O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi buxoro davlat universiteti



Yüklə 1,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə15/26
tarix18.01.2022
ölçüsü1,74 Mb.
#51362
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   26
akademik litseyda mexanika va molekulyar fizikani oqitishning innovatsion usullari

Modellashtirsh  usuli  –  o’qituvchi  bayon  qilayotgan  hodisa  va  voqealarni 

o’quvchi  parallel  holatda  idrok  etib,  o’z  daftarida  chizayotgan  model  orqadi 

yangi  mavzuni  mustahkamlaydi.  Masalan,  «Ichki  yonuv  dvigateli.  Bug’ 

turbinasi» mavzusini misol qilib ko’rsatish mumkin. Bu mavzuni o’tishdan oldin 

o’qituvchi ichki yonuv dvigateli modelini guruhga olib kiradi va tushuntiradi. 

Quyidagi savollar dvigatel modeliga qarab tushuntiriladi: 

1. Qanday dvigatel ichki yonuv dvigateli deyiladi? 

Yonilg’i  to’g’ridan-to’g’ri  dvigatelning  ichida,  uning  silindrida 

yonayotgani uchun ichki yonuv dvigateli deyiladi. 

2. Ichki yonuv dvigateli qanday asosiy qismlardan iborat bo’ladi? 

Dvigatel  stilindrdan  iborat  bo’lib,  uning  ichida  porshen  yuradi,  porshen 

tirsakli  valga  shatun  yordamida  biriktirilgan.  Valning  tekis  aylanishi  uchun 

valga  salmoqli  g’ildirak  (maxovik)  o’rnatilgan.  Stilindirning  yuqorigi  qismida 

ikkita klapan bo’lib, ular dvigatel ishlab turgan vaqtda kerakli vaqtda avtomatik 

ravishda ochilib, yopilib turadi. Yonuvchi aralashma stidlindrga birinchi klapan 

orqali  kirib,  svecha  yordamida  alanga  oladi.  Yongandan  hosil  bo’lgan  gazlar 

ikkinchi  klapan  orqali  chiqarib  yuboriladi.  Bularning  hammasi  model  orqali 

ko’rsatib boriladi. Shunday qilib, dvigatelning asosiy qismlari: stilindr, porshen, 

tirsakli shatun, val, salmoqli g’ildirak, klapanlar, svechalar. 

Bug’ turbinasining modeli ham shu asosda modelga qarab tushuntiriladi, 

ya’ni  oldin  savollar  beriladi.  So’ng  shu  savollar  asosida  javob  berib  boriladi. 

Savollar quyidagilardan iborat: 

1. Bug’ turbinalari deb qanday issiqlik dvigateliga aytiladi? 

Bug’  yoki  yuqori  haroratgacha  qizdirilgan  gaz  dvigatelning  valini 

porshen,  shatun  va  tirsakli  val  yordamisiz  aylantiradigan  dvigatellar  turbinalar 

deyiladi. 

2.  Eng  sodda  bug’  turbinasining  asosiy  ishlash  qismlari  nimalardan 

iborat? 



35 

 

Valga  disk  o’rnatilgan  bo’lib,  uning  to’g’iniga  kuraklar  mahkamlangan. 



Kuraklar yaqiniga kengayib boradigan trubalar-soplolar joylashtirilgan. Demak,  

sodda bug’ turbinalarning asosiy qismlari: val, disk, kuraklar va soplolardir. 

3. Bug’ turbinasi qanday ishlaydi? 

Soplolarga  qozondan  bug’  keladi.  Soplolardan  otilib  chiqayotgan  bug’ 

oqimi kuraklarga ancha katta bosim beradi va turbinaning diskini tez aylantirib 

beradi. 


4. Bug’ turbinalari qayerlarda ishlatiladi? 

Ular  issiqlik  elektr  stansiyalarida  va  kemalarda  hamda  teplovozlarda 

ishlatiladi. 

5. Bug’ o’rnida boshqa mahsulot ishlatish mumkinmi? 

Ha,  bug’  o’rnida  gazning  yonish  mahsulotidan  foydalaniladigan  gaz 

turbinalari asta-sekin tobora keng ko’lamda qo’llanilmoqda. 

Bu  usul  o’quvchilarda  o’zlashtirishning  shaxsiy  qiziqishlari,  qobiliyati, 

moyilligi  borligini  hisobga  olib,  usullarning  rang-barang  turlarini  o’quv 

jarayoniga  kiritish,  o’quvchilarda  ijod  kurtaklari  nish  urayotganini  aytib 

rag’batlantirib  turish  lozim.  Bu  usulning  shu  tariqa  rang-barangligi,  o’z 

kuchlarini  har  tomonlama  sinab  ko’rishga  har  bir  o’quvchining  shaxsiy 

qobiliyatini kamol toptirish uchun sharoitlar bilan ta’minlash, ular uchun o’quv 

jarayoning yana ham qiziqarliroq bo’lishi uchun imkon qidirishi lozim bo’ladi. 

Namoyish  qilish  (Demonstratsiya)  usuli.  Demonstratsiya  –  lotincha  so’z 

bo’lib, ko’rsataman, isbotlayman degan ma’nolarni bildiradi. 

Bu usul o’kuvchilarni bilimga qiziqtirishni so’ndirib, o’qishda charchatib, 

zada qilib qo’ymaslik uchun o’quv mavzularini tajriba qilib ko’rsatish va fizik 

asboblar  bilan  tanishtirish  juda  yaxshi  natija  beradi.  O’quvchilar  o’quv 

jarayonida  zaruriy  bilim,  ko’nikma  va  malakaga  ega  bo’lmay  turib  biron  bir 

tajriba  mazmunini  tushuntirib  bera  olmaydi.  Shuning  uchun  o’qituvchi  har  bir 

sinfdagi  mavzuni    iloji  boricha  qiziqarli  qilib  tajriba  o’tkazishi  zarur.  Masalan, 

suvli  to’pponcha  yordamida  suvning  harakat  trayektoriyasini,  to’g’ri  chiziqli 



36 

 

harakatni,  dinamometr  yordamida  kuchni  o’lchash,  Arximed  qonuni  Arximed 



chelagi  yordamida,  atmosfera  bosimini  aneroid-barometr  bilan,  atmosfera 

bosimi  borligini    tasdiqlovchi  dalillar,  suyuqlikning  sirt  taranglik  hodisasini 

kuzatish,  yorug’likning  prizma  yordamida  tarkibiy  qismlarga  ajralish  hodisasi, 

magnit  maydoniningg  tokka  ta’sirini  kuzatish  va  boshqa  namoyishlarni 

kuzatishlari, o’quvchilarning laboratoriya ishlarini bajarishlariga yordam beradi. 

Bu usul o’quvchilarda kuzatuvchanlikni rivojlantiradi. 




Yüklə 1,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   26




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin