O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi buxoro davlat universiteti



Yüklə 1,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə11/26
tarix18.01.2022
ölçüsü1,74 Mb.
#51362
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   26
akademik litseyda mexanika va molekulyar fizikani oqitishning innovatsion usullari

Birinchi holatda to’rt, besh kishidan iborat bo’lgan doimiy guruhlar. Unda 

talabalar  darsda,  darsdan  tashqarida,  oraliq  va  yakuniy  nazoratlarga  birga 

tayyorgarlik ko’radilar.  



Ikkinchi  holatda  mikroguruh  ayrim  darsning,  mavzuning  mazmuni, 

o’tkazilish tartibiga mos holda muvaqqat tarzda tuziladi. Bunda aynan bir vazifa 

bajarilishi, o’yin va treninglar o’tkazilishi mo’ljallanadi.  

Bu  usul  talabalarning  har  qanday  sharoitda  va    har  xil  jamoalarda  erkin 

muloqatga  kirishishi,  faolligining  yanada  ortishini  ta’minlashda  afzal 

hisoblanadi.  Mikroguruh  ichida  va  mikroguruhlar  orasida  ijobiy  ma’nodagi  

raqobatni  to’g’ri  tashkil  etish  ahamiyatlidir.  Ta’lim  jarayonida  pedagogik 

texnologiyalardan foydalanganda ta’lim metodlarini tanlash va samarali qo’llash 

alohida ahamiyatga ega ekanligi aniqlandi. 

O’rta  maxsus,  kasb-hunar  ta’lim  muassasalarida  o’quvchilarga    bilim 

berish,  ko’nikma  va  malakalar  hosil  qilish  uchun  ilg’or  pedagogik 

texnologiyalardan  foydalanish  ijtimoiy  zaruratga  aylandi.  Respublikamizda 

amalga oshirilayotgan ta’lim sohasidagi islohotlarning samaradorligini oshirish, 

bozor  munosabatlari  sharoitida  raqobatbardosh,  o’z  kasbining  bilimdoni  va 

mohir  egasi  bo’lgan  kadrlarni  tayyorlashda  pedagogik  va  innovatsion 

texnologiyalarning o’rni beqiyos ekanligi aniq isbotini topmoqda. 

Hozirgi zamon talablariga binoan o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi oldida 

turgan  eng  muhim  vazifalardan  biri  jahon  standartlari  talablariga  javob  bera 

oladigan  bilimli,  zukko  va  raqobatbardosh  mutaxassislar  tayyorlashdan 

iboratdir. Shuning uchun ham jahon andozalariga mos keladigan  fizika fanidan 

dars beradigan o’qituvchi-kadrlarni tayyorlash Respublikamizdagi davlat ta’lim 

standartlari  (DTS)  tizimining  eng  muhim  vazifalaridan  biridir  [8].  Bunda 

“Ta’lim to’g’risida”gi Qonun va “Kadrlar tayyorlashning milliy dasturi” hamda 

O’zbekiston  Prezidentining  ta’lim-tarbiya  va  kadrlar  tayyorlash  tizimining 

tubdan  isloh  qilish,  barkamol  avlodni  voyaga  etkazish  to’g’risidagi  farmonlari 

ta’lim muassasalarida amalga oshirilayotgan islohotlar uchun asos bo’lib xizmat 

qiladi.  Shunga  ko’ra,  sifatli,  yetuk  mutaxassis  tayyorlash  bilan  birga  ularni 



18 

 

xolisona, erkin fikr bildiradigan hamda Ona-Vatanga dildan xizmat qila oladigan 



barkamol inson bo’lishlari uchun ularning ijodiy tafakkurini rivojlantirib,  davlat 

oldida javobgarlikni his qila oladigan har tomonlama yetuk, barkamol yoshlarni 

tarbiyalash  va  komil  insonni  voyaga  yetkazish  murabbiylarimizning  asosiy 

burchidir. Bunda e’tiborni pedagogik texnologiyalarga qaratish muhimdir. 

“Texnologiya” – yunoncha so’z bo’lib, “texnos” – mahorat va “logos” – 

fan,  ta’limot  ma’nosini  bildiradi.  Ammo  bu  ta’rif  zamonaviy  texnologiya 

mazmunini  to’liq  ifodalab  berolmaydi.  Xalqaro  Yunesko  tashkiloti  pedogogik 

texnologiyalarga  shunday  ta’rif  beradi:  “Pedogogik  texnologiya  –  bu  ta’lim, 

shakllarini  optimallashtirish  (usul,  vosita,  metodlarini  bir-biriga  mos  tanlash) 

maqsadida  texnik  vositalar,  inson  salohiyati  (tug’ma  imkoniyatlar)  hamda 

ularning o’zaro ta’sirini inobatga olib, o’qitish va bilish, o’zlashtirishning barcha 

jarayonlarini  aniqlash,  yaratish  va  qo’llashning  tizimli  metodidir.”  Yangi 

pedagogik  texnologiyalar  esa,  “Ta’lim  to’g’risida”gi  Qonun,  “Kadrlar 

tayyorlash milliy dasturi” talablari asosida ta’lim mazmunini yangilanishi, buni 

amalga  oshirish  uchun  yangicha  yo’llarni  izlab  topish,  bunda  pedagogik 

loyihalardan  foydalanish  bo’lib,  bu  –  yangilik  hisoblanganligi  uchun  ham 

“pedagogik  texnologiya”  tushunchasiga  “yangi”  so’zini  qo’shib,  uni  “Yangi 

pedagogik texnologiyalar”, deyish mumkin [12].  

O’zbekistonlik  pedagog  olim  B.L.Farberman  pedagogik  texnologiyaga 

quyidagicha ta’rif beradi: “Pedagogik texnologiya – ta’lim jarayoniga yangicha 

yondoshuv  bo’lib,  pedagogikada  ijtimoiy  –  muhandislik  ong  ifodasidir.  U 

pedagogik  jarayonni  texnika  imkoniyatlari  va  insonning  texnikaviy  tafakkuri 

asosida standart holga solib, uning optimal loyihasini tuzib chiqish bilan bog’liq 

ijtimoiy hodisadir.” 

Yangi pedagogik texnologiyalar bo’yicha O’zbekistonda qator olimlar ish 

olib  bormoqdalar.  Bular:  B.L.Farberman,  M.Mahmudov,  K.Zaripov,  B.Adizov 

(“Ta’lim  texnologiya”si  kitobi  1999  yil),  O.Roziqov,  B.Ziyomuhammedov, 

N.Sayidahmedov,  J.Yo’ldoshev,  O’.Tolipov  va  boshqalarning  tadqiqotlari 

diqqatga sazovordir [12].  



19 

 

Fizikada  ta’lim  texnologiyasining  predmeti  –  ta’lim  tizimini  konseptual 



asolariga 

dalil 


keltirishdan, 

maqsadlarni 

qo’yishdan, 

natijalarni 

shakllantirishdan,  o’quv  materialini  tanlash  va  strukturalashtirishdan,  ta’lim 

modelini  tanlashdan,  to  ularni  amalga  oshirishgacha,  ularning  optimallik  va 

samaradorlik darajasini baholashgacha loyihalashtirishdan tarkib topgan. Barcha 

ta’lim-tarbiya  tizimlarida  pedagogik  texnologiyani  qo’llash  natijasida  –  o’quv 

amaliyotini,  pedagogik  jarayonni  qurish  va  amalga  oshirishda  ixtiyoriylikdan, 

uning  har  bir  elementini  va  bosqichini  tartibli  asoslashga,  ob’ektiv  tashhis 

qilinadigan yakuniy natijaga intilishiga keskin ravishda buriladi. YuNESKOning 

ta’rificha,  “Ta’lim  texnologiyasi  –  ta’lim  modellarini  optimallashtirish 

maqsadida, inson va texnika resurslari va ularning o’zaro ta’sirini hisobga olgan 

holda  butun  o’qitish  va  bilimlarni  o’zlashtirish  jarayonini  yaratish,  qo’llash  va 

aniqlash  tizimidir.”  Tizim  deb,  tartiblangan,  o’zaro  uzviy  bog’langan  va 

birgalikda  umumiy  funksiyani  bajaruvchi  elementlar  to’plamiga  aytiladi. 

