O‘zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi buxoro davlat universitetining pedagogika instituti maktabgacha va boshlang‛ich ta’lim fakulteti


-bet.  Elektron ta’lim resurslari



Yüklə 2,03 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə23/109
tarix28.11.2023
ölçüsü2,03 Mb.
#167726
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   109
O‘zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi b

.
209-bet. 
Elektron ta’lim resurslari: 
1.
w.w.w.tdpu.uz 
2.w.w.w.pedagog.uz 
3.w.w.w.ziyonet.uz 
4.w.w.w edu.uz 
5.tdpu-INTRANET.Ped 
Tarbiyadan ko’zlangan asosiy maqsad, har tomonlama ma’naviy rivojlagan aqliy va 
axloqiy barkamol shaxsni shakllantirishdan iborat. Shunga ko’ra tarbiyaviy faoliyatning mazmuni, 
tashkiliy shakllari usullari shu maqsadga eisisni ko’zda tutadi. Tarbiyaviy ish ma’lum maqsadni 
ko’zlovchi va uzluksiz davom etadigan jarayondir. Ko’pincha bir necha maqsad va vazifa birdaniga 
bajariladi, bu esa o’quvchilar jamoasining aqliy va axloqiy o’sishini ta’minlaydi. 
Shaxsni shakllanishi manfaatlari har bir pedagogik tadbirni tarbiyani umumiy 
maqsalri 
bilan 
bog’lashni, uni rejali tarzda va qat’iy sur’atlarda amalga oshirishiga harakat qilishni talab etadi. 
Umumiy ta’lim maktabi yangi pedagogik tafakkur egasi munosib shaxs o‘z ishining ustasi bo’lgan 
o‘qituvchiga muxtoj maktabda 
o‘quvchilarga 
gumanitar 
ijtimoiy fanlardan ta’lim berishda tarbiyaga ko‘proq e’tiborini karatmog’i lozim.


43 
Ayniqsa, hozirgi O‘zbekiston tarixi, adabiyotini o‘qitish jarayonida bevosita tarbiyaga oid bulgan 
ilmiy ma’naviyatga, milliy rux, urf-odat va shuningdek, umumbashariy qadriyatlarga alohida urg’u 
berish zarur. O‘qituvchi o‘quvchi qalbimga yo’l topish uchun bilimi va ishi bilangina emas, ayni 
paytda odob-axloqiy, madaniyatli, rostgo’ylik va shirin-suxondonligi bilan namuna bo’lishi lozim. 
Yo‘q Yuqorida aytganimizdek, tarbiya-tarbiyachi va tarbilanuvchini o’z ichiga olgan ikki yoqlama 
jarayondir. Ijtimoiy tarbiyaga o’quvchilarda ilmiy dunyoqarash, e’tiqodi, ma’naviy va siyosiy 
g’oyalarni shakllantirish maqsadida ularni ongi va xislari va irodasiga ta’sir ko’rsatish usullari 
kiradi. Bu usulning mohiyati shundaki, ular orqali jamiyat o‘quvchilar ongiga qanday talablar 
qo‘yayotgani yoshlarning dunyoqarashini shakllantirish xayot mazmunini tushib olishga 
ko‘maklashish uchun ijtimoiy ongni shakllantiruvchi usullar ishlatiladi. O‘quvchilar siyosiy onglik 
va ijtimoiy faollik, ya’ni davlatni ichki va xalqaro siyosati qoidalarini tushuntirish va idrok qilishini 
tarbiyalash lozim. Tushuntirish - bu ijtimoiy ongini shakllantirishda eng ko‘p ishlatiladigan usuldir. 
Tushuntirish vazifasi o‘quvchilarni yuksak madaniyatli, g’ururli qilib tarbiyalashda yordam 
berishdan iborat. Tushuntirishda o‘quvchilarga mamlakatimiz fuqarosining o‘z davlatiga nisbatan 
xuquqlar va burchlar bilan bog‘langanligi borasida ma’lumotlar beriladi. Bunda davlat bayrog‘i, 
gerbi, madhiyasi, Konstitutsiyasiga sadoqat ruhida tarbiya berishning ahamiyati katta. Shu sababli 
o‘quvchilarga davlat bayrog‘i, gerbi, madhiyasi, konstitutsiyasi mohiyati tushuntiriladi. Faoliyat 
jarayonida ijtimoiy xulq tajribalarini shakllantirish mumkin. Bola rivojlanishining o‘zligini 
belgilashining asosiy omili - bu faoliyatdir. Faoliyat nuqtai nazardan yondashish qoidasi maktab 
hayotining hamma jabhalarida ta’lim-tarbiya jarayoniga singib ketadi. Faoliyat o‘quvchilarni 
bilimlarini mustaqil egallashga undaydi, ularni qaysi ixtisosga moyilliklarini aniqlashga, ijodiy 
faoliyat tajribasini hissi qadriyat munosabatlarini o‘zlashtirishga yordam beradi. O‘quvchilarni 
birinchi sinfdan boshlab imkoniyat darajasida foydali mehnat bilan shug‘ullantirilshga erishish 
lozim. Bunday mehnat ko‘pchilik, jamoa bo‘lib bajarilganida yaxshi natija beradi. Tarbiya 
soatlarimizda o‘quvchilarimizga marosimlarimizni tushuntirib borishimiz lozim. Topishmoq, she’r, 
tez aytish, dostonlar bolalar ruhiyatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Yosh avlodimizga, dinimizni 
o‘rgatishimiz kerak, maktablarda esa bu an’anarimiz, qadriyatlarimizni qadrlash kerak, hadislardan 
parchalar yodlatish, hayitni qadimgi bayram ekanligini, uni yanada yaxshiroq tayorgarlik bilan 
o‘tkazish, milliy liboslar xaqida suhbatlar o‘tkazish kerak. Tarbiya jarayonining mohiyati shu 
jarayon uchun xarakterli bo‘lgan va muayyan qonuniyatlarda namoyon bo‘ladigan ichki aloqa va 
munosabatlarni aks ettiradi. Bola kattalarning tajribalarini sust holda emas, balki faol ravishda 
o‘zlashtiradi uning ongi, xarakati, tirishqoqligi katta ahamiyatga ega bo‘ladi. Pedagogika shaxsni 
kamolotga yetishini murakkab va ziddiyatli jarayon deb biladi. Shaxsning kamolotga yetishishida 
nasl-irsiyat, ijtimoiy muhit xam, maqsadga muvofiq amalga oshiriladigan ta’lim-tarbiya va nihoyat 
o‘zining mustaqil faoliyati ham muhim ahamiyatga ega. Shaxs qaysi jamiyatda yashasa o‘sha 
jamiyat xayotidagi qonun va qoidalarga asosan kamol topadi. Shu jamiyatning moddiy va ma’naviy 
boyligidan bahramand bo‘ladi. Demak, shaxsning kamolga yetishuvi jamiyat rivojiga chambarchas 
bog‘liqdir. Inson kamolotida irsiyatning ta’siri kattadir. Irsiyat deganda - bolaga ota-ona va 
umuman yaqin ajdodlardan ya’ni nasldan-naslga o’tadigan biologik xususiyat va o‘xshashliklar 
tushuniladi. Shaxs xulqining rivojlantirishda biologik omillarning ta’sirini yuksak baholab, shaxsni 
naslga bog’lab o‘rganuvchi oqimlardan yana biri bixeviotrizm bo‘lib, u XX asrdan boshlab 
psixologiya fanida keng tarqaladi. Bunga amerikalik pedagog va ruxshunos E.Torndayk asos soldi. 
Uning fikricha, shaxsning barcha xususiyatlari, shu jumladan ong va aqliy qobiliyati ham nasldan-
naslga o‘tadi. Demak, bola shaxsining rivojlanishiga naslning ta’siri deganda ota-onaga, avlod-
ajdodlarga o‘xshashligini ifodalovchi biologik belgilarning takrorlanishini tushunmoq kerak. Har 


44 
bir bola ota-onasidan meros sifatida biologik ko‘rinishlariga (tananing tuzulishi va uning 
mutanosibligi, sochi, ko’zi, terisining rangi, bo’y-basti va boshqalar) ega bo’lib dunyoga keladi. 
Bular jismoniy xususiyatlardir. 
Ayni vaqtda bolaga insonlarga xos xususiyatlar ham irsiyat yo‘li bilan tug’ma o’tadi. Ammo 
bular tug’ma imkoniyatlar bo‘lib, ularning rivojlanishi uchun inson bolasi insoniy muhitda, odamlar 
orasida yashab, ular bilan aloqa qilishi, ijtimoiy mehnatda ishtirok etmog‘i lozim. Chunki inson 
biologik mavjud sifatidagina emas, balki ijtimoiy mehnatda ishtirok etmog‘i lozim. Shuningdek 
irsiy yo’l bilan o‘tgan aqlning o’sishi, kamol topishi uchun aqliy faoliyat, shart-sharoit ham bo’lishi 
lozim. 
Bolaning kamolga yetishida muhitning ta’siri katta. Fiziologiya va ruxshunoslik fanining 
ko‘rsatishicha, inson bolasi tayyor qobiliyat bilan emas, balki biror-bir qobiliyatning ro‘yobga 
chiqishi va rivojlanishi manbai-layoqati bilan tug’iladi. Layoqat o’z holicha rivojlana olmaydi, 
uning rivojlanishi uchun qulay muhit kerak. Muhit deganda kishiga ta’sir etadigan tashqi 
vositalarning yig‘indisini tushunamiz, bunga tabiiy muhit, ijtimoiy muhit, oila muhiti va boshqalar 
kiradi. Hamda ular bolalarning rivojlanishiga alohida ta’sir etadi. Bola tug‘ilishi bilan ijtimoiy hayot 
sharoitlari, tayyor ijtimoiy ong shakllarga duch keladi. U mehnat sharoitining ta’sirida o‘sadi-
ulg‘ayadi. Kishilarning o‘zaro muloqotlari natijasida bolada nutq shakllanadi, o‘sadi. Yuqorida 
ta’kidlaganimizdek, ijtimoiy muhit kishilarning faol ishtiroklari, faoliyatlari natijasida tarixan 
o‘zgarib boradi. Demak, boladagi irsiy belgilarning u ishi, kamol topishi insonlar muhiti, yashash 
sharoiti va tarbiyaga bog‘liq desak bo‘ladi. Bunga tarixdan misollar juda ko‘p. Alisher Navoiy 
onasidan – shoir, Eynshteyn - fizik, Ulugbek - astronom, Ibn Sino - tabib bo‘lib tug‘ilmagan, albatta 
ulardagi qobiliyat kurtaklarning rivojlanishi, istedodiga aylanishida ijtimoiy muhit, ta’lim-tarbiya 
muhiti rol o‘ynagan. Agar inson bolasi ijtimoiy muhitga emas boshqa muhit, aytaylik, xayvonlar 
muhitiga tushib qolsa unda irsiy belgilarning ayrim biologik ko‘rinishlari shaklangan lekin insoniy 
fikr, faoliyat, xatti-xarakat bo‘lmaydi. Odob-axloq, xulqiy sifatlar faqat muhit va tarbiyaning o‘zaro 
ta’siri asosida vujudga keladi. Shuning uchun irsiyat rivojlanishiga ta’sir etadi, ammo hal quluvchi 
omil bo‘la olmaydi. Jamiyatning bolalar ongiga ta’sir o’tkazishi asosan ta’lim-tarbiya orqali amalga 
oshiriladi. Bola yoshligidan atrofdagi kishilar bilan muloqotda bo‘lib, bilimlar, ko‘nikmalar va 
malakalarni egallaydi. U dastlab oila sharoitida va maktabgacha tarbiya muassasalarida keyinchalik 
maktabda ta’lim tarbiya oladi. Bolani o’rab olgan muhit, mehnat va til oqibat natijasida tarbiya 
vositasiga aylanadi. Bunda muhitning ta’siri stixiyali ekanligi xisobga olmoq lozim. Shu sababli 
inson kamolotida ta’lim va tarbiyaning yetakchilik qilishiga imkon berish darkor. 
Chunki ta’lim tarbiya jarayonida kishi organizmining o‘sishi va muhitning stixiyali ta’siri bera olma
ydigan narsalarni o‘rganib oladi. Lekin o‘kish va yozishni maxsus ta’lim yo‘li bilangina o‘rganadi, 
maxsus mehnat va texnika bilim, ko‘nikma va malakalari faqat ta’lim jarayonida egallanadi. Ta’lim 
tarbiya yordamida hatto kishining ba’zi tug’ma kamchiliklardan kerakli tomonga o‘zgartirish 
mumkin, chunonchi ba’zi bir bolalar ayrim kamchiliklar bilan tug‘iladi. Lekin 
maxsus o‘qtirilgan ta’lim-tarbiya yordamida ularning aqli to‘la taraqqiy qiladi. 
Demak, bizning asosiy va eng muhim vazifamiz bolalarni qobiliyat va iste’dodlarini o‘z vaqtida 
payqab olish va ularni kamol topishlari uchun qulay sharoit, ta’lim-tarbiya berishdir. Inson tirik-
biologik mavjudoddir. Demak, uning rivojlanishiga tabiat qonunlari, biologik va ijtimoiy-iqtisodiy 
qonuniyatlar uzviy ta’sir etadi, insonni kamol toptiradi. Bu tushunchalarni bir-biridan ajratish 
mumkin emas. Chunki shaxs faoliyatiga, hayot tarziga yoshi, bilimi, turmush tajribasigina emas, 
balki kasalligi yoki biror boshqa fojiali holat ham ta’sir etishi mumkin. Odamning mukammal inson 
bo’lib yetishuvida o’zining maqsad asosidagi xatti-xarakati, iroda sifatlarining kamol topishi 


45 
natijasida ayrim nuqsonlarni bartaraf etishi mumkin, qiyinchiliklarni yengib chiqishi mumkinligini 
esdan chiqarmasligi lozim. 

Yüklə 2,03 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   109




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin