1.4. Psixologiyaning o‘rganilish bosqichlari (bixeviorizm, neobixeviorizm,
neofreydizm)
Psixik hayot hodisalarning ularning taraqqiyot jarayonidan o`rganganda
miqdor o`zgarishlarining sifat o`zgarishlariga o`tishini va bir sifat holatining
ikkinchi sifat holatiga o`tishini ko`zdan kechirmoq kerak. Masalan, odam
psixikasining taraqqiy etishini o`rgana turib, bilim olish va to`plash jarayonida
12
odamning bilish qobiliyatlari: xotirasi, tafakkuri va nutqi, mushohadakorligi sifat
jihatidan o`zgarishni ko`rsatib bersa bo`ladi. Odam ongi uning tarixiy taraqqiyotida
shakllanadi. Hozirgi mustaqillik sharoitida milliy ongning shakllanishiga taalluqli
umumiy ilmiy qonuniyatlarni izlash, yangicha tafakkur qilish va dunyoqarashni
shakllantirish milliy mafkura va milliy g`oyani shakllanishiga ijobiy ta`sir
ko`rsatadi.
Odamning tevarak atrofdagi voqe`likni bilishi kuzatishdan, tajribadan
boshlanadi. Shu sababli, ilmiy psixologiya ham o`z mavzuini o`rganishni
tajribadan, psixik hayot faktlarini aniqlash, tasvir etish va tahlil qilishdan boshlashi
lozim. So`ngra, aniqlangan va tahlil qilingan faktlar asosida, psixik hayot
qonuniyatlarini ochib, tegishli nazariy va amaliy xulosalar chiqarilishi lozim.
Psixologiyaning fan sifatida rivojlanishining umumiy ko’rinishi
Bosqich
Psixologiyaning
predmeti
Qisqacha ta’rifi
I bosqich
Psixologiya jon
(ruh) haqidagi fan.
Bunday ta’rif psixologiyaga 2500
avval berilgan. Inson hayotidagi turli
tushunarsiz hodisalarni jon (ruh)ning
mavjudligi va uning xususiyatlari
bilan tushuntirishga harakat qilganlar.
II bosqich
Psixologiya ong
haqidagi fan.
XVII
asrda
tabiiy
fanlarning
rivojlanishi ta’siri ostida shakllangan.
Kishining
fikrlashi,
his
qilishi,
istaklarini – ongning shakli deb
qaralgan.
Psixologiyaning
asosiy
metodi introspeksiya (o’zini kuzatish)
deb hisoblaganlar.
III bosqich
Psixologiya xulq-
atvor haqidagi fan.
XX asrning boshida shakllangan.
Psixologiyaning
asosiy
vazifasi
kishining xulq-atvorini, harakatlarini,
o’zini
tutishini
kuzatish
deb
hisoblaganlar. Xatti-harakatlar asosida
yotgan motivlar hisobga olinmagan.
IV bosqich
Psixologiya
psixikaning
Hozirgi zamon. Falsafiy va tabiiy
fanlarga oid bilimlarning rivojlanishi
13
qonuniyatlari va
mexanizmlari
haqidagi fan.
ta’siri ostida shakllangan va mustaqil,
ko’p sohali, eksperimental fanga
aylangan.
Psixika, ong – faqat yuksak darajada tashkil topgan materiyaning xossasidir.
Hayvonlar bilan odamlar organizmiga xos bo`lgan nerv sistemasi ana shunday
yuksak darajada tashkil topgan materiyadir. Psixikaning bevosita moddiy substrati
(asosi) – odamning bosh miyasidir. Odamning psixikasi, ongi – bosh miya
funksiyasidir.
Psixika, ong materiya taraqqiyotining faqat yuksak bosqichlarida paydo
bo`ladi. Materiya taraqqiy qilib borgan sari turli qonuniyatlar va xossalar -
mexanik, fizik, kimyoviy, biologik va boshqa qonuniyat va xossalar paydo bo`ladi
va taraqqiy qiladi, organik olam taraqqiyotining eng yuksak bosqichidagina
materiyaning psixika, sezgi, ong, tafakkur, deb ataladigan alohida xossalari
vujudga keladi.
Olam taraqqiyoti tarixida psixika, ong, bo`lmagan davr o`tgan. Psixika olam
taraqqiyotining eng yuksak bosqichlaridagina paydo bo`ldi.
Psixika materiyaning alohida xossasi bo`lib, bu xossa obyektiv voqe`likni
alohida bir ravishda aks ettirish qobiliyatidan iboratdir. Aks ettirish degan so`zning
ma`nosi har xil tushuniladi. Tevarak-atrofdagi voqe`likni aks ettiradigan ko`pgina
narsalar ma`lum, masalan, suv aks ettiradi, ko`zgu aks ettiradi va hokazo. Bu
misollarda biz fizik hodisa sifatidagi aks etish (in`ikos)ni ko`ramiz. Psixik
hodisalar haqida so`zlashganimizda esa sifat jihatdan boshqacha, o`ziga xos
ravishda aks etishini nazarda tutmog`imiz kerak. Bu aks ettirish sezgilarda,
xotirada, tafakkurda va boshqa shu kabilarda o`z ifodasini topadi.
14
Insonning aks ettirish jarayoni o`z mohiyati va xarakteri jihatidan 2
bosqichdan iboratdir. 1) Hissiy (aks ettirish) bilish bo`lib, u sezish, hissiy qabul
qilish, xotira va tasavvurlardan iboratdir. 2) Aqliy bilish bosqichi bo`lib, u
tafakkurdan iboratdir.
Hissiy bilishning boshlang`ich shakli - sezgidir. Chunki hissiy bilishning
boshqa shakllari – hissiy qabul qilish sezgiga nisbatan ancha murakkab bo`lib, u
sezish asosida vujudga keladi. Hissiy qabul qilishning sezishdan farqi shundaki,
unda predmetlarning ayrim xossalarni emas, balki predmet bir butun holda aks
etadi.
Hissiy bilishning yana bir shakli tasavvurdir. Tashqi ta`sir natijasida vujudga
kelgan nerv va miya qobig`ining ma`lum qismidagi qo`zg`alish – sezish, qabul
qilish – ma`lum davrgacha o`z izini qoldiradi, ya`ni tashqi ta`sir to`xtagandan
so`ng qo`zg`alishning, sezishning izi saqlanib qoladi. O`sha ta`sir etgan predmetga
aloqador bo`lgan, unga qandaydir munosabatda bo`lgan hodisa ta`siri natijasida
izlar yana qayta tiklanishi mumkin.
Miya qobig`ida saqlanib qolgan shu fiziologik izlarning tiklanishi, qaytadan
qo`zg`alishi tasavvur, xotirani vujudga keltiradi. Insonning bilish jarayoni hissiy
bilish bilangina cheklanmaydi. Hissiy bilish yoki jonli kuzatish inson bilishining
pastki bosqichida vujudga keladi, bu bosqich asosida ijtimoiy mehnat jarayonida
ikkinchi yuqori bosqich – aqliy bilish, tafakkur paydo bo`ladi. Hissiy bilish orqali
obyektiv reallikdan olingan «materiallar»ni qayta ishlash, ularni munosabatlari,
ichki xususiyatlarini aniqlash, muhim va asosiy tomonlarini nomuhimlaridan
ajratib olish, ularning qonuniyatlarini ochish aqliy bilish va tafakkurda amalga
oshiriladi. Odam bilan uning tevarak-atrofidagi olam o`rtasida doimo o`zaro bir-
biriga ta`sir qilish jarayoni bo`lib turadi. Odam bu protsessda dunyoni o`z psixikasi
bilan aks ettiradi. Shu bilan birga, voqe`lik odam ongida ko`zgudagi kabi passiv
ravishda aks etmay, balki aktiv ravishda aks etadi: odam tevarak-atrofdagi olam
bilan o`zaro bir-biriga ta`sir ko`rsatar ekan, shu jarayonda olamga ta`sir etadi, uni
o`zgartiradi va uni o`z ehtiyojlariga moslashtiradi.
15
Inson o‘zining kimligini anglashga intilishdan, o‘z ruhiy dunyosini va
o‘zgalar ruhiyatini bilish istagi paydo bo‘lishdan, tabiat va jamiyat hodisalarini
tushunishga ehtiyoj sezishdan, o‘tmish, hozirgi zamon, kelajak haqida mulohaza
yuritishdan e’tiboran psixologiya fan sifatida rivojlana boshladi. Psixologik
bilimlar juda uzoq o‘tmish tarixga ega bo‘lsa-da, lekin u fan sifatida falsafadan
XIX asrga kelib ajralib chiqdi. Psixologiyani alohida fan sifatida ajralib chiqishiga
o‘sha davrda kishilik jamiyatida yuz berayotgan ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy
o‘zgarishlar sabab bo‘ldi, chunki bular ijtimoiy zaruriyatning taqozosi edi.
Psixologik holatlarni tadqiq qilish, ya’ni psixika mohiyatini tushunish maqsadida
o‘sha davrda eksperimental ilmiy-psixologik laboratoriyalar vujudga kela boshladi.
Ilk psixologik tadqiqotlar laboratoriyasi nemis olimi V. Vundt tomonidan 1879
yilda Leypsig universitetida tashkil qilindi. Xuddi shu laboratoriya andozasi
bo‘yicha boshqa mamlakatlarda bir qancha mustaqil laboratoriyalar ochildi. XIX
asrning oxiri va XX asrning boshlariga kelib psixologiya fani to‘grisidagi ilmiy
tushunchalarda keskin o‘zgarishlar yuzaga keldi va ularning ta’siri natijasida
psixologiyaning tadqiqot obyekti sifatida insonga muhitning ta’siri, uning xulq-
atvorini o‘rganish muammolari tanlab olindi. Shu davrda psixologiya fanining
rivojlanishiga ijobiy hissa qo‘shgan psixologiya maktablari vujudga keldi,
jumladan, Amerika (AQSh) psixologiyasining asosiy yo‘nalishlaridan bo‘lgan
bixeviorizm, Germaniya geshtaltpsixologiya maktabi, Venada Z.Freydning
psixoanalizi va boshqalar. Shu maktablarning hammasi o‘zining nuqtai nazariga
asoslanib, psixologiya fanining tarkibiy qismlarini o‘rganishga harakat qildi.
Psixologik konsepsiyalarning rang-barangligi sababli va fan-texnikaning
rivojlanishi ta’siri bilan psixologiya o‘zining tadqiqot obyektlariga ega bo‘lgan
ko‘plab sohalarga ajrala boshlandi. Hozirgi davrda psixologiyaning nazariy va
amaliy yutuqlari atrof-muhit hamda jamiyatning juda keng qirralariga tatbiq
qilinmoqda.
Dostları ilə paylaş: |