-
psixologik xususiyatlar o‘rganishini o‘rganadi, tadqiqotlarda madaniy, ijtimoiy-
tarixiy, milliy ta’sirni hisobga oladi. Shuning uchun yosh psixologiyasining 
obyektlari o‘ta murakkab bo‘lib, taraqqiyotlar taraqqiyotini tekshirishni taqozo 
qiladi. Jahon psixologiyasida to‘plangan barcha nazariy materiallarga, shu 
jumladan, genetik modellashtirish (L.S.Vigotskiy) metodlariga, egizaklar metodiga 


24 
va shunga o‘xshash o‘ta murakkab jarayonlarning longityud (uzluksiz) uslubi 
yordamida tekshirishga asoslanadi. Yosh psixologiyasining asosiy vazifalaridan 
biri - bolani psixik rivojlanishining ijobiy shaklda tashkil etilishi, yosh davrlari 
inqirozi bosqichlari, jarayonlari va paytlarida psixologik yordam ko‘rsatish chora-
tadbirlarini 
ishlab 
chiqishdan iboratdir. 
Yosh psixologiyasi pedagogik 
psixologiyaning ilmiy, amaliy, tajribaviy asosi bo‘lib hisoblanadi, lekin boshqa 
sohalari bilan ham uzviy alohida faoliyat ko‘rsatadi, inson kamolotining o‘ziga xos 
xususiyatlari to‘g‘risida ijtimoiy ahamiyatga molik materiallar to‘playdi. 
Maxsus psixologiya - normal psixik rivojlanmagan tug‘ma yoki keyinchalik 
orttirilgan nuqsonlar, defektlar ta’siri ostidagi insonlarning psixologiyasini tadqiqot 
qilish sohasi. Uning bir necha bo‘limlari mavjud: patopsixologiya - rivojlanish 
jarayonida psixikaning aynishi, miyadagi kasallikning turlicha kechishi, 
psixikaning 
tamoman 
izdan 
chiqishi 
hollarini 
o‘rganuvchi 
soha; 
oligofrenopsixologiya - psixik rivojlanishning miyadagi tug‘ma asoratlar bilan 
bog‘liq patologiyasi to‘g‘risida tadqiqot ishlarini olib boruvchi soha; 
surdopsixologiya - quloq eshitishining butunlay kar bo‘lib qolgunga qadar jiddiy 
kamchiliklari, nuqsonlari bilan shug‘ullanuvchi, bolani voyaga yetkazishning 
omilkor yo‘l-yo‘riqlarini topuvchi, korreksion-tuzatish ishlarini olib boruvchi soha; 
tiflopsixologiya - chala ko‘ruvchi va mutlaqo ko‘zi ojiz odamlarning psixologik 
rivojlanishini tadqiq qiluvchi soha. Maxsus psixologiyaning yana o‘ziga xos tor 
bo‘limlari ham mavjud bo‘lib, insonlarning kasalligi, nuqsoni, aql-idrok darajasi, 
nutq faoliyati patologiyasiga binoan tadqiqot ishlari olib boriladi. 
Qiyosiy psixologiya - psixologiyaning murakkab bo‘limlaridan biri bo‘lib, 
psixikaning filogenetik holatlari va ularning shakllarini tadqiq qiladigan soha. 
Qiyosiy psixologiyada hayvonlar psixologiyasi odamlarniki bilan qiyoslanadi, 
ularning xulq-atvoridagi o‘xshashliklar va tafovutlar sabablari tekshiriladi, 
harakatlantiruvchi kuchlar, ta’sir o‘tkazuvchi vositalar, omillar aniqlanadi. 
Zoopsixologiya qiyosiy psixologiyaning bo‘limidan iborat bo‘lib, u turli 
guruhlarga, turlarga mansub hayvonlar, jonivorlar psixikasini, ularning xatti-
harakatlarini o‘rganadi. Etologiya - biologik va psixologik jabhalar qorishmasidan 


25 
iborat bo‘lib, hayvonlarning xatti-harakatidagi tug‘ma alomatlar, mexanizmlar 
insonniki bilan umumiy negizga ega ekanligini o‘rganuvchi soha. 
Differensial psixologiya - shaxslar o‘rtasidagi tafovut va farqlarni hamda 
guruh a’zolari orasidagi nomutanosibliklarning psixologik tomonlarini, ya’ni 
psixologik farqlarini o‘rganuvchi psixologiya sohasi. Differensial psixologiyaga 
F.Galton asos solgan bo‘lib, u individual farqlarni statistik analiz qilish uchun bir 
qancha usullar va asboblar yaratgan. Differensial psixologiya terminini nemis 
psixologi V. Shtern o‘zining «Individual farqlar psixologiyasi» (1900 yil) asarida 
ishlatgan. Differensial psixologiyaning asosiy metodlaridan biri - testdir. Avval 
individual testlar, keyinchalik esa guruhiy testlar qo‘llanila boshlangan, ular asosan 
aqliy rivojlanishdagi farqlarni o‘rganishga qaratilgan bo‘lib, muayyan vaqt 
o‘tgandan so‘ng proyektiv testlar ishlab chiqilgan. Mazkur testlar qiziqishdagi, 
intilishdagi, hissiyotdagi tafovutlarni tekshirishga qaratilgandir. Testlarning faktor 
analizi yoki intellektga oid ma’lumot beruvchi omillari o‘rganilgan. Jahon 
psixologiyasida eng keng yoyilgan nazariyadan biri - bu N.Spirmenning ikki 
faktorli konsepsiyasidir. Bu nazariyaga binoan, har bir faoliyat uchun umumiy bitta 
faktor mavjuddir, bundan tashqari, o‘sha faoliyatga qaratilgan xususiy faktor ham 
mavjud. Shu sohaga oid yana bir nazariya L.Tyorston, Dj.Gilford va boshqalarning 
multifaktorlik yondashuvidir. Mazkur nazariya umumiy faktor borligini inkor 
qiladi, unda boshlang‘ich aqliy qobiliyatlar asosiy o‘ringa qo‘yiladi. Psixologiya 
inson qobiliyatlari genetik, biologik omillarga asoslangan, degan g‘oya mavjud 
bo‘lib, ta’kidlanishicha, ular go‘yoki nasldan naslga o‘tadi. Hozirgi zamon 
differensial psixologiya diagnostika, prognostika metodlari yordami bilan 
shaxslarni qobiliyati bo‘yicha tanlashda ilmiy printsip va qonuniyatlarga 
asoslanadi. 
Psixofiziologiya - odamlarning individual psixologik va psixofiziologik 
farqlarini tadqiq qiluvchi, psixikaning genetikasini o‘rganuvchi psixologiya sohasi. 
Hatto differensial psixofiziologiya termini mavjud bo‘lib, uni 1963 yilda 
V.D.Nebilisin tomonidan fanga kiritilgan. Psixofiziologiyaning ikkita asosiy 
tadqiqot yondashuvi mavjud: a) mustaqil amaliy tadqiqotlarda olingan fiziologik 


26 
va psixologik natijalarni o‘zaro solishtirish, qiyoslash; b) biron-bir faoliyatda 
fiziologik funksiyalar o‘zgarishini o‘rganish. 
Ijtimoiy (sotsial) psixologiya - odamlarning ijtimoiy guruhlarga birlashishini, 
bu guruhiy tavsifni, shaxsning guruhiy faoliyati va xulq-atvorini, ijtimoiy-
psixologik qonuniyatlar, holatlar, hodisalar, ijtimoiy ustanovka kabilarni tadqiqot 
qiluvchi psixologiya sohasi. Qadimgi zamondan ijtimoiy-psixologik voqelik 
falsafiy nuqtai nazardan o‘rganilib kelingan, lekin shaxs, guruh, jamoa 
munosabatlari qamrab olinmagan. Ijtimoiy psixologiya faniga asos bo‘lib 
psixologiya, sotsiologiya, antropologiya, etnografiya, kriminologiya, falsafa kabi 
fanlar xizmat qilib kelgan. XIX asrning ikkinchi yarmida sotsial psixologiyani fan 
sifatida rivojlantirishga ilk urinishlar boshlangan. Jahon jamoatchiligi tomonidan 
sotsial psixologiya 1908 yildan e’tiboran alohida fan sifatida tan olingan. Bunga 
asos bo‘lib bir vaqtning o‘zida angliyalik psixolog U.V.Makdugall va amerikalik 
sotsiolog E.Rosslarning tadqiqot natijalari xizmat qildi. Chunki bu ishlarda «sotsial 
psixologiya» termini qo‘llanilgan edi. Urushdan keyingi yillarda AQShda va 
boshqa mamlakatlarda sotsial psixologiya muammolari yuzasidan tadqiqotlar 
o‘tkazish jarayoni keng yoyildi. Ayniqsa, AQShda o‘tkazilgan Kotornning 
tajribasi, E.Meyoning izlanishlari sotsial psixologiya tarixida asosiy rol o‘ynaydi. 
Bu tadqiqotchilarning asosiy obyekti bo‘lib kichik guruhlar xizmat qilgan, 
tajribalar laboratoriya sharoitida o‘tkazilgan. Sotsial psixologiya fan sifatida 
muloqot, muomala qonuniyatlari, shaxslararo munosabat, individual va guruhiy 
o‘zaro ta’sir, guruhlarning ichki va tashqi tuzilishi, ularning turlari, tasnifi, 
ommaviy holatlar va boshqalarni tekshiradi. 
Sotsial psixologiya bir necha sohalarni o‘z ichiga qamrab oladi: din 
psixologiyasi, oila psixologiyasi, muomala psixologiyasi, kichik guruh 
psixologiyasi, katta guruh psixologiyasi, modalar psixologiyasi, insonni inson 
tomonidan idrok qilish psixologiyasi, etnopsixologiya va boshqalar. 
Din psixologiyasi - psixologik va ijtimoiy-psixologik omillarning diniy ong 
bilan shartlanganligini, dinning insonga ta’sirini o‘rganuvchi psixologiya sohasi. 
Din psixologiyasi XIX asr-ning oxiri XX asrning boshlarida vujudga kelgan bo‘lib, 


27 
insonni ibodat qilishdagi, diniy an’analarni, rasm-rusumlarni bajarishdagi hissiyot 
holatlarini o‘rganishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘yadi. Diniy psixologiyani 
o‘rganish quyidagi yo‘nalishlarda amalga oshirilmoqda: a) umumiy nazariya: diniy 
ong, uning tuzilishi, diniy hissiyot, dinning shaxs shakllanishidagi ahamiyati; b) 
din psixologiyasi differensiatsiyasi: ijtimoiy muhit va tarixiy davrdan shakllangan 
ong va hissiyot tadqiqoti; v) diniy guruh psixologiyasi; g) diniy rasm-rusumlar 
psixologiyasi; d) hurfikrlilik ta’limi psixologiyasi kabidir. 
Siyosiy psixologiya - jamiyatning siyosiy hayotidagi psixologik xususiyatlar, 
holatlar, qonuniyatlar, ta’sirchanlik va ta’sir o‘tkazish jarayonlari kabi jabhalarni 
tekshiruvchi psixologiya sohasi. 
Oila psixologiyasi - oilaning psixologiyasini o‘rganuvchi fanlararo tadqiqot 
qilishga yo‘nalgan psixologiya sohasi. Oila psixologiyasi oilaning psixologik 
muammolarini o‘rganadi, u oilaga ta’sir qiluvchi omillarni, oiladagi rollar 
taqsimlanishi, er-xotin munosabati, shaxslararo munosabat, yosh xususiyatlari, 
jinsiy tafovutlarga asoslanib muloqotga kirishish kabilarni o‘rganadi. Oila 
psixologiyasi tomonidan to‘plangan materiallar oila mustahkamligini saqlash 
uchun maslahatlar berishda, sotsiologik va psixologik dasturlar tuzishda 
qo‘llaniladi. Shuningdek, oila tiplari, tuzilishi, ierarxiyasi, ularga ta’sir qiluvchi 
obyektiv va subyektiv omillar ham mazkur sohaning tadqiqot predmetiga kiradi. 
Boshqaruv psixologiyasi - jamiyatda faoliyat ko‘rsatayotgan shaxslar, 
guruhlar va jamoalar o‘rtasidagi ishlab chiqarish bilan bog‘liq bo‘lgan nazorat, 
baholash, munosabat qonuniyatlarini, rahbar faoliyati va xarakteri, qobiliyati 
xususiyatlarini tadqiq qiladigan ijtimoiy psixologiyaning sohasi. 
Parapsixologiya - hozirgi zamon fanining chegarasidan tashqaridagi, 
tushuntirish qiyin bo‘lgan psixik hodisalarni o‘rganadi. Ekstrasensorika - o‘ta 
sezuvchanlik, telepatiya - fikrni masofaga uzatish, kelajakka bashorat qilish va 
hokazo. Parapsixologiyaga nisbatan qiziqish qadimdan mavjud bo‘lib, unga 
nisbatan ixlos to hozirgi kungacha kamaygani yo‘q, goho uni psixotronika deb ham 
atashadi. Xiromantiya - qo‘l kaftiga qarab fol ochish, inson kelajagi va uning 
taqdiri haqida oldindan bashorat qilishdan iborat noilmiy soha. Spritizm - o‘lgan 


28 
odamlar arvohlari, ruhlari bilan aloqa o‘rnatish mumkin, ular hamisha barhayot va 
biz bilan muloqotga muhtoj degan g‘oyani ilgari suruvchi parapsixologiya sohasi. 
Jahon psixologiyasi fanida xulq-atvor, muomala va faoliyat muvaffaqiyatini 
ta’minlovchi omillarning eng muhimi tariqasida insonning emotsional hayoti 
yotishi aksariyat nazariyotchi psixologlar tomonidan ta’kidlab o‘tiladi. Bu 
talqinning haqqoniyligiga hech qanday e’tirozlar bo‘lishi mumkin emas. Chunki 
mazkur omil eksperimental psixologiyaning mustaqil soha sifatida vujudga 
kelishidan e’tiboran ustuvor, dalil taqozo qilmaydigan atribut singari tadqiqot 
predmeti mohiyatiga singib ketgan. Shuni alohida ta’kidlab o‘tish lozimki, inson 
muomalasining, xulq-atvorining kechishi, faoliyatining muvaffaqiyatli, sermahsul 
yakunlanishi ko‘p jihatdan shaxsning emotsional holatlariga «emotsional ton, 
kayfiyat, stress, affekt va hokazo», izohlanishi murakkab bo‘lgan ruhiy 
kechinmalarga, yuksak his-tuyg‘ularga bog‘liq. 
O‘yin, mehnat, o‘qish, muomala va boshqa faoliyat turlarining muvaffaqiyatli 
kechishi, shaxslararo munosabatlarda xulq-atvorning namoyon bo‘lishi ijobiy 
psixologik holat sifatida baholansa, emotsiya va hissiyotning barqaror, maqsadga 
yo‘nalgan tarzda hukm surishi ehtimoli e’tirof etiladi. His-tuyg‘ularning 
mustahkamligi, barqarorligi, mukammalligi sifatlarining mavjudligi ularning 
dinamik stereotiplar tipiga aylanganligidan dalolat beradi, faoliyat va xulqning 
shaxs tomonidan ongli ravishda boshqarish uslubi shakllanganligini bildiradi. 
Tabiatning tarkibiy qismlari va jamiyatning a’zolari bilan turli shakldagi, har xil 
xususiyatli munosabatga kirishishi ular bilan muomala qilish maromlarini davriy 
«muvaqqat tarzda» o‘zgarishini vujudga keltiradi. Ana shu o‘zgarish tufayli 
muvaffaqiyat va muvaffaqiyatsizlik, omad va omadsizlik, optimizm va pessimizm, 
romantika va realiya, simpatiya va antipatiya, progress va regress, jo‘shqinlik va 
tushkunlik, faollik va sustlik kabi birinchisi ijobiy (pozitiv), ikkinchisi esa salbiy 
(negativ) ruhiy hodisa kelib chiqadi. Faoliyat va xulqning amaliyotida bir tekis 
kechishini ta’minlovchi emotsional holat barqarorligining buzilishi unga qiyos 
qilingan muvaffaqiyatning birlamchi omili to‘g‘risidagi ilmiy ma’lumotlarni 
shubha ostida qoldiradi. Binobarin, jamiki narsaning boshlang‘ich asosi, manbai 


29 
emotsiya 
degan g‘oyani, 
uning qiymatini 
umumiy 
fonda birmuncha 
qadrsizlantiradi, lekin ikkinchi, ustuvor va yetakchi, umumiy va xususiy obyektiv 
va subyektiv, muhim va nomuhim mezonlar, alomatlar, o‘lchamlar yordami bilan 
baholanishi ushbu psixologik masala mohiyatini oqilona talqin qilish zaruriyatini 
vujudga keltiradi. Holbuki shunday ekan, ularning mohiyatini, keltirib chiqaruvchi 
sabablarni, harakatlantiruvchi kuchlarini muayyan dalillarga asoslanib tahlil qilish 
muammosi maydonga keladi. Inson faoliyati va xulqining muayyan qonuniyatlarga 
asoslangan holda amalga oshishi ham obyektiv, ham subyektiv shart-sharoitlarga 
bog‘liq.
Tabiiy omillarni keltirib chiqaruvchi obyektiv (tashqi) shart-sharoitlar, ya’ni 
mikro va makro muhit, moddiy borliq, yordamchi vositalarning mavjudligi, 
ularning yuksak talablarga javob bera olish imkoniyati, tashqi qo‘zg‘atuvchilarning 
bezararligi, vaqt va fazoviy o‘lchovlarning muvofiqligi, mutanosibligi kabilardan 
tarkib topadi. Xulq va faoliyatning namoyon bo‘lishi uchun tabiiy shart-sharoitlar 
tizimi yaxlit holda ishtirok etishi ularning muvaffaqiyatini ta’minlovchi omillar 
majmuasi tariqasida xizmat qilishi mumkin. Tabiiy shart-sharoitlardagi 
to‘kislikdan tashqari ayrim yetishmovchiliklar va uzilishlarning sodir bo‘lishi 
nuqsonlarni keltirib chiqaradi, buning oqibatida ruhiy kechinmalar faolligi, 
ildamligi, maqsadga yo‘nalganligi buziladi.
Tabiiy shart-sharoitlar muhit ta’sirida inson ruhiy olamida bir qator keskin 
ham sifat, ham miqdor o‘zgarishlari vujudga keladi, ular yangilanishlar, yangi 
fazilatlar, xislatlar tug‘ilishida namoyon bo‘ladi. Shuni ta’kidlab o‘tish joizki, 
tabiiy muhitning tarkibiy qismi bo‘lmish geografik muhit bu borada muhim rol 
o‘ynaydi, ko‘pincha u, birinchidan, biologik shartlangan shaxs sifatlariga ta’sir 
etib, fenotiplarni genotiplarga aylantiradi (hududiy muhit, relyef, stixiya kutilishi: 
zilzila, qor ko‘chkisi, dovul, suv toshqini, oyoq yetmas qirli tog‘lar va hokazo). 
Ikkinchidan, ontogenezda shaxs xarakterologik xususiyatlarining tabiiy ravishda 
shakllanishiga ta’sir o‘tkazadi, shuning bilan birga mikro muhit bilan genlar, irsiy 
belgilar, alomatlar o‘rtasida uyg‘unlikni ta’minlab turuvchi mexanizm vazifasini 
bajaradi. 


30 
Obyektiv (tabiiy) shart-sharoitlardan tashqari, inson omili bilan uzviy 
bog‘liqligi subyektiv (shaxsga oid, uning qiyofasiga bog‘liq) shart-sharoitlar 
muomalaning, faoliyatning, xulqning ijtimoiy turmushda samarali amalga 
oshishini uzluksiz ravishda ta’minlab turadi. Subyektiv shart-sharoitlarning 
qatoriga shaxsning barqarorligi, xarakterning mustahkamligi, ehtiyoj, motiv, 
maslak, salohiyatining puxtaligi, o‘zini o‘zi boshqarish uslubining qat’iy ravishda 
shakllanganligi, biologik shartlangan xislatlar esa o‘zaro uyg‘unlashganligi kabilar 
kiradi. 
Odatda, obyektiv (tabiiy) va subyektiv (shaxsga oid) shart-sharoitlardagi 
o‘zgarishlar tufayli ijobiy (pozitiv) yoki salbiy (negativ) xususiyatli psixologik 
holatlar, hodisalar, xislatlar, kechinmalar ustuvorligi yuzaga kelib, moddiy asos 
funksiyasini bajaruvchi oliy nerv faoliyatini, markaziy nerv sistemasining 
ritmikasini, ishchanlik qobiliyatini pasaytiradi. Buning oqibatida faoliyat, xulq va 
muomalani amalga oshirishda odatiy sa’y-harakatlar, operatsiyalar, maromlar 
buzila boshlaydi, favqulodda asabiylik, ruhiy nuqsoniylik, qonuniyatdan chetga 


31 
og‘ishlik, noxush kechinmalar hokimligi yetakchilik qiladi. Xuddi shu sababdan, 
faoliyat, xulq va muomalaning muvaffaqiyati shubha ostida qolishi mumkin, 
chunki mahsuldorlik, sobitqadamlilik, maqsadga yo‘nalganlik sifatlarining 
dominantligi yo‘qoladi, natijada ushalmagan ezgu niyatlar armon tariqasida yuksak 
his-tuyg‘ular sifatida davriy hukm surishda davom etaveradi. 
Insoning tabiatga va jamiyatga nisbatan munosabati tasodiflarsiz, 
favquloddagi vaziyatlarsiz amalga oshishi mumkin emas, chunki ehtimollar 
darajasidagi kutilmaning yo‘qligi rejasiz vaziyatlarni shaxsining idrok maydonida 
keltirib chiqaradi. Hayot va faoliyat strategiyasi va taktikasining ekstremal tarzida 
o‘zgarishi individual va ijtimoiy xususiyatli vaziyatlarning paydo bo‘lishiga olib 
keladi. Vaziyatlar stixiyali, xaotik (betartib, tasodif) xatti-harakatlarni vujudga 
keltirib, tekis, odatiy, davriy, barqaror xususiyatlar ritmikasini izdan chiqaradi, 
natijada insonda motivatsion, emotsional, kognitiv, regulyativ, xulqiy, irodaviy 
tuzilish tarkiblarining funksiyasi buziladi. Shaxs tuzilishga favquloddagi 
vaziyatlarning ichki larzasi faoliyat, xulq va muomalaning onglilik holatidan 
ongsizlikka o‘tishini taqozo etadi. 
Xo‘sh, nima uchun shaxs tasodiflarning oldini olishga tayyor emas yoki 
ko‘pincha u bu borada kuchsizlik, ojizlik qiladi? 
Ushbu muammo yechimini juda sodda tarzda hal qilish ham mumkin: 
1) shaxs ongli zot, yaratuvchilik qudratiga ega bo‘lishidan qat’iy nazar, u 
tabiatning tarkibiy qismi, instinktlar, shartsiz reflekslar ta’siriga beriluvchandir; 2) 
shaxsning tana a’zolari (organizmi) favquloddagi hodisalar va vaziyatlarga 
moslashgan emas (stixiya, halokat, tasodif, stress, affekt, xavf-xatar-risk); 3) shaxs 
komillik darajasiga erishmaganligi tufayli sababiy bog‘lanish oqibatlarini, fobiya 
(qo‘rqish) bilan bog‘liq his-tuyg‘ularni oldindan sezish, payqash, ularga nisbatan 
aks ta’sir berish imkoni yo‘q; 4) shaxsda ikkinchi qiyofaning shakllanmaganligi 
(test, trening, trenirovka bilan qurollanmaganligi) uning xavf-xatar qurboniga 
aylantirishi shubhasiz. 
Jahon 
psixologiyasi 
fanining 
ma’lumotlariga 
qaraganda, 
muvaffaqiyatsizlikdan hech kim himoyalangan emas, chunki ijtimoiy immunitet 


32 
juda kuchsiz aksil ta’sir ko‘rsatish imkoniyatiga ega. Ma’lumki, jismoniy, axloqiy 
va aqliy barkamollik tub ma’nodagi komil inson to‘g‘risida mulohaza yuritishga 
imkon beradi va tarkiblarning to‘la munosibligi, uyg‘unlashganligi, o‘zaro taqozo 
etuvchanligi asosiy mezon vazifasini bajaradi, komillik darajasi subyektning 
ma’naviy dunyosiga aylanmas ekan, u taqdirda hech kim tasodiflar, favquloddagi 
vaziyatlar shaxs tomonidan odatiy hodisa sifatida osoyishta qabul qilinmaydi. 
Muvaffaqiyat garovi (kafolati) funksiyasini bajaruvchi omillarning genezisi 
to‘g‘risidagi fikr yuritilganda, eng avvalo, ularning birlamchiligi, asosiy manba 
ekanligini nazarda tutish nazariy hamda metodologik muammolar yechimini 
oqilona topishga puxta negiz hozirlaydi, boshlang‘ich harakat nuqtasini belgilab 
berishga xizmat qiladi. Nazariy mulohazalarga binoan, faoliyat, xulq va 
muomalaning bir tekis, samarali kechishi genetik nuqtai nazardan quyidagilarga 
bog’liq: 
Inson hayotini va faoliyatini o‘zgartiruvchi asosiy omillar mavjud bo‘lib, ular 
muayyan darajada shaxsning ta’siriga beriluvchandirlar. 
Umumiy psixologiyaning asosiy printsiplari, determinizm, ong va faoliyat 
birligi, psixikaning faoliyatida rivojlanishi bo‘lib hisoblanadi. 
1. Determinizm (lotincha belgilayman ma’nosini bildiradi) printsipi tabiat va 
jamiyat hodisalari, shu jumladan, psixik hodisalarning obyektiv sabablar bilan 
belgilanishi haqidagi ta’limotdir. Shu boisdan psixika, ongning obyektiv borliq va 
nerv sistemasi bilan belgilanishi ilmiy psixologiyaning buyuk yutug‘i hisoblanadi. 
Shuning uchun determinizm psixikaning turmush tarzi bilan belgilanishini va 
turmush tarzi o‘zgarishiga mutanosib ravishda u ham o‘zgarishini anglatadi. Shuni 
alohida ta’kidlash joizki, hayvonlar psixikasining rivojlanishini biologik qonun 
tarzidagi tabiiy tanlash mezoni bilan o‘lchanadi. Hayvonlardan farqli o‘laroq 
insonda ong shakllanishining paydo bo‘lishi muayyan bosqichlar orqali rivojlanishi 
moddiy ishlab chiqarilish vositalarini yaratish hamda takomillashtirish, 
mahsulotlarni qayta ishlash qonunlari bilan belgilanadi. Inson ongining ijtimoiy-
tarixiy taraqqiyot xususiyatiga ega ekanligini anglashi (tushunish) shaxs ongining 
ijtimoiy borliqqa (makro, mikro) bog‘liqligi haqidagi ham tabiatshunoslik, ham 


33 
insonshunoslik umumiy printsipiga asoslangan buyuk xulosa kishilik jamiyatining 
olamshumul tantanasidir. 
2. Ong bilan faoliyat birligi printsipini psixologiya fanida qabul qilinishi 
shunday ma’noni anglatadi: a) ong bilan faoliyat bir-biriga qarama-qarshi voqelik 
emas; b) ong bilan faoliyat aynan biror-biriga o‘xshash ham emas; v) ong bilan 
faoliyatning birligi ularning hukm surishi mexanizmidir. Faoliyat o‘zining tuzilishi 
bo‘yicha ichki va tashqi tarkiblariga ega bo‘lsa-da, voqelik tashqi ifodasi bilan 
ajralib turadi. Ong bo‘lsa faoliyatning ichki rejasini, uning dasturiy jabhasini aks 
ettiradi. Real vaqtlarning o‘zgaruvchan (rivojlanishini anglatuvchi) modeli ongda 
yuzaga keladi, odam atrof-muhit bilan munosabatga kirishganda undan mo‘ljal 
oladi, natijada nuqsonlarga yo‘l qo‘ymaydi. Faoliyat ong yordamida amalga oshadi 
va o‘z navbatida ong mazkur jarayonda takomillashadi (muammo va uning 
yechimi variantlar, invariantlar turtki vazifasini o‘ynaydi). 
Ilmiy tadqiqot nuqtai nazaridan ong bilan faoliyat birligi printsipi, 
birinchidan, xulq-atvor, faoliyatni maqsadga muvofiq amalga oshirishga kafolat 
beradi; ikkinchidan, harakat, sa’y-harakatlarni muvaffaqiyatlarga erishishni 
ta’minlovchi ichki psixologik mexanizmni aniqlashga imkon beradi; ularning 
birligi psixikaning obyektiv qonuniyatlarini ochishga muhim imkoniyat, puxta 
shart-sharoit yaratadi. 
Agarda psixika faoliyat samarasi va mahsuli sifatida talqin qilinsa, u taqdirda 
psixika va ongning faoliyatda rivojlanish printsipi to‘g‘ri tushunilgan bo‘ladi. 
Mazkur printsip rus psixologlari L.S.Vigotskiy, P.P.Blonskiy, S.L.Rubinshteyn, 
A.N.Leontev, B.M. Teplov, B.G.Ananev va boshqalarning ilmiy tadqiqotlarida o‘z 
ifodasini topgan. 
3. Psixikaning taraqqiyotini dialektika nuqtai nazaridan tushunish psixik 
taraqqiyot insonning mehnat faoliyatiga, ta’limga, o‘yin faoliyatiga bog‘liq 
ekanligini aniqlashdan dalolat beradi. Ijtimoiy tajribani o‘zgartirish jarayonining 
yuz berishi shaxs uchun psixik taraqqiyotning shakli sifatida xizmat qiladi va 
dasturiy bilimlarni egallashga mustahkam zamin hozirlaydi. Har qaysi faoliyat turi 
inson psixikasini rivojlantirish manbai va mexanizmi rolini bajaradi. 


34 
Psixologlarning ushbu printsipga taalluqli fikrlaridan namunalar keltiramiz: 1) 
L.S.Vigotskiy: ta’lim psixikaning rivojlanishini yo‘naltiradi, shu bilan birga bu 
jarayonda ongli faoliyatning yangi, mutlaqo boshqacha shakllari yaratiladi; 2) 
P.P.Blonskiy: tafakkur kichik maktab yoshida o‘yinlar bilan, o‘spirinlik yoshida 
o‘qish bilan bog‘liq tarzda rivojlanadi; 3) S.L.Rubinshteyn: ong faoliyatda paydo 
bo‘lib, ana shu faoliyatda shakllanadi; 4) B.M.Teplov: qobiliyat faqat rivojlanishda 
mavjud bo‘ladi; lekin rivojlanishi faoliyat jarayonidan boshqacha muhitda yuz 
bermagandek, qobiliyat tegishli yaqqol faoliyatdan ajralmagan holda paydo bo‘la 
olmaydi. 
Ma’lumki, psixika yuksak darajada tashkil topgan materiyaning xususiyati va 
miyaning mahsulidir. Psixika borliqning sezgi organlari orqali insonning miyasiga 
bevosita ta’sir etishi asosida vujudga kelib, bilish jarayonlarida, shaxsning 
xususiyati va holatlarida, diqqati, his-tuyg‘ulari, xarakter xislatlarida, qiziqishi 
hamda ehtiyojlarida o‘z ifodasini topadi. 
Psixikaning negizida miyaning reflektor faoliyati yotadi. Tashqi dunyodan 
kirib keladigan qo‘zg‘atuvchilarga ichki yoki tashqi biologik organlar javob 
reaksiyasini bildiradi. Bosh miya katta yarim sharlarida vujudga keladigan 
muvaqqat nerv bog‘lanishlari psixik hodisalarning fiziologik asoslari hisoblanadi 
va ular tashqi ta’sirning natijasida hosil bo‘ladi. 
Psixofiziologik qonuniyatlarga binoan miyaning funksiyasi muvaqqat nerv 
bog‘lanishlarining birlashish mexanizmi hamda analizatorlar faoliyati 
mexanizmlari ta’sirida hosil bo‘ladi. 
Psixikani tadqiq etish insonning butun ongli faoliyatini, uning ham nazariy, 
ham amaliy hayot faoliyatini o‘rganishdir. «Odamning ongliligi uning turli-tuman 
faoliyatida, xatti-harakatlarida namoyon bo‘ladi. Inson shaxsi har xil shakl va 
mazmunga ega bo‘lgan nazariy hamda amaliy faoliyatlarda tarkib topadi. Bunda 
muhit, irsiy belgilar, ijtimoiy ta’sir asosiy omillar hisoblanadi. 
Inson o‘zi yashab turgan davrni, moddiy turmushni aks ettiradi, ijtimoiy-
siyosiy muhit ta’siri ostida bilimlarni o‘zlashtira boradi, ijtimoiylashadi. Ijtimoiy 
muhitda uning his-tuyg‘ulari, xarakteri, qobiliyati, iqtidori, tafakkuri, ehtiyojlari, 


35 
e’tiqodi, uni faollikka da’vat qiluvchi harakat motivlari, istaklari, tilaklari, 
xohishlari asta-sekin o‘zgarib boradi. 
Insonning bilish faoliyati rivojlanishi unga o‘zini qurshab turgan borliqni 
yanada chuqurroq, to‘laroq, aniqroq aks ettirish imkoniyatini yaratadi va u 
borliqning asl mohiyatini, turli yo‘sindagi o‘zaro bog‘lanishlari, murakkab 
munosabatlari va aloqalarni tobora aniqroq yoritadi. Shu bilan birga mazkur 
jarayonlarda shakllanib kelayotgan insonning borliqqa, voqelikka, jismlarga, 
kishilarga va o‘ziga munosabati vujudga keladi. 
Inson ongining rivojlanishi uning tashqi olamni faol aks ettirishda namoyon 
bo‘ladi. Insonning moddiy turmushi, u hayot kechirayotgan tuzumning moddiy 
asosiga emas, balki uni qurshab olgan odamlarning turmush tarzlari, umuminsoniy 
qiyofalari, dunyoqarashi, maslagi, ijtimoiy voqelikka munosabatlari, intilishlari, 
ijod mahsullari va xatti-harakatlarining majmuasidir. 
Insonning borliqni aks ettirishi faol jarayondir. Insonning rivojlanishi 
obyektiv borliqqa va o‘ziga faol ta’sir ko‘rsatishida sodir bo‘ladi. O‘yinni 
kuzatishi, mehnati, o‘qishi, adabiy asarni mutolaa qilishi, qiziqishining 
barqarorlashuvi va boshqalar shaxsning psixik rivojlanishini ifodalaydi. 
Rivojlanish inson shaxsining tarkib topishi jarayonidir. Rivojlanish o‘zaro 
bog‘liq qator bosqichlarda amalga oshadi. Shaxs aql-zakovatining ko‘rsatkichi, 
sifati, xususiyati uning atrofdagi odamlar bilan kundalik munosabatlari va amaliy 
faoliyatida vujudga keladi, o‘zaro ta’sir natijasida unda aqlning ijodiy 
mahsuldorligi, teranligi, tezligi, mustaqilligi, tanqidiyligi, chuqurligi orta boradi. 
Jahon psixologiyasi fanida shaxsning kamoloti, uning rivojlanishi to`g`risida 
xilma-xil nazariyalar yaratilgan bo`lib, tadqiqotchilar inson shaxsini o`rganishda 
turlicha pozitsiyada turadilar va muammo mohiyatini yoritishda o`ziga xos 
yondashishga egadirlar. Mazkur nazariyalar qatoriga biogenetik, sotsiogenetik, 
psixogenetik, kognitivistik, psixoanalistik, bixevioristik kabilarni kiritish mumkin. 
Quyida sanab o`tilgan nazariyalar va ularning ayrim namoyandalari tomonidan 
shaxsni rivojlantirishning printsiplari to`g`risidagi qarashlariga to`xtalib o`tamiz. 


36 
Biogenetik nazariyaning negizida insonning biologik yetilishi bosh omil 
sifatida qabul qilingan bo`lib, qolgan jarayonlarning taraqqiyoti ixtiyoriy xususiyat 
kasb etib, ular bilan o`zaro shunchaki aloqa tan olinadi, xolos. Mazkur nazariyaga 
binoan, 
taraqqiyotning 
bosh 
maqsadi 

biologik 
determinantlariga 
(aniqlovchilariga) 
qaratiladi 
va 
ularning 
mohiyatidan 
sotsial-psixologik 
xususiyatlar keltirilib chiqariladi. 
Taraqqiyot jarayonining o`zi, dastavval biologik yetilishning universal 
bosqichi sifatida sharhlanadi va talqin qilinadi. 
Biogenetik qonunni F.Myuller va Gekkellar kashf qilishgan. Biogenetik 
qonuniyat organning taraqqiyoti nazariyasini tashviqot qilganda hamda 
antidarvinchilarga qarshi kurashda muayyan darajada tarixiy rol o`ynagan. Biroq 
individual va tarixiy taraqqiyoti munosabatlarini tushuntirishda qo`pol xatolarga 
yo`l qo`ygan. Jumladan, biogenetik qonunga ko`ra, shaxs psixologiyasining 
individual taraqqiyoti (ontogenez) butun insoniyat tarixiy taraqqiyotining 
(filogenez) asosiy bosqichlarini qisqacha takrorlaydi, degan g`oya yotadi. 
Nemis psixologi V.Shternning fikricha, chaqaloq (yangi tug`ilgan bola) hali u 
odam emas, balki faqat sut emizuvchi hayvondir, u olti oylikdan oshgach, psixik 
taraqqiyoti jihatidan faqat maymunlar darajasiga tenglashadi, ikki yoshida esa 
oddiy odam holiga keladi, besh yoshlarda ibtidoiy poda holatidagi odamlar 
darajasiga yetadi, maktab davridan boshlab ibtidoiy davrni boshidan kechiradi, 
kichik maktab yoshida o`rta asr kishilar ongiga va nihoyat yetukli davrdagina (16-
18 yoshlarda) u hozirgi zamon kishilarining madaniy darajasiga erishadi. 
Biogenetik nazariyaning yirik namoyandalaridan biri bo`lmish amerikalik 
psixolog S.Xoll psixologik taraqqiyotning bosh qonuni deb «rekapitulyatsiya 
qonuni»ni (filogenezni qisqacha takrorlashni) hisoblaydi. Uning fikricha, 
ontogenezdagi 
individual 
taraqqiyot 
filogenezning 
muhim 
bosqichlarini 
takrorlaydi. Olimning talqiniga binoan, go`daklik hayvonlarga xos taraqqiyot 
pallasini qaytarishdan boshqa narsa emas. Bolalik davri esa qadimgi odamlarning 
asosiy mashg`uloti bo`lgan ovchilik va baliqchilik davriga aynan mos keladi. 8-12 
yosh oralig`ida o`sish davri o`smiroldi yoshidan iborat bo`lib, yovvoyilikning oxiri 


37 
va sivilizatsiyaning boshlanishidagi kamolot cho`qqisiga hamohangdir. O`spirinlik 
esa jinsiy yetilishdan (12-13) boshlanib, to yetuklik davri kirib kelgunga qadar (22-
25 yoshgacha) davom etib, u romantizmga ekvivalentdir. S.Xollning talqiniga 
qaraganda, bu davrlar «bo`ron va tazyiqlar», ichki va tashqi nizolar (konflikt)dan 
iborat bo`lib, ularning kechishi davomida odamda «individuallik tuyg`u»si vujudga 
keladi. Shaxsni rivojlanishining ushbu nazariyasi o`z davrida bir talay tanqidiy 
mulohazalar manbai vazifasini o`tadi, chunki inson zotidagi rivojlanish bosqichlari 
filogenezni aynan takrorlamaydi va takrorlashi ham mumkin emas. 
Biogenetik 
konsepsiyaning 
boshqa 
bir 
turi 
nemis 
«konstitutsion 
psixologiyasi» (insonning tana tuzilishiga asoslagan nazariya) namoyandalari 
tomonidan ishlab chiqilgan. Y.Krechmer shaxs (psixologiyasi) tipologiyasi 
negiziga bir qancha biologik omillarni (masalan, tana tuzilishining tipi va 
boshqalarni) kiritib, insonning jismoniy tipi bilan o`sishining xususiyati o`rtasida 
uzviy bog`liqlik mavjud, deb taxmin qiladi. Ye.Krechmer odamlarni ikkita katta 
guruhga ajratadi va uning bir boshqa sikloid toifasiga xos (tez qo`zg`aluvchi, his-
tuyg`usi o`ta barqaror), ikkinchi uchida esa shizoid toifasiga (odamovi, 
munosabatga qiyin kirishuvchi, his-tuyg`usi cheklangan) xos odamlar turishini 
aytadi. Bu taxminini u shaxs rivojlanishi davriga ko`chirishga harakat qiladi, 
natijada o`smirlarda sikloid xususiyatlari (o`ta qo`zg`aluvchanlik, tajovuzkorlik, 
affektiv tabiatlilik), ilk o`spirinlarda esa shizoidlik xususiyatlari bo`ladi, deya 
xulosa chiqaradi. Lekin insonda biologik shartlangan sifatlar hamisha yetakchi va 
hal qiluvchi rol o`ynay olmaydi, chunki shaxsning individual-tipologik 
xususiyatlari bir-biriga aynan mos tushmaydi. 
Biogenetik nazariyaning namoyandalari amerikalik psixologlar A.Gezell va 
S.Xoll taraqqiyotning biologik modeliga chamalab ish ko`radilar, bu jarayonda 
muvozanat, integratsiya va yangilanish sikllari o`zaro o`rin almashinib turadi, 
degan xulosaga keladilar. 
Psixologiya tarixida biologizmning eng yaqqol ko`rinishi Zigmund Freydning 
shaxs talqinida o`z ifodasini topgan. Uning ta`limotiga binoan, shaxsning barcha 
xatti-harakatlari (xulqi) ongsiz biologik mayllar yoki instinktlar bilan shartlangan, 


38 
ayniqsa, birinchi navbatda, u jinsiy (seksual) mayliga (libidoga) bog`liqdir. Bunga 
o`xshash biologizatorlik omillari inson xulqini belgilovchi birdan-bir mezon yoki 
betakror turtki rolini bajara olmaydi. 
Biogenetik nazariyaning qarama-qarshi ko`rinishi - bu aksil qutbga 
joylashgan sotsiogenetik nazariya hisoblanadi. Sotsiogenetik yondashishga binoan, 
shaxsda ro`y beradigan o`zgarishlar jamiyatning tuzilishi, ijtimoiylashish 
(sotsializatsiya) usullari, uni qurshab turgan odamlar bilan o`zaro munosabati 
vositalaridan kelib chiqqan holda tushuntiriladi. Ijtimoiylashuv nazariyasiga ko`ra, 
inson biologik tur sifatida tug`ilib, hayotning ijtimoiy shart-sharoitlarining bevosita 
ta`siri ostida shaxsga aylanadi. 
G`arbiy Yevropaning eng muhim nufuzli nazariyalaridan biri - bu rollar 
nazariyasidir. Ushbu nazariyaning mohiyatiga binoan jamiyat o`zining har bir 
a`zosiga status (haq-huquq) deb nomlangan xatti-harakat (xulq)ning barqaror 
usullari majmuasini taklif qiladi. Inson ijtimoiy muhitda bajarishi shart bo`lgan 
maxsus rollari shaxsning xulq-atvor xususiyatida, o`zgalar bilan munosabat, 
muloqot o`rnatishida sezilarli iz qoldiradi. 
AQShda keng tarqalgan nazariyalardan yana bittasi - bu individual tajriba va 
bilimlarni egallash (mustaqil o`zlashtirish) nazariyasidir. Mazkur nazariyaga 
binoan shaxsning hayoti va uning voqelikka nisbatan munosabati ko`pincha 
ko`nikmalarni egallash va bilimlarni o`zlashtirishning samarasi qo`zg`atuvchini 
uzluksiz ravishda mustahkamlanib borishning mahsulidir. (E.Torndayk, B.Skinner 
va hokazo). 
K.Levin tomonidan tavsiya qilingan «fazoviy zarurat maydoni» nazariyasi 
psixologiya fani uchun (o`z davrida) muhim ahamiyat kasb etadi. K.Levinning 
nazariyasiga ko`ra individning xulqi (xatti-harakati) psixologik kuch vazifasini 
o`tovchi ishtiyoq (intilish), maqsad (niyat)lar bilan boshqarilib turiladi va ular 
fazoviy zarurat maydonining ko`lami va tayanch nuqtasiga yo`naltirilgan bo`ladi. 
Yuqorida tahlil qilingan (sharhlangan) har bir nazariya shaxsning ijtimoiy 
xulqi (xatti-harakati)ni o`zgalar uchun yopiq muhit xususiyatlaridan kelib chiqqan 


39 
holda tushuntiradi, bu o`rinda odam xohlaydimi yoki yo`qmi bundan qat`iy nazar 
mazkur sharoitga moslashmog`i (ko`nikmog`i) zarur, degan aqidaga amal qilinadi. 
Bizningcha, barcha nazariyalarda inson hayotining ijtimoiy-tarixiy vaziyatlari 
va obyektiv shart-sharoitlari mutlaqo e`tiborga olinmaganga o`xshaydi. 
Psixologiyada psixogenetik yondashish ham mavjud bo`lib, u biogenetik, 
sotsiogenetik omillarning qimmatini kamsitmaydi, balki psixik jarayonlar 
taraqqiyotining birinchi darajali ahamiyatga ega deb hisoblaydi. Ushbu 
yondashishning uchta mustaqil yo`nalishga ajratib tahlil qilish mumkin, chunki 
ularning har biri o`z mohiyati, mahsuli va jarayon sifatida kechishi bilan o`zaro 
tafovutlanadi. 

Yüklə 5,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   138




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin