rivojlantirish, uni amaliyotga joriy etish, o’qishni, mustaqil bilim olishni
vositalarini ishlab chiqish, o’zlashtirish, yangi pedagogik va innovatsion
texnologiyalari asosida talabalarni o’qitishni jadallashtirish ana shunday dolzarb
va innovatsion texnologiyalarini o’zlashtirishga, o’rta maxsus, kasb-hunar
7
ta’limi muassasalarida kasbiy tayyorgarligi yuqori bo’lgan pedagog kadrlarni
tayyorlashga yo’naltirishni taqozo etadi [3].
Ilm-fan taraqqiy etayotgan zamonaviy jamiyatda rivojlangan axborot-
kommunikatsiya tizimlari vositasida turli fan sohalarida erishilgan yutuqlarning
tez yangilanib borishi fizika fanini o’qitishda pedagogik va innovatsion
texnologiyalaridan foydalanish, o’quv jarayoniga komp’yuterli o’qitish va
nazorat qilish texnologiyalarini ishlab chiqish va qo’llash vazifasini qo’yadi.
Mamlakatimiz akademik litsey va kasb-hunar kollejlariga kirib
kelayotgan zamonaviy komp’yuterlardan foydalanish, elektron darsliklar
yaratish, fizika darsi jarayonini virtuallashtirish, o’qitishda virtual va
mul’timedia vositalaridan foydalanish, ta’limning virtual bazasini yaratish kabi
vazifalarni qo’ymoqda. Pedagogik va innovatsion texnologiyalarning ta’lim-
tarbiya sohasidagi ahamiyati beqiyosdir. Fizika darslarida komp’yuter vositalari:
mul’timediyalar, virtual laboratoriyalar va virtual ko’rgazmalarning qo’llanilishi
dars samaradorligini oshirishning yana bir omili bo’lib xizmat qiladi [5, 6].
Pedagogik va innovatsion ta’lim jarayonida hozirgacha bo’lgan davrdagi
fizika fani bo’yicha yaratilgan elektron qo’llanmalarni tahlil qilgan holda
o’quvchilar uchun qulay bo’lgan, ham nazariy bilim beradigan, ham amaliy
ko’nikmalarni hosil qiladigan, fizik hodisalar, jarayonlar haqida tasavvurlarni
boyitadigan, o’z-o’zini sinab ko’rish imkoniga ega bo’lgan elektron
qo’llanmalarni yaratish muhim ahamiyat kasb etadi.
Dostları ilə paylaş: