Pul haqida bolalar bilan qanday gaplashish kerak?!
O‘zbekistonda aksariyat ota-onalar, ayniqsa bolalar haqida gap ketganda, moliyaviy savodxonlikning inson hayotidagi ahamiyatiga yetarlicha e'tibor bermaydilar. Farzandini pulga bo‘lgan munosabatini noto‘g‘ri shakllanishidan qo‘rqqan ota-onalar, ularning moliya to‘g‘risidagi bilimlarini minimal darajaga tushirib ikkita mutloq farqli tushuncha: “G‘amxo‘rlik” va” “moliyaviy savodxonlik”ni adashtirayotganliklarini sezmaydilar.
Darhaqiqat, bolalar maktabga borishlari, matematika, fizika, tarix kabi fanlaridan bilim olishlari va dunyoni o‘rganishlari kerak, biroq u yerda hayotiy muhim darslardan biri hisoblangan “pul bilan to‘g‘ri muomala qilish” kerakligi o‘rgatilmaydi. Axir ota-onalar bolalarini ma'lumotli tarbiyalashga harakat qilib, ularni real hayotga moliyaviy mustaqillikning asosiy vositasi bo‘lmish - moliyaviy savodxonlikka oid bilimlarni bermasdan turib tayyorlamoqda.
Bolalarni kelajakda moliyaviy mustaqil bo‘lishlari uchun ularga yoshliklaridan pul bilan qanday to‘g‘ri muomalada bo‘lish kerakligini o‘rgatish lozim. Bolalarni 4-5 yoshligidan boshlab ular bilan moliyaviy savodxonlik to‘g‘risida gaplashish mumkin va zarur. Sabab, bu yoshda bolalarda o‘zlarini o‘rab turgan barcha narsalar haqida juda ko‘p savollar paydo bo‘ladi.
Bolaga pul nima va u qaerdan olinishini tushuntirib berish kerak.
Erta yoshdan boshlab bolalar pul narsa xarid qilish uchun kerakligini tushinib yetishadi. image001Biroq ular pullarni qaerdan olinishini va ular qanday qilib ota-onalarining cho‘ntaklarida paydo bo‘lishini bilishmaydi. Pulning miqdori cheksiz emasligi va pulga ega bo‘lish uchun odam ishlashi kerakligi haqida bolaga tushuncha berish kerkak.
Bolaga qadimda odamlar pul va pul tushunchasi paydo bo‘lishdan avval qanday qilib savdo-sotiq ishlarini amalga oshirganliklarini hikoya qilib bersa bo‘ladi. Ularga barter (tovar almashinuvi) nima ekanligini tushuntiring. Masalan, oldinlari bir nechta tuxumni nonga almashtirish mumkin bo‘lgan. Biroq, vaqt o‘tishi bilan ayrim sabablarga ko‘ra tovarlar almashuvi qiyinlashdi:
Hamma narsani ham, vazni sababli osongina ko‘tarib yurib bo‘lmasdi;
Ba'zi mahsulotlarning sifati vaqt o‘tishi bilan yomonlashgan.