Ma’rifatli  va  rivojlangan  mamlakatlarda  muvaffaqiyat  bilan  qo’llanilib 

kelinayotgan  ta’lim  texnologiyalarini  o’rganib,  mumtoz  merosimizga  tayangan 

holda,  xalqimizning  milliy  pedagogik  an’analaridan  hamda  ta’lim  sohasining 

shu  kundagi  holatidan  kelib  chiqqan  holda  O’zbekistonning  Milliy  ta’lim 

texnologiyasini yaratish lozim. 

O’rta  maxsus,  kas-hunar  ta’limida  ta’lim  texnologiyalarini  o’quv 

jarayoniga joriy etishning dolzarbligi quyidagidan iborat: 

 



“Kadrlar  tayyorlash  milliy  dasturi”  maqsadi  va  vazifalarini  ro’yobga 

chiqarish uchun ta’limni tizimini rivojlantirish lozimligi; 

 

Ta’lim-tarbiya  jarayonida  o’qituvchi  va  o’quvchi  iterfaolligini 



jadallashtirish kerakligi; 

  Fan-texnika 



taraqqiyotining 

o’ta 


rivojlanganligi 

natijasida 

axborotlarning  keskin  ortayotganligi  va  bu  axborotlarni  o’sib  kelayotgan  yosh 

avlodga singdirish uchun vaqtning chegaralanganligi; 




20 

 



  Jamiyatimiz  taraqqiyotining  hozirgi  kundagi  bosqichida  nazariy  va 

empirik bilimlarga asoslangan tafakkurdan tobora foydali natijaga ega bo’lgan, 

aniq yakunga asoslangan texnik tafakkurga o’tib borayotganligi. 

Barkamol avlodni, ya’ni komil insonni tarbiyalash talabi ularga eng ilg’or 

bilim  usuli  hisoblangan  ob’ektiv  borliqqa  tizimli  yondoshuv  tamoyilidan 

foydalanishni talab qilmoqda. 

“Buyuk 

maqsadlarimizga, 

ezgu 

niyatlarimizga 



erishishimiz, 

jamiyatimizning  yangilanishi,  hayotimiz  taraqqiyoti  va  istiqboli,  amalga 

oshirilayotgan islohotlarimiz va rejalarimizni samarali taqdiri, avvalambor, davr 

talablariga  javob  beradigan  yuqori  malakali,  ongli,  tafakkurga  ega  bo’lgan 

mutaxassis  kadrlar  tayyorlash  muammosi  bilan  bog’liq…”  –  deb  O’zbekiston 

Prezidenti I.Karimov ta’kidlaganlar.  

Shunga  ko’ra,  yangi  pedagogik  va  innovatsion  texnologiyalarning 

interfaol  usullaridan  dars  jarayonida  foydalanilsa,  dars  demokratik  uslubda, 

erkin  olib  borilsa,  talabaning  fanga  qiziqishi  yanada  ortadi,  u  erkin,  mustaqil 

fikrlashga,  mustaqil  ijodiy  izlanishga  harakat  qiladi  va  natijada  jamoa  bilan 

ishlashga  o’rganadi  hamda  uning  bilim  darajasi  samarador  bo’ladi.  O’qituvchi 

bunda  ta’limning  interfaol  usullaridan  foydalanar  ekan,  ta’lim  jarayonida 

qatnashadigan  o’qituvchi  va  o’quvchining  baravar  aktiv  bo’lishlari  –  o’zaro 

interfaol munosabatda bo’lishlarini ta’minlashi kerak [20].  

Akademik  litsey  va  kasb-hunar  kollejlari  o’qituvchilarining  diqqat 

markazida  talaba,  talabaning  diqqat  markazida  esa  Vatan,  o’z  ota-onasi  va 

millati  oldidagi  burchiga  qaratilishi  lozim.  Talabalarga  nisbatan  o’qituvchi 

samimiy  bo’lib,  o’zaro  hurmat  va  sabr-toqat  bilan  xolisona  bilim  berib,  talaba 

shaxsini  komil  inson  qilib  tarbiyalashga  qaratilgan.  Ta’lim  jarayoni 

demokratiyaga  asoslangan  bo’lib,  talaba  mustaqil  erkin  fikrini  bayon  qila 

olishiga  asoslangan.  O’qituvchi  har  bir  talabaga  individual  yondoshishi,  uning 

bilim darajasini aniqlashi va shu asosda ta’lim turlarini belgilashi lozim. 

An’anaviy  o’qitish  usullarida  talaba  ob’yekt  hisoblanib,  o’qituvchi  unga 

tajriba  uzatadigan  bo’lsa,  noan’anaviy  dars  o’tishda  esa  quyidagicha  bo’ladi. 




21 

 

Ya’ni  zamonaviy  noan’anaviy  o’qitishda  ko’proq  talabaga  o’quv  faoliyatining 



sub’yeki  sifatida  o’z-o’zini  boshqaradigan  va  o’zini  namoyish  etishga 

intilayotgan  shaxs  sifatida  murojaat  qilinadi.  Buning  uchun  o’quv  bilim 

faoliyatini tashkil qilishga o’qitishning faol usullarnidan foydalaniladi.  

Zamon  talabiga  javob  beradigan  kadrlarni  tayyorlash  uchun  o’qitish 

jarayoni didaktik jarayonga aylanmog’i lozim. Boshqacha qilib aytganda, ilg’or 

pedagogik  texnologiyalar  yordamida,  talabaning  aqliy  zakovatini,  erkin 

fikrlashini, mustaqil faoliyat ko’rsatishini ta’minlash zarur.  

Akademik litsey va kasb-hunar kolleji o’qituvchisi o’tayotgan darsi sifatli 

va samarali bo’lib, o’quv maqsadiga erishishi uchun faol o’qitish usullari, ya’ni 

dars jarayonida o’tayotgan mavzusi va o’quv maqsadiga mos qilib olishi kerak, 

dars  davomida  va  dars  yakunida  qo’llanilgan  usullar  dars  maqsadigi  erishishi 

yo’lida xizmat qilishi kerak. 

O’rta maxsus, kasb-hunar ta’limida yangi noan’anaviy usullar bilan fizika 

darsini o’tish guruh talabalariga quyidagicha ta’sir etadi, ya’ni:  

  Erkin va mustaqil fikrlash



 

Jamoa ichida o’zini bemalol tutish; 



  Bilim doirasini kengaytirish; 

  Jamoat ishlarida faol qatnashish; 



 

Nutqini va muomila madaniyatini o’stirish; 



 

O’z fikrini erkin, mazmunli bayon etish. 



Bu  usullar  yana  shunisi  bilan  afzalki,  talaba  o’z  fikrini  yorita  olmasa 

yonidagilar yordamlashadi, o’qituvchi to’ldiradi, talaba ko’p tanbeh eshitmaydi. 

Biz  o’z  darsimizga  bu  usullarni  qo’llashdan  oldin  guruh  talabalariga  har  bir 

usulni  qanday  olib  borish,  boshlash  va  mohiyatini  tushuntirishimiz  kerak.  Har 

bir  usulni  to’liq  va  aniq  chiqishi  uchun  beradigan  savolimiz  aniq  va  bir 

maqsadga yo’naltirilgan bo’lishi kerak [19]. 

 



22 

 


Yüklə 1,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   26




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin