O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi buxoro davlat universiteti



Yüklə 1,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə21/26
tarix18.01.2022
ölçüsü1,74 Mb.
#51362
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   26
akademik litseyda mexanika va molekulyar fizikani oqitishning innovatsion usullari

Bilimingni sinab ko’r. 

Topshiriqni  bajarish:    O’qituvchi  ekranga  savollar  ro’yxatini  ko’rsatadi. 

Biror  o’quvchi  shu  savolga  o’rnidan  turib  javob  beradi.  O’qituvchi  javobni 

eshitgach  savol  ustiga  sichqoncha  tugmasini  bosadi.  Ekranda  savolning  javobi 

namoyon bo’ladi.  

               

 

                                 a)                                                           b) 



2.2.10.-chizma. Savollar (a) namunalari va to’g’ri javobning (b) namoyish 

etilishi. 

Topshiriqning    maqsadi:  O’quvchilar  bilimi  oshadi.  O’qituvchilar  o’z 

darslarini ko’rgazmaliligini ta’minlaydi. 

Topshiriqni  tayyorlash  ketma-ketligi:  Word  dasturining  birinchi 

sahifasiga savollar ro’yxatini kiritamiz. Keyingi sahifalarning har biriga 1 tadan 

savolga javobni kiritamiz. Harbir savolga javob yozishdan oldin savolni o’zini 

yozib,  so’ng,  unga  javiobni  kiritamiz.  Javob  yozilgan  sahifalardagi  so’zlarni 

стиль  ochiluvchi  ro’yxat  yordamida  заголовок  sifatida  ko’rsatamiz.  So’ng  1-

sahifadagi  har  bir  savolni  belgilab,  Giperssilka->закладка  buyruqlarini 




49 

 

tanlaymiz. Ochilgan ro’yxatdan savolga mos javobni tanlaymiz. Natijada ushbu 



savolga murojaat qo’yingani bilinadi. Ya’ni uning rangi ko’k va tagiga chizilgan 

holda bo’ladi. 

 

2.2.11.-chizma. Savollar namunalari. 



Ctrl  klavishini  bosib  turgan  holda  shu  savol  ustiga  sichqoncha  tugmasi 

bosilsa,  ekranda  oldindan  tayyorlangan  savolning  javobi  namoyon  bo’ladi. 

Barcha  savollarga  shu  tartibda  murojaat  qo’yiladi.  Asosiy  sahifaga  qaytish 

maqsadida  javoblar  ostiga  “orqaga”  yozuvi  kiritilib,  unga  birinchi  sahifaga 

murojaat qo’yish mumkin. 

Excel  dasturi  asosan  hisoblash  ishlarini  amalga  oshirish  uchun 

qo’llanilsada  ushbu  dastur  yordamida  ham  qiziqarli  dars  ishlanmalarini 

tayyorlash mumkin. 



Fizik kattaliklar va ularning o’lchov birliklari. 

Topshiriqni  bajarish:  O’qituvchi  ekranga  quyidagi  jadvalni  namoyon 

etadi: 

 

2.2.12.-chizma. Fizik kattaliklar va ularning o’lchov birliklari.  




50 

 

O’quvchilar fizik kattaliklarni birliklarini takrorlashadi, so’ng, o’qituvchi 



bir  o’lchov  birligidan  boshqasiga  o’tkazishni  taklif  qiladi.  O’quvchi  javobi 

eshitilgandan  so’ng,  o’qituvchi  ko’k  rangli  kerakli  maydonga  sonlarni  kiritib, 

natijani tekshiradi. 

Topshiriqning    maqsadi:  O’quvchilarga  o’lchov birliklari haqida to’laroq 

ma’lumot hosil qilish. 

Topshiriqni tayyorlash ketma-ketligi: Excel dasturi ishga tushirilib, unga 

quyidagi ko’rinishdagi jadvallar kiritiladi: 

 

2.2.13.-chizma. Excel dasturidagi fizik kattaliklar va ularning o’lchov birliklari.  



Ko’k  rangli  katakchalarga  son  kiritilsa,  uning  yonidagi  xonasiga  boshqa 

birlikka  o’tkazish  natijasi  ko’rinishi  kerak.  Natija  ko’rinishi  uchun 

yacheykalarga ma’lum formulalar kiritilishi lozim. Biz santimetrdan millimetrga 

o’tkazish  uchun  kerak  bo’ladigan  formulani  ko’rib  chiqamiz.  Formulani  d3 

yacheykaga  kiritamiz.  Katakcha  belgilanib,  “=B3*10”  formulasi  kiritiladi. 

Buning natijasida ushbu yacheykaning qiymati b3 yacheykaga bog’lanadi. Ya’ni 

b3  yacheykaga  qanday  qiymat  kiritsak,  d3  o’sha  songa  10  ni  ko’paytirib 

hisoblaydi.  Gektardan  metr  kvadratga  o’tkazish  uchun  ham  mos  holda  xuddi 

shunga  o’xshash  “=G3*10000”  formulasi  kiritiladi.  Ya’ni  G3  yacheykaning 

qiymatini  10000  ga  ko’paytirib  ko’rsatadi.  Boshqa  yacheykalarga  ham  xuddi 

shunday ravishda formulalar kiritiladi. Barcha formulalar kiritilgach, turli sonlar 

kiritiladi. 



Kodlangan so’zni toping. 


51 

 

Topshiriqni  bajarish:  O’qituvchi  o’quvchilarni  ikki  guruhga  ajratadi  va 



ularga kodlangan so’zni ko’rsatadi: 

 

2.2.14.-chizma. Kodlangan so’z. 



O’quvchilar ushbu so’zni topishlari kerak. To’g’ri javob topilgach, ikkichi 

sahifa ochiladi va unga kodlangan so’zlarning javobi aks etgan bo’ladi: 

 

2.2.15.-chizma. Kodlangan so’zning to’g’ri javobi. 



Topshiriqning  maqsadi:  O’quvchilarning fikrlash qobiliyatini o’stiradi. 

Topshiriqni  tayyorlash  ketma-ketligi:  1-sahifaga  kerakli  ko’rinishga 

kodlar  kiritiladi.  Ular  ranglanadi  va  fon  rangi  o’zgartiriladi.  Ikkinchi  sahifaga 

to’g’ri javob kiritiladi. 



Krossvordni to’ldiring. 

Topshiriqni bajarish: Ekranda krossvord namoyish qilinadi.  




52 

 

 



2.2.16.-chizma. Fizik krossvord. 

O’quvchilar  shu  krasvordni  to’ldirishlari  kerak.  Krossvord  to’ldirilgach, 

natija keyingi sahifada kiritilgan to’g’ri javob bilan tekshiriladi.  

 

2.2.17.-chizma. Fizik krossvord javobi.  



Topshiriqning    maqsadi:    Krossvordlar  o’quvchilarning  zukkolik  va 

tezkorlikka undaydi, fikrlash qobiliyatlari o’sadi. 

Topshiriqni tayyorlash ketma-ketligi: 1-sahifaga krossvord kiritiladi. Ular 

ranglanadi va fon rangi o’zgartiriladi. Ikkinchi sahifaga to’g’ri javob kiritiladi. 

Ko’pchilik  o’qituvchilar  hozirda  Power  Point  dasturidan  taqdimotli 

slaydlar  tayyorlashda  foydaanadilar.  Ammo  ushbu  dasturdan  turli  xil  dars 

ishlanmalarini ham tayyorlab bo’ladi. 

Qiziqarli test. 

Topshiriqni  bajarish:  Ekranga  test  namoyish  qilinadi.  Ushbu  testning 

javobini  topishga  o’quvchilarni  qiziqtirish  uchun  ularni  rag’batlantirish  talab 

qilinadi. Masalan: 




53 

 

“Raketani harakatlantirish uchun nuqtalar o’rniga sehrli so’zni qo’ying”. 



Agar  shart  bajarilsa,  raketa  harakatlanadi,  aks  holda,  “Xato”  yozuvi  chiqadi. 

Topshiriq shartining ostiga savol yozilgan: “… deb,  moddaning birlik hajmiga 

to’g’ri kelgan massasiga aytiladi”. Savol ostiga javob variantlari beriladi. 

 

2.2.18.-chizma. Savol va javob namunalari. 



O’quvchi o’z fikrini bildirganidan so’ng, o’qituvchi sichqoncha tugmasini 

shu  javob  ustiga  bosadi.  Agar  javob  to’g’ri  bo’lsa,  keyingi  slayd  namoyish 

qilinadi.  Ushbu  slaydda  start  tugmasi  va  raketaning  rasmi  tasvirlangan.  Agar 

sichqoncha tugmasi bosilsa, raketa yuqoriga qarab harakatlanadi: 

 

2.2.19.-chizma. Power pointda animatsiya. 



Agar javob xato bo’lsa, xato yozuvi ko’rsatiladi. 

Topshiriqning  maqsadi: Test topshiriqlari yordamida o’quvchilar bilimini 

baholash. 

Topshiriqni  tayyorlash  ketma-ketligi:  Power  point  hujjatining  birinchi 

sahifasini quyidagicha to’ldiramiz: 



54 

 

 



2.2.20.-chizma. Power pointda savol va javoblar animatsiyalari. 

1-sahifadagi  b  javob  varianti  tanlanganda  2-slayd,  qolgan  javoblar 

tanlanganda  3-slayd  namoyish  qilinishi  kerak.  Buning  uchun  test  javoblarining 

har birini tanlab, yordamchi menyudan Гиперссылка bandi tanlanadi. Ochilgan 

yangi  oynadan  “закладка”  tugmasini  bosamiz.  Bunda  slaydlar  ro’yxati 

namoyish qilinadi. Ushbu ro’yxatdan kerakli slayd nomini tanlaymiz. 

Ssilkalar 

o’rnatilgandan 

so’ng, 

ikkinchi 

sahifadagi 

raketani 

harakatlantirish  kerak.  Rasmni  yuqoriga  qarab  harakatlantirish  uchun  rasm 

ustiga  sichqonchaning  o’ng  tugmasini  bosamiz,  настройка  анимации  –> 

добавить  эффект  –>  пути  перемещения  –>  вверх  buyruqlarini  tanlaymiz. 

Bunda raketamiz yuqoriga qarab harakatlanadi. 




Yüklə 1,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   26




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin