O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi buxoro davlat universiteti



Yüklə 1,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə18/26
tarix18.01.2022
ölçüsü1,74 Mb.
#51362
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   26
akademik litseyda mexanika va molekulyar fizikani oqitishning innovatsion usullari

Debatlar.  O’qituvchi  sinfni  ikki  guruhga  bo’lib,  tankidiy  tafakkurni 

rivojlantiradi  va  munozarani  avj  oldiradi.  Bunda  o’quvchilar  faollashtiriladi, 

ayni  vaqtda  diqqatni  yig’ib,  chuqur  tahlil  etishni  o’rganadi.  Masalan, 

«Atmosfera  bosimi,  Torrichelli  tajribasi»  mavzusini  o’tishda  quyidagi  savol 

o’rtaga tashlanadi. Yerda havo bo’shlig’i hosil qilib bo’ladimi? 

Galileyning  shogirdi  Evanjelista  Torrichelli  atmosfera  bosimini  o’lchash 

haqidagi  rejasini  rivojlantiradi  va  tajribani  boshlaydi.  Tajriba  murakkab  emas 

(buni o’quvchi darslikni o’qib bemalol o’rtoqlariga gapirib bera oladi) simob bir 

metr  uzunlikdagi  ingichka,  bir  uchi  kavsharlangan  nisha  nayga  quyiladi. 

Simobga  to’la  nayning  uchini  barmoq  bilan  berkitib,  barmoqni  olmagan  holda 

uni  to’nkarib  simobli  jomga  soladi  va  barmoqni  nayning  og’zidan  olinadi. 

Naydagi simob pastga tushadi, lekin oxirigacha emas. Simobning hammasi o’z 

og’irligi bilan jomga quyilib ketmadi. Ammo nayning berk tomonida bo’sh fazo 

hosil bo’ldi. Yerda kuzatilgan dastlabki bo’shliq Torrichelli bo’shlig’i! 

Torrichelli  tajribasidagi  simob  ustuni  balandligini  o’lchab,  bu  ustun 

berayotgan  bosimni  hisoblash  mumkin,  bu  bosim  atmosfera  bosimiga  teng 

bo’ladi. Atmosfera bosimi qanchalik ko’p bo’lsa, Torrichelli tajribasidagi simob 

ustunining  balandligi  shuncha  yuqori  bo’ladi.  Kam  bo’lsa,  simob  ustunining 

balandligi kam bo’ladi. Bu tajriba quyidagicha izohlanadi: Simob ustuni to’xtab 

qolgan balandlik roppa-rosa 76 santimetr edi. 

Kunlarning  birida  nay  bilan  tajribasini  takrorlayotgan  Torrichelli 

qandaydir chatoqlikni sezadi. Uning oldida xuddi o’sha jo’n asboblar: jom, qora 

qalam  bilan  quyuq  chizilgan  qog’oz  epishtirilgan  naycha.  Torrichelli  yana 

naychaga simob quyadi va tajribani takrorlaydi. Ishkallik nimada? U ishkallikni 

topdi.  Simob  ustuni  hamon  qaysarlik  bilan,  havoning  bosimi  bor  va  uning 

og’irlik kuchi har doim bir xil bo’lmaydi deb turibdi. Ajoyib kashfiyot – havo 

og’irlikka  ega!  Havo  bosimga  ega!  deb  xabar  berayotgandek  edi.  Demak  biz 

buni «Atmosfera bosimi» deb ataymiz [10]. 

Bu mavzuni o’tish texnologiyasini beramiz: 

1. Torrichelli tajribasi uchun kerakli asboblar. 



40 

 

2. Tajribaning borishi va undan kelib chiqkan ilmiy asoslar. 



3. Tajribadagi yutuq va kamchiliklar. 

4. Torrichelli bo’shlig’i. 

5. 76 santimetrli simob ustuni. 

6. Atmosfera bosimini o’lchaydigan asbob-barometr. 

7. Atmosfera bosimining ta’rifi. 

8. Qanday hodisalar atmosfera bosimining borligini tasdiqlaydi? 

9. Atmosfera bosimini hisoblash. 

O’qituvchi  faoliyatidagi  asosiy  jarayonlar  quyidagilardir:  So’zlash-

ko’rsatish (tajriba qilish) – vazifa topshirish – rahbarlik – nazorat qilish. 

O’quvchi faoliyatidagi asosiy jarayonlar quyidagilardan iborat: Tinglash-

qo’rish – faollik – mashq bajarish. 

Nuqtai  nazaring  bo’lsin.  Biz  o’qituvchilar  har  bir  o’quvchimiz  taqdiri 

uchun javobgarmiz. Ishonchim komilki, har bir o’quvchida, hatto, eng sho’x va 

eng  faolsiz  o’quvchida  ham  biror  fazilat,  o’z  nuqtai  nazari  bo’ladi.  Biz 

o’qituvchilar  ishimizda  ana  shu  fazilatlarni  o’stirishga,  o’quvchini  o’zligini 

topishiga sezgirlik bilan, oqilona yordam berishimiz zarurdir. 

Har kim har kimga o’rgatadi. Darsni shunday  tashkil etilsinki, o’qituvchi 

o’qitsin,  o’quvchilar  ham  bir-birini    o’qitsin.  Zamonaviy  o’qituvchi 

o’quvchilardan  ham  saboq  oladi,  ularni  o’z  hamkasblari  deb  biladi.  Akademik 

litseylarda  o’quvchilar  o’qituvchining  hamkasblari  va  safdoshlaridir.  Bilimga 

qiziqish  axborotning  mazmunigagina  bog’liq  bo’lib  qolmay,  o’quvchilarning 

dars  jarayonida  faol  qatnashishlariga  ham  bog’liqdir.  O’quvchilarning  o’zlari 

haqiqatni  izlash  jaraeniga  qanchalik  faol  aralashsalar,  ta’limning  samaradorligi 

shunchalik  oshadi.  Mustaqil  o’rganshsiz  o’qitish  yo’q.  Shuning  uchun  deyarli 

har bir darsda o’qitish va mustaqil o’rganish uyg’unligiga erishish zarurdir. 

Bu usul o’quvchilar uchun qiziqarli bo’lib, ular o’zlarini o’qituvchidek xis 

qilishadi.  Uyga  oldindan  «Turli  muhitlarda  diffuziya  hodisasi»  mavzusi  berib 

yuboriladi. Tayyorlanib kelgan o’quvchi shu mavzuni gapirib tushuntirib beradi. 

Qo’lidan kelgancha tajriba ham qilib ko’rsatadi. U o’rtoqlariga gaz, suyuqlik va 



41 

 

qattiq  jismlarda  diffuziya  hodisasiga  doir  misollar,  hodisalarni  izohlash  va 



amalda  foydalanish  haqida  tushuncha  beradi.  Boshqa  o’quvchi  shu  mavzuga 

doir  tajriba  ko’rsatadi.  Masalan,  oddiy  sovuq  suvga  margansovka  solib 

suyuqlikda  diffuziya  hodisasini  ko’rsatadi.  So’ngra  issiq  suvga  margansovka 

solib diffuziya hodisasining yuqori haroratda tez sodir bo’lishiga o’rtoqlarining 

e’tiborini  qaratadi.  Bunda  jismning  harorati  yuqori  bo’lsa,  molekulalarning 

tezligi  katta  bo’ladi  va  aksincha,  degan  xulosa  chiqadi.  Uchinchi  bir  o’quvchi 

o’rtoqlariga diffuziya hodisasiga mos holda rivoyat aytib, o’rtoqlarini faollikka 

undaydi. Misol uchun quyidagi rivoyatni aytib berishi mumkin. 

Bir  podsho  ulamolariga  ko’p  narsa  qo’limdan  keladi  deb  maqtanadi. 

Shunda vaziri shohim unday demang, ba’zi narsalar borki, uni siz qila olmaysiz 

deb  nasihat  qiladi.  Baribir  podsho  o’z  so’zida  turib  oladi.  O’sha  kuni 

podshoning besh tosh o’g’il nabirasi bobosini oldiga kelib suv so’raydi. Bobosi 

suv oldirib kelib nabirasiga beradi. Nabirasi suvni ichmayman sut keliring deydi. 

Bobosi sut keltirishni buyuradi. Bola sutni ichib ko’rib ichmayman deb harxasha 

qiladi. Shuna podsho nima qilsam tinchiysan deydi. Bola suvni sutga qo’shing  

deydi.  Podsho  noiloj  suvga  sutni  qo’shadi.  Bola  bu  suyuqlikni  ichib  ko’rib 

to’polon qila boshlaydi. Bobo buni ham ichmayman, bu suyuqlik bemaza ekan 

deydi. Bolam nima qilsam sen tinchiysan deydi podsho. Bola bobo suvdan sutni 

ajratib  bering  deb  iltijo  qiladi  [13,  14].  Afsuski,  suvga  aralashib  ketgan  sutni 

endi ajratib bo’lmaydi. O’quvchilar tushundiki, bu hodisa ham diffuziyaga misol 

bo’la  oladi.  O’quvchilar  mana  shunday  qilib  bir-birlarini  o’qitishadi  va 

o’rgatishadi. 



O’yinlar  ta’limi  texnologiyasi.  Qadimdan  xalq  pedagogikasida 

maktabgacha  va  maktabdan  tashqari  ta’limda  o’yinlar  usuli  keng  qo’llanib 

kelingan.  Akademik  litsey  va  KHK  larida  dars  mashg’ulotlarida  o’yinlardan 

foydalanish deyarli ishlatilmas edi. Hozirda zamonaviy akademik litsey va KHK 

larida  ta’lim  jarayonining  faolligini  oshirishda  ish  o’yinlaridan  foydalanish 

rivojlanib bormoqda va quyidagi holatlarda amalga oshirilmoqda: 




42 

 



  Ijro faoliyati texnologiyasi yordamida mavzuni yoki ma’lum qismning 

mazmunini tushunib olish uchun; 

  Butun bir loyihalangan texnologiyaning elementlarini o’zlashtirishda. 



O’quv  jarayonida  o’yinli  texnologiyadan  foydalanish  joy  va  rollarni 

tanlash,  o’yin  elementlarini  belgilash  o’qituvchi  tomonidan  pedagogik 

o’yinlarning  vazifalarini  va  turlarini  qay  darajada  o’zlashtirishiga  bog’liq 

bo’ladi.  Ish  o’yinlari  o’yin  muhitiga,  ya’ni  u  predmetli,  predmetsiz,  xonada. 

Ko’chada, komp’yuterda o’tkazilishiga qarab o’zining xususiyatiga ega bo’ladi. 


Yüklə 1,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   26




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin