O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi buxoro davlat universiteti


  Innovatsion  texnologiyalatining  jamiyat  taraqqiyotidagi  o’rni  va



Yüklə 1,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/26
tarix18.01.2022
ölçüsü1,74 Mb.
#51362
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   26
akademik litseyda mexanika va molekulyar fizikani oqitishning innovatsion usullari

1.2.  Innovatsion  texnologiyalatining  jamiyat  taraqqiyotidagi  o’rni  va 

o’quv jarayonidagi ahamiyati. 

Mamlakatimizda olib borilayotgan islohotlar kadrlar tayyorlash tizimining 

mukammal  bo’lishiga,  zamonaviy  iqtisod,  fan,  madaniyat,  texnika  va 

texnologiyalar  asosida  rivojlanishga  qaratilgan.  Kadrlar  tayyorlash  sohasidagi 

davlat  siyosati  uzluksiz ta’lim  tizimi  orqali  har  tomonlama  rivojlangan  shaxs  – 

fuqaroni  shakllantirishni  ko’zda  tutadi.  Bu  o’z  navbatida  fan,  texnika,  ilg’or 

texnologiyalar asosida shaxsni tarbiyalash, o’qitish, rivojlantirish masalasini hal 

etish uchun xizmat qiladi [3].  

Pedagogik  texnologiyaning  qo’llanishida  esa  o’quv  jarayonini  loyihalash 

orqali o’qituvchi katta pedagogik tajribaga ega bo’lmasa ham, yuqori samaraga 

erisha  olishi  mumkinligi  ko’rinadi.  Shuning  uchun  ta’lim  jarayonini  tashkil 

etishda o’quv maqsadlarini aniqlab olish muhim hisoblanadi. Aniq maqsadlarni 

belgilash  nazorat  va  baholash  ishini  yengillashtiradi  va  bu  jarayonga  oydinlik 

kiritadi.  Darsda  talabalarning  erkin,  ijodiy  ishlashlari  uchun  sharoit  yaratish 

kerak.  Buning  uchun  darslarning  har  bir  qismi  aniq  loyihalashtirilishi,  o’quv 

materialini  bilim  egallovchilarning  o’zlashtirish  darajalariga  moslashtirish 

foydali  bo’ladi.  An’anaviy  ta’lim  metodlari  bilan  birga  interfaol  metodlardan 

foydalanish  dars  samaradorligini  oshirishning  muhim  shartlaridan  biridir. 

Interfaol  metodlardan  foydalanganda  asosiy  urg’u  o’quvchilarni  hamkorlikda 



16 

 

ishlashlariga  imkon  berilishi  hisoblanadi.  Interfaol  metodlar  o’quvchida  erkin 



fikrlash, ijodiy qobiliyatni shakllantirishga xizmat qiladi. 

Bugungi  kunda  o’qitishning  faol  usullarini  qo’llash  pedagogik 

texnologiyaning  asosini  tashkil  qiladi.  Pedagogik  texnologiya  o’z  oldiga  ta’lim 

shakllarini muqobillashtirish vazifasini qo’yuvchi, texnik hamda shaxs resurslari 

va  ularning  o’zaro  faoliyatini  hisobga  olib,  ta’lim  berish  va  tahsil  olish 

jarayonini yaratish, qo’llash va belgilashning tizimli metodidir [12, 16]. 

Ta’lim  tizimiga  yangi  pedagogik  texnologiyalarni  tatbiq  etish  bir-birini 

to’ldiruvchi  ikki  tomonlama  jarayon  bo’lib,  bir  tomondan  o’qituvchi  kasb 

faoliyatining  texnologiyalashuvi  bo’lsa,  ikkinchi  tomondan  o’quvchi  bilim 

olishini  faollashtirish  asosida  texnologiyalashtirishdan  iborat.  Innovatsiyalar 



(inglizcha)  innovation  –  yangilik  kiritish,  yangiliklardan  –  bu  tizim  ichidagi 

o’zgarishlardir. Pedagogik o’xshatishlar va eng umumiy ma’noda innovatsiyalar 

o’quv-tarbiya  jarayonining  oqimi  va  natijalarini  yaxshilovchi  pedagogik 

tizimdagi  zichlik  kiritishlarni  ko’zda  tutadi.  Ammo  yangilik  kiritishlar  tizimni 

yomonlashtirishlari ham mumkin. Yangiliklarni belgilash qandaydir yangi narsa 

bilan  almashtirish  uchun  ingliz  so’zi  ,,novation”  mavjud.  Innovatsiya  tizimida 

esa  uning  shaxsiy  resurslari  (zaxiralari)  hisobiga  amalga  oshiriladigan  yangilik 

kiritishlarni bildiradi [21, 22]. Darslarda har xil usullarni qo’llash o’quvchilarda 

fanga  qiziqish  uyg’otadi  va  ularning  faolligini  oshiradi.  Natijada  o’zlashtirish 

darajasi  ortadi.  Tez  va  to’g’ri  fikrlashga  yo’naltirish,  mashg’ulot  mazmunini 

guruhlarda tahlil qilish, o’yin vositasida bilim egallash, natijalarni tadqiq qilish, 

kuzatuv,  kichik  guruhlarda  ishlash,  bahs,  anketa  so’rovlarini  tashkil  etish, 

og’zaki  va  yozma  mashqlar  bajarish,  videofilmlar  namoyishi,  kassetalarni 

tinglash,  kompakt  disklar  va  ko’rgazmali  materiallardan  foydalanish,  turli  xil 

komp’yuter  dasturlarini  qo’llab,  darslarni  tashkil  etish  juda  yaxshi  samara 

beradi.  Hozirgi  kunda  ta’lim  jarayonida  mikroguruhlarda  shug’ullanish  ijobiy 

natija bermoqda. Mikroguruhlar ikki xil yo’l bilan tuziladi [16, 23].  




17 

 


Yüklə 1,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   26




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin