5. Moliyaviy vositalar haqida gapirib bering Bankning moliyaviy vositalari haqidagi bog‘cha yoshidanoq farzandingizga tushunchalarni berishni boshlashingiz mumkin. To‘lovni bank kartasi orqali amalga oshirish vaziyatida, farzandingizga to‘lovni qanday amalga oshirayotganingizni va pulni nimaga sarflayotganingizni albatta ko‘rsating. Ko‘pincha bolalar ota-onalari nimanidur bank kartalari orqali yoki onlayn tarzida sotib olishayotganlarini ko‘rib, xoxlagan narsani istalgan vaqtda, xaqiqiy pullarni sarflamay olish mumkin degan noto‘g‘ri fikr paydo bo‘ladi.
Buni oldini olish uchun ularga banklar va bank kartalari tizimi haqida gapirib bering. Siz ishlab topayotgan pulingiz avtomatik tarzda sizning hisob raqamingizga kelib tushushini tushuntiring.
Bankomatlardan olayotgan naqd pullaringiz bank kartangiz hisob raqamidan yechib olinishini ham tushuntirishingiz muhimdir. Bundan tashqari siz bir oylik xarajatlaringizni to‘planishini bank kartasi xarajatlar ma'lumotnomasi orqali ko‘rsatishingiz mumkin.
Bugungi kunda O‘zbekistondagi tijorat banklari bolalar uchun plastik kartalarini ochish xizmatini taklif qilmoqda. Aslini olganda, ushbu kartalar ota-onalarning bank hisob raqamiga bog‘langan qo‘shimcha kartalardir. O‘z pasportlariga yoki shaxsini tasdiqlovchi boshqa hujjatlarga ega balog‘at yoshidagilar uchun banklar kartani mustaqil ravishda ochishni taklif qiladi. Ammo shu bilan birga, ota-onalarning yozma roziligi ham talab qilinishi mumkin.
Bolaning moliyaviy savodxonligi uchun qadam tashlandi!
Ushbu maqolada biz, bolaga qanday qilib moliya dunyosini tushunishga yordamlashish, uning ertangi kuniga ishonch berish, aniq maqsadlar qo‘yish va muvaffaqqiyatga yo‘lini ochish haqida qisqacha ma'lumot berishga harakat qildik. Sizlar bu bilmlarni amaliyotda qo‘llasangiz bo‘ldi.
Kichik qadamlardan boshlang, o‘yinlar orqali barchasini jonlantiring, farzandingizni mustaqilligini rag‘batlantitib boring, boshqalardan faqrli ravishda siz uni nima ko‘proq jalb qilishini bilasiz. Yuqorida taklif etilgan turli hil usullarni sinab ko‘ring yoki bo‘lmasa o‘zingizning yondashuvlaringizni o‘ylab topishingiz mumkin.