O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi buxoro davlat universiteti


  Mexanika  va  molekulyar  fizikani  o’qitishda  axborot-



Yüklə 1,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə19/26
tarix18.01.2022
ölçüsü1,74 Mb.
#51362
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   26
akademik litseyda mexanika va molekulyar fizikani oqitishning innovatsion usullari

2.2. 

Mexanika  va  molekulyar  fizikani  o’qitishda  axborot-

kommunikatsion texnologiyalardan foydalanishning ahamiyati.  

Darsda  faqat  bo’r  va  latta  ishlatiladigan  vaqti  o’tdi.  O’quvchilarni 

samarali  o’qitish  uchun  komp’yuterlar,  proyektorlar  va  AKT  dasturlari  bilan 

jihozlangan  auditoriyalardan  foydalanishlari  kerak.  AKT  kundalik  hayot  talabi 

va jamiyatning globallashuvida muhim ahamiyat kasb etadi.  

Agar  fizika  darsi  davomida  3D  ekranda  elektromagnetizm  mavzusini 

bosqichma  bosqich  tushuntiradigan  virtual  taqdimot  paydo  bo’lsa,  bunday 

taqdimotni  o’quvchi hech qachon esdan  chiqara  olmaydi  va  chuqur  o’zlashtira 

oladi. Fizika bu har xil hodisa va voqealarni atrofdamizdagi olam bilan bog’lab 

ilmiy  yondashib  diagrammalar  va  suratlar  orqali  ko’rib  chiqish  bo’lib 

hisoblanadi [4, 7].   

Quvvat  to’g’risida  faqat  kitobdan  o’qib,  aniq  tushunchalariga  ega  bo’la 

olish  oson  narsa  emas.  Mazmun  tushunarli  va  qiziqarli  bo’ladi  faqat  amaliy, 

hayot bilan bog’langan bo’lsa. Boshqa o’quv fanlarida ifodali va  mul’timediyali 

taqdimotlar  bir  birini  yaxshi  tushunishlikka  yordam  bersa,  ulardan  farqli 

ravishda,  fizika  fanida  esa  AKTdan  asosiy  g’oyani  ravshanlashtirishda 

foydalaniladi.   

O’quvchilar  ushbu  fan  haqida  nazariyani  egallashlaridan  ko’ra  yangi 

konsepsiya  (g’oya)  ni  tushunishlari  lozim.  O’qituvchilarning    aksariyati 

AKTdan  foydalanishi,  fizika  fani  bo’yicha  darslar  samarali  bo’lishi  kerak. 




43 

 

O’qituvchilar  turli  xil  dasturlarni:  Ms-Word,  Ms-Excel,  Ms-PowerPoint, 



Photoshop, Flash, Movie Maker va web 2.0 dasturlarini ishlatishi mumkin. Ms-

Word  yordamida  savolnomalar,  matnlar,  tasvirlar  va  boshqa  elektron  hujjatlar 

tayyorlanishi mumkin [6, 17].  

Ms-Excel  dasturi  yordamida  grafiklar,  diagrammalarni  gistogramma  va 

sektorli  diagramma  shaklida  diagrammalar  orqali  ma’lumotlarni  tasvirlash  va 

taqdimot  qilish  mumkin.  Tasvirning  sifatini  Photoshop  dasturida  yaxshilash 

mumkin.  Taqdimotni  PowerPoint  dasturida  yaratish  va  ular  yordamida  turli 

konsepsiyalarni  o’rgatish  mumkin.  Ushbu  taqdimotlarda  Photoshop  dasturida 

tayyorlangan tasvirlar va Flash dasturida tayyorlangan animatsiyalar ishlatilishi 

mumkin. 


 

 

 



 

 

 



 

 

 



2.2.1.-chizma. PowerPoint dasturida yaratilgan taqdimot. 

 

 



 

 

 



 

 

 



2.2.2.-chizma. Flash dasturida tayyorlangan animatsiyalar. 


44 

 

Bunday  vositalarni  ishlatish  orqali  o’quvchilar  konsepsiya  (g’oyani) 



yaxshi  o’zlashtirishlari  mumkin.  Ushbu  vositalar  nafaqat  o’qitish  jarayonini 

qiziqarli qiladi, balki o’quvchilarga davomli ta’sir ko’rsatadi. 

O’qituvchilarning  e’tiborini  olish  uchun  fotokameraga  olingan  video, 

o’qituvchilarga  o’rgatilgan.    Animatsiya  va  kliplar  quyida  sanab  o’tilgan 

dasturlarda  tayyorlanga  ushbu  taqdimotlarda  Photoshop  dasturida  tayyorlangan 

tasvirlar  va  Flash  dasturida  tayyorlangan  animatsiyalar  ishlatilishi  mumkin. 

Tasvirning  sifatini  Photoshop  dasturida  yaxshilash  mumkin.  Taqdimotni 

PowerPoint dasturida yaratish va ular yordamida turli konsepsiyalarni o’rgatish 

mumkin [4, 7, 9]. 

Fizika  darsi  jarayonida  dars  ishlanmalaridan  foydalanish  yaxshi  samara 

beradi.  Deyarli  barcha  komp’yuterlarda  OFFICE  dasturlari  o’rnatiladi.  Shu 

dasturlardan  elementar  foydalanishni  biladigan  deyarli  barcha  o’qituvchilar 

darslarda  o’zlari  tayyorlagan  elektron  ishlanmalardan  foydalanishlari  mumkin. 

Quyida  Word  dasturi  yordamida  tayyorlangan  dars  ishlanmalariga  misol 

keltirilgan. 


Yüklə 1,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   26




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin