O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi buxoro davlat universiteti


II.  MEXANIKA  VA  MOLEKULYAR  FIZIKANI  O’QITISHDA



Yüklə 1,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə14/26
tarix18.01.2022
ölçüsü1,74 Mb.
#51362
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   26
akademik litseyda mexanika va molekulyar fizikani oqitishning innovatsion usullari

II.  MEXANIKA  VA  MOLEKULYAR  FIZIKANI  O’QITISHDA 

INNOVATSION TEXNOLOGIYALARNI JORIY QILISH.  

2.1. Fizika faniga innovatsion texnologiyalarni joriy qilish. 

Mamlakatimizda  faoliyat    olib  borayotgan  soha  mutaxassislarini  fikricha 

«Innovatsion va pedagogik texnologiya» bu o’quvchilarni o’qitish, o’rgatish va 

ularni  har  tomonlama  rivojlantirish  qonun-qoidalarini  o’z  ichiga  olgan 

pedagogik tadbirlar tizimidan iborat. 

Yuqoridagi  fikrlardan  kelib  chiqib  shuni  aytish  mumkinki,  ta’limni 

texnologiyalantirishning  asosini,  ta’lim  jarayonlarini,  uning  samaradorligini 

oshirish  va  ta’lim  oluvchilarni,  berilgan  sharoitlarda  va  ajratilgan  vaqt  ichida 

loyihalashtirilayotgan  o’quv  natijalariga  erishishlarini  kafolatlash  maqsadida 

to’liq boshqarish g’oyasini tashkil etishdir [16]. 

Ta’lim  amaliyotida  «Pedagogik  texnologiya  va  innovatsion»  uchta 

ko’rinishdagi tayanch mazmunidan iborat: 

 

Umumiy pedagogik mazmun. Bu ko’rinish ta’lim muassasadagi ta’lim-



tarbiya mezoni bilan chambarchas bog’liq; 

 



Xususiy  uslubiy  mazmun.  Bu  o’quvchi  tomonidan  aniq  bir  mavzu 

uchun  tanlab  olingan  usul  va  didaktiv  vositalar  majmuasidan  iborat  bo’lib,  bu 

orqali ta’lim bosqichlari tizimga solinadi

 



Modulli  texnologik  mazmun.  Berilgan  ta’lim  mazmuni  qismlarini 

alohida texnologiyalashtiriladi va qo’yilgan maqsadga erishiladi. 

O’qituvchining  darsda  pedagogik  texnologiyani  joriy  qilishdagi 

bosqichlari quyidagicha: 

 

Ta’lim  oluvchilarga  bo’lajak  faoliyatning  maqsadlarini  qo’yish  va 



tushuntirish; 

 



O’qitishning tanlangan usullari, vositalari va shakllarini qo’llash; 

 



Ta’lim  oluvchilar  faoliyatini  rag’batlantirishning  turli  choralarini 

ko’rish; 




30 

 



 

O’qitish jarayonlarining sifatini nazorat qilish va baholash, ularni tahlil 

qilish  va  korreksiya  qilish  (Korreksiya-anomal  bolalarning  psixik  va  jismoniy 

taraqqiyotidagi  kamchiliklarni  pedagogik  usul  va  chora-tadbirlar  bilan  qisman 

yoki butunlay yo’qotish). 

O’qitish  texnologiyasini  joriy  qilish  va  amalga  oshirish  jarayonida, 

pedagogik  tizimning  barcha  komponentlarini  ularning  bir-biri  bilan  o’zaro 

bog’liqligi  va  o’zaro  belgilanganligi  albatta  mavjudligi,  o’quv  jarayoni 

qatnashchilarining  psixologik  shaxsiy  va  individual  xususiyatlarini  albatta 

hisobga olish va boshqa kabi omillarni hisobga olish kerak. 

Fizika faniga pedagogik texnologiyani kiritish mexanizmi: 

1. Jamoani guruhlarga bo’lish; 

2. Mavzuni tanlash; 

3.  Darsni  uslubiy  yo’llarini  izlash,  masalan,  seminar,  trening,  individual 

maslahat  berish,  ko’rgazmali  darslar  tashkil  qilish  bilan  o’quvchilarni  o’zaro 

faollikka olib kelish. 



Darsda innovatsion usullardan foydalanish. 

Innovastiya  –  ta’lim  tizimidagi  har  qanday  yangilik.  Ularni  baholash  va 

pedagogik  jamoa  tomonidan  o’zlashtirishi, qo’llashi.  Interfaol  (inter  lotincha  –

o’zaro) – o’zaro faol, ya’ni o’qituvchi bilan o’quvchining faol munosabati, idrok 

etishi,  to’liq  tushunishi.  Innovatsiya  –  bu  yangilikni  kiritish,  qo’llash  degan 

ma’noni anglatadi [23]. 

1.  Modellashtirish.  O’qitishning  bu  usuli  o’z  ichiga  real  hayotni  qayta 

tiklash uchun ishlab chiqilgan moslama yoki vaziyatni o’z ichiga oladi. 

2.  Namoyish  qilish.  (Demonstratsiya  –  lotincha  so’z  bo’lib, ko’rsataman, 

isbotlayman degan ma’noni bildiradi). 

3.  Kichik  guruhlarda  ishlash.  Kichik  guruhlarda  ishlash  asosan  alohida 

fizik  masalalar  yuzasidan  o’z  fikrini  ishlab  chiqqan  holda  uni  guruhda 

muhokama qilishga va har xil fikrlar asosida mushtarak nuqtai nazarga kelishga 

o’rgatadi. 



31 

 

4.  Aqliy  hujum.  Guruhdagi  har  bir  o’quvchiga  o’qituvchi  qo’ygan  savol 



yoki muammo yuzasidan aqlni ishlatib o’z fikrini bayon etishga imkon beruvchi 

o’quv  usulidir.  Usul  mohiyati  «bir  kalla-yaxshi,  yigirma  beshtasi  undan  a’lo» 

prinsipi  bo’yicha  o’qituvchi  tomonidan  belgilangan  muammo  yoki  savol 

yuzasidan ehtimol tutiladigan hamma fikrlar variantlarini bir erga jamlay olishda 

bo’lib,  istisno  tariqasida  bilim  oluvchilarning  barcha  fikrlari,  shu  jumladan, 

aytarli to’g’ri bo’lgan javob o’rganiladi. 

5.  Tanqidiy  tafakkur.  Tanqidiy  tafakkur  usuli  o’qituvchi  qo’ygan  masala 

yoki  muammoni  o’quvchi  o’z  fikrini  bayon  qilish,  o’zgalarning  fikrlarini 

tanqidiy  qayta  idrok  etish,  o’z  nuqtai  nazarini  asoslab  berish  va  saqlab  qolish 

imkoniyatiga ega bo’lishiga asoslanishidir. 

6. Debatlar. O’z nuqtai nazarini asoslashda guruhdagi barcha o’quvchilar 

(yoki asosiy qismi) ning bahslashuvida faol ishtirok etishni ta’minlovchi o’qitish 

usulidir. Bu usuldan foydalanish tanqidiy tafakkurni rivojlantiradi. O’quvchilar 

o’z  nuqtai  nazarini  ishlab  chiqishi,  uni  taqdim  etishi,  himoya  etishi,  so’ngra 

raqib  nuqtai  nazarini  rad  etishi  kerak.  Bahs  haqiqatni  yuzaga  keltirgani  bois, 

o’qituvchi guruhni ikki guruhga bo’lgan holda munozarani atayin avj oldiradi. 

7.  Nuqtai  nazaring  bo’lsin.  «Nuqtai  nazaring  bo’lsin»  usuli  o’quvchilar 

o’rtasida  munozaraning  yuzaga  kelishi  va  ular  munozara  jarayonida  fikrlarini 

o’z  guruhdoshlaridan  ularning  nuqtai  nazarini  o’zgartirishga  ishontiradigan 

g’oyalarni  eshitib  o’zgartirish  yoki avvalgisini  mustahkamlash  imkonini  berish 

maqsadida qo’llanadi. 

8.  Har  kim  har  kimga  o’rgatadi.  «Har  kim  har  kimga  o’rgatadi?  usuli 

o’quvchilarga  o’rgatuvchiga  aylanish,  ma’lum  bilimlarni  o’zlashtirgach 

o’rtoqlari bilan baham ko’rish imkonini beruvchi o’qitish usulidir. 

9.  Rolli  o’yinlar.  O’qitishning  bu  usulida  o’quvchilar  «real  hayot» 

holatlarini qayta joylashtiradilar. Bu ularga o’z amaliy ish faoliyatlarida qo’llash 

mumkin bo’lgan yangi turdagi faoliyatlarini sinab ko’rish va tekshirish imkonini  

beradi. 



32 

 

10.  Muayan  holatni  (vaziyat)  o’rganish.  Bu  kichik  guruhlarda o’tkazilib, 



o’qish, o’rganish, tahlil qilish, muhokama va erkin fikr almashish hamda qaror 

qabul qilish va bu qarorni boshqalarga yetkazish. 

11.  Modifikatsiyalangan  ma’ruza.  Bu  o’qitish  usulida  o’qituvchi  mavzu 

mazmunini  og’zaki  nutq  orqali  o’quvchilarga  yetkazadi.  Ammo,  an’anaviy 

ma’ruzadan farqli o’qituvchi va o’quvchi orasida faol muloqot bo’ladi. 

12.  O’yinlar.  Bu  o’qitish  usuli  modellashtirish  usulidan  biri  bo’lib, 

o’quvchilar diqqatini, tafakkurini, bilimdonligini aniqlaydi. 

13.  Bingo.  Bu  so’rash  va  takrorlash  usullaridan  biri  bo’lib,  o’quvchilar 

diqqatini, tafakkurini, bilimdonligini aniqlaydi. 

14.  Batakenet.  Bu  o’quvchining  jamoa  va  individual  bo’lib  ishlashga  va 

fikrlashga o’rgatadi. 

15.  Bumerang.  Bu  usul  bir  mashg’ulot  davomida  o’quv  materialining 

chuqur  va  yaxlit  holatda  o’rganish,  ijodiy  tushunib  etish.  Bilimlarni  erkin 

egallashg yo’naltirilgan. Bu turli mazmun va xarakterga ega bo’lgan mavzularni 

o’rganishga  mo’ljallangan  bulib,  o’z  ichiga  og’zaki  va  yozma  ish  shakllarini 

qamrab  oladi.  Mashg’ulot  davomida  har  bir  ishtirokchining  turli  tposhiriqlarni 

bajarishi, navbat bilan o’quvchi yoki o’qituvchi rolida chiqishi mumkin. Ushbu 

texnologiyani  qo’llash  natijasida  tanqidiy  fikrlash,  mantiqni  shakllantirishga 

imkoniyat  yaratadi;  xotirani,  g’oyalarni,  fikrlarni,  dalillarni  yozma  va  og’zaki 

shakllarda bayon qilish ko’nikmalarni rivojlantiradi. 

16.  Elpig’ich.  Bu  texnologiya  murakkab,  ko’p  tarmoqli,  mumkin  qadar 

muammo xarakteridagi mavzularni o’rgatishga qaratilgan. Bu usulning mohiyati 

shundan iboratki, bunda mavzuning turli tarmoqlari bo’yicha bir yo’la ma’lumot 

beriladi.  Ayni  paytda,  ularning  har  biri  alohida  nuqtai  nazardan  muhokama 

etiladi.  Masalan,  ijobiy  va  salbiy  tomonlari,  afzalligi,  fazilat  va  kamchiliklari, 

foyda  va  zarari  belgilanadi.  Bu  o’zaro  faol  texnologiya  tanqidiy,  tahliliy,  aniq 

mantiqiy  fikrlashni  muvaffaqiyatli  rivojlantirishga  hamda  o’z  g’oyalari, 

fikrlarini  yozma  va  og’zaki  shaklda  ixcham  bayon  etish  yoki  himoya  qilishga 

imkoniyat yaratadi. 



33 

 

Bu  texnologiya  kichik  guruhlarning,  har  bir  qatnashuvchilarning  faol 



ishlashiga qaratilgan. 

17.  Klaster  (Tarmoqlar  usuli).  Bu  fikrlarning  tarmoqlanishi,  ya’ni 

pedagogik  strategiya  bo’lib,  u  o’quvchilarni  biron  bir  mavzuni  chuqur 

o’rganishlariga  yordam  berib,  o’quvchilarni  mavzuga  taaluqli  tushuncha  yoki 

aniq  fikrni  erkin  va  ochiq  ravishda  ketma-ketlik  bilan  uzviy  bog’langan  holda 

tarmoqlashlariga  o’rgatadi.  Bu  usul  bilan  mavzuni  chuqur  o’rganishdan  avval 

o’quvchilarning  fikrlash  faoliyatini  jadallashtirsh  hamda  kengaytirish  uchun 

xizmat  qiladi.  Shuningdek,  o’tilgan  mavzuni  mustahkamlash,  yaxshi 

o’zlashtirish,  umumlashtirish  hamda  o’quvchilarni  shu  mavzu  bo’yicha 

tassavurini chizma shaklida ifodalashga undaydi. 

18.  Fikrlay  olasanmi?  Bunda  o’quvchilarning  fikrlash  qobiliyatini 

o’stirish maqsadida qiziqarli fizikaviy o’yin o’tkaziladi. 

19.  Skarabey.  O’zaro  faol  usul  bo’lib,  u  o’quvchilarda  fikriy  bog’liqlik, 

mantiq,  xotiraning  rivojlanishiga  imkoniyat  yaratadi, qandaydir  muammoni  hal 

qilishga, o’z fikrini ochiq va erkin ifodalangan mahoratini shakllantiradi.  

20.  Tarozi.  Bu  munozarali,  murakkab  mazmunli  mavzularni  o’rganishda 

qo’l  keladi.  U  tanqidiy  tafakkur,  mantiq,  ijodiy  izlanish,  fikran  tajribalarni 

rivojlantirishga  yo’naltirilgan.  Bu  texnologiya  dalillash  qobiliyatini 

rivojlantirish,  o’z  dalilarini  yozma  va  og’zaki  shaklda  ishonchli  va  lo’nda 

ifodalashni  shakllantiradi,  o’z  nuqtai  nazarini  himoya  qiladi,  muholiflarni 

ishontiradi,  munozara  madaniyatiga  o’rgatadi.  Bu  texnologiyani  o’quv 

materialini  o’rganishning  turli  bosqichlarida  qo’llanishi  mumkin.  Ammo  u 

o’tilgan  materiallar  bo’yicha  xulosa  qilish  bosqichida  yuqori  samara  va  natija 

beradi,  chunki  o’qiyotganlarning  yuqori  darajada  xabardorliklarini  va 

o’rganilgan  materiallardan  erkin  foydalanishni  nazarda  tutadi.  Bu  texnologiya 

kichik guruhlarda va jamoalar orasida tadbiq etilishi mumkin. 

Yuqorida  nomlari  yozilgan  innovatsion  usullarning  fizika  mavzularida 

qo’llashni ko’rib chiqamiz. 




34 

 


Yüklə 1,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   26




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin