56
Albert Eynshteyn o‘zidan keyin 80 mingdan ortiq sahifali turli qo‘lyozmalarni qoldirgan.
AQShning ikkinchi prezidenti Jon Adams butun hayoti davomida kundalik tutgan, umri oxiriga
borib ularning soni 50 taga yetgan.
O‘z fikrlaringiz, rejalaringiz va hayotingizdagi
voqealarni yozib borib, siz yanada e'tiborli va
ziyrak bo‘lib borasiz, fikrlash xususiyatingizni rivojlantirasiz va to‘g‘ri qarorlar qabul qilishni
o‘rganasiz.
2. Tanaffus qiling.
"Mizg‘ib olish uchun bir yoki bir yarim soatlik uyqu ma'lumotni o‘zlashtirish xususiyatiga xuddi
sakkiz soatlik uyqu kabi ta'sir ko‘rsatadi", - deya ta'kidlaydi uyquni o‘rganish bilan
shug‘ullanuvchi mutaxassis Sara Mednik. Olimlarning so‘zlariga ko‘ra, ertalab o‘quvchi odamlar
kun davomida bir soatlik tanaffus qilib, uxlab olsa, kechki payt nazorat testlarini 30 foizga yaxshi
bajarishadi.
Bu odat Albert Eynshteyn, Tomas Edison, Uinston Cherchill, Jon Kennedi, Ronald Reygan, Jon
Rokfeller va boshqa ko‘plab yetuk shaxslarga xos bo‘lgan. Masalan, Leonardo
da Vinchi uyquni
ko‘plab 10 daqiqalarga "maydalab", yarim fazali uyqu rejimini tajriba qilgan. Napoleon har bir
jang oldidan uxlab olishni ma'qul ko‘rgan. Mashhur aktyor Arnold Shvartsenegger har kuni
tushlikdan keyin uxlab oladi. Zamonaviy ilm-fan bu odatning foydasini tasdiqlaydi. Kun
davomidagi tanaffuslar nafaqat samaradorlikni oshiradi, balki ijodiy fikrlash salohiyatini ham
rivojlantiradi. Ehtimol, shuning uchun ham Salvador Dali va Edgar Allan Po bu usuldan
foydalangandir.
3. Kuniga kamida 15 daqiqa piyoda yuring
.
Muvaffaqiyatli odamlar o‘z kun tartibida albatta sport bilan shug‘ullanishga vaqt ajratishadi.
Piyoda
sayr
ham
ajoyib
mashq
bo‘lishi
mumkin.
Charlz
Darvin kuniga
ikki
mahal
sayr
qilgan:
peshinga
yaqin
va
soat
16:00da. Betxoven tushlikdan so‘ng uzoq sayrga chiqqan
va ilhom kelib qolsa, qog‘ozga muhrlash
maqsadida o‘zi bilan birga qalam hamda qog‘oz olib yurgan. Charlz Dikkens kuniga 10
kilometrdan ortiq piyoda yurgan, bu unga ishga ko‘milib, toliqib qolmaslikka yordam bergan. Stiv
Jobs muhim uchrashuvga tayyorgarlik ko‘rish jarayonida piyoda sayr qilishni odat qilgan.
"Faqat
sayr
vaqtida
kelgan
g‘oyalargina
qadrli
bo‘ladi".
Fridrix Nitsshe, mashhur faylasuf.
Uzoq sayrlarning foydasini yaxshi bilgan shaxslar
orasida Aristotel, Maxatma
Gandi, Jyek
Dorsi, Tori
Byorch, Hovard
Shults, Oliver
Saks va Uinston Cherchill nomlarini keltirish mumkin.
Bu odatni o‘zlashtirish kerak. Olimlar sayrning tetiklashtirishi, miyani tozalashi, ijodiy salohiyatni
oshirishi va hatto umrni uzaytirishini tasdiqlashdi. 12 yil davom etgan tadqiqotga ko‘ra, kuniga 15
daqiqadan piyoda yurgan 65 yoshdan katta kishilarda o‘lim ko‘rsatkichi 22 foizdan past bo‘lgan.
4. Ko‘proq kitob o‘qing.
Hayotiy shart-sharoitlarga qaramay, har birimiz dunyoning eng badavlat kishilaridan biri
bo‘lgan Bill Geytsning sevimli resursi bo‘lgan kitoblarni o‘qish imkoniga egamiz. Bu o‘z bilim
darajamizni
oshirishning
tejamkor
va
juda
samarali
usulidir.
Uinston Cherchill kuniga
bir necha soat biografik, tarixiy, iqtisodiy va falasafaga oid kitoblarni
mutolaa qilgan. Teodor Ruzvelt band kunlari 1tadan va ishdan bo‘sh kunlari 2-3 tadan kitob
o‘qigan.Mark
Kyuban kuniga
3
soatdan
ortiq
kitob
o‘qiydi.
Milliarder Devid
Rubenshteyn haftasiga 6tadan kitob o‘qiydi. Ilon Mask yoshligida haftasiga 2tadan kitob o‘qigan.
Disney bosh direktori Bob Ayger esa har kuni tonggi 4:30da kitob o‘qish uchun uyg‘onadi. Bu
ro‘yxatni cheksiz davom ettirish mumkin. O‘qish xotirani yaxshilaydi, empatiya darajasini
57
oshiradi va
stress darajasini kamaytiradi, shu tariqa oldimizga qo‘yilgan maqsadlarimizga
erishishga yordam beradi.
5. Qiziqishlaringiz bo‘yicha suhbatdosh toping.
Yozuvchi Joshua Shenkaning fikricha, ijodiy salohiyat boshqa odamlar bilan muloqot qilish
natijasida rivojlanadi. U o‘zining Powers Of Two kitobida birgalikdagi sa'y-harakatlar natijasida
katta cho‘qqilarni zabt etgan duetlar haqida so‘zlab bergan. Masalan, Jon Lennon va Pol
Makkartni,
Mariya va Per Kyuri, Stiv Jobs va Stiv Voznyak.
Psixologlar Daniel Kaneman va Amos Tverski birgalikdagi uzoq sayrlaridan birida axloqiy
iqtisodiyotning yangi nazariyasini ishlab chiqishgan va bu Kanemanga Nobel mukofotini olib
kelgan.
Dostları ilə paylaş: