Elektron ta’lim resurslari:
1.
w.w.w.tdpu.uz
2.w.w.w.pedagog.uz
3.w.w.w.ziyonet.uz
4.w.w.w edu.uz
5.tdpu-INTRANET.Ped
Abdulla Avloniy inson aqliy kamoloti xususida to’xtalar ekan, quyidagilarni bayon etadi:
«Ilm dunyoning izzati, oxiratning sharofatidir. Ilm inson uchun g’oyat muqaddas bir fazilatdur,
zeroki, ilm bizga o’z ahvolimizni, harakatimizni oyna kabi ko’rsatur, zehnimizni, fikrimizni qilich
kabi o’tkir qilur, ilmsiz odam mevasiz daraxt kabidur». Alloma bilim insonni jaholatdan
qutqarishning eng samarali vositasi ekanligiga ham urg’u beradi: «Ilm bizni jaholat qorong’usidan
qutqarur, madaniyat, ma’rifat dunyosiga chiqarur, yomon fe’llardan, buzuq ishlardan
qaytarur, yaxshi xulq, odob sohibi qilur. Bugun hayotimiz, salomatligimiz, saodatimiz, sarvatimiz,
maishatimiz,
himmatimiz,
g’ayratimiz,
dunyo
va
oxiratimiz
ilmga
bog’liqdur».
Abdurahmon Jomiy o’zidan keyin turli fan, adabiyot, jumladan pedagogikaga doir o’lmas meros
qoldiradi. U o’z asarlarida, ayniqsa, nasriy yo’lda yozilgan “Baxoriston” asarida ta’lim-tarbiya
masalalari
xususida
fikr
bildirdi.
Jomiyning fikricha, ilm inson uchun xayotiga yo’l ochuvchi va uni o’z maqsadiga erishtiruvchi
omildir. Ilm va hunarni yoshlikdan egallash kerak. Ilm insonga hamma narsani oson va puxta
anglab olishga yordam beradi, mehnatni yengillashtiradi. Jomiy yoshlarni ilmlarni egallashga
da’vat etdi:
Jomiy o’z pedagogik qarashlarida kishilarni adolat, xushmuomalalik va dono so’z bilan
zulmkorlarga ta’sir etishga da’vat etadi.
Yuqoridagi misralarda qilingan nasihat da’vat garchi shoxlarga qaratilgan bo’lsa ham, xar bir ish
va xolatda tadbir va aql bilan ish tutish, do’stlarga yaqinroq bo’lish, yomonlik qilishdan saqlanish,
52
adolatli bo’lish xar bir insonga qarata qilingan xitobdir.Jomiy manmanlik, kekkayishlarni
qoralaydi, g’ururlikni nodonlikning belgisi deb biladi. Inson xatto, boshqalardan biror sifati bilan
yuqori darajali bo’lsa ham, kamtar bo’lishi kerak deydi.
Jomiy manmanlik nodonlik belgisi ekanligini uqtirib, yoshlarni bu illatlardan xoli, pok bo’lishga
undaydi. Jomiy to’g’ri so’zlikni inson uchun zaruriy eng yaxshi xususiyat hisoblaydi, izxor
etiladigan fikr so’z va harakat bilan uzviy birlikda bo’lmog’I kerak. Shoirning ta’kidlashicha,
dilkashlik, shirinso’zlik, ochiq chexralik va quvnoqlik kishilarga yaxshi, yoqimli kayfiyat baxsh
etadi.
Ulug’ adib o’z asarlarida hasislikni, o’grilikni keskin qoralaydi, oqilona yashash, ortiqcha boylikni
muxtojlarga berish, qanoatli bo’lish g’oyalarini olg’a suradi. Jomiy deydi:
Do’st tanlash, do’stlikning samimiyligi xaqidagi fikrlarida Jomiy odamlarining o’zaro
munosabatlariga e’tibor berganini ko’ramiz. Ulug’ mutafakkir do’stlarning do’stligi haqida:
Jomiy ilmlarni egallashda tajribaga aloxida e’tibor beradi, xayotda foydalanilmagan ilmni jonsiz,
keraksiz ilm hisoblaydi. U ta’lim oldigayosh avlodni jamiyatga, odamlarga foydali xizmat
qiladigan
qilib
yetishtirishni
asosiy
vazifa
qilib
qo’yadi.
Jomiycha, kitob o’tmish donishmand avlodlar bilan o’z davri yoshlari o’rtasida vosita, insonga
eng yaqin do’st, erta tongdagi yog’du, ustoz va marabbiydir. Jomiyning bu fikri shu jihatdan
muhimki, shoir kitobning bilim manbai, insoniyat donishmandligi xazinasi deyish bilan birga,
donishmandlar o’z asarlarini xayotiy tajriba va kishilar ijodi mevasi sifatida kelgusi avlodlar
uchun qoldirganliklarini aytadi. Shu sababli ham yoshlarda kitobga muhabbat, uni o’qishga
qiziqish tarbiyalanishi kerak.
Jomiy kitobni bilim manbai der ekan, muallimni kelgusi yosh avlodga bu sifatlarni xosil qiluvchi
ustoz sifatida ulug’laydi, ularni hammadan ko’ra ortiq hurmat qilishga da’vat qiladi. Shu bilan
birga, Jomiy xar bir muallim chuqur bilim, aql, eng yaxshi axloqiy fazilatlar sohibi bo’lishi
kerakligini ham aytadi. Jomiy bunday ideal o’qituvchiga Aleksandr Makedonskiyning tarbiyachisi
Arastuni (Aristotelni) misol qilib ko’rsatadi. Demak, aqliy va axloqiy jixatdan komil o’qituvchi
xar bor o’qituvchida aqliy qobiliyatni rivoj toptira oladi.
“...Mirzo Ulug’bekning umumbashariy qadriyatlarga qo’shgan hissasi beqiyos bo’lib, u bugungi
kunda ham hayotimizda ulkan ahamiyat kasb etmoqda va O’zbekistonning xalqaro obro’sini
oshirish yo’lida katta xizmat qilmoqda. Buyuk ajdodimiz Ulug’bek nomi berilgan ma’naviyat
maskanlari, mahallalar, ko’chalar va shaharlar juda ko’p. Yurtimizda dunyoga kelib ko’z
ochayotgan har o’n chaqaloqning biriga ezgu niyat bilan Ulug’bekning muborak ismi berilyapti
deb aytsak, mubolag’a bo’lmaydi.
Bularning barchasi — millatimizning buyuk allomaga bo’lgan cheksiz hurmati va ehtiromlaridan
darak beradi.”
Mirzo Ulug’bek xizmatlaridan yana biri shundaki, u avvalo yosh avlodning aqliy va ma’rifiy
tarbiyasiga katta ahamiyat berib, ularni dunyoviy bilimlarni egallashga da’vat etdi, har qanday
johillik va bilimsizlikka qarshi kurashdi. U insonning imkoniyatlari cheksiz ekanligiga ishora
qilib, yoshlarni ilm egallashga, insofli va himmatli bo’lishga, halollik va rostgo’ylikka da’vat
etadi.
Ulug’bekning bilimlarini nafaqat kitoblardan, balki bevosita hayotning o’zidan ham olishni
tavsiya etadi.
Ulug’bek yangi-yangi ilmiy kashfiyotlar qilishni inson uchun oliy fazilat deb biladi. U
Movarounnahr shaharlarini, xususan Samarqand va Buxoroni ilmu ma’rifat dargohiga aylantiradi.
Ulug’bek “Bilimga intilish har bir muslim va muslima uchun farzdir” degan shiorni ilgari suradi
53
va uni madrasaning peshtoqiga yozdirib qo’yadi. Madrasada esa ilmning turli sohalarining
o’qitilishiga jiddiy e’tibor beriladi.
Masalan, Samarqand madrasasida ilohiyot ilmlari: qur’on, Hadis, Tafsir, fiqh bilan birga riyoziyot,
handasa ilmi, hay’at (falakiyot), tibbiyot, tarix, geografiya, ilmi aruz, ilmi qofiya, arab tili kabi
dunyoviy ilmlar o’rgatilgan.
Ulug’bek ilm fani ravnaqi uchun kurashgan, ta’lim-tarbiya rivojiga hissa qo’shgan fuqarolarni
doimo rag’batlantirib, o’qituvchi-ustoz, mudarrisga hurmat ehtirom bilan qarashni targ’ib etgan.
Uning mana shu say’i harakatlari tufayli ta’lim-tarbiya sifati yaxshilana bordi, madrasalarda
o’qish-o’qitish ta’limni jonlantirishga katta ahamiyat berildi. Madrasadagi o’quv tizimi isloh
qilinib, unda falakiyot, matematika, geografiya kabi aniq fanlarni o’qitishni joriy etdi, ta’lim
mazmunining sifatini oshirdi, madrasalarda o’qish muddatini 15—20 yildan 8 yilga tushirdi.
Ulug’bek o’z pedagogik qarashlarida bolalarning jismonan sog’lom, harbiy hunarni puxta
egallagan,
jasur,
mard
bo’lib
yetishuviga
alohida
ahamiyat
beradi.
Ulug’bekning fikricha, ta’lim-tarbiyada matematika, falakiyot fanlari bolaning aqliy qudrati va
qobiliyatini o’stirishda muhim vosita bo’lsa, tarix va adabiyot fanlari esa bolalarning vatanparvar
bo’lib yetishishlariga xizmat qiladi.
Ulug’bek ta’lim-tarbiyada mudarrislarning odil va halol bo’lishiga, o’z pedagogik mahoratlarini,
bilimlarini oshirib borishga, har bir mashg’ulotni yuksak saviyada o’tkazishga da’vat qiladi, ana
shu bilangina o’quvchilarda bilimga qiziqish orttirish mumkinligini ta’kidlaydi. Uning fikricha,
tarbiyachi avval o’zini tarbiyalashi, bilim va malakalarini egallashi lozim.
Ulug’bek bolalarni tarbiyalashda uy sharoiti va ota-onalarning faoliyatiga yuqori baho beradi,
ularni hayotda chidamli, mehnatsevar qilib tarbiyalash juda zarur deydi. Buning dalili sifatida
“Zij” ustida ishlash paytidagi qiyinchiliklar haqida shunday deydi: “Yulduzlar jadvalini tuzish
maqsadida biz kechayu kunduz ishladik, o’z mo’ljallagan maqsadimizga yetguncha biz o’zimizga
qadar yaratilgan jadvallarni taqqosladik, qayta tuzdik va shu tariqa yuz qaytalab tuzatishlar
kiritgach,
o’n
sakkiz
yildan
so’nggina
o’z
ko’zlagan
niyatimizga
yetdik”
Biz, asosan Davoniyning insonning haqiqiy kamolotga yetishida aqliy va axloqiy shakllanishi
masalalariga to’xtalamiz. Avvalo, Davoniy va boshqa mutafakkirlarga ergashib o’zining axloqiy
qarashlarini o’z salaflari kabi talqin etdi. Masalan, Abu Nasr Forobiy, Ibn Miskaveyx, Nasriddin
Tusiy, Ibn Sinolar kabi inson kamolotga erishishda adolat, donolik, shijoat singari yuksak
fazilatlarga ega bo’lishi, hissiy bilim bilan bir qatorda narsa va hodisalarning mohiyatini idrok
qilishni to’g’ri talqin etdi. Davoniy insonning kamolga erishishi uning boshqalar bilan
munosabatiga ham bog’liq ekanligini ta’kidlaydi, jamiyatda, ma’lum ijtimoiy muhitda, boshqalar
bilan aloqada shallanib tarbiya topgan inson o’zi yashagan jamiyatda adolat hukmron bo’lsa, unda
baxt-saodatga erishishi mumkin, deydi. Shuning uchun u “Axloqi Jaloliy” asarida jamiyatni
adolatli — fozil shaharga va johil shaharlarga bo’ladi. Forobiy kabi Davoniy ham fozil shahar
boshqaruvchisida o’nta eng yaxshi fazilat mujassamlangan bo’lishi kerak, deydi. Bular: birinchisi
— hukmdor odamlarni e’zozlashi; ikkinchisi — davlat ishlarini adolatli ijro etishi; uchinchisi —
hirs va shahvatga berilmasligi; to’rtinchisi — hukmdorlikda shoshma-shosharlik va g’azabga yo’l
qo’ymasligi, balki shafqat va muruvvatga asoslanishi; beshinchisi — xalqning ehtiyojini qondirish
uchun xudoning irodasidan kelib chiqishi; oltinchidan — xalq ehtiyojini qondirishga oid ishlarni
bajarishga harakat qilishi; yettinchisi — halqqa nisbatan odil bo’lishi; sakkizinchi — har bir ishni
maslahatlashib, kengashib hal etishi; to’qqizinchisi — har bir kishini uning qobiliyatiga monand
lavozimga tayinlashi, qobiliyatsiz kishilarga yuqori lavozim bermaslikni; o’ninchisi — adolatli
farmonlar chiqarishi, qonunni buzishga yo’l qo’ymaslik kabilardir. Shuningdek, Devoniy
54
hukmdorning diniy majburiyatlarga ham rioya etishi kerakligini ta’kidlagan. Ko’rinib turibdiki,
adolatli shox timsoli Davoniy istagan axloqiy kamol topgan shaxsdir.
Davoniy “Axloqi Jaloliy”da ijtimoiy-siyosiy masalalarga qayta-qayta murojaat etadi. Chunonchi,
jamiyatning paydo bo’lishi, davlat va uni boshqarish masalalari, adolatli va adolatsiz podsholar,
ilm-fan taraqqiyotining jamiyatda tutgan o’rni, aqliy va axloqiy tarbiya, insonda ijobiy xislatlarni
tarkib toptirish masalallari va boshqalar shular jumlasidan.
Davoniy o’z asarida insonni ijtimoiy mavjudot sifatida qaraydi, inson faqat jamiyatda, kishilar
orasida, ular bilan munosabatda shakllanadi, degan fikrni ilgari suradi. U o’tmish olimlarining
ta’lim-tarbiyaga oid asarlaridagi an’analarni rivojlantirgan holda o’z qarashlarini o’tkir ruhshunos
olim sifatida ham talqin etadi, uning fikricha bola yaxshi fazilatlarni ta’lim-tarbiya natijasida
egallashi mumkin. Chunki, bolada his-tuyg’u juda erta shakllana boradi, u ulg’aya borgan sari
ayrim juz’iy narsalarni ham ajrata boshlaydi, tana a’zolari mustahkamlanadi, narsa va hodisalarni
bir-biridan ajrata boshlaydi, yaxshilik va yomonlik to’g’risida tasavvurga ega bo’la boshlaydi, aqli
to’lishib, ongi o’sadi, deydi olim. Ana shu paydo bo’lgan sezgi va aql orqali tashqi dunyoni bilishi
mumkin deydi.
Bola o’ta ta’sirchan va taqlirchan bo’lishini ta’kidlar ekan, olim yaxshi fazilatni ham, yomon
fazilatni ham u tezda qabul qilaverishi mumkinligini alohida uqtirib o’tadi. Bola qalbini naqsh
solinadigan, sur’atlarni osonlikcha tushirish mumkin bo’lgan taxtaga o’xshatadi. Davoniyning
fikricha bolaning tarbiya olishi, odob-axloqli bo’lishi uning keyingi tarbiyasiga ham bog’liq.
Chunki hayotda har kuni bola ko’radigan, muloqotda bo’ladigan narsalar uning xulqiga yaxshi va
yomon ta’sir etadi. Bolada har kuni kerak bo’ladigan insoniy xislatlar: yurish-turish qoidalari,
xushmuomalalik, ota-ona va boshqa katta yoshlilarni hurmat qilish, to’g’rilik va rostgo’ylikni
o’rganish, shirinsuxanlik, kamtarlik, so’zlashuv odobiga rioya qilish kundalik turmushda
o’rganiladi. Shunga ko’ra bunday xislatlarni bolalarda har kuni tarbiyalanib borilishi muhim.
Bunday tarbiyada esa ota-ona oldiga katta vazifalar qo’yiladi. Ota va ona bola tarbiyasida bab-
baravar mas’uliyatlidir, deydi Davoniy.
Ota bolaning yaxshi fazilatlarni egallab, kasb-hunar o’rganib borishi, ilm-fanni chuqur o’zlashtirib
olishi uchun moddiy asos, ya’ni kiyim-kechak, kerakli buyumlar bilan ta’minlaydi.
Ona bola tarbiyasida asosiy qiyinchiliklarni boshidan kechiruvchi sanaladi. U bolaga yashash
uchun quvvat beradi, ehtiyotlab asraydi, mehr-shafqatini ayamaydi. Bolaga oddiy axloqiy
qoidalarni o’rgatish, yurish-turish, yeyish-ichish qoidalariga rioya etish, o’z qilmishi oldida javob
berish mas’uliyatini his etishini tarkib toptirishda ota va ona burchlidir.
Bola tarbiyasida ota-ona bilan bir qatorda maktabga chiqqandan so’ng muallim ham javobgar
sanaladi, deydi olim. Buning uchun muallimning o’zi ham yaxshi tarbiya topgan bo’lishi shart.
Shu o’rinda Davoniy muallimning xislatlariga, bola va uning o’rtasidagi munosabatlarga alohida
e’tibor beradi. Davoniy muallimni “Ma’naviy padar” deb ataydi. Chunki ota bolani jisman
hayotga keltirib, jismonan tarbiyalasa, muallim uni ma’naviy jihatdan kamolotga yetkazadi, deydi
olim. Ruh qanchalik badanga yaqin tursa, muallim ham tarbiya borasida ota-onaga shunchalik
yaqin deb ko’rsatadi. U ota-ona tarbiyasi bilan muallim tarbiyasini taqqoslar ekan, muallimning
tarbiya usuli, metodlari ota-onanikidan yuqoriroqdir, deb ta’kidlaydi. Chunki, ota-ona tarbiya
usullari, metodlari bilan muallimchalik qurollanmagan bo’ladi, muallim esa tarbiya berish bilan
birga ilm cho’qqilarini egallashda ham zahmat chekadi va shogirdning olgan ta’limi va tarbiyasi
umrbod uning hayot yo’lini belgilab beradi, deb aytadi.
Shu o’rinda Davoniyning aqliy tarbiya haqidagi qarashlarini keltirish o’rinlidir. Chunki olimning
qarashlarida aqliy tarbiya va bilimlarni egallash masalalari muhim o’rinni egallaydi. Bolalarga
bilim berish yoshlikdan boshlash zarurligini ta’kidlaydi. Mutafakkirlarning fikrini davom ettirgan
55
holda Davoniy ham inson aqlining qudratiga, uning ijtimoiy hodisalarni bilishiga, aql ilohiy ulug’
bir ne’mat, haqiqat mezoni ekanligiga ishonadi. Chunki inson aql yordamida o’z hatti-harakatini,
faoliyatini boshqaradi.
Davoniyning fikricha, aql ijtimoiy hayotning barcha sohasida, xoh davlat ishida, xoh ilmni
o’rganishda, xoh ijobiy xulq-odob qoidalarini egallashda bo’lsin, xoh shirinsuxanlik, she’riyatda
bo’lsin, faol qatnashadi. Uning bu aqidasi, ya’ni aqliy bilishga tayanishi ilm-fan, ma’rifat, ta’lim-
tarbiya va axloq masalalarini talqin etishida ko’proq namoyon bo’ladi.
Davoniy shuning uchun ham bolalarga ta’lim-tarbiya berishda aqliy tarbiyaga katta o’rin
beradi. Ilm kishilarni yomon odatlardan, razil ishlardan saqlaydi, ilm bilan shug’ullanish har bir
inson uchun hech qachon kech bo’lmaydi, deydi Davoniy. Aflotundan: “qancha vaqtgacha ta’lim
olish va ilm o’rganish yaxshi? — deb so’rabdilar. U: nodonlikning va johillikning ayb ekanligi
qay vaqtgacha bo’lsa, ilm o’rganish o’sha vaqtgacha yaxshidir” — deb javob bergan ekan.
Muvaffaqiyatga erishgan shaxslarning 6 siri.
Aksariyat yetuk insonlarning hayoti va karerasi shuni ko‘rsatmoqdaki, muvaffaqiyatning
asosiy kaliti — bu vaqtni to‘g‘ri taqsimlash. Nima uchun ba'zi odamlar jahonga mashhur
ishbilarmon va dunyoni o‘zgartirishga qodir yetakchiga aylanadi-yu, boshqalar esa shuncha
mehnat qilishiga qaramay, bir nuqtadan siljiy olmaydi? Buning sababi ko‘pincha e'tibordan chetda
qoladi, deyiladiWorld Economic Forum'da.
Muvaffaqiyatga erishgan ishbilarmonlar o‘z vaqtlarini kelgusida ularni yangi bilimlar,
ijodiy qarorlar va kuch-quvvat bilan ta'minlaydigan narsalarga sarmoya qilishadi. Dastlab ularning
muvaffaqiyati sezilmasligi mumkin, biroq oxir-oqibat, uzoq muddatli sarmoyalar samarasi
o‘laroq, ular misli ko‘rilmagan cho‘qqilarni zabt etishadi.
Natijada to‘g‘ri taqsimlangan vaqt ajoyib daromad keltiradi, shuning uchun uni
serdaromad deb atash mumkin. Grafikda vaqtimizni qanday sarflashimizga qarab ishda qanday
natijalarga erishishimiz yaqqol ko‘rsatib berilgan.
Masalan, Uorren Baffet yuz minglab xodimga ega kompaniyalarga egalik qilsa-da, o‘z
vaqtini to‘liq ishga bag‘ishlamagan. Milliarderning so‘zlariga ko‘ra, u ish vaqtining 80 foizini
kitob mutolaasi va fikr yuritishga sarflaydi. Bunga sarflangan vaqt to‘g‘ri qarorlar va biznesni
muvaffaqiyatli yuritish uchun zarur bo‘lgan bilimlar bilan ta'minlaydi.
Dostları ilə paylaş: |