11
qonuniyatlari, haqidagi bilimlarini kengaytirish, chuqurlashtirish va oydinlashtirish
uchun ham ko`p material beradi va shu bilan psixologiyani
nazariy sohalarini
boyitadi.
Psixologiyaning ilmiy bilish va amaliy ahamiyati shundan ham ko`rinadiki,
psixologiyaning tarixiy taraqqiyotida unda bir qancha maxsus tarmoqlar ajralib
chiqdi. Psixologiyaning bu tarmoqlari hozirgi vaqtda
mustaqil fanlar darajasiga
ko`tarildi. Psixologiyada tekshiriladigan psixik hayot hodisalari juda xilma-xil va
murakkab hodisalardir. Bu hodisalar
qanday metodlar bilan, ya`ni qaysi yo`llar
bilan, qanday usullar bilan tekshiriladi, degan savol tug`iladi.
Psixologiyada chinakkam ilmiy bilimga ega bo`lmoq uchun psixikani
tekshirish metodlarini bilish va shu metodlardan foydalana bilish kerak.
Har bir
pedagog kishilar psixikasini tekshirish uchun loaqal eng oddiy usullarni bilishi
lozim.
Har bir fan kabi psixologiya ham psixik (ruhiy)
hayot hodisalarini
chinakkamiga ilmiy asosda bilib olish uchun quyidagi talablariga amal qilish
lozim: Tekshiriladigan har bir psixik hodisaga boshqa hodisalar bilan bog`langan
deb qaralishi zarur. Masalan, psixik hodisaning uning
nerv fiziologik asosdan
ajratib o`rganish yaramaydi, xotirani tafakkur, diqqat va umuman shaxsdan ajratib
o`rganish yaramaydi va hokazo.
Har bir psixik hodisa va umuman shaxs vujudga kelish,
taraqqiy etish va
o`zgarish jarayonida ko`zdan kechirilishi zarur. Shuning uchun, masalan,
bolalar
va o`smirlar psixikasining taraqqiyot qonunlarini bilmasdan turib,
voyaga yetgan
odam psixikasining yetarlicha yaxshi bilib bo`lmaydi.
Dostları ilə paylaş: