O‘zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi buxoro davlat universitetining pedagogika instituti maktabgacha va boshlang‛ich ta’lim fakulteti



Yüklə 2,03 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə55/109
tarix28.11.2023
ölçüsü2,03 Mb.
#167726
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   109
O‘zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi b

 
AMALIY MASHG‘ULOTLAR 
1-amaliy mashg‘ulot 
Mavzu: 
Tarbiya fanining maqsad va vazifalari. Asosiy kategoriyalari
Reja: 
1. Tarbiya fanini oqitish metodikasining bo`limlari. 
2. Tarbiya fanini oqitish metodikasining mazmuni. 
3. Tarbiya fanini oqitish metodikasining prinsiplari. 
Maqsad:
Tarbiya fanining maqsad va vazifalari va asosiy kategoriyalari haqida bilim, 
ko’nikma va malakalarni shakllantirish. 
Аsоsiy dаrslik vа o‘quv qo‘llаnmаlаr 
1. Salayeva M.S. Umumiy pedagogika. Darslik. Toshkent. “Nodirabegim” nashryoti. 2021-yil.8-b. 
2. Abdullayeva Sh. Umumiy pedagogika. O’quv qo’llanma.Toshkent.O’qituvchi nashryoti. 2021-
yil.209-bet. 
3. Istamova N . va boshqalar. Tarbiya 1,2,3,4. Darslik. G’afur G’ulom nomidagi nashriyot-matbaa 
ijodiy uyi. Toshkent-2020-yil.203-bet. 
4. Sarsenbayeva R.M. Tarbiyaviy ishlar metodikasi. O’quv qo’llanma. Toshkent-2019-yil.17-bet. 
5.Dexqanova M.U.Tarbiyaviy ishlar metodikasi.O’quv qo’llanma.Toshkent-2019 yil. 23-bet.
6. B.X.Xodjayev. Umumiy pedagogika nazariyasi va amaliyotir. Darslik T:. Sano-standart. 2017-
yil
 .
9-bet 
Hozirgi kunda yoshlarni barkamol inson, o‘z vatanining ilg‘or kishisi sifatida 
tarbiyalash eng asosiy masalalardan biri hisoblanadi. Chunki aynan yoshlar davlatimizning 
kelajagidir. 
Yangi asrga qadam qo‘yar ekanmiz mamlakatimizda chuqur, keng qamrovli iqtisodiy, siyosiy, 
ijtimoiy islohatlar amalga oshirilmoqda. Jamiyat ma‘naviy yukasalishi va yangilanishi sari yuz 
tutgun bir paytda O‘zbekiston Respublkasi Prezidentining 1999 yil 3–sentyabrdagi ―Respublika 
ma‘naviyat va ma‘rifat kengashining qo‘llab quvvatlash to‘g‘risida‖gi Farmoni zamiridagi 
g‘oyalar, ulardan kelib chiqadigan asosiy maqsadlar ma‘naviyatning ustuvorligini yana bir karra 
tasdiqlaydi. 
Xalqning ma‘naviy ruhini mustahkamlash va rivojlantirish – O‘zbekistonda davlat va jamiyatning 
eng muhim vazifasidir. Ma‘naviyat shunday qimmatbaho mevaki, u bizning qadimiy va navqiron 
xalqimiz qalbida butun Insoniyatning ulkan oilasida o‘z mustaqilligini tushunib yetish va 
ozodlikni sevish tuyg‘usi Bilan birgalikda yetilgan. Ma‘naviyat insonga ona suti, ota namunasi, 
ajdodlar o‘giti bilan birga singadi. Ona tilining buyuk ahamiyati shundaki, u ma‘naviyat belgisi 
sifatida kishilarni yaqin qilib jipslashtiradi.
Talabalar ikki guruhga ajratiladi. Guruhlar nomlanadi.Quyidagi topshiriqlar beriladi: 
1-guruh 
1.
Tarbiya fanining maqsadi mavzusida taqdimot tayyorlash. 
2.
1-sinf “Tarbiya” darsligidan foydalanib, bir soatlik dars ishlanmasi tuzing. 
3.
Taqdimotga jamoa bo’lib tayyorlaning? 
Eslatma: 1) ishni bajarish vaqti -10 daqiqa 
2) natijalarni A 4 format qog’ozda rasmiylashtiring. 
2-guruh 
1.
Tarbiya fanining vazifalari mavzusida taqdimot tayyorlash. 
2.
1-sinf “Tarbiya” darsligidan foydalanib, bir soatlik dars ishlanmasi tuzing. 


92 
3.
Taqdimotga jamoa bo’lib tayyorlaning? 
Eslatma: 1) ishni bajarish vaqti -10 daqiqa 
2) natijalarni A 4 format qog’ozda rasmiylashtiring. 
Guruhlarning bajargan ishlari tahlil qilinadi,baholanadi. 

Yüklə 2,03 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   109




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin