O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi buxoro davlat universiteti



Yüklə 1,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə24/26
tarix18.01.2022
ölçüsü1,74 Mb.
#51362
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   26
akademik litseyda mexanika va molekulyar fizikani oqitishning innovatsion usullari

Qo’shimcha adabiyotlar:  

1. Ya.I. Perelman.  Zanematel’naya  fizika. M.-1986. 

2.  S.T.Meloxin. Problema  konechnogo  i  beskonechnogo.M. -1958. 

3.  L.G. Asremezov , A.A. Verganov.  Udivitelnaya  fizika. -1988. 

4.  V.M.Varikash, B.A.Kimbar. Jonli tabiatda fizika.T. -1988. 

Darsning  jihozlanishi:  Elektron  darslik,  mul’timedia,  komp’yuter, 

videoproyektor,  ekran,  testlar,  lug’aviy  atamalar,  kоdoskop,  slaydlar, 

kapillyarlar, tabiiy bo’yoqlar, suv, menzurka va h.k. 

Darsning borishi: 

I. Darsning tashkiliy qismi. 

II.  O’tilgan  mavzularni  talabalar  xotirasida  tiklash,  formulalarni,  qoida  va 

ta’riflarni takrorlash. Yangi mavzuni oldin o’tilgan mavzularga bog’lash. 

Takrorlash savollari: 

1.  MKNning asosiy qonuniyalarini aytib bering. 

2.  Broun harakati deb qanday harakatga aytiladi? 

3.  Diffuziya nima? 

4.  Moddaning qanday agregat holatlarini bilasiz? 

5.  Ideal gaz deb nimaga aytiladi? 

6.  Ideal gazning holat tenglamasi nimani ifodalaydi? 

7.  Bug’lanish nima? 

8.  Bug’lanishning qanday qonuniyatlari mavjud? 

9.  Kondensatsiya deb nimaga aytiladi? 

10. Sublimatsiya deb nimaga aytiladi? 

11. Solishtirma bug’lanish issiqligi deb nimaga aytiladi? 




58 

 

12. To’yingan bug’ deb nimaga aytiladi? 



13. Qaynash deb nimaga aytiladi? 

14. Havoning namligi nima? 

15. Mutloq namlik deb nimaga aytiladi? 

16. Nisbiy namlik deb nimaga aytiladi? 

III. Yangi mavzuning bayoni. 

Reja: 

1.  Suyuqlik sirti qatlami. 

2.  Suyuqlik sirti qatlamining energiyasi. 

3.  Suyuqlik sirtining taranglik kuchi va koeffitsiyenti. 

4.  Kapillyarlik hodisalari.  

Tayanch  iboralar:  Suyuqlik,  menisk,  sirt  taranglik,  kuch,  potensial 

energiya,  koeffitsiyent,  ho’llanish,  ho’llanmaslik,  kapillyar,  nay,  botiq  sirt, 

qavariq sirt, balandlik.  

Kerakli formulalar: 

                             Wp=α

 .

S ;         α=Wp /S ;         α = F / l ;          h = 2α / ρgr. 

IV.   Yangi mavzuning (qisqacha) mazmuni. 

Suyuqlikning har qaysi molekulasiga uni o’rab olgan, taxminan r=2

.

10



-9

 m 

masofada  joylashgan  molekulalar  bilan  o’zaro  tortishish  kuchi  ta’sir  qiladi.  A 

molekulani hamma tomondan boshqa molekulalar qurshab oladi, natijada, A  

2.3.1.-chizma. 

molekulaning qo’shni molekulalar bilan o’zaro ta’sir kuchi muvozanatlashadi va 

suyuqlik  ichida  molekulalar  doimo  erkin  ko’chib  yuradi.  Suyuqlik  sirtida 

joylashgan  B  molekula  esa  suyuqlikning  pastki  molekulyar  ta’sir  doirasida 

yotgan  molekulalari  havo  va  bug’  molekulalari  bilan  tortishadi.  Gaz  va  bug’ 



59 

 

molekulalarining  konsentratsiyasi  suyuqliknikiga  qaraganda  ancha  kichik 



bo’lgani uchun B molekulaga suyuqlikning ichiga yo’nalgan va uning sirtiga tik 

bo’lgan kuch ta’sir qiladi. Bu kuchlar ta’sirida molekulalarning bir qismi sirtdan 

ichiga  o’tadi,  natijada  sirt  qatlami  qisqaradi  va  unga  xos  taranglik  holatida 

bo’ladi.  

Molekula suyuqlik sirtidan ichiga o’tganda musbat ish bajaradi. Suyuqlik 

sirtqi qatlamini hosil qilgan molekulalar suyuqlik ichidagiga qaraganda ortiqcha 

potensial energiyaga ega bo’ladi. 

Suyuqlik erkin sirtining potensial energiyasi uning sirt yuzasiga proportsional, 

ya’ni: 


Wp = α 

.

S                                                 (2.3.1.)  

 α = Wp / S                                                (2.3.2.) 

Bu tenglamalarda  α – suyuqlikning sirt taranglik koeffitsiyenti. 

Suyuqlik  sirtining  qisqarish  xususiyati  bu  sirtni  qisqartiruvchi  kuchlar  – 

sirt taranglik kuchlari mavjud ekanligini bildiradi. 

Suyuqlik  sirtiga  ta’sir  qiluvchi kuchlar  konturning  uzunlik  birligiga  mos 

keladigan sirt taranglik kuchi bilan xarakterlanadi, ya’ni:   



α = F / l                                                  (2.3.3.) 

Suyuqlik  sirti  taranglik  koeffitsiyenti  deb,  suyuqlik  erkin  sirtini 

chegaralovchi konturning uzunlik birligiga ta’sir qiluvchi va suyuq sirtga urinma 

bo’ylab yo’nalgan kuchga miqdor jihatdan teng bo’lgan fizik kattalikka aytiladi. 

Ma’lumki,  ingichka  silindrsimon  idishdagi  suyuqlikning  erkin sirti biroz 

egrilangan  bo’ladi.  Suyuqlik  sirtining  egrilanishiga  menisk  (yunoncha  

«meniskos» - yarim oy demakdir) deb ataladi. Meniskning shakli har xil: botiq 

yoki  qavariq  bo’lishiga  suyuqlik  molekulalarining  idish  devori    molekulalari 

bilan    o’zarota’sir  kuchlari  orasidagi  farqqa  bog’liq.  Agar  idish  devoriga 

suyuqlik  molekulalarining  ta’sir  kuchi  suyuqlik  molekulalarining  o’zaro  ta’sir 

kuchidan  juda  katta  bo’lsa,  botiq  menisk  hosil  bo’ladi.  Agar  idish  devoriga 

suyuqlik  molekulalarining  ta’sir  kuchi  suyuqlik  molekulalarining  o’zaro  ta’sir 

kuchidan juda kichik bo’lsa, qavariq menisk hosil bo’ladi. 




60 

 

 



 

 

 



 

2.3.2.-chizma. Ho’llovchi suyuqlik. 

 

 

 



 

 

2.3.3.-chizma. Ho’llamaydigan suyuqlik. 



Ichki  diametri  undagi  suyuqlik  meniskning  egrilik  radiusi  bilan 

taqqoslansa  bo’ladigan  naychalarga  kapillyarlar  (lotincha  «capillaris»  -  soch 

ma’nosini  anglatadi)  deb  ataladi.  Kapillyar  hodisalar  deb,  suyuqliklarning 

ingichka naychalarida ko’tarilish yoki pastga tushish xususiyatlariga aytiladi. 

Kapillyar  naydagi  suyuqlik  sirtining  meniski:  ho’llovchi  suyuqliklar 

uchun  botiq  bo’lib,  ho’llamovchi  suyuqliklar  uchun  esa  qavariq  bo’ladi. 

Ho’llovchi  suyuqliklar  kapillyarlarda  (shisha  naydagi  suv)  ko’tariladi, 

ho’llamovchi  suyuqliklar  kapillyarlarda  (shisha  naydagi  simob)  esa  pastga 

tushadi.  Kapillyarda  suyuqlikning  ko’tarilsh  balandligi  quyidagi  formuladan 

aniqlanadi: 



     h = 2α / ρgr                                           (2.3.4.) 

V.   Yangi mavzuni mustahkamlash.  



Test sinovi №1. G’oz nega suvdan quruq chiqadi ?  

A)  G’oz patida moyi bor;                           C)  Ho’llanmaslik hodisasi; 

B)  Ho’llanish hodisasi;                               D)  G’oz suvdan quruq chiqmaydi.  

Test sinovi №2. Nima uchun ho’l paypoq yoki noskini yechish qiyin? 

A) Og’irlik kuching ta’siri ortadi;            C) Ishqalanish kuchining ta’siri 

kamayadi; 



61 

 

B) Elastiklik kuchining ta’siri kamayadi;   D) Sirt taranglik kuchining ta’siri 



ortadi. 

Test  sinovi    №3.  Qaldirg’ochlar  yomg’ir  yog’shidan  oldin  nima  uchun 

pastlab uchadi? 

A) Yerning tortishish kuchi ortadi;           C) Qaldirg’ochlar pastlab uchmaydi; 

B) Havoning namligi ortadi;       D) Atmosferaning yuqori qatlamlarida bosim 

ortadi.    

Takrorlash uchun nazorat savollari:    

1. Sirt tarangligi deb nimaga aytiladi?  

2.  Sirt  taranglik  koeffitsiyenti  deb  nimaga  aytiladi?  U  qanday  birlikda 

o’lchanadi? 

3. Sirt taranglik kuchining  formulasini yozing. 

4.  Sirt  taranglik  koeffitsiyenti  suyuqlikning  tabiatiga  bog’liqmi? 

Temperaturagachi? 

5. Suyuqlik sirtining energiyasini ta’riflang? 

6.  Suyuqlik  sirtining  energiyasi  sirt  taranglik  koeffitsiyenti  bilan  qanday 

bog’lanishga ega? 

7.  Ho’llovchi  va  ho’llamaydigan  suyuqliklar  haqida  nima  bilasiz? 

Misollar keltiring. 

8. Kapillyarlar deb nimaga aytiladi?  

9. Kapillyarlar hodisalar deb nimaga aytiladi? 

10.Kapillyarda  suyuqlikning  ko’tarilsh  balandligi  qanday    formuladan 

aniqlanadi? 

VI.  Uyga  vazifa .      

1.  M.X.O’lmasova  «Mexanika  va  molekular  fizika»,  «O’qituvchi», 

Toshkent-2003. 131-132-§,  385-392-betlar. 

2.  Q.Suyarov,  A.Husanov,  L.Xudoyberdiyev  «Fizika.Mexanika  va 

molekular fizika», «O’qituvchi», Toshkent-2004. 

3.  M.Ismoilov,  M.S.Yunusov«Elementar  fizika  kursi»,  «O’qituvchi», 

Toshkent-1990.188-196-betlar. 



62 

 

Akademik  litseylarda  “Mexanika”  bo’limining  “Molekulyar  fizika  va 



termodinamika”  (1-kurs)  mavzularini  o’tish  jarayonida  komp’yuter  va 

videoproyektor  vositasida  Power  point  dasturida  tayyorlangan  quyidagi 

slaydlardan foydalanish mumkin:  


Yüklə 1,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   26




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin