2
A.M.NAZAROV
UMUMIY PSIXOLOGIYA
Umumiy psixologiyasi nomli o`quv qo`llanmada
shaxsdagi psixologik
holatlar, xususiyatlar, jarayonlar haqidagi nazariy bilimlar berilgan.
Mazkur o`quv qo`llanmada umumiy psixologiyaga kirish, nutq,
faoliyat,
shaxs, bilish jarayonlari,
shaxsning hissiy-irodaviy, motivatsion sohasi, shaxsning
individual psixologik xususiyatlari haqidagi ma`lumotlar keltirilgan.
Shuningdek,
o`quv qo`llanmada shaxs to‘g‘risida tushuncha,
uning tuzilmasi, nazariyalari,
asosiy
metodlari, shaxs ehtiyojlari, motivatsiyasi, qiziqishi, emotsiyasi (hissiyoti),
xarakteri, irodasi, qobiliyati, temperamenti, bilish jarayonlari hamda ularning jahon
psixologiyasi fanida o‘rganilishi masalalari o‘z ifodasini topgan.
Ushbu o`quv qo`llanma oliy o‘quv yurtlarining 5112200 –
maktabgacha va
boshlang`ich ta`limda xorijiy til (tillar bo`yicha) ta`lim yo`nalishi talabalari,
magistrlar, o'qituvchilar, mustaqil izlanuvchi-tadqiqotchilar uchun mo'ljallangan.